24.12.2024 | 16:16
1524
BIRINCHI KITOBIM-2024
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan “Birinchi kitobim” loyihasining bu yilgi kitoblari ham nashr etildi. Ushbu loyihaga Zomin an’anaviy seminarida eng faol ishtirok etgan yosh ijodkorlarning ijodiy ishlari saralab olinadi.
Bu galgi kitoblarning taqdimoti 25-dekabr kuni 15:00 da Yozuvchilar uyushmasida bo‘lib o‘tadi.
Biz ushbu kitoblardan o‘rin olgan sara namunalarni bir joyda yig‘dik va hukmingizga havola etmoqdamiz.

Bibigul ADIYEVA
1996-yil Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. Qarshi davlat universitetini tamomlagan. Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi (2024).
* * *
Yur, ketaylik
dengiz tomonga,
U yerlarda baxtli bo‘lamiz.
To‘lqinlarin ortidan quvib,
Qirg‘oqlarni birga kezamiz.
Oqshom bizga hamrohlik qilar
Sohil bo‘yi.
Sen o‘qiysan ikki misra she’r,
Gulxan yonar,
Sevgimizning yo‘qolar o‘yi.
Bosh qo‘yaman yelkangga sekin,
Shirin tushlar toshar uyqudan.
Ishq shu yerda qara –
U yashaydi faqat biz bilan.
Tushun!
Boshqa imkon qolmagan (axir),
Bu yerda dard bizni kemirar.
Nurab yotgan jonimiz aro,
Har ko‘chada sevgimiz kezar.
Yulduzlarning uchishiga boq,
Shoshib uchar ular dengizga.
Oy ortidan mungli kuy chalib,
Ketolmayin qaraydi bizga.
Xayol kemasi cho‘kib ketganda
Shunchaki,
Yashashdan bir so‘z topmadim.
Ishq topdim,
Dard topdim,
Ayrolik topdim
Va Dengiz bo‘yida seni yo‘qotdim.

Burhon RAHMAT
1993-yil Buxoro viloyatida tugilgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi. Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi (2018-yil).
BAXTNING UCH SIRI
Muhtojlik negadir elitar seni,
Yolg‘izsan.
Tushlaring qilasan ta’bir.
Nedandir voz kechib, kutasan neni,
Demak, bu – sabr…
Boriga ko‘nasan, katta dunyosi,
Tushungin, yashashning boisi shudir.
Boringni berasan, yo‘qdir vafosi,
Boriga shukr…
Boshingga ish tushsa, ko‘kka qo‘l cho‘zib,
Manglayni besh mahal yerga urish rost.
Seni yorlaqasa,
Qo‘llasa O‘zi.
Bu erur – ixlos…
Tez to‘kila boshlar qumsoatdan qum,
Umringni qitiqlab o‘tib ketar vaqt.
Sabr qil, shukr qil, ixlos qil har zum,
Shuning o‘zi – baxt…

Charos AVAZOVA
2001-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU magistranti. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi (2021).
Siyohdon
Shuncha chopon uvol. Qayerga qo‘yaman endi? Baribir hozir hech kim kiymaydi. Manavi sopol siyohdonning ham keragi yo‘q. Men rassom esam. Mo‘yqalam bo‘lsa boshqa gap. Uxx, hech bunchalik charchamagan edim. G‘alati bo‘larkan. Yoningda o‘zing haqingda to‘lib-toshib gapirishsa, sen churq etmay, haykaldek qotib o‘tirsang. Maqtovlarni eshitib, o‘zing bexabar fazilatlaringni kashf etsang… Nodiram nega qo‘ng‘iroq qilmadi ekan? Qiz bolani otasiga mehribon bo‘ladi, deyishadi-yu. Nahotki tug‘ilgan kunimni unutgan bo‘lsa. Onasi tirik bo‘lganida… O‘zim aybdor. O‘qisin, dunyo ko‘rsin deb begona yurtga ketishga ruxsat berdim. Mana endi tilini, elini unutgan, Nadya bo‘lib Dmitriysi bilan allaqaylarda yuribdi. Yuragim yana sanchyapti. Sezib turibman, umrim oz qolgan. Yubiley, yubilyar… bari ortiqcha dahmaza. Chizishim kerak. Kuchim, imkonim borida, deb qayg‘uga botgancha o‘ylardi musavvir. U oltmishga to‘lgan, past bo‘yli, burgut qosh, quyuq jingalaksoch, zaif kishi. Tongga yaqin ko‘zi ilindi. Lekin biror soat bo‘lmay yana uyg‘ondi. Shunday qushuyqu bo‘lib qolgan u. Nonushta qilar-qilmas kiyinishga tushdi. To‘garakka borishi kerak. Shogirdlari kutib qolishmasin. Chol darvozani yopar ekan, hozir o‘zi yurib kelgan yo‘lkada siyohrang oyoq izlarini ko‘rdi. Yuragi o‘ynoqlab shu zahoti ichkariga qaytib kirdi. Izlar o‘ziniki ekan. Yurdi, qaradi, yana yurdi, qaradi. Har qadamidan siyohli iz qolardi. Chol ko‘zlarini qayta-qayta yumib-ocharkan, zumda charchaganini his qildi. Boshqa oyoq kiyimini olib kiydi. Baribir shu holat. Vahim ichida qo‘shnisi Abbosni chaqirdi. Chopib kelgan «madadkor»i cholga hayratlanib qarab, undan ismini, hozir qaysi fasl va yil ekanligini so‘radi. Musavvir tutaqdi, o‘zini jinniga chiqarayozgan qo‘shnidan norozilandi.
-Siz aytgan izlar qani, boboy? Ko‘zingizga ko‘ringandir-da! Qarilikdan bari, asabni asrang, – deb kulgusini to‘xtatolmadi Abbos.
Chol kun bo‘yi garangsib yurdi. Shogirdlarining uy vazifalarini tekshirgan bo‘ldi, topshiriq berdi. Bir amallab qalam-tasvirda ishlashni o‘rgatdi. Nahotki qadamimda to‘kilayotgan siyohni hech kim ko‘rmayotgan bo‘lsa, derdi tez-tez hayajonlanib. Kechasi ogohlantirmay rassomlar uyushmasidan bir guruh hamkasblari keldi. Suhbatdan cholning ko‘ngli ancha yozilgandek. Mehmonlarni kuzatib kelgach, ish stoliga muk tushgancha xayol surdi. Javon ustidagi sopol siyohdonga ko‘zi tushib, aqli bir dam ravshan tortdi.
-Siyohdonda qandaydir sir bor.-Yo‘g‘ey, sehr-joduni shu yoshgacha ko‘rmagan bo‘lsang.
-Bari uni olib kelganingdan keyin boshlandi-ku!
-Kecha qattiq charchagan eding. Ko‘zingga ko‘ringan-da. Bir dam olib tursang, hammasi o‘tib ketadi,- deya o‘zi bilan o‘zi tortishdi musavvir. Ko‘zlarini yumib, uxlashga harakat qildi. Bo‘lmadi. Yana gilam ustidagi oyoq izlarini ko‘rib tutoqdi. O‘zini chalg’itish uchun nimadir chizmoqchi bo‘ldi. O‘yladi. Noodatiy, hech qaysi rassomnikini takrorlamaydigan surat ishlashi kerak.
-O‘yla, izla! Yo‘q!
Cholning ko‘zlari pirillab, lablari titrab, asabiylashdi. O‘rniga qayta cho‘zildi.
Ertalab sut va non olish uchun do‘konga chiqmoqchi bo‘ldi. Siyohrang oyoq izlarini ko‘rdi-yu, tanini sovuq ter bosdi. Ustidan o‘tkisi kelmadi uning. Lekin qani boshqa yo‘l, ko‘cha! Yuragi sanchdi. Nonushta qilmay, to‘garak darslariga ketdi. Shogirdlarini bu gal erkin qo‘ymoqchi. Mayli, istagan suratlarini chizishsin. Ana biri daraxt va gullarni, biri uy va sevimli hayvonini, yana biri quyosh va tog‘ bag‘ridan sizib kelayotgan suvni qog‘ozga tushirdi. Lekin hammasidan ko‘ra Sarvarning surati e’tibortalab. Chol ancha vaqt unga tikilib qoldi. Bir varaqda bola va ota-onaning qator turgan qo‘l, boshqa varaqda esa oyoq izlari tasvirlangandi. To‘g‘ri, juda sodda, lekin mulohazakor. Aytishlariga qaraganda, eri bilan ajrashgach onasi Sarvarni xolasiga tashlab o‘zi chetga ishlagani ketgan emish. Shuning uchun bola doim mung bilan yursa kerak. Ehtimol, oilasini suratda bo‘lsa-da, to‘kis ko‘rishni istab shunday rasm chizgandir. Musavvirning ko‘zi bir zumga olovlanadi. Yo‘qotgan qadrdonini nogoh topib olgandek sevinchdan, ilhomdan to‘lqinlandi. Sarvarning boshini otalarcha mehr bilan silab qo‘ydi, so‘ng hammaga javob berib yubordi. Uyga yetguncha o‘zi iz solgan yo‘ldan ko‘z uzmay, xayollanib bordi. Yana ishtahasi bo‘lmadi. Bir choynak choy damlab, har zamon quyib icharkan, uzoq o‘ylandi, qoshlari chimirildi, peshonasi tirishib yoyildi. Qalam, bo‘yoq va o‘ziga kerakli narsa-buyumlarini olib taraddudlandi. Sopol siyohdonni olib, ro‘paradagi stolga qo‘ydi. Gilam ustidagi oyoq izlariga tikilib negadir kuldi. Ko‘ksida og‘riq turdi. Lekin rassom bunga e’tibor qilmas, ijod zavqi bilan yonardi…
Tushga yaqin qo‘lida bir kosa osh bilan xonaga Abbos kirib keldi. U avval yerda yotgan jonsiz musavvirni, so‘ng molbertga qo‘yilgan qalin qog‘ozni ko‘rdi. Yaqinroq borib qaradi-yu, yig‘lab yubordi. Unda chiqsammikan – yo‘qmi deya siyohdon ichidan tashqariga hayratlanib-cho‘chib qarab turgan bolakay tasviri aks etgandi.

Durdona BAHODIROVA
2001-yil 3-oktyabrda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida tug‘ilgan. Guliston davlat universitetini tamomlagan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkaziladigan Respublika yosh ijorkorlarining an’anaviy seminari ishtirokchisi (2022).
* * *
Sendan xabar kutdim sovuq oqshomlar,
Senli tushlarimdan ijobat istab.
Ma’yus ko‘zlarimning aksini endi,
Ovora bo‘lmagin shafaqdan izlab.
Men o‘chib ketyapman yoziqlaringdan,
Men ko‘chib ketyapman qayga, so‘rama.
Oppoq tonglaringda otmayman endi,
Men faqat ko‘ksingga botib turaman.
Tomog‘im qaqratdi achchiq sukutlar,
Bir najot istadim, bir dod istadim.
Hamma baxt izladi kulgularimda,
Men esa yig‘lashga yelka izladim.
Shamol izg‘ib yurar xazonrez bog‘da,
Nihoyat uzildi eng so‘nggi yaproq.
Kimnidir mensizlik qiynagan chog‘da,
Bir seni borligim qiynaydi ko‘proq.
Sendan xabar kutmay qo‘ydim oqshomlar…

Faxriyor BAXTIYOROV
2002-yilda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida tug‘ilgan. 2024-yilda Jamoat xavfsizligi universitetini imtiyozli qizil diplom bilan tamomlagan. Hozirda Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti. Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi (2019).
SEN UCHUN
Soxta sitamlarga yo‘g‘rilgan afsun,
Oqman deganlarning ko‘ngli “qaro”mish.
Barchinim, yonimda yig‘lama mahzun.
Barchinim, yonimda turma faromush.
Qon bilan kirgani chiqar jon bilan,
Baham ko‘r hayotning baland-pastini.
Sen uchun, sen uchun, yana sen uchun,
Yengaman Alplarning milliontasini.
Nishonni uzoqdan ursam-da zotan,
Sening yuragingga bormas ishqim – o‘q.
Bizning manzilimiz – ishq degan vatan,
O‘lsak o‘lim birga, boshqa imkon yo‘q.
Barchinim, yonimda yig‘lama xomush,
Alamni o‘zingdan nariga yubor.
Yoningda turibdi axir Alpomish,
Bizni visol sari eltar Boychibor.

