12.12.2024 | 14:35
533
BIR MUSAVVIR NIGOHIDA UCH OBRAZ
Biz o‘qigan maktab sinfxonalari o‘quv yili avvalida oqlansa ham, sovuq qish kunlari yoqilgan pechkadan sizgan tutun shift va devorlarni qoraytirib qo‘yardi. O‘sha devorlarda esa biz uchun qadrli bo‘lgan siymolar – Navoiy, Bobur, Mirzo Ulug‘bek bobolarimiz tikilib turishardi. Afsuski, biz u portretlar mualliflarini bilmasdik. O‘zimizcha suratlardagi ranglar orqali namoyon bo‘lgan ulug‘vorlik va donolikdan hayratlanar edik. Ammo jadid bobolarimizning dumaloq gardish ichida bir xil rangda ishlangan turkum portretlari bizga biroz mavhum tuyulardi…

Rassom kimningdir portretini ishlashga chog‘anar ekan, zimmasiga olgan yumushiining naqadar murakkab ekanini yaxshi his qiladi. Insonni faqatgina tashqi qiyofasini tasvirlabgina qolmay, uning ichki dunyosi, individual xarakter va holatini anglash, uni ifodalash uchun musavvirda ulkan mahorat bo‘lishi lozim.
Jadidlarimizning obrazlarini yakka tarzda gavdalantirgan rassomlarimizdan biri Aziza Mamatovadir. Musavviraning Abdulla Qodiriy, Abdulhamid Cho‘lpon va Usmon Nosir portretlari xos yondoshuv bilan ishlangan. Ulardan dastlab Usmon Nosir portreti 1990-yilda yaratilgan. Rassom bu portret yaratilish jarayonini so‘zlar ekan, asar yakunlangunicha ko‘z oldida rus shoiri M. Lermontov va Usmon Nosir suhbatlashib turgandek bo‘lganini, go‘yo o‘zi ham shu suhbatda qatnashgandek bo‘lganini eslaydi.

Portretda Usmon Nosir 26-30 yoshlar atrofida tasvirlangan. Shoirning g‘ayriixtiyoriy harakatdagi qo‘llari, chaqnoq ko‘zlari, shamol to‘zg‘itgan sochlarida Usmon Nosirning ichki olami, uning tug‘yonli dunyosi kabi aks etgan. Surat tungi oydin oqshom fonida ishlangan, shoir ortida oppoq yollari shamolda uchayotgan ot go‘yo shoirning qismatidan xabardordek unga mahzun tikilib turibdi. Shoirning old tomonida mayda chechaklar, ortidagi daraxt tasviri orqali, rassom uni tungi bog‘ qo‘ynida oq ot bilan tasavvur qilganini anglashimiz mumkin. Oq ot esa ilhom parisi timsolidir.
Rassom 1991-yil ishlagan Abdulla Qodiriy portreti ham kuchli his-hayajon bilan ishlangan. Aziza Mamatova portetr rassomi, u hech bir obrazini shunchaki ishlamaydi. Har bir portretning yaralish tarixi bor. Bu haqida san’atshunos U. Mamatov yozgan maqolalar orqali bilish mumkin. Abdulla Qodiriy qiyofasini tasvirlashga kirishishdan oldin Qodiriy nasrini mutolaa qilgani, bir qancha rasmiy man’baalarni o‘rgangani va qamoqxonada olingan bir suratdagi Qodiriyning ko‘zlaridagi fojia rassomni laarzaga keltigani ham shu maqolalarda keltirib o‘tilgan. O‘zbek romanchiligining asoschisi, yetuk yozuvchi, jasoratli shahs Abdulla Qodiriy obrazini oydin tun fonida, daraxtlar orasida tasvirlaydi. Osmonda to‘lin oy, uchib yurgan o‘laksaxo‘r qushlar, sovuqda qoraygan bargsiz daraxtlar, uringan palto kiygan adib yuzidagi tuyg‘ular bilan qorishib og‘riqli ifoda kasb etadi. Asarda ramzlar so‘zlaydi. Yozuvchining nigohlaridagi qayg‘u zalvori kartinaning “yuragi” kabi urib turganini seziladi. Yozuvchining to‘q jigarrangda ishlangan paltosi, shu rangdagi daraxtlar bilan uyg‘unlashib ketgan. Go‘yo yozuvchini isonlardan ko‘proq daraxtlar tushunadigandek… asriy daraxtlar Qodiriy qayg‘usiga guvoh bo‘layotganidan titroqqa tushayotgandek tavsirlangan.

A. Mamatova tomonidan “Abdulhamid Cho‘lpon” obrazi 1992-yilda O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi iltimosiga ko‘ra ishlanadi. Rassom Usmon Nosirni oq ot fonida tasirlagan bo‘lsa, Cho‘lponni oq semurg‘ qushi fonida tasvirlaydi. Bilamizki, afsonalar va ertaklarda semurg‘ dono qush, qushlarning yo‘lboshchisi sifatida keltirilgan. Uning o‘z kulidan qayta bunyod bo‘lishi, shoirning jisman yo‘q bo‘lsa ham she’rlarida hayoti davom etishiga ishoradek. Suratda boshiga do‘ppi kiygan, ko‘zoynak taqqan, bo‘ynida rus shoirlarida ko‘rganimizdek galstuk boylagan shoir gavdalanadi. Kostyumi ustidan chopon tashlab olgan shoir, qo‘llarini tizzasiga qo‘ygancha tomoshabinga yuzlanib turibdi.

Vaqtning o‘zi bu tarixiy asarlarni baholashning oliy hakami bo‘lib, inson qo‘l mehnatining mukammal mevalarini elakdan o‘tqazadi. Davrlar o‘tishi bilan voqealar shunday jadallashdiki, texnik va aloqa vositalari shunchalik cho‘qqiga erishdiki, bir lahzada internetdan har qanday qiziqtirgan ma’lumotni topish mumkin. Shunga qaramay, klassik tasviriy san’at umumiy san’at singari shoshmay, o‘z qonunlari asosida rivojlanyapti, negaki u xalq badiiy va ma’naviy madaniyatining kattagina qismini tashkil etadi.
Madina NORCHAYEVA
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
63
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
587
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
584



