22.10.2026 | 15:35
1516
BIR RUH BOR
Ha, bu şe’rlarda bir ruh bor. Mana şu ruh şam ziyosi xonaning barça joyiga tarqalgani kabi kitobdagi barça şe’rlarni mazmunan birlaştirib turadi. Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid yozadi: «Alalxusus, sizga taniştirmoqçi bölayotganim şoir inimiz – yoş bola emas, hayotning aççiq-çuçugini, ayniqsa, şoirlikning qattiq nonini allaqaçon obdon tatib-kamirib körgan, buning nimaligini boşidan ötkarib-ötkarayotgan, eng muhimi, hayot-u odamzod haqida öz xulosalariga ega kamtar va xoksor, kamgap ham kamsuqum, öy va andişali bir yigit. Yigitki, qirq yilda qirçillama bölgan bir şoir – yaxşi şoir, toza va dardli şoir».

Kitob «Jonlantiriş bölimi» (kitob birdan bunday oğir nom bilan boşlanganiga hayron bölmang. «Osmondan / osmaukol / olayapti ona yer» – bu yomğir tasviri. Şoir – nekbin), «Yaroqsiz sayyora» (bu nom-da, majoziy ma’noga ega: «Imon-e’tiqodsiz, işq-muhabbatsiz / yaroqsiz sayyora – içki dunyongiz»), «Yurak uruşlari» («Sen yöqsan. / Asabi buzuq soatning / uçib-uçib tuşayotir möylabi» – yurakning urişlari ham, uruşlari ham şunga monand: asabiy, biroq holi tang, quvvat yetişmaganidan arang uradi), «Gulbadan tuproq», «Jon-joyim», «Qöligul suv», «Bir kosa nur», «Tangaday zulmat», «Şe’riy hikoyalar» kabi turkumlarga ajratilgan.
Şoir öz şe’rlarini ötirib olib töqimaydi, aksinça, ularning har birini yaşab ötadi. Şu bois, bu şe’rlar qoğozda rost va ravon, samimiy aks etadi. «Şe’r biting, öyga çöming, / satriga bomba qöying, / köz taşlagan odamning / yuragi portlab ketsin», deb yozadi u. Yoki: «azob berar / ğam norasida / tirnoğimni qisgan eşikday; / jonim bilan zavq orasidan / ötdi umrim qora muşukday» – jon bilan zavqning orasidan qora muşuk ötyapti – bu şoirning umri. Yana bir şe’rida yozadi: «Şamol bilan olişgan, / oyoqlari çalişgan, / çöpday ozib qolişgan / lolalar saf-saf bölib, / ufq sari yöl olişgan; / boşiga ming balolar / yoğsa ham bu lolalar / yoqasidan ololar / toğni, misli erk uçun / yeng şimargan bolalar»… Xuddi çöqqilarni zabt etmoqqa qasd etib, toğ-u toşlarga tirmaşgan lolalarning holatida şoir ruhiyatining in’ikosi bor.
«Ruhimga sin solib, / men öz qonimda / Klinç holatdagi genni köraman. / Jahannam örtanur ötli jonimdan, / Özimda telbavor «men»ni köraman». Klinç – boksçilarning bir-biriga «kiyişib» qolib, jang qilolmay qolgan holati. Ana endi «klinç»ga kirib qolgan organizmdagi hujayralarni tasavvur qiling. Şoir aytadiki, «dunyo yonmayapti, öt tuşgani yöq, / hamma olov mening içimda ekan». Içi yonayotgan odamdan nima kutiş mumkin? Şundandir, olov, nur, şam, quyoş, oy obrazlari şoirning sevimli ramzlariga aylangan: «ŞAM…ziyo öğlidirman – / tong işqda muzlagan, / endigina tili çiqqan / köksimdagi olovning».
Kitob «ŞAM…ziyo öğli» deb nomlanişi ham bejiz emas. Bu nom ham, aslida, şoirning özi – kengaygan holda Şuhrat Aziz Mengziyo öğlidir. Inçunun, har bir şe’r – şoirning tarjimayi holi, degan fikrni uşbu kitob töla-tökis dalillaydi, desak, ayni haqiqat böladi.
Bu şe’rlar öquvçidan alohida tayyorgarlik va diqqatni talab qilişini aytmoq kerak. Masalan, «zero, hazm bölmas Hazrat Yunusni / yutgan baliq edi – Amir Husayn» singari söz orasida aytib ketiladigan köplab işoralarning ma’nosini çaqiş uçun öquvçi nafaqat Amir Husayn, balki Hazrat Yunus tarixidan ham boxabar bölişi kerak.
Uçta şe’riy hikoya – «Jayron bir öqraydi: «Bosib ursammi?!» / – Huşing joyidami? Özda borsanmi? / Men senga qizlikda izingdan yurgan / Yigitni aytgandim. Ismi Arslonmi?» singari quyma satrlar bilan bezangan «Arslon möyloviga qöl çözgan ayol»; «Manov daryoga boq, soçlari yoyiq / Lablari… lablari – qip-qizil qayiq… / Bir jonon daryoki, yastanib yotar, / Harorati oşgan sutday betiyiq. / Öynar suv yuzida barglar soyasi, / Bamisli eng şirin dardlar doyasi. / (Oyoq çalkaştirib yotgan daryoning / Girdobdir ikkala oyoq orasi…) kabi xuddi Usmon Nosirning «Naxşon» dostonidagi «Boğlarga namozgar salqini tuşdi» deb boşlanuvçi bebaho tasvirlariday baloğatlagan satrlardan iborat «Oltin taqa» va Ka’badil degan noyob ismli qahramoni bölgan «Özbekça sevgi» nomli asarlarda keçayotgan voqealar, ya’ni syujetni közdan qoçirmaslik uçun mağizga töyingan satrlarni ğoyat sinçiklab öqiş zarur böladi. Hali adabiyotşunoslarimiz bu şe’riy hikoyalarni çiroyli tahlil qilib berar, degan umidimiz bor.
Darvoqe, kitob mutolaasini tugatib, undagi alohida belgilangan satrlarga yana bir qur köz taşlab turganimda, nogoh telefonimga mana bu surat bilan bir şe’r kelib qoldi.
DIQQAT, QIDIRILMOQDA!
Diqqat, roppa-rosa öttiz yil oldin
Çiroyiga uçgan manov şunqorni…
Kim biladi, bugun ne keçdi holi,
Bu dunyoda körgan-bilganlar bormi?!
Öşanda bir qizni sevib u jondan
Özini yöqotib qöygan junundan.
Çiqqan-u beşinçi yotoqxonadan
Bedarak ketgan söng dorilfunundan.
Bundaylarning odam bölişi qiyin…
Şunça yil… Heç kimga dil yormadimi!?
Yuragi oğrigan bu telba keyin
Dunyoga öt qöyib yubormadimi?..
Şoir şu ğaroyib ruhda özini qidirişda davom etadi. Oxir oqibat, u özini ota uyidan topadi. Biz esa uni kitoblaridan, şe’rlaridan topamiz.
Ikrom ISKANDAR
“Jadid” gazetasining 2026-yil 16-oktyabrdagi 42-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
30
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
118
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
310