Farhod ESHON,
Mavluda SAMARIDDINOVA
Farhod Eshonov – Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida tugʻilgan. Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi (2019-yil).
Mavluda Samariddinova – Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi (2018-yil).
Farhod ESHON
KOʻLDAGI AKS
Oʻrtamizdagi barcha munosabatlar alaloqibat oʻz yakuniga yetdi. Koʻnglimdan qanday hislar oʻtgani oʻzimgagina ayon. Har qanday iliq tuygʻuni sovuta oladigan tashvish borligi turgan gap. Ammo sevgi hech qachon osonlikcha taslim boʻlmagan. Chunki doimo qalbingdagi tuygʻular, ongingdagi tasavvurlardan ham layoqatliroq ekanini kech boʻlsa-da anglab yetasan. Darhaqiqat, kutilmagan tasodiflar haqida aytging keladi. Biroq bularning barchasi taqdir-azal ekanini bilgach, dunyoqarashing biroz oʻzgaradi. Oʻzligini anglagan inson kabi dunyodan oʻpkalamay qoʻyasan. Boshingga tushgan har qanaqa yomon vaziyatda oʻzingdan boshqa hamma narsani va barcha kimsani aybdor sanashing, endi oʻzingga erish tuyiladi. “Hammasiga oʻzim aybdorman”, degan kuning, koʻz olding birdan yorishganini his etib, barcha jumboqlarga yechim topganday yengil tortasan.
Koʻl sathida jilolanayotgan suvning uchqunlari, qorachiqlaring ichida tovlanayotgan bir chimdim yoqutga oʻz ilinjini aytgandek zorlanadi. Boshing uzra porlayotgan oymoma esa, shirin xayolingdan bezovta boʻlgan oningdayoq, uzoq vaqtdan beri seni taʼqib etib kelayotgan tim qora aksga eʼtiboringni tortishga urinadi. Ammo sen, butun dunyo larzaga kelsa ham, hech narsaga chalgʻimay qirgʻoqda toshdek qotasan.
Avval quloqlaringga begʻubor kulgi sadolari elas-elas eshitiladi. Soʻng, koʻz oʻngingda, zim-ziyo uzoqlikda – qandaydir gʻira-shira nimarsalar shaklga aylanadi. Ushbu shakil mudom vaqt senga kimnidir eslatganday tuyulaveradi-yu ana shu mavhumlikning tagiga yetmay, oʻsha kimingni izlab umr varaqlaysan.
Oʻn oltinchi fevral. Yashab turgan qishlogʻingda qishdan asar ham qolmagan, kunlarning biri. Qay koʻchada gul solib qoʻygan gunohkor bodom daraxti. Sen boʻlsa koʻl yoqasiga, erta gullaydigan bodom koʻchasidan chiqib kelarding. Tez orada yomgʻir yogʻadi. Buni bilgan baliqchi chol, qirgʻoqda suvga qarmoq tashlagancha ustiga yomgʻirpoʻshni iladi. U oʻz oʻrnida!
Sen, odatingdek, sukut saqlab, non ushoqlarini suvga socha boshlading. Buni payqagan chol, ensasi qotganday nimalarnidir gʻuddillardi. Men-chi, men? Men… Xuddi simyogʻochdek joyimdan jila olmasdim. Goʻyo non boʻlaklari suvga tushib nigohimni toʻlqinlantirib yuborar, ayni dam milt-milt etayotgan shaffof suv izmida sening aksing kabi oʻziga nazar tashlashingga umid bogʻlab turardim. Ammo birdan koʻl oʻz qaʼriga torta boshladi. Atrofimga sochilgan non qoldiqlariga bitta ham baliq kelmadi. Men esa oʻsha ushoqlarga boʻlsa-da chirmashishga harakat qildim.
Zulmat oʻz qar’iga tortib borar ekan, barchasidan umidimni uzdim. Oʻtmish, shirin xotiralar. Sen. Negadir hayot uchun kurashishni istamas edim. Kurashish azob. Kurashish uchun kuchim qolmagan. Tobora tubsizlik aro gʻarq boʻlarkanman, atrofimdagi barcha mantiqsiz narsaga oʻzimni urdim. Zim-ziyo chuqurlikda mendan boʻlak sharpalar boʻlsa bor, lekin biror tirik jon yoʻqligi aniq edi. Oʻzimni chorasizlikdan har yonga ura boshladim. Uzoq yillar Xudodan oʻtingan ilinjim, chin moʻjizani, qalbimda tugilib qolgan jumboqlarga yechim soʻradim. Shu zahot boʻynimga sirtmoq tushganday, qora oʻpqondan nimadir meni katta kuch bilan tortib chiqdi. Jon shirin ekan, talvasaga tushganday tipirchilay boshladim. Butun tanamga hayotning achchiq nafasi yana bir bor yoqimli yelvizak kabi ohista tegindi. Qarshimda turgan kishi, baliqchi chol edi. U meni qoʻllarida tutib turar ekan, ehtiyotkorona sirtmoqni yechib oldi va suv toʻldirilgan chelakka uloqtirdi.
– Bilasanmi, baliqcha? – dedi chol, biroz oʻtgach. Qoʻqqisdan gap boshlagan boʻldi-yu, lekin bu yoshda odamlar oʻzi bilan oʻzi gaplashib ham qoʻyaverishi mumkinligini angladim va shunchaki sukut saqlab, tinglashda davom etdim.
– Bugun ham ov baroridan kelmaydiganga oʻxshaydi. Havoning avzoyi buzuq. Balki yomgʻir yogʻsa, baliqlar yuzaga koʻtarilar? Ha, yomgʻir yogʻsa baliqlar, xoʻrak izlaydi, – taʼkidladi bosh irgʻab oʻziga-oʻzi. Goʻyoki mendan yaxshi suhbatdosh chiqib qolganday. Yomgʻir ham elas-elas tomchilashni boshladi. Shunda chol, koʻrsatkich barmoqlari bilan, doim sen bilan uchrashadigan joyimizni koʻrsatib gap ochdi. – Ana u yerni koʻryapsanmi? Ha-a, oʻsha yer, – chuqur uh-h tortib, gʻamgin davom etdi. – Ancha yillar avval edi, chamamda shu fevral oyi. Doim baliqlarga oʻsha qirgʻoqda ovqat beradigan qiz, har kungiday koʻprikka chiqib keldi. Qoʻlida bir hovuch yemak bilan. Senga aytsam, uning baliqlarga boʻlgan mehri bolaligidan boshqacha boʻlgan. Har gal meni koʻlning bu yonida ov qilib oʻtirganimni koʻrsa, imkon qadar jonivorlarning qornini yaxshi toʻqlashga urinar va men tashlagan xoʻrakka yaqin ham yoʻlashini istamas edi…
Azizam, chol sen haqingda gap ochdi negadir. Ozroq xoʻrsinib yana ikkimizning munosabatlarimiz toʻgʻrisida ham toʻxtalib oʻtdi.
– Aytsam ishonmassan. Lekin, shu qizchani bir kun koʻrmasam, ov qilgandek boʻlmasdim.
Oʻylab qolaman. Balki men ham farzandlik boʻlganimda… Yana kim bilsin? Cholning boʻgʻziga noxos nimadir tiqilganday yoʻtal tutdi. Biroz nafas rostlagan boʻlib, oʻsha eskirib ketgan zafaron yomgʻirpoʻshni ustiga ildirdi va gapirishda davom etdi.
– Qizcning juda latofatli va nazokatli ekani uzoqdan ham yaxshigina koʻzga tashlanib turardi. Oradan hech qancha vaqt oʻtmay uning atrofida bir yigitcha oʻralasha boshladi. Garchi menga yoqmagan esa-da, uning didiga toʻgʻri kelgan, shekilli, tez-tez koʻl boʻyidagi koʻprikda uchrashishni boshlashdi. A-ha-ha, menga nima ekan? Shu soʻzlarni aytib yuziga ozroq kulgi oralaganday jimib qoldi. Keyingi soʻzlari esa shunday ohangda chiqar ediki, uni eshitgan har qanday kishi – hozir hoʻngrab yigʻlab yuboradi, deb oʻylashi turgan ish.
– Men qari ovsarning, men kallavaramning, uyi kuygurning, nafsiga oʻt tushgurning qilgan ishini bilasanmi? Shu zaylda nola qilar tevarakda esa momaqaldiroq gumbir-gumbirlarini tindirmasdi. Chol qancha baland nola qilsa, momaqaldiroq shuncha baland chalardi. Agar mobodo yigʻlagudek boʻlsa, yomgʻir ham kuchayib unga joʻr boʻlishga shay turgandi.
– Oʻsha kuni ham yomgʻir yoqqandi, davom etdi biroz tinchlanib.
– Qishlogʻimizdagi brokonyer Majidning maslahatiga kirib, maqtagan tokuzatkichni ovga olib chiqqandim. Mening ojiz aqlim, hozir tokni suvga uraman-u birdan moʻmaygina baliqlarni ovlayman, deb oʻylagandi. Ammo bu ishga taraddud koʻrarkanman, koʻprik tomondan gʻalati shovqin kela boshladi. Eʼtiborimni tortgandek biroz toʻxtab qoldim va qiziqsinib shu tarafga yaqinroq yurdim. Yoʻl-yoʻlakay men suvga tok urgan payt yuqoriga koʻtarilib chiqqan chalajon baliqlarni qizaloq koʻrib qoʻrqmasa bas, deya oʻylardim. Bolaning koʻngli bilan esa tashvishim yoʻq albatta. Bir fursatdan soʻng koʻprik boʻyidagi ovozlar aniq eshitila boshladi. Yaqinlashib qolgandim. Quloqlarimga ishonmay boshimni koʻtarib, shu tomonga nazar tashladim. Har kuni faqat kulgi va pichir-pichirlarning sadolari keladigan joyda, janjal zoʻr beribdi. Qizaloq tinmay yigitni ayblar va yoʻqol, deya haydardi. Yigitcha esa oʻzicha bir nimalarni tushuntirgan boʻlib kechirim soʻrardi. U nima demasin, qizning vajohati soʻnmadi, oʻzini oqlashga tinmay urunishi zoye ketardi. Oxiri nimadir demoqchi boʻlib, qandaydir qaltis harakat bilan qizning yelkalaridan tutgan edi hamki? “ogʻriyapti qoʻyvor”, deya chinqirdi qiz…
Ha, oʻsha kuni sen bilan oʻrtamizda anglashilmovchilik boʻlgan edi. Chol, oʻsha, men endi butun umr oʻzimni ayblab yashaydigan voqeani soʻzlab beryapti. Negayam amakimning qizi bilan mahallangdan oʻtdim? Kamiga aynan shu kuni meni, u bilan koʻrgansan. Qancha tushuntirsam ham yolgʻon, deding. Ishonmading. Ishonmasang ham goʻrga, nega seni oʻsha koʻprikda yolgʻiz tashlab ketaman? Qolsam boʻlmasmidi? Balki qolganimda, hozir. Toʻxta-chi, oʻsha kuni manovi Chol ham barchasini bilgan ekan-da. Sudda guvohlik bergan ham shu, demak. Avval yaqindan koʻrmagandim hech. Hozir ham ancha oʻzgaripti. Yelkasi bukchayipti, yuzi esa ajinga toʻlipti. Cholga razm solarkanman oʻzimcha unga savol berardim.
– Nega men ketgandan keyin Kamolani saqlab qolmading? Hech boʻlmasa koʻprikdan uni haydab solmading.
Chol hech narsani eshitmaganday menga baqrayib turardi. Axir, axir men hozir baliqman! Yoki hushsiz koʻchada, yoki oʻz oʻrnimda tush koʻrib yotgan boʻlishim ham mumkin…
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 103-moddasi b qismi bilan (voyaga yetmagan shaxsni oʻzini-oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazishda) aybdor deb topilib, toʻqqiz yilga, hech qanday appelyatsiyasiz ozodlikdan mahrum etildim. Toʻqqiz yil seni oʻyladim. Uch ming ikki yuz yetmish sakkiz kun oʻzimni ayblab yashadim. Ammo yuragimni tub-tubida, seni oʻz joningga qasd qilganingga shubham bor edi. Ana shu soʻnggi gumonni unutish va sen bilan vidolashish uchun koʻl boʻyiga kelgandim bugun…
Qoʻqqisdan chol ezilib yigʻlay boshladi, diqqatimni tortib. Yomgʻir ham tobora kuchayardi.
– Bilasanmi, baliqcha, men katta gunoh ishga qoʻl urib qoʻygan bir nomard, qoʻrqoq va tovlamachiman, dedi uvvullab. Shu lahza tanamdagi barcha aʼzolar quloqqa doʻndi.
– Oʻsha kuni yigit qizchaga jahl qilib ketib yubordi. Men ham janjal tin olganiga xotirjam tortib xilvatroq joyga oʻtdim. Soʻng tokuzatkichni asta ishga tushirdim. Tirrillagan ovozini qishloqdagilar eshitmasin deb, darrov suvga tok urib uni oʻchirdim. Soʻng baliqlarning birma-bir yuzaga koʻtarilishlarini koʻrish uchun suv sathiga qarab turdim. Birma-bir baliqlar koʻtarilar ekan, yuzimga quvonch yugurib toʻrni ushladim. Miyamda faqat bittagina oʻy. Ularni tezroq terib olish. Ammo, ne koʻzlar bilan qarayki, baliqlar bilan yana bir kattaroq narsa yuzaga koʻtarilib chiqdi. Toʻrni uloqtirib uni qirgʻoqqa tortdim. Yo Xudoyim, nima qilib qoʻydim? U bo‘yi yetib qolgan bir qiz edi. Jonsiz va rangsiz.
Shu soʻzlarni eshitdim-u, chelak ichidagi suvlarni har yon sachratib, tipirchilay boshladim. Chol boʻlsa, eʼtibor ham qilmay iqrorida davom etardi.
– Avval qoʻrqib ketdim. Atrofga qarab birov yoʻqmi, deb koʻz yugurtirdim. Soʻng qizning jasadini qoʻlimdagi toʻrning toʻrt tomoniga tosh boylab, oʻradim. Asta qirgʻoq boʻylab koʻprikka ko‘tarib borib uni koʻlning eng chuqur joyiga tashlab yubordim. Keyin uyga ketdim.
Butun qishloq qizchani izlashga tushdi. Eshigimni kimdir taqillatib kelganda, uning ismi Kamola, yoshi oʻn oltida ekanini bildim. Bir necha kundan keyin politsiya zobiti ham kelib bilganlarimni soʻradi. Ozroq hayajon bosganimni sezib va tez-tez koʻldan baliq ovlab turishimni bilib oʻz ish joyiga suhbatga taklif etdi. Barchasidan umid uzib, ming xil oʻyda oldiga bordim. U menga bir tekis savol berarkan, birdan koʻprik boʻyidagi janjal va yigit esimga tushib qolib, najot topdim. Hammasini zobitga aytib berdim. Keyin uyga ketganimni ham aytdim. Soʻngida koʻl tubidagi jasad oʻralgan toʻr menikiligi esimga tushib, jonbozlik koʻrsatishni boshladim. “Agar qiz oʻshanda uyga qaytmagan boʻlsa, uni qayerdan izlashni bilaman”, dedim motamsaro.
Zobit ham soʻzlarimga laqqa tushdi. “Unda yoʻl boshlang”, deb ortimdan koʻprikkacha keldi. Men chuqur nafas tortib koʻprikning boshqa tarafidan suvga shoʻngʻidim. Suv tubida amallab toʻrni echib, Kamolaning shishib ketgan jasadini boshqa tarafdan olib chiqdim. Keyin…
– Keyin Sud boʻldi, ablah sen, oʻz rolingni mohirona ijro etding. Yomgʻir tin oldi. Chol ohista meni qoʻliga olib suvga qoʻyib yubordi. Goʻyo ichidagi gʻussani yengillashtirgan boʻlib. Zulmat aro Koʻl tashqarisidagi simyogʻoch yonida turgan tanam taraf oshiqardim. Ming gʻazabda. Miyamda esa faqat bir oʻy – Intiqom!
Birdan zulmat gʻoyib boʻldi. Qandaydir mayin ovoz meni chaqirardi. Ortga oʻgirilsam, uzoqdagi gʻira-shira sharpalarning biri aniq koʻrina boshladi. U Kamola edi. Toʻrga oʻralgan va tubsiz zulmatga gʻarq boʻlayotgan, hali tirik boʻlgan Kamola. U tinmay meni chaqirardi…
Mavluda SAMARIDDINOVA
Gul
U begona oʻtlar orasidan chiqqan bo‘lsa-da, juda chiroyli bo‘lib ochilgan. Qarang-a, kim ham ushlamaydi deysiz bundayin xushroʻy gulgʻunchani. Xusn-koʻrkini namoyon etib turgan gulga havas qilaman, sevaman, undan zavq olmay, oʻtib keta olmaysiz. E’tibor bilan qarasangiz, kimdir havas nigohini tashlab oʻtadi; yana kimlardir beparvo. Goʻzallikka oshufta nigohlar guldan zavq olardi. Men gulni ham, unga termulgan nigohlarni ham kuzatib, oʻtirardim-u yoniga borolmasdim. Shu kunlarda bir kishi gulni tomosha qildi, termuldi. Soʻng uni uzib olmoqchi boʻldi-da, oʻtlar orasidan, gul tomon yurib bordi. Yurishga harakat qildi. Ammo gulning tikonlari qoʻllarini tilib tashladi. Biroq gul uzilmasdi.
Oxiri kimsaning sabr kosasi toʻlib, gulni sindirishga qaror qildi. Gultoji barglarini yulib, sindirib, oʻtlar orasiga oyoq osti qilib tashladi va hech nima boʻlmagandek, yoʻlida davom etdi.

