Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.04.2025 | 12:47

img1025

BEHBUDIY IZDOSHLARI GERMANIYADA

Prezidentimizning “Turkiston jadidlik harakati asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi tarixiy qarori qabul qilingach, nafaqat yurtimizda, balki qardosh va yondosh davlatlarda ham umumbashariyatning yorqin siymosi bo‘lgan ulug‘ bobomiz ijodini tadqiq va targ‘ib etish borasida ilmiy anjumanlar, davra suhbatlari muntazam o‘tkazib kelinyapti.

Yaqinda Germaniyadagi elchixonamizda millat faxri, “Turkiston jadidlik harakatining boniysi” (Begali Qosimov ta’rifi) sanalgan fidoyi siymoga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir hamda Germaniyadagi o‘zbek talabalari uyushmasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Gyote diyorida o‘zbek tilini o‘rganayotgan nemis yoshlari, o‘zbekistonlik talabalar hamda “Jadidlar izidan” respublika tanlovida g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchilaridan iborat delegatsiya ishtirok etdi.

– Behbudiyning boy merosini o‘rganish va uning g‘oyalarini yoshlar orasida targ‘ib qilish bugungi kun uchun juda muhim, – dedi O‘zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Dilshod Ahadov. – Bu kabi tadbirlar tariximiz va milliy qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini oshiradi. Yurtimizdan kelgan “Jadidlar izidan” tanlovi g‘oliblarini erishgan yutuqlari bilan tabriklay turib, bu avlod ma’rifatparvar jadidlarimizning munosib vorislari bo‘lib yetishishiga umid bog‘ladik.

Elchi janoblari O‘zbekiston talabalari uyushmasi haqida ham alohida to‘xtalib, elchixona bu yoshlar tashkilotini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi. Mazkur uyushma nemis diyoridagi ilmtalab yoshlarni birlashtirish, bu yerga o‘qishga kelayotgan tolibi ilmlarga yordam ko‘rsatish hamda nemis xalqini millatimiz madaniyati, san’ati va hayoti bilan tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganini e’tirof etdi.

Biz ushbu tadbir ishtirokchilarini suhbatga chorladik.

Robert LORENS,
Humboldt universiteti talabasi:

– Men O‘zbekiston haqida, uning sharafli tarixi, buyuk namoyandalari to‘g‘risida ko‘p eshitgan va o‘qigan edim. Beruniy, Xorazmiy, Ibn Sino kabi dunyo tamadduniga beqiyos hissa qo‘shgan daholar yurtiga hurmatim va qiziqishim baland. Yana, o‘zbek xalqiga ehtiromim shakllanishida bizning universitetda ta’lim olayotgan hamyurtlaringizning ishtiyoqi, layoqati va vatanparvarligi sababchidir. Tarixdan ma’lumki, yuz yil avval mening vatanimda ta’lim olgan o‘zbek yigit-qizlari keyinchalik qatag‘on qilinib, misli ko‘rilmagan qiynoq va azoblarga giriftor etilgan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan jadidlarning maqsad va g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar meni cheksiz quvontirdi. Chunki bir paytlar taraqqiyot istagida ilm olishga bel bog‘lagan jadidlar qora kunlarni boshdan kechirgan bo‘lsa, bugun davlat rahbarining shaxsan o‘zi ana shunday iqtidorli yoshlarni ilm va ma’rifat yo‘liga chorlab, homiylik hamda valine’matlik ko‘rsatyapti. Demak, bugungi o‘zbek yoshlarining baxti kulgan, kelajagi oydin. O‘ylaymanki, bu nihollar tez fursatda o‘zining salmoqli mevalarini beradi.

Saodat GʻOZIYEVA,
Germaniyadagi O‘zbekiston talabalari uyushmasi bosh kotibi:

– Elchixonada nishonlangan qo‘shaloq tadbir xorijda o‘qiyotgan biz yoshlar uchun katta voqelik. Uyushmamizning rasmiy ochilish marosimi Behbudiy bobomiz tavalludiga bag‘ishlangan tadbirga to‘g‘ri kelgani-yu, tanlov g‘oliblarining ham shu yerdaligi, ayniqsa, quvonarli bo‘ldi.

Ziyoda QO‘CHQOROVA,
Namangan viloyatidagi 26-maktab o‘quvchisi:

– “Jadidlar izidan” respublika tanlovida g‘olib bo‘lib, Germaniyaga keldik. Bu yerda jadidlar izidan ular tahsil olgan universitetlarga bordik. 29 nafar bitiruvchisi Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan Humboldt universitetining hozirgi faoliyati bilan tanishdik. Uning boy tarixi, taniqli olimlari hayoti haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldik. Kelajakda biz ham ushbu dorilfununlarga kelib ta’lim olishni niyat qildik.

