18.12.2025 | 09:28
3424
“BOBURNOMA” QIRGʻIZ TILIDA
2023-yili buyuk shoir va mutafakkir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda o‘zbek olimlari tomonidan “Boburnoma” asarini qirg‘iz tiliga tarjima qilish taklifi bildirildi. So‘nggi yillarda “Boburnoma” qoraqalpoq, qozoq va italyan tillariga tarjima qilingani ham mening bu bebaho asarni qirg‘izzabon o‘quvchilarga yetkazish niyatimni mustahkamladi.

Shundan so‘ng, o‘tgan ikki yil davomida “Boburnoma”ning Porso Shamsiyev, Sodiq Mirzayev nashrga tayyorlagan (1960, 1989), Vahob Rahmonov va Karomat Mullaxo‘jayeva hozirgi o‘zbek tiliga tabdil qilgan (2008, 2019) variantlarini chuqur o‘rganib, qiyoslab tarjima qilishga erishdim.
“Boburnoma” nafaqat O‘zbekiston, ayni paytda, butun Markaziy Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston, Pokiston mamlakatlari uchun g‘oyat muhim tarixiy asardir. Uning o‘tgan davr mobaynida fors, ingliz, fransuz, nemis tillariga qayta-qayta, shuningdek, urdu, turk, uyg‘ur, yapon, golland, rus, arab, xitoy, ispan, ozarbayjon tillariga tarjima qilingani ham bu betakror adabiy obidaning jahonshumul shuhratidan dalolat.
Bobur Mirzoning insonparvarlik g‘oyalariga yo‘g‘rilgan samimiy va rost satrlari qirg‘iz kitobxonlariga manzur bo‘lishiga shubha yo‘q. Ushbu tarjima Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar ilmiy merosini qardosh xalqlar o‘rtasida yanada keng targ‘ib-tashviq qilishga xizmat qiladi, degan umiddaman.
Xosiyat BEKMIRZAYEVA,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
“Jadid” gazetasining 2025-yil 12-dekabrdagi 50-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