Islom ESHNIYAZOV
1999-jılde Qaraqalpaqstan Respublikası Xojeli rayoninda tuwılg’an. 2020-jılda O’zbekstan mámleketlik kórkem óner hám mádeniyat institutı Nókis filialiniń «Saxna hám ekran kórkem óner dramaturgiyası» qánigeligine 2024-jılda pitkep shıqtı. 2023-jılda Moskvada bolıp ótken «корабль знаный» tanlawında «Bir gúze altın» pyesası menen qatnasıp siyli 1-orın menen siylıqlang’an. Jas dóretiwshilerdiń respublikalıq «Zámin-2024» seminarı qatnasıwshısı.
“Isengenim óziń”
(Drama)
Qatnasıwshılar :
Qurban – Jas bala, Ajar kempirdiń aqlıǵı
Ajar kempir – 70 jas átirapında
Ótepbergen – Orta jastaǵı, óz mápi ushın júrgen adam
Mámbet – Guljaynanıń kúyewi
Guljayna – Qońsı hayal, ósekshi, jaǵımpaz.
Joldasbay –
Annotaciya :
(Shıǵarmada watan – shańaraq tımsalında berilgen bolıp, onı qorǵau hár bir puqaranın minnetli wazıypası ekenligin Ajar kempir arqalı koriuimiz mumkin, ol jas bolsın, qarı bolsın watandı qorǵap asraw hár birimizdiń wazıypamız. Áskeriy xızmetkerlerdiń mártligi Jumanazar Maratovtıń portreti tımsalında suwretlengen. Shıǵarmadaǵı barlıq qaxarmanlar kórkem toqıma)
(Perde ashılǵan waqıtta saxnanıń bir shetinde Ajar kempir otıradı, saxna qarańǵı, Ajar kempirge biliner, bilinbes jaqtılıq túsip turadı, qandayda bir dawıs onı sergeklentiredi)
Ajar kempir : (sergek tartıp) Qurban? …kim bar bul jerde,eger urı bolsań aytıp qoyayın, meniń xesh qanday qımbat bahalı buyımlarım joq…
Dawıs : Qımbat bahalı buyımlar ushın kelmedim.
Ajar kempir : Onda nege keldiń? Nege kórinbeyseń.
Dawıs : Qorqaman.
Ajar kempir : Qorqaman? Urılarda qorqama eken?
Dawıs : Men xesh qanday urı emespen.
Ajar kempir : Onda kimseń, neden qorqsań
Dawıs : Adamlardıń bir-birine isleytuǵıń qılўalarınan qorqaman, kózine tik qarap turıp aldawınan, olardıń axmaqlıǵınan qorqaman.
Ajar kempir : Hámme sen oylaǵanıńday axmaq emes.
Dawıs : Isengeniń isenimińdi aqlamasa, sen qol sozǵanıń kókiregińnen iyterse, óz mápi jolında xesh nárseden qaytpasa, xosh bul axmaqlıq emespe? Aўa bul axmaqlıq, olardıń sonday axmaqlıǵınan qorqaman, olar islese ayıp emes, sen isleseń ayıp sanawınan qorqaman.
Ajar kempir : Sonıń ushın kóriniwdi qálemeyseń be? Meni barqulla gúzetip júrgendey seziledi, nege sayaday izimnen qalmaysań, meni ańılıp júrgen kimseń ózi…toxta, dawısıń negedur tanıs, bunday dawıstı qashan esittim, nege tanıs sezile beredi…(onı tanıǵanday boladı) Jumanazar….sen,sen Jumanazarsań ba? Qáne qayaqtasań, aldıma kel, nege men seni kórmey atırman…
(Jan-jaqqa alańlaydı, Saxna ele qarańǵı kútilmegende Qurban qolı menen joqarıdan tómen qaray túsip turǵan lampanı burap jaǵadı, sol zamatı saxna jaqtı túske enedi, saxnada bólmeniń kórinisi, tuwrıda Qurbannıń ákesiniń portreti diyўalǵa ilinip turıptı)
Qurban : Apa jáne ózińiz benen ózińiz sóylesip atırsız ba? Aytamanǵo bunday ádetińiz jaqsı emes dep.
Ajar kempir : (albırap) men yaq…házir…usı jerde ediǵo, anıq soylestimǵo, usı jerde edi, maǵan jaqın keldi?
Qurban : Apa, xesh kim joq bul jerde, eger bar bolǵanında mende kóretuǵın, esitetuǵın edimǵo, mine kórip tursızǵo, xesh kim joq. Áne qarań, xesh kim joq.
Ajar kempir : Onda kim menen sóylestim, dáslep onı sen dep oyladım, dawısıda seniń dawısıńa uqsaydı, júdá tanıs dawıs edi, ol kim edi.
Qurban : Uff…aytıp atırmanǵo xesh kim joq dep, mına jerde úshinshi bir adam bolǵanında mende esitetuǵın edim, qalayınsha ol siz benen sóylesip turıp, men kelgenimde úndemey shıǵıp ketiwi mumkin. Jáne men onı kórmey qalsam.
(Ajar kempir aytıwǵa sóz taba almay qaladı)
Ajar kempir : (oylanıp qaladı) Onda kim menen sóylestim…
Qurban : Ózi adam degen sonday, qartayǵan sayın esi kireli-shıǵalı bolıp qaladı deydi.
Ajar kempir : Kim ayttı bunı saǵan!
Qurban : (ózinen-ózi úyalıp) keshe, anaw… Mámbet aǵa aytıp edi.
Ajar kempir : (hayran bolıp) Mámbet ?
(Usı waqıt Mámbet hayalı Gúljaynanı quwalap shıǵadı, ol saxnanı aylanıp qashadı)
Gúljayna : (perde artınan) tiyme dep atırman…Ajar apa
Mámbet : Toqta, qayaqqa qashıp qutılajaqsań, buzawdıń juwırǵanı topanxanaǵa shekem degen gápti esitpediń be?
Gúljayna : (qırsıǵıp) Men qaytqan malda qayır bar degenin esittim.
Mámbet : Onda qayt izińe
Gúljayna : Qaytıp men ne axmaq boldım ba, seniń usınday ádetiń bolsa ulıwma qaytpayman
Ajar kempir : Xáy ne daw bolıp atır, neni bólise almay atırsızlar, xaw bir-birewińizden alalmay júrgen kegińiz barday quwıp júrsizlerǵo
Mámbet : Ajar apa kegimiz joǵaw, mınaw qatın miyi aylan bolıp qalǵan, anaw desem, mınaw deydi, mınaw desem anaw dep, gápke kónbeydi
Ajar kempir : Ekewińiz eki jaqqa tartsańız ol qalay bolǵanı
Gúljayna : (Ajar kempirge) Ajar apa, negizi mınanıń esi durıs emes, xaw kesheniń aldındaǵı kúni, bir ózinen-ózi ózgerip qaldıma de, qolına ilgen nárseni ılaqtırıp otır, sonıń kesirinen úyden bereket qashtı
Mámbet : Xaw óziń emes pe, qanımdı qaynatıp atırǵan.
Gúljayna : Qanıńdı qaynatıp men bir ne, astıńa ot jaǵıp turman ba?(Ajar kempirge) Usınıń ońbaytuǵın túri bar, jańaǵı aytayın degenim.
Mámbet : Eger ońıp turǵanımda saǵan qusaǵan qatındı alarma edim. Meniń mına basım islemey qalǵan jeride usı shıǵar. (Qurbanǵa ) Durıs pa Qurban
Qurban : Durıs, durıs aytıp atırsız
Guljayna : Áy sen japsa awzıńdı, sonıń sózin sóylep turǵan senińde esiń joq.
Ajar kempir : (hayran bolıp) xaw…
Guljayna : (ózinen ózi úyalıp ketedi) endi…júdá jaman emespen degenimǵo
Ajar kempir : Seniń mına gápińdi esitip, tap Mámbetjan durıs qılama dep qaldımǵo
Mámbet : Aўa da, men mınaw qatın dep…
Gúljayna : (sózin bóledi) Áy ózińdi maqtay bermey óshirse únińdi, saǵan qarasa suwdan qurǵaq shıǵatuǵın qıylısań.
Ajar kempir : Boldı…boldı qısqartıń qáne! Kim qurǵaq, kim ızǵar ekenin kóremiz xázir.
Guljayna : Xaw Ajar apa, aytıp atırmanǵo, mınanı dep úydiń bereketi qashtı, bolmasa áp-áneyi bolıp uytqıp otırǵan shańaraǵım edi-aw
Mámbet : Men be uytqısın bılǵap otırǵan, óziń emes pe, bir gápten qalmaytuǵın, ól degen qırsıq, ósekshi qatın ekenińdi bilmeydi dep oylaysań ba?
Gúljayna : Ne? Ele meni sonday dep oylaysań ba?
Mámbet : (qırsıǵıp) Onday dep oylamayman…(kulip) bunıń haqıyqat ekeninligin hámme biledi ǵo, (Qurbanǵa) solay emes pe
Qurban : (maqullayjaq boladı, Guljaynaǵa kózi túsip irkilip qaladı) A.aaw..men jańaǵı…
Guljayna : Aytseysh…tilińdi jútıp aldıń ba, ne jańaǵı ayt qáne
Qurban : Yaq…xesh nárseni bilmeymen, men jańaǵı házir kelemen. (Shıǵıp ketedi)
Mámbet : Kórdiń be, senin tiliń uwdan beter.
Guljayna : Uўdıń dámin kórmey júrgen ekenseń (ashıwlanıp jeńin túredi) házir saǵan kórsetemen…
Mámbet : (qorqıp oǵan qaraydı) ne qılajaqsań, jenya ózińdi bas.
Gúljayna : Men Jaynaman, Gúljayna… jenya emes (oǵan topıladı, Ajar kempir arashalap qaladı)
Mámbet : Way-way…ne bále, alıń mınaw qatındı
Gúljayna : Berman kel dep atırman.
Mámbet : Barmayman
Ajar kempir : Xaw…seni jenya degeninshe bar ekenseń ǵo.
Gúljayna : Ajar apa usı Mattash barǵo…
Mámbet : (albırap) Máttash emes…má.mán.má…Mámbet
Gúljayna : (qolın bir siltep) Áy tap usı barǵo, adamlardıń zaw-zatına qaramay sógedi, otkenniń oraǵın, ketkenniń ketpenin alatuǵın da usı.
Ajar kempir : Mına aybatıń bolsa, ol emes seniń alatuǵın túriń barǵo
Gúljayna : Xaw Ajar apa, men shıbınǵa da azarı joq qatın bolsam.
Mámbet : Áy qáydem-aw, shıbınǵa da azarım joq dep, tutıp alsań ońdırmaytuǵınıń anıqqo seniń.
Ajar kempir : Ózi neni talasıp atırsızlar,
Mámbet : Mınaw aqıldan azǵan qatınǵo, bárin baslap júrgen.
Gúljayna : (sózin bóledi) Anaw kúni televizor kórip otırsaq, iship otırǵan shaynegin shay-payı menen diyўalǵa laqtırdıma de. (Mámbetke) Dáribay menen Oralbaydı urǵanıńdı da aytayın ba?
Mámbet : Durıs qılaman…olarǵa bulda kemlik etedi…
Ajar kempir : Xaw Máttash…senińde appak jeriń joq ekenǵo qaraǵım.
Mámbet : Ajar apa usını siz aytpasańız jaqsı bolar edi..
Gúljayna : Aytpay ne qıladı, aq xojanıń aqlıǵınday turǵanın qarańda bunıń.
Mámbet : Qılǵanımdı moyınlayman…men durıs qıldım, olarǵa bulda kemlik etedi, arashalap qalmaǵanda awxalı qorjın edi.
Gúljayna : Áne, áne gúnanı jáne meniń moynıma ildirgisi keledi-aw. Óz awzı aytıp turıptıǵo qılǵan isin.
Mámbet : Xáy qatın endi ne, awzımdı ashıp qarap otırmaytuǵın shıǵarman.
Gúljayna : Awzıńdı ashıp otırmasań kórdikqo qılǵan qılıǵıńdı. Biyshara Dáribay menen Oralbaydı ayayman-aw….
Mámbet : Sen qatınnıń anıq esiń joq, aq penen qaranı ayıralmaysań, olardı ayawdıń keregi joq.
Gúljayna : Aq-qaranı ayıralmay, men bir ne chyornabelıy kóremen be, ya kózim qıysıqpa edi?
Mámbet : Kóziń qıysıq emesda, biraq usı qısıq kózleriń menen aq penen qaranı ajıratalmawıń anıq.
Ajar kempir : Boldı da endi, úndemese sizlerdiń jırıńız ada bolmaydı ǵo. Xaw áp-áneyidey júrgen adamlar, talasıp-tartısıp júrseńiz, bul qalay bolǵanı
Gúljayna : Ajar apa siz aqırına shekem esitip alıń da, meni aq-qaranı ajıratalmaydı dese isenip keteberesiz be, gáptiń bári mınaw Máttáshtaǵo
Mámbet : (ashıwlanıp) Ne? Máttásh bolıp qaldım ba ele
Ajar kempir : (arashalap) Boldı, boldı…xesh kim seni Máttásh dep atırǵanı joq
Mámbet : ózińiz esittińizǵo…Jenya berman kel qáne
Gúljayna : Barmayman, ele axmaq bolmadım…
Mámbet : Áne kórdińiz be, ya gápke kirmeydi, ya bir jurtıń qatınları qusap aytqandı qılmaydı, odan shańaraq bolama…(Gúljaynaǵa ójetlenip) Háy jenya, bilseń shańaraq degeni. Oatan ishindegi watan degeni, onı asrap-abaylaw kerek.
Gúljayna : Ne deseń sol de, men xesh jerge barmayman.
Mámbet : Barmaysań ba?
Gúljayna : Barmayman dedim be, barmayman
Mámbet : Anıq barmaysań ba? Onda ózińnen kór
Gúljayna : Anıq barmayman, mınaw turǵan jerimnen bir adım bılay-bılay jıljısam Jayna atımdı (basqa at taba almay irkilip oylanıp qaladı) mmmmm….
Mámbet. : Jenya qoyasań…
Gúljayna : (hayran bolıp) Newe?
Mámbet : Neweseń, newe…atıń jenya seniń (saxnadan shıǵıp baratır, onı Gúljayna ashıw menen quwalap ketedi)
Gúljayna : Qáne berman kel, ele saǵan jenya boldım ba, qatın degendi qádirlew kerek edi.
(Gúljayna onı quwalap ketedi, Mámbet qashıp shıǵıp ketedi. Gúljayna arqasına qaytadı, Mámbet jáne arqasına qaytadı)
Mámbet : Shańaraq degendi qádirlemeseń, ózińde qádirlenbeyseń… (saxnadan jáne shıǵıp ketedi)
Gúljayna : Áy joqpash bar, usı seniń gápiń em bolıp turǵan joq házir
(Mámbet jáne qaytıp keledi, gápin aytıp saxnadan qashıp shıǵıp ketedi)
Mámbet : Shańaraq degendi qorǵap biliw kerek, eger qolıńnan kelmeyme, onda seniń shańaraǵıń da, watanıń da joq degeni.
Gúljayna : (ójetlik penen) Ele Solayma, bizler dım ǵana bilmey júrgen ekenbiz ǵo, házir kórsetemen saǵan, asıqpay tur…
(Saxna shetinde turǵan shelekti aladı, Mámbet qashıp shıǵıp ketedi, ol shıǵıp baratırǵanında Ótepbergen saxnaǵa shıǵadı, Gúljayna shelektegi suwdi Mámbetke sewdim dep Ótepbergenniń ústine sewedi, Ótepbergen tili aylanbay turǵan jerinde qatıp qaladı)
Gúljayna : Way-way mańlayım, ólgen jeriń usı shıǵar endi (mańlayına qolı menen uradı)
Ótepbergen : Pay qatırdaw
Ajar kempir : Balam xesh gáp etpes, demde kewip qalarsań
Ótepbergen : Xesh gáp etpes dep, mınaw qolımdaǵılar xújjetqo,(ashıw menen) olarǵa da xesh nárse etpeyme?
Gúljayna : Qáne berip tur
(qolınan julıp aladı, qaǵaz ekige bólinip qaladı, bir tárepi Ótepbergenniń qolında, ekinshi tárepi Gúljaynanıń qolında qaladı, Gúljayna qılǵan isinen úyalıp turǵan jerinde ne qıların bilmey qatıp qaladı)
Gúljayna : (ayıplı insanday Moynın qısıp ózine-ózi) usı Máttáshtiń gápinde Jan bar qusaydı-aw…
Ótepbergen : Mınaw qanday qaǵaz ekenligin bilesiz be
Gúljayna : Qanday qaǵaz bolsa da, bári-bir emespe endi. Yarımı sende yarımı mende.
Ótepbergen : Bul xújjet ediǵo
Ajar kempir : Áy balam, adamnıń janı emesqo, bir qaǵaz bolsa ilajı bolar Ótepbergen : Adamnıń janı bolmay ne? Bir adamnıń ómiri barǵo mınada
Gúljayna : (hayran bolıp) Mańlayım, Dáribay menen Oralbayǵa bir nárse boldıma (Ózine-ózi) Ayttım-aw, ayttım-aw men oǵan. Tiyme, tiyme dep sonsha zar qaqsadım Máttashqa…qolıńnıń ushın tiygiz be dedim, endi mine awxal (Ótepbergenge úńilip) Áytewir jasap ketetuǵınday túri barma?
Ótepbergen : Ne? Kim jasap ketiwi kerek
Gúljayna : Xaw jańaǵı Dáribay menen Oralbaydı aytamanda.
Ótepbergen : Olar kim ?
Ajar kempir : Mınaw arqa awıldaǵı, Shámengúldiń ballarıǵo qaraǵım.
Ótepbergen : Shámengul degen kim?
Gúljayna : Way-bu, tap bir awıshıń shıǵıp qalaǵoyadı da, jańa óziń ayttıń ǵo, bir adamnıń ómiri xaqqında gáp ketip atır dep.
Ótepbergen : Olardıń buǵan ne baylanısı bar.
Gúljayna : Ne baylanısı bar dep, qızıqsań ba, anaw úydegi Máttásh ońbaǵır, jańaǵı Shámengul kempirdiń balların tutip alıp sabalap ediǵo
Ajar kempir : Kempiri nes jenya?
Gúljayna : Áy, tap jetpisten asqan soń kempir bolmay nesi qaldı.
Ótepbergen : Men xesh qanday kempir-pempirdi bilmeymen
Gúljayna : Uff qudayım-áy, onda kimniń ómiri xaqqında gáp ketip atır.
Ótepbergen : Qalay-qalay adamlarsız-áy, xaw bir sabır etip tursańız bolmaytuǵın shıǵar, adamǵa gáp bermeysizler, jáne Máttásh-Sattash dep bastı qatırasızlar.
Ajar kempir : Yaxshı aynalayın, ne ózi amanlıq pa.
Gúljayna : Adamdı awzıńa qarata bermey, tars-tars etip aytıp tasla da, kimniń ómir xaqqında gáp ketip atır.
Ótepbergen : Asıqtırabermey turıńsa endi…usı jayda kim jasaydı ózi
Ajar kempir : (hayran bolıp) Men ….men jasayman
Ótepbergen : Siz jasaysız ba ?
Ajar kempir : Aўa…ne ózi amanlıq pa
Ótepbergen : Usı úyde jasaytuǵınlardıń ómiri xaqqında gáp ketip atır
Gúljayna : Bul ne degeniń?
Ótepbergen : Bul úyde bostiwińizdi kerek degeni
Ajar kempir : Bostıp qayaqqa baraman balam
Ótepbergen : Bul meniń isim emes, qálegen jerińiz ge barıń, siziń úyińizdi satıp alaman, aytqan aqshańızdı beriwge qúdiretim jetedi.
Ajar kempir : Men, men satpayman, satıp ne qılaman, usı meniń úyim, meniń watanım, qalaberdi jaqsı jaman kúnlerimniń hámmesi usı jerde ótti. Jasım birazǵa barıp turǵanında satıp qayaqqada baratuǵın edim.
Ótepbergen : Apa men sizge jaqsı gáp penen túsindirip atırman, aytqanıma kónseńiz kem bolmaysız, qaytama qaltańız tolıp qalatuǵınba edi.
Ajar kempir : (ózine-ózi) shańaraq watan bolatuǵın bolsa, adam degen óz watanında satama eken.
Ótepbergen : Bunday sulıw sózlerdiń kimge keregi bar, xesh oylanatuǵın jeri joq, siziń jay ornıńız maǵan kerek, menin biznesim ushın júdá qolay jer eken, qalaberdi awıldıń sheti bolsa, men bergen aqshalarǵa qálegen jerden mınanday jay alsańız boladı.
Gúljayna : Oxooo, áne baxıt qusı qondı degeni usı shıǵar, sonda qansha beresiz
Ajar kempir : (ashıwlanıp) Gúljayna…saǵan birew sataman dep atırma?
Gúljayna : Endi qızıǵıp atırman da, eger qálese jáne bir úy bar degenimǵo
Ótepbergen : Yaq,maǵan tap usı jer kerek…apa siz razı bolaberiń, soń ókinbeysiz, qáleseńiz xújjetlerdiń bárin ózim rásmiylestiremen, siz xesh jerge barıp, xálek bolmaysız…xosh ne deysiz
Ajar kempir : (oylanıp qaladı) Men be, ne deymen…
(ekewide oǵan úńilip qarap turadı, Ajar kempir jan-jaqqa dıqqat penen tigilip turıp, ekewine qaraydı)
Gúljayna : (ózine-ózi)Razı bolıń, Pay maǵan usınday usınıs bolarma edi, oylap otırmay satıp jiberetuǵın edim-aw
Ótepbergen : Xosh, razısız ba?
Ajar kempir : Men…men razı emespen
Ótepbergen : Razı emes pen?
Ajar kempir : Awa…siziń kelisimińizge razı emespen
Ótepbergen : Sizge eskertip atırman, razı bolsańız shep bolmaysız!
Gúljayna : Ózi qansha beredi eken?
Ajar kempir : Yaq…xesh jerge ketpeymen, bul jer satılmaydı.
Gúljayna : Nema, qansha beresiz ózi?
Ótepbergen : Maǵan qarań, aqshanıń qúdiretin bilmeydi ekensiz, adamgershilik qılıp siziń aldıńızdan ótiwge kelip edim, jaqsılıqsha satıń, bolmasa mennen ókpelemeń…sebebi siziń aldıńızda turǵan ekinshi joldı kórmey atırman.
Gúljayna : Mınaw kósheden shıqsańız kóresiz ǵo, basqada úlken jaylar bar
Ajar kempir : Yaq men xesh kimge, xesh jerdi satpayman
Ótepbergen : Ójetlik ete bermeń kempir, aqır sońında xesh nársesiz qalıp qoyıwıńızdan qorıqpaysız ba?.
Ajar kempir : Yaq dedim be, yaq…aqırǵı demim qalǵanınsha qorǵayman usı jerdi.
Ótepbergen : Kórermiz qashanǵa shekem ójetlik qılar ekensiz, óz qolıńız benen tapsırǵanıńız dı bilmey qalmań.
Ajar kempir : Óytip men bir angódekpa edim? Men gápimnen qaytpayman, aytatuǵınımdı ayttım, jaqpasa áne esik, shıǵıp ketiwińiz mumkin.
Ótepbergen : Solayma ele…asıqpay turıń, siziń menen basqasha sóylesemen.. (Shıǵıp ketedi) ele gápimiz tamam bolmadı.
Gúljayna : Anaw kósheniń basında da jaylar …
(Ótepbergen irkilip diyўalda ilinip turǵan súwretke qarap qoydı)
Ótepbergen : (suwretke qarap turıp) Bul siziń perzentińiz shıǵar
Ajar kempir : Perzentim be yaq pa, saǵan ne qızıǵı bar
Ótepbergen : (mısqıllap) Aytqanım jaqpadıma, demek perzentińiz…
Gúljayna : Perzenti bolmay kim bolar edi
Ajar kempir : (ashıwlanıp) Gúljayna óshir únińdi (Ótepbergenge) Maǵan qara, kelgen jolıńnan qalma, meniń shańaraǵım menen jumısıń bolmasın
Ótepbergen : Siziń menen basqasha sóylesemiz…(shıǵıp ketedi)
Ajar kempir : Ket qaytıp qarańdı kórsetpe, Sendeyler qalay jer basıp júrgenine hayran qalaman-da.
Gúljayna : Jer basıp júrmey ushıp júretuǵınba edi, qızıq-qızıq gáplerdi aytasız-aw
Ajar kempir : Seniń bunday gáplerge pámiń alıspaydı-aw, jáne ól degen ósekshi qatınsań dese ókpeleyseń-au
Gúljayna : Ajar apa…
Ajar kempir : Mámbettiń aytqanıń aytıp atırman-aw
Gúljayna : Mámmebtti qoyıp turıńda, jańa nege razı bolmadıńız? Aytqanıńızdı beremen dep turǵanında, satıp jibermeysiz be!
Ajar kempir : Satıp ne qılaman, (diyўaldaǵı suwretke qarap) qalay satıwǵa kózim qıyatuǵın edi.
Gúljayna : Men bir nársege túsinbeymen da…siz nege balańızdıń kim bolǵanlıǵın, Qurbannan jasırasız, ákesiniń kim bolǵanlıǵın biliwge haqı bar shıǵar onıńda
Ajar kempir : Yaq …men bunı qálemeymen, onıń bilip qalıwınan qorqaman
Gúljayna : Bunıń xesh qanday qorqınıshlı jeri joqqo!
Ajar kempir : Sen túsinbey atırsań, men Qurbanǵa ákesiniń kim bolǵanlıǵın, ólemen degenge shekem aytpayman dep wáde bergen men.
Gúljayna : Nege aytıwdı qálemeysiz.
Ajar kempir : Nege deyseń be? Qorqaman…qorqaman onıń haqıyqattı bilip qalıwınan, yaq, ol xesh nárseden biyxabar bolǵanı maqul.
(Perde artında Mámbettiń Gúljaynanı shaqırǵan dawısı esitiledi)
Mámbet : (perde artında) Jenya…
Gúljayna : Mańlayım, anaw jáne bir bálege jolıqqan qusaydı, Ajar apa men kettim. (Shıǵıp ketedi)
Ajar kempir : Ket, keteber…ómirdiń ázeliy zańıda sonday, keliwden maqset ketiw, (diyўaldaǵı suwretke qarap) qalay keliwdiń áhmiyeti joq, áhmiyetlisi nege kelgeniń, ózińnen qanday at qalǵanı áhmiyetlirek.
(Saxnaǵa aqlıǵı Qurban shıǵadı, Ajar kempir onıń kelgenin sezbey diyўaldaǵı suwretke úńilip túraberedi, Qurban gáp baslaǵanında Ajar kempir shorshıp ketedi)
Qurban : Jumanazar Maratov…
Ajar kempir : (albırańqırap) Qu-qurban…qashan keldiń
Qurban : Ózińiz aytqanıńızday, qashan kelgenim emes, nege kelgenim áhmiyetlirek emes pe?
Ajar kempir : Seni túsinbey qaldım, bul gápiń menen ne demekshiseń
Qurban : Mende bir nársege xesh túsinbeymen, qızıq, Jumanazar Maratov…kim bolǵan eken, qanday xızmet kórsetken ol.
Ajar kempir : Bunıń saǵan baylanısı joq
Qurban : Ne ushın baylanısı joq. Ol meniń ákem emes pe?
Ajar kempir : Ákeń bolǵanı menen, kim bolǵanın biliwiń shárt emes
Qurban : Bilsem ne boladı, aytıń qáne? Usı kúnge shekem mennen jasırıp keldińiz, biraq diyўaldaǵı mına suwret, meni hár kún qıynaytuǵın edi, hár kún onıń kim bolǵanlıǵın biliwdi qáleytuǵın edim. Biraq kim? Kim maǵan ol xaqqında aytıp beredi.
Ajar kempir : Onı sen bilmegeniń maqul.
Qurban : ne ushın, nege bilmewim kerek, meni qıynaytuǵın da usı sorawlar, men ne ushın óz ákemniń kim ekenligin bilmewim kerek.
Ajar kempir : Bunı men qálemeymen.
Qurban : Aqırı nege qálemeysiz, óz ákemniń kim bolǵanın bilsem nesi jaman..
Ajar kempir : Boldı…adamdı qıynay berme balam, men saǵan jamanlıqtı tilemeymen.
Qurban : Adamdı qıynay berme? Meniń bir awız sózim sizdi sonshelli qıynap qoydıma? Men oń jeti jıldan berli qıynalıp kelemen ǵo, oń jeti jıldan berli usı sorawǵa juwap taba almay qıynalaman, siz bolsa bugin meniń bir awız sózime qıynalıp atırsız ba?
Ajar kempir : Qurban…men neni oylasam saǵan jaqsı bolıwın qáleymen
Qurban : Siziń oylaǵan jaqsılıǵıńız men ushın jaqsı bolmawı da mumkin ǵo, bunı xesh oylap kórdińiz be…siz aytpasańız da ákemniń kim bolǵanlıǵın bilip aldım.
Ajar kempir : Qayaqtan bildiń ?
Qurban : Bunıń endi áhmiyeti joq…Ákemnen qalǵan baǵdı emes, onnan qalǵan daǵdı kórdim, nege, ne ushın onday bolǵan…
Ajar kempir : Ne? Ne dep atırǵanıńdı bilip tursań ba?