Farzonabonu YO‘LDOSHALIYEVA,
Farg‘ona shahridagi 46-maktab o‘quvchisi:

– Germaniyaga sayohatimiz juda mazmunli bo‘ldi va katta taassurot qoldirdi. Safarimiz davomida borgan har bir joyimiz o‘ziga xos tarixga ega ekan. O‘zimiz uchun lozim bo‘lgan ko‘p jihatlarni o‘rgandik va biz ham o‘tmishimizni yanada ko‘proq qadrlashimiz kerakligini angladik.

Bizni Germaniya parlamenti – Bundestagga olib borishdi. U yerda mamlakatning siyosiy tizimi, qonun chiqarish jarayonlari va demokratik tamoyillari haqida gapirib berishdi. Ko‘pchiligimizda mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga qiziqish uyg‘ondi. Siyosiy bilimlarni ham oshirishimiz kerak ekanini, hali o‘rganishimiz shart bo‘lgan narsalar ko‘pligini tushunib, o‘z oldimizga yangi rejalar, maqsadlar qo‘ydik.

Bobur QODIROV,
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 5-maktab o‘quvchisi:

– Buyuk bobomizga bag‘ishlangan uchrashuvni Germaniyadagi O‘zbekiston talabalari uyushmasi bilan birgalikda nishonlaganimiz unutilmas voqea bo‘ldi. Shunday talabalar tashkiloti AQSh va Britaniyada borligini eshitgan edim. Germaniyada ham tashkil topgani quvonarli. Bu talabalarni birlashtiradigan, ularga yordam ko‘rsatadigan yoshlar kengashidir. Uyushma yurtimiz yoshlarini xorijda yanada ko‘proq ilm olishga chorlaydi, nufuzli universitetlarga o‘qishga kelishlariga ko‘mak beradi, deb ishonaman.

Zilola KOMILOVA,
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 32-maktab o‘quvchisi:

– Jadidlar yetishmayapti, jadidlar, – deb yozadi shoir. Bu yerda ana shu bizga yetishmayotgan zamona jadidlarni topganday bo‘ldik. Germaniyada ta’lim olayotgan akalarimiz, opalarimizni jadidlarga o‘xshatdim. Ularning ortidan biz ham nufuzli xorijiy universitetlarda o‘qiymiz, Vatanimiz imijini dunyo miqyosida yanada yuksaltirishga harakat qilamiz. Bu uchrashuv bizning kelajak orzu-umidlarimizni amalga oshirishga rag‘batlantirdi.

Germaniyaning eng diqqatga sazovor joylarini ko‘rsatishdi. To‘rt tomoni suv bilan qoplangan muzeylar oroliga ham bordik. Go‘yo Germaniyaga o‘qish umidida, vatanini taraqqiyotga yetaklash maqsadida kelib, ming mashaqqat bilan ilm o‘rganib, o‘z yurtida juvonmarg bo‘lgan bobolar tarixi, hayoti, faoliyatini o‘rganish bizga saodat kalitini berganday. Bu kunlarni hech qachon unutmayman.

Shodiyonabonu RAHMATJONOVA,
Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 11-maktab o‘quvchisi:

– Menga nemis madaniyati judayam yoqib qoldi. Berlin shahridagi tarix va Berlin tabiatshunoslik muzeyi, davlat kutubxonasi, “James Simon” galereyasiga bordik. 2023-yilda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Prezidenti tomonidan ochilgan “Makedoniyalik Iskandardan to Kushon saltanatigacha” arxeologik topilmalar ko‘rgazmasi mana shu galereyada namoyish etilgan ekan. Ko‘rgazmaga 600 mingga yaqin kishi tomoshaga kelganini eshitib hayratim oshdi. Tarixiy bino – Reyxstag bo‘ylab ekskursiya uyushtirildi. Ayniqsa, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi diplomatlariga juda havas qildim. Bu yerda olgan barcha taassurotlarimni o‘rtoqlarimga gapirib beraman. Kelajakda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Cho‘lponlar izdoshi, ya’ni yosh jadid bo‘lib, ularning ilm va ma’rifat yo‘lidagi ishlarini davom ettirishga va’da beraman.

Muhayyo RUSTAMOVA tayyorladi.

Izoh: maqola O‘zbekistonning Germaniya Federativ Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 28-martdagi 13-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img104

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img139

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img331