Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


04.02.2025 | 09:26

img522

BUYUK MEROSGA MUNOSIB EHTIROM

Bugungi kunda mamlakatimizning boy va betakror madaniy merosini o‘rganish, keng miqyosda targ‘ib etishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan poytaxtimizda qad rostlayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining asosiy vazifasi ham ana shu ulug‘vor maqsadni ro‘yobga chiqarishdan iborat.

Kuni kecha davlatimiz rahbarining O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadidagi tashrifi Markaz tarixidagi eng unutilmas tarixiy voqealardan biri bo‘ldi, deyish mumkin.

Dunyoda tamaddunlar tarixi bilan bog‘liq muassasalar ko‘p. Masalan, Misr sivilizatsiyalar muzeyi, Malayziyada Islom sivilizatsiyasi kutubxonasi, Turkiyada Istanbul Sivilizatsiya universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda. Ammo, ma’lum bir xalqning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, shu mamlakatdan yetishib chiqqan buyuk shaxslar, ular tomonidan yaratilgan beqiyos kashfiyotlar haqida hikoya qiladigan, shu yo‘nalishda keng miqyosda tadqiqot olib boradigan yirik platforma dunyoning boshqa hududida uchramaydi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi mamlakatimizning uch ming yillik davlatchilik tarixi, yurtimizda azaldan mavjud bo‘lib kelgan diniy bag‘rikenglik, madaniy yuksalish, buyuk allomalarimizning beqiyos ilmiy-ma’rifiy merosini xalqimizga va jahon hamjamiyatiga ko‘rsatish maqsadida tashkil qilingan.

Prezidentimizning 2024-yil 23–26-avgust kunlari Toshkent va Samarqandda Markaz tashabbusi bilan o‘tkazilgan “Buyuk ajdodlar merosi – Yangi Renessans asosi” mavzusidagi xalqaro kongress ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ham ushbu markaz faoliyatiga alohida to‘xtalib o‘tilgan edi.

Davlatimiz rahbari bu galgi tashrif asnosida ham ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qo‘shgan hissasini keng miqyosda ko‘rsatib berish, yoshlarimizni ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar o‘tkazish, dolzarb g‘oya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratdi.

Bugungi kunda muhtasham bino qad rostlab, qurilish ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Markazning eng asosiy qismidan Qur’oni Karim zali o‘rin oladi. Bu yerda musulmon dunyosining ma’naviy durdonasi – qadimiy Usmon Mus’hafi joylashtiriladi. Shuningdek, Mus’haf atrofida jahonning eng moʻtabar Qur’on qo‘lyozmalari, somoniylar, qoraxoniylar, xorazmshohlar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, temuriylar va boshqa tarixiy sulolalar davrida bitilgan Kalomulloh nusxalari, shuningdek, ularning eski o‘zbek tilidagi tarjimalari ham qo‘yiladi.

Tashrif davomida muhtaram Prezidentimiz ushbu nodir qo‘lyozmalar bilan tanisharkan, tarixni o‘rganishda katta qadamlar tashlangani, yangi manbalar yuzaga chiqayotganini qayd etdi. Prezident ta’kidlaganidek, ularni faqat yodgorlik sifatida saqlamasdan, xalqimiz, xususan yoshlarga tushunarli tilda yetkazish, jahon jamoatchiligiga keng targ‘ib qilish kerak. Bu dargoh nafaqat o‘tmish haqida hikoya qiladigan, balki tarix, bugun va kelajakni bog‘laydigan, taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradigan aql-tafakkur markazi bo‘lishi zarur.

Shuningdek, Davlatimiz rahbariga “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinchi Renessans davri”, “Ikkinchi Renessans davri”, “O‘zbekiston XX asrda”, “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans” kabi bo‘limlar hamda ulardan joy olishi ko‘zda tutilayotgan eksponatlar haqida ma’lumot berildi.

Xorazmiy, Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Burhoniddin Marg‘inoniy, Mahmud Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Ali Qushchi kabi alloma va mutafakkirlar, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Muin Nasafiy, Qaffol Shoshiy, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xo‘ja Ahror Valiy kabi ulamolarning islom ma’rifatiga qo‘shgan hissasi Markaz kontentidan alohida joy oladi.

Yurtboshimiz Markazning asosiy kirish foyesidan o‘rin oladigan buyuk allomalarimiz, tarixiy shaxslar qiyofalari aks etgan mahobatli rangtasvir asarlari bilan ham tanishdi. Ularni yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Shuningdek, markaz ekspozitsiyalarini bir-biriga bog‘laydigan, zamonaviy ko‘rinishdagi “Vaqt devori”, “Tarix yo‘lagi” singari interaktiv loyihalar bilan ham tanishdi. Yaqin vaqt ichida Markaz olimlari tomonidan aniqlangan tarixiy eksponatlar, xorijiy muzey va kutubxonalardan keltirilgan faksimil nusxalar ham namoyish qilindi.

Tashrif davomida Markaz ulug‘ ajdodlarimiz merosini chuqur tadqiq qilish, uni bugungi kunning o‘tkir muammolariga javob bera oladigan hayotbaxsh kuchga aylantirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Kelgusida ana shu hamkorlikni yanada mustahkamlash, ushbu tashkilotlar faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish, zamonaviy tahdidlarga munosib ilmiy javoblar topish lozimligi ta’kidlandi.

Ayni paytda Markaz tomonidan bir qator xalqaro ilmiy muassasa va tashkilotlar bilan hamkorlikda xalqaro kongress-konferensiyalar, madaniy meros haftaliklari tashkil qilinmoqda. Prezidentimiz ana shunday xalqaro anjumanlarni tizimli tarzda o‘tkazish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni chuqurlashtirish, ilgari surilayotgan g‘oyalar va maqsadlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berdi. Ta’kidlash lozimki, kelgusida markaz binosida ana shunday xorijiy tashkilotlarning yurtimizdagi vakolatxonalari ham ish boshlashi kutilmoqda.

Albatta, davlat rahbarining buyuk madaniy-ma’rifiy merosga bo‘lgan ulkan e’tibori bu galgi tashrif davomida yana bir bor o‘z isbotini topdi. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi jamoasi, hamkor tashkilotlar, ilmiy muassasalar vakillariga bu tashrif, unda ko‘tarilgan masalalar, qimmatli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalar katta kuch va ilhom baxsh etdi, deyish mumkin.

Rustam JABBOROV,
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy kotibi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 31-yanvardagi 5-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img78

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324