Qurban : Bilmey ne, men endi kishkene bala emespen, bilemen hámmesin, ákemniń buzǵınshı, qoparıwshı bolǵanın, óz mápi jolında xesh nárseden qaytpaytuǵın jalatay adam bolǵanlıǵın bilemen, (diyўaldaǵı suwretti qolı menen kórsetip) mennen ne ushın jasırǵanıńızdı bilmesem de, men mınaw adamǵa uqsamaytuǵınımdı bilemen, mınaw adamnıń meniń ómirimde tutqan xesh qanday ornı joq. Bolıwıda múmkin emes.
Ajar kempir : (jılap) Yaq, yaq….onday deme, qulınım onday deme, óz ákeń haqqında bunday gápti aytpa!
Qurban : Nege sonsha haqıyqattı men bilmewim kerek, mennen jasırıp ózińiz benen alıp ketpekshi edińiz be…yaq qátelesesiz, haqıyqat búgilip, iyilsede ol xesh qashan sınbaydı (jılamsırap ketip qaladı, Ajar kempir jılap qalaberedi)
Ajar kempir : (suwretke qolın sozıp jılap otıradı) qulınım…sen xaqqında usınday gáp esitiw men ushın júdá awır, usı kúnge shekem seniń kim bolǵanlıǵıńdı sır saqlap júrdim, biraq bul sır ishime sıymay baratırǵo, Qurbannıń seniń jolıńnan barıwın, sennen ayrılǵanımday onnanda ayrılıwdı qálemeymen…(jılap dize búgip otıradı, saxnaǵa Gúljayna shıǵadı)
Gúljayna : xaw Ajar apa….sizge ne boldı, turıń ornıńızdan, jılap atırsız ba? Sizdi de jılatatuǵın adam barma eken.
Ajar kempir : Jarańdı tırnasa, mıń tas bawır insan bolsańda jılamay turmaydı ekenseń
Gúljayna : Kim ayttı sizdi tas bawır dep.
Ajar kempir : Qurban…
Gúljayna : Qurban? Ol…
Ajar kempir : Qurban onnan jasırıp kelgen sırımdı bilipti
Gúljayna : Bunı kim aytqan eken? Men oǵan xesh nárse demedimǵo
Ajar kempir : Elge elek tutıp bolmaydı dep sonı aytatuǵın shıǵar da, meniń ishimdi tırnap turǵanı, ákesiniń kim bolǵanın ómirimniń aqırına shekem sır saqlap, ózim menen birge alıp ketiw edi.
Gúljayna : Ajar apa…xaw qaytama bilgeni jaqsı emes pe? Ákesiniń qanday insan bolǵanın bilip, oǵan talpınıp jasasa bunıń nesi jaman
Ajar kempir : Hámme gáp sonda da, meniń qorqatuǵınımda sol nárse, ol ákesindey bolıwınan qorqaman, erte bir kun onnanda ajıralıp qalıwdan qorqaman, onnan góre ol emes, meniń ólgenim jaqsıraq. Gúljayna : Bunday gáplerdi ayta bermeń, jaqsı gápkede, jaman gápke de…
Ajar kempir : (sózin bólip) oǵan kim aytqan eken…
Gúljayna : Kim deysiz be…menińshe Joldas aytqan bolıwı múmkin.
Ajar kempir : Joldas ? Ol aqırı …
Gúljayna : Awa, siziń oylap turǵanıńız durıs…onnan bóten kim aytadı deysiz, qalaberdi ol Jumanazardıń kasiplesi bolǵan emes pe
Ajar kempir : Awa…biraq oǵan xesh nárseni aytpawın eskertip edimǵo
Gúljayna : Ajar apa xesh qanday oylanatuǵın jeri joq, anıq sol aytqan.
(Usı waqıtta telefonǵa qońıraw keledi, ekewide telefonǵa qarap qaladı, Gúljayna juwap bermekshi boladı, onı Ajar toxtatıp ózi telefonǵa baradı)
Gúljayna : Kim boldı eken…házir kóremiz
Ajar kempir : Toxta…ózim juwap beremen (telefonda alıp biraz úndemey turadı) Alo…kim bul
Dawıs : Xosh aytqanlarımdı oylap kórdińiz be?
Ajar kempir : Senbediń? Men aytatuǵınımdı ayttım, seniń menen basqa soylesetuǵın gápim joq
Dawıs : Eger qálesem basıp alıwǵada qúdiretim jetedi, meniń hesh kimnen qorqatuǵın yaki tilimniń qısıq jeri joq, hámme nárseni aqsha menen sheship taslayman.
Ajar kempir : Sonday dárejede aqshań kóppe seniń
Dawıs : Siziń jumısıńız bolmasın onnan góre ójetlik etebermey aytqandı qılıń…bolmasa Aqlıǵıńızdıń awxalı qıyın bolıwı múmkin.
(Ajar kempir ashıw menen telefondı jawıp taslaydı)
Ajar kempir : Mıń nálet bárine…mıń nálet bolsın…seniń sonday jaǵımsız dawısıńnan jerkenip baratırman. Náletiy ońbaǵır,
Gúljayna : Kim eken, ne gáp ózi? Tınıshlanıp alıń
Ajar kempir : Men qorqıp baratırman…jayıńdı satpasań ózińe jaman boladı dep atır.
Gúljayna : Onı tiyisli jerge shaǵım qılǵanda bolmay ma.
Ajar kempir : Bul sen oylaǵanıńday másele emes, eger shaǵım etetuǵıp bolsam, Qurbanǵa ziyan jetkiziwi múmkin. Jumanazardan ajıraldım, endi Qurbannan da ajıralıwdı qálemeymen…meniń ómirdegi birde-bir tirgegim usı balaǵo, (jılap) endi ne qılaman, aldımdaǵı tuwrı joldı taba almay atırman…
Gúljayna : Boldı ózińizdi basıń, tınıshlanıń!
Ajar kempir : Qorqıp baratırman, qorqaman jáne sonday waqıya qaytalanıwınan qorqaman (qulaǵına qorqınıshlı dawıslar esitilgendey qulaǵın basıp jılaydı) yaq…yaq nege bunday bolaberedi, qanshama qashsań aldıńnan shıǵaberedi.
Gúljayna : Boldı ózińizdi basıń, tınıshlanıń
Ajar kempir : Bunıń bir ǵana jolı bar….
(bólmeden bir nárseni izleydi, taba almaydı Gúljayna xesh nársege túsinbey turadı)
Gúljayna : Ajar apa ózińizdi basıń, eń aldı menen Joldastı bir nárse qılıw kerek, Qurbandı bizlerge qarsı qoyıp turǵan sol emes pe?
Ajar kempir : Onı bunday qıladı dep sira oylamaǵan edim, aqırı qalayınsha ol óz aqlıǵımdı ózime qarsı qayrap atır, bunday qılıwdan oǵan ne paydaGúljayna : Ne payda ekenligi kórinip turıptıǵo…siziń gápke kónbeytuǵınıńızdı bilip ortaǵa Joldastı qosıp, onnan paydalanıp atır.
Ajar kempir : Qalay sonda?
Gúljayna : Bunıń xesh qanday tan qalarlıq jeri joq, óziniń kúshi jetpey Joldas arqalı sizge soqqı berip atır. Altın kórse perishte joldan tayadı dep biykarǵa aytpaǵan.
Ajar kempir: Gápińde jan bar…dúshpanımız birew emes ekenda
Gúljayna : Bunı maǵan qoyıp beriń, ózim ekewinde tınshıtaman
Ajar kempir : Tınshıtaman dep…jáne ekewimiz qol uslasıp temir tordıń artına ketpeyik.
Gúljayna : Siz oylaǵanday etip tınshıtpayman
Ajar kempir : tınshıtıwdıń da jolları barma ele?
Gúljayna : Pay Ajar apa deymen-aw…qatın adamnıń xiylesi qırıq túyege júk boladı degen ǵo…sonı názerde tutıp atırman, siz oylaǵanday men bir qassappa edim.
Ajar kempir : Endi qáydem bileyin, gáp sózińnen adam qorqadı ǵo.
Gúljayna : Boptı men kettim
Ajar kempir : Qayaqqa baratırsań.
Gúljayna : Qayaqqa bolatuǵın edi, jańaǵılardı tınshıtıp qaytayın
Ajar kempir : Áy qatın, jáne saw basıńa sawda satıp alma. Anaw júdá qáwipli adam qusaydı. Ilajı bolsa jaqınlamaǵanıń maqul.
Gúljayna : Qorıqpań bári jaqsı boladı
Ajar kempir : Ózi ne qılajaqsań, bir jón-josaǵın aytpadıń ǵo
Gúljayna : (oǵan túsindirejaq boladı da, soń pikirinen qaytadı) Men…áy yaqshı keyin túsindiremen, ketiwim kerek.
(Saxnadan shıǵıp ketedi, Ajar kempir oǵan qarap turadı da, soń diyўalda ilinip turǵan balası Jumanazardıń súwreti aldına baradı)
Ajar kempir : Balam-aw…eger seniń óziń bolǵanıńda ma, bunday mashqalalar meni qıynamaytuǵın edi, birde bir súyenetuǵın insanım Qurban bolsa, onnan ayrılıwǵa shıdap tura almayman…oǵan bir nárse bolsa, meniń tiriley ólgenim emes pe.
(Saxna birden qarańǵılasadı, tek ǵana Saxna ortasında turǵan Jumanazdıń suwreti hám onıń qasında turǵan Ajar kempirdiń turǵan jeri biraz jaqtı bolıp turadı, qalǵan jer qarańǵı)
Ajar kempir : Way-way mańlayım jáne ne bolıp qaldı…shıraq óshti me.
(saxnada Ajar kempirden basqa Ótepbergen turǵan boladı, biraq ol kórinbey qarańǵıda turadı)
Ótepbergen : Qorıqpań Ajar kempir….qorıqpań, shıraq óshkeni menen ómirdegi shıraǵıńız ele óshkeni joqqo
Ajar kempir : Sen kimseń…
Ótepbergen : Kim ekenligimdi bilseńiz bir nárse ózgereme, qálesem siziń shıraǵıńız óshiwine sebebshi bolıwım mumkin, yaki Qurbannıń shıraǵın óshireyik pe
Ajar kempir : Yaq …onday qılmań, kim bolsańızda sizden jalınıp sorayman, oǵan tiymeń, onnansha meni xorlań, ne deseńiz bárine tayınman
Ótepbergen : (kúlip) Adamzat nege onday eken! Jaqsı gápke túsinbeydi,
(kempirdiń aldıńa shıǵadı, Ajar kempir onı kórip qolına ilgen nárse menen urıwǵa xáreket etedi, biraq Ótepbergen qashıp qaladı Ajar kempirjerge jıǵıladı, Saxna elege shekem qarańǵı, tek ǵana Ajar kempir turǵan jer jaqtı)
Ótepbergen : Shógip atırǵan insan párge de asıladı degeni usı da
(Saxna jaqtı boladı, Ótepbergen onıń aldına barıp stulǵa otıradı) kózińizdegi bunday ashıw, jek kóriwshiliktiń sebebi ne? (Kúlip) Álbette men, meni qanshelli jaman kórip tursańızda, meniń aldımda, meniń menen gúresiwge ázzilik etesiz(masqaralap kúledi)
Ajar kempir : Meni qansha masqaralap, kúlseńde men bárine shıdayman. Tek ǵana jalǵız súyenishim bolǵan Qurbanǵa tiymeseń boldı, sennen ómirimshe jalınıp sorayman, oǵan tiymeń
Ótepbergen : Seniń ómirińniń maǵan ne keregi bar, sonda da bir ayaǵıń górde bir ayaǵıń jerde bolsa…onnansha usı jer kerek maǵan, usı jerdi berseń saǵanda aqlıǵıńa da qolımnın ushın tiygizbeymen
Ajar kempir : Razıman…ulımnan qalǵan jalǵız túyaq ushın bárine razıman
Ótepbergen : Áne bul basqa gáp Ajar kempir…sen qorıqpa kóshede qanǵırıp ketpeyseń, áytewir bas suqqıday bir jer tawıp beremen, sol jerde ómirińniń aqırına shekem tınısh jasay bereseń.
(Ajar kempir ornınan túrıp qolınan xesh nárse kelmegen insanday saxnadan shıǵıp baratır edi)
Ótepbergen : Asıqpay tur…(diplomattan bir bet qaǵaz shıǵarıp stol ústine qoyadı) asıqpay turıń Ajar kempir…ele barıwǵa úlgeresiz, mına jerge qol qoyıp ketiń.
Ajar kempir : Qaǵazǵa xesh nárse jazılmaǵan ǵo
Ótepbergen : Siz aytqandı qılıń, qalǵanı meniń jumısım.
(Ajar kempir qol qoyıwdı yaki qoymawdı bilmey oǵan qarap turadı)
Ótepbergen : Nege úńilip tursız, bolıń tezirek qol qoyıń sonda da kóp waqtımdı aldıńız
Ajar kempir : Sen qorıqpaysań ba? Anadan tuwılǵansań ba ózi.
Ótepbergen : Kempir maǵan aqıl úyretetuǵın adamlar ótip ketken, men neden qorqıwım kerek, aqsham jeterli bolsa, aldımnan shıqqan mashqalanı tegislep ótetuǵında mine mınalar
(Ol diplomattan aqsha shıǵarıp shashadı, Ajar kempirdiń ústinen kúledi, Ajar kempir qolınan xesh nárse kelmeydi ol tek ǵana diyўaldaǵı balası Jumanazardıń suwretine qarap turıp, kóz jasın tiye almay, jılap juwırıp shıǵıp ketedi)
Ótepbergen : (Ózinen ketip kúledi) Áne…men maqsetime eristim, (qolındaǵı qaǵazdı súyip) mıne mına qaǵaz ushın, usı bir qaǵaz insanlardıń ómirin sheship turıptı, baydı da gedey, gedeydi de bay qılatuǵın da, usı bir bet qaǵaz…
(Ótepbergen qılǵan isinen más bolıp turadı, Saxna qarańǵılasadı tek ǵana Ótepbergen turǵan jer hám Jumanazardıń portreti jaqtı bolıp turadı)
Ótepbergen : Bul qalay bolǵanı…kim bar bul jerde! Saǵan aytıp atırman kim bolsańda aldıma shıq…meni qorqadı deseń qáteleseseń, men hesh kimnen qorıqpayman
(Salmaqlı túrde dawıs shıǵadı, Ótepbergen dáslep shorshıp ketedi)
Dawıs : Haqıyqattan da qorıqpaysań ba
Ótepbergen : (albırap) Kim.kimsen sen, nege seni kórmey atırman..me.men..men qorıqpayman
Dawıs : Rastanda qorıqpaysań ba? Onda aldıma kel, maǵan bir adım jaqınlap qolıńdı ber.
Ótepbergen : Yaq..qayaqtasań sen ózi? Men, men xesh jerge barmayman, meni tınısh qoy, maǵan tiyme, ket bul jerden
Dawıs : Juwap beriw waqtı kelmedi me? Ótepbergen : Kimge? Nege juwap beriwim kerek, men xesh kimge juwap beriwge májbúr emespen, tınısh qoy meni.
Dawıs : Xújdanıń aldında ne? Xujdanıń aldında qılǵan qılўalarıń ushın juwap bermeyseń be?
Ótepbergen : Xújdan? Qanday xújdandı aytıp atırsań, men xesh qanday xújdandı bilmeymen, biliwdi de qálemeymen, meniń xújdanım qaltamda…onıń aldında juwap beriwim shárt emes.
Dawıs : Sen birewdiń haqın jegeniń, jáne birewdiń balasın aldaǵanıń, al endi bolsa óz shańaraǵın qorǵap gúresken hayaldıń aldında juwap bermeyseń be?
Ótepbergen : (ashıwlanıp sol jerdegi qolına ilgen nárselerdi laqtıradı) meni jeńe almaysań, men bári bir sennen bir adım aldında júremen. Qayaqtan bileseń jinbiseń, shaytanbisań, kimseń ózi, nege aldıma shıqpaysań, moynıma xesh nárseni qoya almaysań, qansha qarsı shıqsańda seniń qolıń jetpeydi (kúledi)
Dawıs : Seni xesh kim quwıp atırǵanı joq, qansha urınsańda bári-bir, xújdanıń aldında qashıp qutıla almaysań, aspanǵa ushsań ayaǵıńnan, jerge kirseń qulaǵıńnan tarta beredi.
Ótepbergen : (mensinbey) xújdan? Meni hújdanım sut qılama, kúlkimdi keltirme, isenbeymen, ózime ózim xesh qashan qarsı is qılmayman, meniń xesh qanday jazıǵım joq.
Dawıs : Seniń jazıǵıń ne ekenin aytayın ba? Seniń ayıbıń jeke mápiń jolında xesh nárseden qaytpawıń, qılǵan qansha qılўalarıńdı moyınlawdan bas tartıp, qaltańdaǵı qúdiretińe isengeniń. Sen ázzi dep esaplaǵan hayal sennen góre kúshlirek, ol shańaraq degen watanın gúressiz taslap qashpadı, sońǵı demine shekem gúrese alǵan hayalshelli kúshli emesseń
Ótepbergen : (ashıwlanıp, miyi aylan bolıp qaladı) Yaq, yaq kimseń sen qayaqtasań…(alańlap qarap xesh kimdi taba almaydı) nege aldıma shıqpaysań, qáne qayaqtasań. (Diywaldaǵı suwretke tigilip qaraydı) Senbe meniń menen oyıń qılıp atırǵan, meniń ústimnen kúlip, moynıma gúna asıp qoyajaq bolǵan senbiseń, házir saǵan kórsetemen, (suwretti jerge taslap ústinen basadı, sol waqıtta Saxna birden jaqtı bolıp qaladı, saxnada Joldas payda boladı)
Dawıs : Mıń shirenseńde bári bir paydası joq, seniń qılǵan isleriń ushın bári bir juwap beremey qalmaysań.
Ótepbergen : Tınısh qoy meni xesh nárseni bilmeymen, men,meniń xesh qanday ayıbım joq, men..men tek qorqıtıp qoyıwdı maqset qılıp edim.
Dawıs : Sen bir hayaldıń gúnasına qaldıń, ol saǵan uqsaǵanlardan balasın qorǵap keldi, óziniń shańaraǵın qorǵap keldi, al sen bolsa, ózińniń sol dárejedegi ázziligińdi batıllıq dep bildiń
Ótepbergen : (bul gáplerdi esitiwdi qálemey qulaǵın jawıp aladı) yaq….yaq…kerek emes, tınısh qoy meni
Dawıs : Haqıyqat sonday dárejede ashshı hám ótkir boladı, ol qansha iyilip, búgilgeni menen xesh qashan sınbaydı, sen ózińniń shańaraq degen ullı watanıńdı qorǵawdıń ornına, basqa bir watanǵa kóz tigip atırsań.
Ótepbergen : Menin xesh kanday ayıbım joq, xesh kimniń, xesh nársesine kóz alaytıp qaraǵanım joq. Qanday watandı aytıp atırsań, sol sen aytıp atırǵan bir qarıs topraq maǵan ne berdi, ya ne berdi maǵan. Xesh nárse, xesh nárse bere almaydı
Dawıs : Axmaq adam ǵana watanınnan dáme etedi, ol saǵan xesh nárse bermeydi, sen oǵan beriwiń kerek, onıń tınıshlıǵın qorǵaw, oǵan juwapker bolıw, seniń hár bir adamnıń wazıypası, sonıń ushında sen ázzi dep masqaralaǵan hayal, ózinin xayal bolıwına qaramay , shańaraǵın qorǵau ushın gúresti.
(Ótepbergen aqıldan azıp qalǵanday etip kúledi, óziniń qılǵan isleriniń
Qáte ekenligin túsingendey bası qatıp qaladı)
Ótepbergen : Men ayıplıman, men hámmesine men ayıplıman
(Saxnadan shıǵıp baratırıp, aldınan Joldas shıǵıp qaladı)
Joldas : toxta… qayaqqa baratırsań?
Ótepbergen : Men…pikirimnen qayttım, maǵan kerek emes bul jer (qolındaǵı qol qoyılǵan qaǵazdı uslatıp ketip qaladı)
Joldas : (qaǵazǵa qarap) hár nárseniń waqtında bolǵanı jaqsı shıǵar, appaq qaǵaz…ómirde sonday seniń ómiriń usı qaǵazday aq oǵan ne jazıwıń, qalay toltırıwıń óz qolıńda
(Gúljayna kirip keledi, Joldastıń bir ózin hám bólmeniń jayrap atırǵanına Joldastan gúmanlanadı)
Gúljayna : (ózine-ózi) Senba ediń ele, balanı anaǵa qarsı qoyatuǵın házir kórsetemen saǵan…asıqpay tur (jan-jaqqa qarap qolaylı nárseni izleydi, bos turǵan shelekti aladı) Házir asıqpay tur kunińdi kórsetemen. (Oǵan ásteǵana jaqınlaydı, arqasınan shelek penen urıwǵa barǵanında saxnaǵa Mámbet shıǵıp onı shaqırıp qaladı)
Mámbet : Jenya….qayaqta júrsen
(Joldas arqasına qaraydı, Gúljayna payıttan paydalanıp shelek penen uradı Joldas qulap qaladı)
Gúljayna : (Mámbetke) áy tap baqırabermey kelseńde bolar edi
Mámbet : onı nege urdıń? Ólip netip qalmasın! Tirime áytewirGúljayna : Shelek penen urǵanǵa da ólip qalaberse, júrgen eken erkek bolıp.
Mámbet : Tiri qusaydı dem alıp atırǵo
Gúljayna : Anaw ne qaǵaz qolındaǵı
Mámbet : Appaq qaǵaz…
Gúljayna : Berip tur qáne, xaw mınaw Ajar apanıń qolı emes pe? Mınaǵan qara.
Mámbet : Áy yaǵaw…ózi qaltırap júrgen kempir bolsa, qol qoyadı deyseń be.
Gúljayna : Qaltırap júrse qol qoya almaydı degeni emesqo, baǵanaǵı gúmanım tuwrı shıqtı-aw,
Mámbet : Qanday gúman?
Gúljayna : Anaw uydi satıp alaman degen adam, usı Joldastan paydalanıp Qurbandı Ajar apaǵa qarsı qoyıp atır.
Mámbet : Júdá sen aytıp atırǵanıńday emes shıǵar!
Gúljayna : Mınaw ne onda? Mınaǵan qara xesh kim joqta, dım úndemey qol qoydırıp ketip baratırǵanın qarasa…xá ońbaǵır seniń (Joldas basın kóterip edi, qolındaǵı shelek penen jáne uradı) ayttımǵo hámme bále mınadan shıǵadı dep, qáne ayt Ajar kempir qayaqta
Mámbet : Áy bul turısta onıń tili aynalmaytuǵını anıq.
Gúljayna : Ne qıl deyseń endi?
Mámbet : Ajar kempirdiń emes, anaw jaydı satıp alaman degen adamdı sorap kór!
Gúljayna : (Joldasqa) maǵan qara baslıǵıń qayaqta…háy kozińdi ash. Pay usı erkek degen mort bolıp baratır-da. Usı barısta ketse watandı da bizler qorǵaytuǵın shıǵarmız.
Mámbet : Onı hámmemiz qorǵawımız kerek, bir ózin ne qılatuǵın ediń. Jaw kelse shelek kóterip shıǵajaqsań ba?
Gúljayna : Shelek kóterip shıqsamda, mınaǵan qusaǵan bir ekewin tınshıtaman ǵo (Joldastı uradı)
Mámbet : Boldı úra berme, ózi kózin ashıtalmay atırmız, onı qayta – qayta uraberesen, bılay shıq qáne
Gúljayna : Ne qılajaqsań?
Mámbet : Háy…kózińdi ash…háy esitip atırsań ba, kózińdi ash. (Joldastıń betine urıp onı oyatıwǵa háreket etedi)
Gúljayna : Toqta qalay oyatıwdı men bilemen…házir kelemen
(Saxnadan juwırıp shıǵıp ketedi, qolındaǵı shelek penen suw alıp keledi)
Mámbet : Ne qılajaqsań ózi?
Gúljayna : Qashıp tur qáne!
(Gúljayna Joldasqa bir shelek suw quyadı, ol birden jatqan jerinen kózin ashıp ne bolıp atırǵanına túsinbey qarap turadı)
Joldas : Kim…qayaqqa…men. Bir…bir…
Gúljayna : Áne kordiń be qalay oyatıw kerek ekenligin
Mámbet : (ókinishli túrde) Áy oyatqanıń qurısın, mınawıń esi awıp qaldıǵo, bir-bir dep atırǵo
Gúljayna : Házir jáne bir uramap ekinide aytatuǵın boladı, qashıp tur qáne
Mámbet : Boldı, boldı urmay-aq qoy, jáne ursań birdi de umıtıp qalar.
Joldas : (biraz ózine kelip) maǵan ne boldı
Mámbet : ne bolatuǵın edi? Esiń ketip qaldı.
Joldas : Basım…usı shelek penen urmaǵanda ne qılar edi.
Gúljayna : qılǵanıńa jarasa boldı, sonda Kim ayttı saǵan anaw jay alaman degen adamnın izine erip ket dep
Joldas : Kim men be?
Gúljayna : Sen bolmay men eremen be
Joldas : Onda nege Qurbandı Ajar apaǵa qarsı qoyǵansań
Gúljayna : úyalmay-netpey ótirik sóylep turǵanın qarań, mınaw menen jáne bir urayın ba
Mámbet : boldı ózińdi bas . Xosh Joldasbay mınaw ne onda, bunı qalay túsiniwimiz kerek. (Qol qoyılǵan qaǵazdı kórsetedi)
Joldas : Aq qaǵaz
Mámbet : Uff kórip turman aq qaǵaz ekenin, mınaw nege Ajar kempirdiń qolı turıptı, bunı nege qoydırıp aldıń
Joldas : Men xesh kimge xesh nárse qoydırmadım, men kelgenimde usını maǵan uslattı da birew shıǵıp ketti, men onıń kim ekenligin tanımadım.
Gúljayna : Sen Qurbanǵa ákesi xaqqında ne dep ediń
Joldas : Qurbanǵa ? Xesh nárse demedim.
(Saxnaǵa Qurban shıǵadı olardıń gápin esitip qaladı)
Qurban : Maǵan ákem haqqında Joldas aǵa aytqan joq
Gúljayna : xaw qayaqta júripsen, seni izlemegen jerimiz qalmadıǵo
Qurban : sizler biletuǵınba edińiz
Mámbet : Neni biliwimiz kerek
Qurban : Ákemniń qoparıwshı, buzıq insan bolǵanın
Joldas : Ne ? Bunı saǵan Kim ayttı.
Qurban : Biliwińiz shárt emes
Mámbet : Kim aytsa da, burmalap aytıptıJoldas : Ákeń qaxarman bolǵanın bilmeytuǵınba ediń?
Qurban : Qaharman ? Ol qalay
Joldas : Bunıń hesh qanday tán qalarlıq jeri joq, ol áskeriy xızmetker edi, dúshpanǵa qarsı sawashta ol qaharmanlıq kórsetip pútkil bir awıl turǵının ólimnen alıp qalǵan.
Qurban : ol qalay sonda?
Joldas : Wazıypası sonday, ol áskeriy xızmetker edi, olardıń wazıypası, watan aldındaǵı minnetti turǵanında óz ómirinde qáwipke qoyıwdan qorıqpaydı.
Qurban : Biraq maǵan onı, buzǵınshı dushpan bolǵan dep ayttıǵo
Mámbet : Anaw usı jergede bir eki ret kelip júrgen adam.
Gúljayna : Padanı buzıp júrgen sol ekenda, áx náletiy men bolsam biykarǵa Joldastan ókpelep júrmen-aw
Qurban : Kempir apamdı biykarǵa ókpeletip aldım ba sonda? Biraq nege mennen onıń qaxarman bolǵanın jasırdı
Gúljayna : Nege deseń ákeńnin jolınan barıp sennende ayrılıp qalıwdan qorıqtı, usı kúnge shekem sol nárseden qorqıp jasaydı. Ákeń xaqqında aytpawınıń da jalǵız sebebi sol
Joldas : (jerde jatırǵan suwretti alıp. Qurbannın aldına baradı) Áy Qurban, seniń ákeń áskeriy qaxarman, onıńday insandı tabıw qıyın, watan ushın janın berip jasaw xámmeniń de qolınan kelebermeydi, ákeńnen órnek alsań bolar edi. (Ákesiniń portretin uslatadı)
Gúljayna : Hayal bolıp. Jáne kempir adam bolıp turıp shańaraǵın ushın onıń tınıshlıǵıg ushın gúrese alǵan insandı qapa qılma, ol shańaraq degen watanıń tınısh bolıwı ushın gúresti.
Qurban : (qolındaǵı ákesiniń suwretin qushaqlap, kózindegi jasın súrtip, suwretti diyўalǵa óz ornına qıstırıp qoyadı) ákejan seniń jolıń maǵan úlgi, seniń basqan adımıń , keleshegim ushın aydıń jol. Senindey bolıp shańaraqtay watanımdı qorǵayman.
(Usı waqıtta saxnaǵa Ajar kempir shıǵadı, onı kórgen Qurban barıp dize búgip keshirim soraydı)
Ajar kempir : ornıńnan tur balam, meniń jalǵız isengenim ózińsen!

