20.05.2025 | 09:51
1051
HAZIL ORTIDAGI HAQIQAT
Tasviriy san’at bu – sukutdagi so‘z, chizgidagi falsafa, rangdagi ruhiyat. Ayniqsa, illyustratsiya – bu xalq qalbiga kirib boruvchi chuqur tasvir tilidir. Yaqinda Pavel Benkov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi mohir rassom, karikaturachi Husan Sodiqovning “Turkum illyustratsiyalar” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ayni shu haqiqatni yana bir bor isbotladi. Ko‘rgazma yurtimizning taniqli rassomlari, san’atshunoslar, dizayn yo‘nalishi o‘qituvchilari va yosh iste’dodlarni bir maskanda jamladi. Har bir nigohda – havas, har bir yuzda – hayrat, har bir suhbatda esa san’atga bo‘lgan mehr aks etdi.

O‘ttiz besh yildan buyon illyustratsiya sohasida faoliyat yuritayotgan Husan Sodiqov ijodi nafaqat texnik mahorat, balki o‘zbek xalqining mentalitetini, qadriyatlarini, hayot falsafasini, yumorini o‘zida mujassam etgani bilan ajralib turadi. Ayniqsa, “O‘zbek, ozarbayjon, turk afandilari” hamda “Qozoq Aldarko‘sasi” turkumlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Bu asarlarda kulgi ortidagi haqiqat, soddalik zamiridagi teranlik yashiringan. Har bir obraz tanish, ammo noodatiy; har bir sahna kulgili, ammo jiddiy o‘ylantiruvchi. Aslida, rassomning vazifasi ham shu – voqelikni chizish emas, balki uni anglashga undovchi vosita yaratish.
Husan Sodiqov nafaqat rassom, balki yosh ijodkorlar uchun muallim, tomoshabin uchun suhbatdosh, jamiyat uchun esa oynadir. Uning bir necha karikaturalari “Jadid” gazetasining hajviy ruknlarini bezab kelmoqda. Bu asarlar orqali rassom o‘zining dolzarb mavzularni qanday yumor bilan his etishini, milliylik va zamonaviylikni qay yo‘sinda uyg‘unlashtirishini yana bir bor namoyon etadi. Ko‘rgazmadagi har bir asar sizga butun boshli dramani hikoya qilib bera oladi. Ular ko‘z bilan emas, yurak bilan ko‘riladi, his etiladi.
Husan Sodiqovning ko‘p yillik ijodiy tajribasi yoshlarga yo‘riq, estetik zavq, ilhombaxsh kuch bo‘lib xizmat qiladi. Uning asarlarida ijodkorning o‘tkir zehni, sof qalbi, o‘zgacha dunyoqarashi bilan birga o‘zligimizni, milliq qadriyat va illatlarimizni ham yaqqol ko‘ramiz. Zero, chinakam san’at asari bu zamonlarni bog‘lovchi ko‘prik, dilni uyg‘otuvchi sehr, ongni boyituvchi merosdir.
Farangiz ABRUYEVA,
O‘zJOKU talabasi
“Jadid” gazetasining 2025-yil 16-maydagi 20-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
99
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
136
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
328



