Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 13°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.11.2026 | 12:25

img416

“BIR ÖJAR ŞOIR”

Xalqimizning jasoratli şoiri Şavkat Rahmon bir suhbatida “Şe’riyatimiz teran, oqimlari kuçli şe’riyatdir”, deya ta’rif bergan. Ayni şoirning özi mana şu “teran, oqimlari kuçli” şe’riyatda ulkan pörtanalar sodir eta olgani ahamiyatlidir. Çinakam muxlislar şoirning “Avtobusdagi öylar”, “Asotirlar kitobi”, “Gullayotgan toş”, “Ovozim”, “Titroq sezdingmi heç”, “Yonayotganlar”, “Aravon körinişlari”, “Xirgoyi”, “Jez otliq”, “Kutilmagan siyliqlar”, “Iqror” singari önlab şe’rlarini yoddan biladi, desak, mubolağa bölmaydi.

“Köngil taşna… Qondiray desam, Qaynab turar ğamlar buloği”, deb yozadi şoir bir şe’rida. Şoirning ijodiy şakllaniş jarayoni şunday muhitda keçdi. “Qop-qora devorga suyanib, yop-yoruğ xayollar surgan” şoir derazalarni kattaroq oçişni, kirlanib ketgan dunyoni biroz şamollatişni istadi. “Sözlarning saralarini” – har biri yuz sözning örnini bosadigan, har biri yuz umrga yetajak “Vatan, Xalq, Jasorat, Kuraş, Ozodlik” degan muqaddas sözlarni saylab, öz ijodida baralla kuyladi. Otaşnafas şoirning Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi homiyligida “Adabiyot” naşriyotida çop etilgan “Tanlangan asarlar”i xuddi şunday qaynoq ijod namunalaridan tarkib topgan.

Salmoqli kitobga şoirning öz şe’rlari bilan birga, u tarjima qilgan asarlar ham bir muqova ostida berilgani yaxşi iş, zero, tarjima, ayniqsa, şe’riy tarjima ham ijoddir. Xususan, Federiko Garsia Lorka şe’rlarining san’atkorona tarjimalarini alohida e’tirof etmoq kerak. Tarjimon Lorkani ona tilimizga ögiriş uçun atay ispan tilini örgangan. Ehtimol, şu boisdir, betakror ispan şoirining “Tuni bilan vodiyda esar / tumanlardan töqilgan ertak”, “Iç köhna qöşiğimiz / suvlaridan sönggi bor”, “Çöllab oğir noligan / oğoçlarning şamollar / çavaqlagan közlaridan / tomar jonsiz yaproqlar”, “Suzar qayiq-fikrlar / qoraygan qoraçuğing / qora bosgan suvida / çayqaladi çorasiz”, “Qamişzorni kiyvolgan / irmoq böğiq ğöldirar”, “Tong yorişgan çoğida / qattiq jala quyajak / qurib qolgan şoxlardan / tökiladi uyalar”, “Ö, gitara! / Beş xanjar / qonga böyagan yurak”, “Bir umr oğriydi oğriq sezganlar, / ölimdan qörqqanlar ölar umrbod”, “Yiğlaysan ot közining qirğoğida jimgina”, “Qizlar saharlari / yaşil ipakdan / çiroyli kaştalar / tikar yurakka” kabi önlab, yuzlab satrlari xotiramizga muhrlanib qoladi. Foram, şabiy, yobon, sad singari önlab betakror sözlar, tutilmagan qofiyalar bu tarjimalar uçun xosdir.  Şuningdek, Xuan Ramon Ximenes, Rafael Alberti, Yon Karayon, Vasile Nikolesku, Marin Soresku, Radovan Pavlovski, Nabi Xazriy, Jobir Navröz, Öljas Sulaymon, Nikolay Gribaçyov, Töqtağul Sotilğan öğli kabi maşhur va hali köpçiligimiz bilmagan şoirlar ijodidan tarjimalar sizni befarq qoldirmaydi.

Şe’rlarida özini haqli ravişda “bir öjar şoir” sifatida ta’riflagan atoqli ijodkorning har bir yangi kitobi – söz san’ati ixlosmandlari bilan har gal yangi diydorlaşuvi quvonçlidir.

Nigina ISKANDAROVA

“Jadid” gazetasining 2026-yil 6-noyabrdagi 45-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img31

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img118

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img310