Kamoliddin RO‘ZIMATOV
1998-yil Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlagan. Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi (2024).
KEYINGI BEKAT…
Bahorning so‘nggi kunlarida qishloqda ilik uzildi davri bo‘lib, ishlar yo‘liga tushib ketgunga qadar biroz qiyinchiliklar kuzatiladi. Ha, bu ilik uzuldi qishloqda yashaydiganlar uchun faqatgina odam organizmida kuzatiladigan, turli moddalarga bo‘lgan ta’labning ortishigina emas, balki moddiy yetishmovchilardir. Buning sababi esa, asosan mavsumiy ishda ishlaydigan odamlar uchun bahor oylarida ish topilavermaganidandir. To‘g‘ri, doimiy ishda ishlamaydigan erkaklar uchun bahorda ekin-tikin ishlari degandek, yollanib ishlanadigan turli yumushlar bo‘ladi. Ammo ro‘zg‘orga bir oylik harajatlar uchun pul va oziq-ovqatlarni qilib berib, o‘zi chet elga ishlagani ketgan qishloq erkaklarining oilalari ko‘p hollarda reja qilingan vaqtga oila boshlig‘idan pul ololmay qolishadi. Buni tushunish esa qiyin emas, yangi joyga moslashish, turli hujjatlar degandek vaqt o‘tgani bilinmaydi. Uyda qolgan xotin, bola-chaqa esa bir muddat nima qilarini bilmay yo birovdan qarz oladi, yo ish qidirib madikor bozoriga chiqishga majbur bo‘ladi.
Oson emas, shu vaqtga qadar mahalladagi qo‘shni erkaklarga salom berishga ham iymanadigan ayollarning madikor bozorida mashinasining oynasidan bepisand qaraydigan odamlarga “Qanday ishingiz bor? Biz borib qilib beramiz” deyishlari. Buning ustiga birovning tomorqasini tozalayotgan bu ayollarga tushlik tayyorlayotgan xonadon farzandlaridan birining og‘zidan “mana bu anavi mardikorlarga ovqat. Ho‘-o‘-o‘v daraxtning tagidagi so‘riga olib bor” degan gaplarga nogohon qulog‘i tushib qolsa, qanchalik xo‘rligi kelishini tasavvur qiling-a…
Ayrim katta yoshli odamlar-ku bunday ayollarning imkonsizlik va noilojlikdan bu ishlarni qilishga majbur bo‘layotganlarini tushunar, biroq ayrim yoshlar o‘zi bilib-bilmay onasi tengi ayollarning ko‘p hollarda dilini vayron qilishadi. Shu o‘rinda o‘zim guvoh bo‘lgan bir voqea misolida so‘zni davom ettirsam:
Tumanimizdan qo‘shni Marg‘ilon shahrigadagi akademik litseyga qatnab o‘qiganim uchun har kuni tong saharda yo‘lga chiqardim. Shahar markaziga yetmasdan yo‘lning o‘ng tarafida ana shunday mardikor bozori bo‘lib, har kuni tumanimizdan qatnaydigan yo‘lovchi mashinalarga chiqqanimda bir guruh ayollar o‘sha yerga ketishayotganini ko‘rardim. Ular bilan gaplashmasamda, har kuni ko‘raverganim uchun ularni yaxshi tanib qolardim.
O‘qishda shunaqa vaqtlar bo‘lardi-ki, o‘rtoqlarimiz bilan sho‘xlik qilib, kompyuter o‘yinlariga borib-mi, yoki boshqa bir o‘yinqaroqliklar qilib-mi bor pulimni ishlatib qo‘yardim-da uyga avtobusda qaytishimga to‘g‘ri kelardi. Shunda avtobusda, ertalab men bilan taksida kelgan ayollarga ko‘zim tushardi. Tushunardimki, ular ertalab ishga kech qolmaslik, yumushini bajartirish maqsadida odam olgani keladiganlar soni kamaymasdan mardikor bozoriga yetib olish-u, tezroq biror ish topib ketish uchun “Damas”da kelishadi. Kechki vaqt esa, ishlab qo‘llarida pullari bo‘lsa ham uylariga, bolalariga ko‘proq pul olib borish uchun avtobusda qaytishadi.
Shunday kunlarning birida o‘qishga borish uchun doimgidek mashinaga chiqdim. Unda men kabi ikki nafar o‘quvchi yigit, ikki nafar qiz hamda ko‘p hollarda men bilan shaharga bir mashinada ketib, mardikor bozorida tushib qoladigan yuzlari oftobda kuygan, qadoq bo‘lib, yorilib ketgan qo‘llariga qop sumka (qopning matosidan bo‘lgan bozor sumka) ushlagan bir ayol ham o‘tirardi. Qiziq, ishlashga doim ikki sherigi bilan birga borardi. Bu safar negadir yolg‘iz. Ha, bugun chorshanbaku, (Bizning tumanimizda chorshanba kunlari kiyim-kechak, latta-putta bozori bo‘ladi) sheriklari ishlab yig‘gan pullarini bugun bozorga sarflash uchun chiqib ketgan bo‘lsalar, bu ayol yolg‘iz borishga majbur bo‘layotgandir-da degan xayol o‘tdi yodimdan. Indamay, yo‘ldagi dalalarni kuzatib ketar ekanman mashinadagi o‘quvchi yigit-qizlarning o‘xshamagan gaplarga ham beo‘xshov tirjayishlari asabimni buzardi. Qancha yursak ham haytovurlar hech gapdan qolay deyishmaydi. Jag‘i tolib ketmaganiga hayronsan bularning.
Mardikor bozoriga 2-3 bekatchalik masofa qolgandanoq u yerga ishlash uchun borgan ayollar katta yo‘lni yarmigacha qoplab olganlari ko‘rinardi. Buni ko‘rgan mashinadagi o‘quvchilar “bularni qaranglar, hech uyida o‘tirishmaydi-da, makkillab. Pul topaman deb begona erkaklarning mashinasiga yopishishlarini aytmaysizmi. Shularni ham birovdan qizg‘onadigan eri, bolalari bormikan-a?” deb bittasi gapirsa, boshqasi “bu ayollar ayol boshi bilan chelak ko‘tarib daraxtning shoxiga ot mingandek o‘tirib olib, meva terishadi. (Vodiyda mardikor bozoridan ayollar va bolalarni asosan meva terish xizmati uchun kunlik ishga olib ketishadi.) Ularni ishga olib borgan brokerlar esa, pastda turi-i-ib tomosha qilishadi. Ko‘pi yomon yo‘lga kirib ketgan bularning ishonaveringlar” deb o‘ta haqoratli gaplarni aytishardi. Mashinaga o‘zi yolg‘iz chiqqan boyagi ayol esa, ko‘zi yoshga to‘lgancha, yig‘lamoqdan beri bo‘lib, bu so‘zlarni eshitgancha indamay boshini egib o‘tirardi. Bechora qo‘lidagi sumkasining shimarilgan og‘zini ikki qo‘li bilan qattiq g‘ijimlayotganidan unga hozir qanchalik qiyin bo‘layotganini o‘zimcha tahmin qilayotgandim.
Bunday ayollarga men guvoh bo‘lganimdek faqatgina begona, qiziqqon yoshlar emas, ayrim katta yoshli mahalladoshlari, gohida o‘z yaqinlari ham yuqoridagidek gaplarni aytib, beandishalik va toqatsizlikda ayblashadi. Chet elda ishlayotgan turmush o‘rtog‘iga turli bo‘hton gaplarni yetkazib ajratib yuborishdan ham toyishmaydi.
Anavi o‘quvchilarning bo‘lmag‘ur gaplari bilan mardikor bozori oldiga yetkanimizni ham bilmay qolibmiz. Shunda haydovchi boyagi ayolga “to‘xtay-mi” deya mashinaning orqa o‘rindig‘ini ko‘rsatadigan oynadan qaradi. ( Bu ayol avval ham sheriklari bilan bu mashinaga chiqqan bo‘lsa kerak-da.) U ayol esa bazo‘r mardikor bozordian keyingi bekatda tushib qolaman dedi-da, mashinadan tushar payt eshikni qars yopgani-cha, bir-ikki qadam tashlagandan so‘ng beihtiyor ingrab yubordi. Men shuni bilamanki, bu ayol endi bir bekat orqaga piyoda qaytib boradi.

Mahbuba ABDURAHIMOVA
1994-yil 2-martda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2018-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Surdopedagogika ta’lim yo‘nalishiga o‘qishga kirib, bakalavr darajasida ta’lim olgan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU da “O‘zbek tili va adabiyoti” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi. «Zomin seminari-2024» qatnashchisi.
SHAMS-U HILOL QISSASI
(asardan parcha)
Seni topgunga qadar
Qanday yashadim men
Nahotki yashadim?!
Rauf Parfi
BIRINCHI BO‘LIM
1
– Qayoqqa borasan, qizim?
– Mmmen, mmmen…– ayol hushini to‘plashga urindi, zum o‘tmay buning uddasidan chiqdi chog‘i – Sebzorga yuring! – dedi.
Mashina joyidan qo‘zg‘aldi. Uning yengil siltanishi endigina yig‘ilgan hushni battar tarqatib yubordi. U tashqaridagi manzaraga qararkan, ko‘zlariga ishonolmadi:
“Tavbaa! Qachon daraxtlar gullab ulgurdiykin a? Axir kecha ham kurtaklar ochilolmay bo‘rtib turgandi, bugun bo‘lsa o‘rik gullari bodroqdek bodrab-bodrab chiqibdi! O‘zi qish qachon tugagandi?!”
Ayol zo‘r berib nimalarnidir eslashga urinardi. Aqalli shu yergacha qanday kelganini, ertalabdan beri nimalar qilganini eslashi kerak! Ammo yo‘q, xotirlay olmasdi. Oh! Qaroqlarida ikki tomchi yosh ilinib turgan ekan! Soqchi kipriklar birlashib, xuddi baland cho‘qqidan birovni majburlab uloqtirgandek, yoshlarni dumalatib yubordilar. Haydovchi orqani ko‘rsatib turuvchi ko‘zgudan juvonga qarab-qarab qo‘yar, lekin ko‘zlarini yumib olgani uchun biror so‘z aytishga jur’at qilolmasdi. Ayolning ko‘zlaridan oqayotgan yosh tomchilari esa qo‘lidagi kitob muqovasida yig‘ilib ulgurgandi..
2
“Ey Xudo! Nima bo‘ldi o‘zi menga? Bir dumalab boshqa odamga aylanib qoldimmi yo?!”
Hilola qo‘li ostidagi qog‘ozga qitirlatib yozar, ora-chura yuzlarini yuvib tushayotgan tomchilarni ro‘molcha bilan artar, burnini hadeb tortardi. Tunchiroq atrofida chivinlar aylanib uchishardi. Ayol ham birini haydasa, biriga e’tibor bermasdi. U yozgani sari yengillashar, yengillashgani sari yozish ishtiyoqi ortib borardi.
“Men emasmi, o‘sha qalbi yonib kulga aylanib, so‘ng qayta alanga olmasligi uchun kul ustiga tuproq tortib qo‘ygan? Yillar davomida tuproq keltirib tashlashdan charchamadi bu jismim. Ammo uning ostidagi cho‘g‘ cho‘g‘ligicha qolavergan ekan! Oxir oqibatda bir qattiq shamol turdi-yu, tuproqlar har tomon sochildi. Shunday oqibatni bilganim uchun bu cho‘g‘ni alanga olishdan asrab kelgandim, endi esa kech! Judayam kech! Endi hammasi yonib bitmaguncha tinmaydi bu olov…”
Hilola umri bino bo‘lib, bir katta haqiqatni o‘zi uchun kashf eta boshlagandi: yozish unga naqadar huzur bag‘ishlar ekan. Unga yengillik berar ekan. Boshqa hech bir mashg‘ulotdan bu qadar zavqlana olmasligini anglab yetayotgandi. Yana yozdi:
“Nega, hamma uchun hordiq, uxlab tin olish vositasi bo‘lgan tun meni temir panjalari orasiga olib qiynaydi? Nega hech qanday najot yo‘qdek, hech kim meni bu beomon darddan qutqarolmaydigandek his qilaman o‘zimni? Nima yetishmaydi menga o‘zi? Kechagina hammasi joyida edi-ku! Oliy ma’lumot olayotgan, ishlari besh, hammaga kerakli, hammaga sevimli ayol emasmidim?! Bir soat uyda bo‘lmasam hamma qidirib qolmaydimi meni? Bir kun-chi? Bir oy, bir umr… Xayol yomon, qayoqlarga olib ketmaydi…Menga nimadir bo‘lyapti-da, o‘zim ham hayronman nima ekanligiga!” U uzoq yozdi, oxiri ko‘zlari tinib ketdi.
Tun uyquli ko‘zlarini ishqalab atrofga razm soldi-da, so‘ng shosha-pisha oqish gulli qora choyshabini yig‘ishtirib olgach, tong yorisha boshladi. Hammayoq jimjit! Quyosh hamma uylar qatori ziyo ulashayotgan uylarning birida – xobxonada o‘zi endigina boshini bolishga qo‘ygan, biroz bo‘lsin tin olishni niyat qilgan ayol – Hilolaning yuz-ko‘zlariga qo‘l cho‘zib, uni erkalab uyg‘otishga boshladi. Ayol ko‘ziga tushayotgan nurdan panalanib, narigi tomonga o‘girildi. Ammo bir zum o‘tmay, ilkis boshini ko‘tardi. Paypaslagancha yonidagi stolchadan soatni olib, unga bir ko‘zi bilan qaradi: 5:30!
“Atigi bir yarim soatgina uxlabman!”
Tuni bo‘yi yozib chiqqani uchun ko‘zlari qizarib ketgan, xuddi qum tiqilgandek achishib og‘rirdi. Iloji bo‘lsa yana bir-ikki soat uxlab olardi-yu, lekin buning imkoni yo‘q edi. Hilola erinibgina o‘rnidan qo‘zg‘alib, sochlarini tarash uchun toshoyna yoniga keldi va u yerda bir talay sochilib yotgan qog‘ozlarga nigohi tushdi. Eng ustidagisini olib ko‘z yugurtirdi-yu, xuddi bir ayb qilgan kishiday ortiga – boshigacha o‘ranib olib uxlayotgan eriga qaradi va darrov qog‘ozlarni yig‘ishtirib oldi.
3
Tushlik payti. Kasalxona hovlisidagi soyaroqda joylashgan o‘rindiqlardan birida xayollariga g‘arq bo‘lib o‘tirgan Hilolaning yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar bilan ishi yo‘q, tekshiruv kelayotgani ham tashvishga solmasdi. Miyasida tamoman boshqa o‘ylar aylanardi:
“Nahot men uni topgan bo‘lsam, nahot u o‘sha?! Ey Xudoyim, bu qanday sir-sinoat bo‘ldiykin? Bo‘lmasa uni umuman qarshimdan chiqarmasliging ham mumkin edi-ku, a! Men dunyoni, unda mavjudligimni unutib qo‘ydimmi yo aksi bo‘lyaptimi – endi sezdimmi borligimni?! Kim u? Nega menga bunchalik ta’sir o‘tkazyapti, nega tinmay xayolimda u, nega? Avval usiz qanday yashadim ekan? Uning ko‘zlari… nega bunday qaradiykin menga, yo o‘zi qarashi shunaqamikin? Nega ishqiy asari haqida so‘raganimda bunday qisqa javob berdiykin, a? Nima emish, “ishq-muhabbat haqidagi his-tuyg‘ularim unutilib ketmasdan oldin yozib qolay deb yozgandim”mish! Rosa ishondim bu gapga. Ko‘zlar boshqa narsa deb turibdi-ku! Yo “bu yoshgina ayol ishqdan nimaniyam tushunardi, unga gapirib kulgiga qolmay” dedimikin? Yo shu yoshda sevgi-muhabbatdan va’z o‘qishni o‘ziga yarashtirmadimikin? U muhabbatdan ma’ruza o‘qisa, kerak bo‘lsa umrim so‘ngigacha zerikmay, og‘rinmay, jon qulog‘im bilan eshitgan bo‘lardim. Uning yonida bo‘lsam qaniydi!..”
Uni eslagani hamono yuragi boshqacha ura boshladi-yu, qafasini ko‘tarib uchgan mitti qush misol uning ruhini o‘tirgan yeridan olislarga – Shamsiddinni ilk tanigan zamoni-yu makoniga olib ketdi.

Mahliyo KARIMOVA
1994-yilda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Urganch innovatsion universiteti talabasi va matbuot kotibi. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi (2022).
SEN BO‘LGANDA
Sen bo‘lganda…
Suhbatlarning rangi borday bo‘laverar,
Va tunda ham quyosh borday tuyuladi.
Tabiat ham qo‘shiq aytar mayin-mayin,
Quyiladi, dilga she’rlar quyuladi!
Sen bo‘lganda…
Ey voh, buning ta’rifini berolmayman,
Yulduzmi, deb ko‘zlarimga qarashadi.
Quvonchlarga qoqilaman har qadamda,
Baxtlar meni…Baxtlar meni talashadi!

Muattar MAMATKARIMOVA
2003-yil 8-mayda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida tug‘ilgan. Marg‘ilon shahrida joylashgan Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini tamomlagan. Hozirda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti talabasi. Yosh ijodkorlarning an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi (2023-yil).
Kun kelar…
Kun kelar…
Bir jo‘shqin qo‘shiq bo‘laman,
orziqib ketadi gar kim tinglasa.
Kun kelar, eng go‘zal oshiq bo‘laman,
Laylilardan o‘zaman.
Qasam!
Kun kelar, eng yaxshi suyanch bo‘laman,
Shunda jo‘r bo‘laman tilagingizga.
O‘sha kun, azizim, men yurib emas,
Yugurib kiraman yuragingizga!
Kun kelar. Bir mayin shamol bo‘laman,
Uchirib boraman baxtni siz tomon.
O‘shanda ko‘nglingiz ko‘chalaridan
Mensizlikni haydab solaman.
Kun kelar.
Hijronlar, armonlar oshib,
Taqdir uchrashtirgay, ishoning, bizni.
Birgina so‘rorim, so‘nggi so‘rorim,
Ayting…
Kun kelguncha kutolasizmi?
Kun kelar…
Laylilardan o‘zaman qasam!

Muhammad Ali G‘AFFOROV
1997-yilda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti talabasi. Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirokchisi (2023).
* * *
Yashirin hislarim yashindek bir kun,
Ko‘krak qafasimni chiqqanda yorib.
Sukutini buzib qorong‘u tunning,
Senga hammasini aytaman borib.
Gullarning bargidan olmayman o‘chim,
Yo‘lingga bir dasta sog‘inch tutaman.
Bahor bo‘ylarini bag‘rimda quchib,
Kuzning tonglarida senga eltaman.
Uyingga qamayman uyur-uyur baxt,
Tomingga qizg‘aldoq sochgum samodan.
Sevgiga to‘larkan dil degan qadah,
Ko‘nglingga quyarman sening damodam.
Ko‘zlaring o‘tida agar kuysam ham,
Ko‘zim oyinasi tortmagay xira.
Bu maydan ko‘nglingga qancha quysam ham,
Kamaymas, kamaymas, kamaymas sira.

Muxlisa TOSHPO‘LATOVA
2004-yil 4-yanvarda Jizzax viloyatida tavallud topgan. Ijodiy ishlari respublika, viloyat gazeta va jurnallarida nashr etilgan. Bolalar adabiyotida ijod qiladi. Yosh ijodkorlarning Zomin seminari (2023-yil) ishtirokchisi.
QO‘G‘IRCHOG‘IM
Ertak aytib onasi,
Uxlatardi qizini.
Ammo bugun Barnoxon,
Hech yummaydi ko‘zini.
– Qara, qizim, o‘n bo‘ldi,
Dam olgin ko‘zmunchog‘im.
– Oyijon, mendan oldin,
Uxlasin qo‘g‘irchog‘im.

Sanjar TOSHBEKOV
1999-yilda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan.Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi (2023-yil).
XIRGOYI
Angladim, pastlikda ekan oshyonim,
Yerga qapishganim angladim nogoh.
Samo quvg‘indisi – sargardon jonim,
Uvvos solayotgan tildan almisoq.
Simirdim isyonning kosasida g‘am,
Ochiq ko‘zalarning tirqishin yopdim.
Jadallashib ketdi go‘yoki vaqt ham,
Ulkan so‘roqlarni oralab chopdim.
Zohidlik orzusi chiqqan chippakka,
Nahot ushalmaydi – ko‘kka qarashim?
Sarob sandig‘ini otdi balchiqqa,
Ko‘zada kishnagan ruh-jununvashim.
Tobakay aldayman o‘zimni o‘zim,
Men qachon bo‘rife’l o‘zlikni topdim?
qayda qafas ko‘rsam quvonib ko‘zim,
Qafasga kirdim-u eshikni yopdim.
Narvon qo‘ysam edi tilsimli ko‘kka,
Tortib ololmasdi kahrabo tupfoq.
Sig‘mayman quruqlik va na namlikka,
Vujudga sig‘mayman, vujudim urfoq.
Menga torlik qilar nayning tirqishi,
Menga ozlik qilar Mashrab asosi.
Nahot ko‘rinmaydi ajalning nishi?
Nahot eshitilmas bo‘shliq ovozi?
Angladim, pastlikda ekan oshyonim,
Samodan quvilgan zarraman o‘rtoq.
Nima ham qilardim, sargardon jonim,
Uvvos solayotgan tildan almisoq.
2
Yo‘l yurib terganim – xotira,
Ruhimni yalagan tor vujud.
Samodan sochilgan yo‘lkira –
Hamyonga solingan oq bulut.
Shaklimni izladim tentirab,
Ortimda ajalning sharpasi.
Sanoqsiz zarralar yo‘l qarab,
Poyladi, tekkizdi zarbasin.
Tushovim Azroil qo‘lida,
Daqiqam – jonimga sadaqa.
Eskirdim qismatning yo‘lida,
Bugungi zohidlik – choychaqa.
Sahroning bevasi – saksovul,
Huvullar oldimda xotima.
Tentiyman, ko‘rinmas bir ovul,
Tavakkal, yuraver, tortinma!
“Mahbuslik eskirgan tushuncha”,
Toshbaqa tushida dodlaydi.
Ilonlar yangi to‘n kelguncha
Yalang‘och badanin toblaydi.
Kuzatdim barchasin birma-bir,
Uchishni o‘rgatdim burgutga.
Men samo o‘g‘liman, baribir,
Sen uchgin yetguncha tobutga.
Sen uchgin yetguncha tobutga.

Shohro‘z UMARJON
1997-yilda Farg‘ona viloyati So‘x tumanida tug‘ilgan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishi tayanch doktorantura bosqichi mustaqil tadqiqotchisi.
HURKAK SHU’LA
Yumgum ikki ko‘zim – otashga to‘lgan,
Ikki ko‘z qa’riga termilmasin deb.
Parishon qarashlar shu’lalaridan
Qalbim dog‘, beqaror ham bo‘lmasin deb.
Yumgum ikki ko‘zim – otashga to‘lgan,
Ketay deb rasvolik yurtidan nari.
Faryod chekmasin deb xomush dilim to,
Chekinarman xilvat, yolg‘izlik sari.
Horg‘in yo‘lovchilar, uning holidan
Sovuq kunbotarda neni istarsiz?
Quyoshning hurkovuch shu’lasidir u,
Ortidan behuda, bekor ketarsiz!
Oymomo gulining g‘unchasidir u,
Anvor to‘lqinlarin sochsin mayliga –
Gunoh yotog‘iga imlovchi ko‘zning
Zimiston mahv etgan ekinzoriga.
Ishtiyoq ohiga yo‘g‘rilmog‘i shart
Unsiz bo‘salarning dilgir ifori.
Ul sohir ayolning sochlaridan to
Quysin ishq-u havas, quysin sarsari…
Va chiroy jomining lablaridan ham
Bo‘sa sharobini ichmog‘i darkor.
Bosh qo‘yib mastona uxlasin so‘ngra
Zebo siynalarga asta beozor.
Ey, sen – yaqinlikka tashna bir orzu,
Umr torin bekor bog‘larsan nechun?
Kun kelar, sen qah-qah kularsan, afsus,
behuda o‘tgan har tortishuv uchun.
O‘t qo‘ygum umiding g‘aramlariga
Hasrat-u nadomat shu’lasi bilan!
Sen – fitna xohlovchi, ey gunohkor dil,
Orom oladursan, balki, fitnadan!
Bog‘layman men seni g‘amning eng qimmat
bog‘i-la,
To unga uchma deb hech ham.
Bemor-u xastahol ey ko‘ngil qushi,
Bo‘l uning g‘amiga hamnafas, hamdam!

Shukrullo SHERALIYEV
1994-yil 10-noyabrda Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. 2023-yil Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi.
IQROR
Ehtimol, ertaga botmaydi quyosh,
Balki aniqlashar qaysidir tilsim?
Fasllar g‘animat, fasllar bebosh,
Ehtimol, ertaga kuz yo‘q, azizim.
Iddaolar qildik fursatni chog‘lab,
Bir qara, biz sabab gullagan rohlar,
Jilmayib turganda oppoq nigohlar,
Muhabbatdan o‘zga so‘z yo‘q, azizim.
Sadoqatga do‘nmoq – imonga odat,
To‘kilib, to‘lmoqlik insonga odat,
Hamma narsa bor-u yorug‘ dunyoda,
Ishqqa cho‘kilmagan tiz yo‘q, azizim.
Qayda hijron, desa o‘lishgan bizdek?
Qani ko‘ngil uzra to‘lishgan bizdek?
Bormi bahorlarni bo‘lishgan bizdek?
Bu olamda boshqa biz yo‘q, azizim.

Suhrob HAMROYEV
1990-yilda Buxoro viloyati Vobkent tumanida tug‘ilgan. Buxoro davlat universitetining bakalavriat hamda magistratura bosqichlarini tamomlagan. 2017-yilda I Respublika yosh ijodkorlar forumi, 2018-yilda Zomin seminari, 2022-yilda “Ijodkor o‘qituvchi” anjumanida ishtirok etgan.
UYGʻONMOQ FASLI
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi.
Gʻafur Gʻulom
Fasllar almashar, almashar bashar –
Yangi nasllarning kelgaydir gali.
Yangi ufqlarga eshigin ochar
Ko‘hna maqsadlarning so‘nmas ilhomi.
Mushtarak tuyg‘ular aylanar shaxdga,
Ulug‘lar merosi – bamisli mayoq.
Eng ezgu amallar yetaklar baxtga,
Xatolar yov emas, bo‘ladi saboq.
Uyg‘onmoq oni bu, yonmoq oni bu,
Yoritmoq oni bu ko‘ngillarni – tosh.
Tirik yashamoqning zo‘r imkoni bu,
Yangi tafakkurdan chiqarib quyosh.
Yoshlikda dil qonar, Oy bo‘lgay nishon,
Xayol qanot yozib, parvoz etadi…
Hayotga xush kelding, navqiron o‘g‘lon,
“Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi.”

Snejana ZEYTULAYEVA
2003-yil 1-iyulda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik litseyini tamomlagan. 2024-yil Respublika yosh ijodkorlarining an’anaviy Zomin seminari ishtirokchisi.
ЛИС
(asardan parcha)
Пролог
Закат, или все же это рассвет? Она помнила лишь легкий, слегка теплый ветерок, который нежно потрепывал ее редкие волосы, с интересом наблюдая, как дома медленно растворяются в розовых, фиолетовых и алых облаках, похожих на разводы бензина в луже на асфальте.
– А с каким предметом ты меня ассоциируешь? – улыбнувшись уходящему или все-таки восходящему солнцу, спросил он.
– С советским модернизмом, – усмехнулась Сонья.
– Я для тебя настолько серый и безжизненный? – язвительно спросил он.
– Почему же? Как раз наоборот!
Закатное солнце уже совсем опустилось, или же рассвет все еще не хотел просыпаться, но розово-фиолетовые лучи озаряли крыши и оконные рамы верхних этажей.
Они сидели на одной из таких, похожих друг на друга, крыш, чувствуя себя очень особенными.
– Посмотри на все эти панельки! – воскликнула она.
– И что? – проворчал Алек.
– Меня всегда удивляло, как такое многогранное понятие, как «советский модернизм», могли окрестить простецким словом «панелька»… – пробормотала она.
– Взгляни! Они все такие разные, у каждой своя атмосфера, своя душа. Когда смотришь на них, гуляешь рядом с ними, то чувствуешь себя иначе – уютно, защищенно.
Холодным зимним вечером панельки излучают одну романтику, а летний зной дарит им совершенно другой настрой. Так же и ты, хоть на вид и простой, на самом деле такой многогранный, глубокий и всегда разный. С тобой я чувствую себя спокойно и защищенно, как в старом дворе летним вечером среди любимых советских панелек… С тобой я чувствую себя ребенком, как за каменной стеной, такой же надежной, как у панельного дома, – восторженно проговорила она.
– Без тебя я бы умер, – глядя куда-то вдаль, тихо произнес он.
– Алек… – запнулась она.
– Слушаю тебя, дорогая, – робко ответил он.
– Я тебя прощаю.
– Что?.. – удивился Алек.
– На этот раз у нас все получится.
– У нас обязательно все получится!
Ташкент, 2018
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



