KUTUBXONA
Bo'lim: E’lonlar
20-yanvar kuni tavallud topganlar
Xurshid Davron – O‘zbekiston xalq shoiriTurg‘un Alimatov – O‘zbekiston xalq artisti
20.01.2025 | 09:37
7924
Mahmudxoʻja Behbudiy tavallud topgan kun
Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida dunyoga kelgan. Dastlab Samarqand madrasasida, soʻng Buxoroda tahsil olgan. Anʼanaviy tahsil, soʻng esa oʻz ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha koʻtariladi. 1899–1900-yillarda Behbudiy buxorolik doʻsti Hoji Baqo bilan haj safariga chiqadi. Behbudiy safar chogʻida koʻp ajobiy hodisalarga guvoh […]
19.01.2025 | 10:49
1399
16-yanvar kuni tavallud topganlar
Shuhrat Abbosov – Oʻzbekiston xalq artisti;Bobur Yoʻldoshev – kino va teatr aktyori, rejissyor.
16.01.2025 | 09:17
382
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oybek tavallud topgan kun
Shoir, adib va jamoat arbobi Muso Toshmuhammad oʻgʻli Oybek 1905-yilning 10-yanvarida Toshkentda tugʻilgan. O‘rta Osiyo davlat universitetining ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan. Oybek adabiyotga 1926-yili chop etilgan “Tuyg‘ular” she’riy to‘plami bilan kirib kelgan. Shoirning “Dilbar – davr qizi” (1931), “O‘ch” (1932), “Baxtigul va Sog‘indik” (1933), “Temirchi Jo‘ra”(1933) dostonlari o‘z davrining eng go‘zal she’riy solnomalaridir. Oybek tarixiy […]
10.01.2025 | 08:53
1327
9-yanvar kuni tavallud topganlar
Azimboy Saʼdullayev – oʻzbekistonlik matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi;Nasrullo Sohibnazarov – yogʻoch oʻymakori, Oʻzbekiston xalq ustasi.
09.01.2025 | 09:35
405
8-yanvar kuni tavallud topganlar
Anvar Obidjon – O‘zbekiston xalq shoiri;Xurshid Do‘stmuhammad – yozuvchi va jurnalist, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi.
08.01.2025 | 09:10
483
Yozuvchi va dramaturg Sharof Boshbekov tavallud topgan kun
Sharof Boshbekov 1951-yil 4-yanvarda Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida tugʻilgan. Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati institutini tamomlagan. Adib yozuvchilik ijodini 1980-yilda “Taqdir eshigi” nomli komediya bilan boshlagan. Shundan so‘ng adibning birin-ketin yozilgan “G varianti” (1981), “G‘urur” (1982), “Jumboq” (1986) hikoyalari, “Tikansiz tipratikanlar”, “Musiqa sayyorasi”, “Tentak farishtalar”, “Tushov uzgan tulporlar” (1983) dramasi, “Eshik qoqqan kim?” (1987), “Eski […]
04.01.2025 | 09:34
1069
3-yanvar kuni tavallud topganlar
Umarali Normatov – adabiyotshunos, tanqidchi;Yoqub Ahmedov – Oʻzbekiston xalq artisti.
03.01.2025 | 08:33
709
O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov tavallud topgan kun
O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabr kuni Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani Toshqo‘rg‘on ko‘chasida tavallud topgan. ToshDUning filologiya fakultetini tamomlagan. Uning o‘ttizdan ortiq nazmiy asarlari chop etilgan. Shuningdek, Gyotening «Faust» asarini, Sergey Yeseninning she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilib, alohida kitob holida nashrdan chiqqan. Erkin Vohidov dramaturg sifatida «Istanbul fojiasi», «Oltin devor» asarlari muallifi […]
28.12.2024 | 09:00
1039
27-dekabr – yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunos olim Ibrohim Gʻafurov tavallud topgan kun
Ibrohim G‘afurov 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. «Goʻzallikning olmos qirralari» (1964) «Unutilmagan bogʻ» (1965), «Joziba» (1970), «Yonar soʻz» (1973), «Yam-yashil daraxt» (1976), «Yurak-alanga» (1980). «Lirikaning yuragi» (1982), «Sheʻriyat – izlanish demak» (1984), «Oʻttiz yil izhori» (1987), «Dil erkinligi» (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar mualliflik qilgan. Jahon adabiyotida […]
27.12.2024 | 09:34
563
Akademik Abdulahad Muhammadjonov tavallud topgan kun
Abdulahad Muhammadjonov 1931-yil 26-dekabr kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlab, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil olgan. 1989-yil O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylangan. Uning o‘zbek xalqi qadimiy tarixi, boy madaniyatini, O‘zbekistonda shakllangan sug‘orma dehqonchilik an’analarini arxeologik jihatdan o‘rganishga bag‘ishlangan ko‘plab kitob va monografiyalari, maqola va risolalari ilmiy jamoatchilikka […]
26.12.2024 | 09:22
697
Mustafo Cho‘qay tavallud topgan kun
Mustafo Cho‘qay o‘g‘li 1890-yil 25-dekabrda Turkistondagi Avliyo-tarang‘il qishlog‘ida tavallud topgan. Dastlabki ma’lumotni Oqmachit va Toshkentda olgan. Sankt-Peterburg universitetining huquq fakultetini tamomlab, Davlat Dumasining musulmonlar fraksiyasida kotib bo‘lib ishladi. 1917-yil noyabrida tashkil etilgan Turkiston Muxtoriyati hukumatining asoschilaridan biri bo‘ldi. Muxtoriyat sovet qo‘shinlari tomonidan tugatilgach, Kavkazorti hududiga yo‘l oldi va bu yerda 1921-yil boshigacha yashadi. Kavkazorti hududida […]
25.12.2024 | 09:26
586
24-dekabr kuni tavallud topganlar
Oqil Salimov – davlat va jamoat arbobi, akademik;Turob Toʻla – shoir, dramaturg, yozuvchi;Poʻlat Moʻmin – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, bolalar shoiri.
24.12.2024 | 09:07
729
23-dekabr kuni tavallud topganlar
Asqad Muxtor – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi;Sevara Nazarxon – O‘zbekiston xalq artisti;Shodmonqul Salom – shoir, publitsist, nosir va muharrir.
23.12.2024 | 08:49
348
Oʻzbekiston xalq artisti Rahim Pirmuhamedov tavallud topgan kun
Rahim Pirmuhamedov 1896-yilda Toshkentda tug’ilgan. Moskva o’zbek drama studiyasini tugatgan. Aktyorning “O’tgan kunlar”, “Mahallada duv-duv gapi”, “Sen yetim emassan” filmlaridagi obrazlari haqqoniyligi, to’laqonligi, satirik bo’yoqlarga boyligi va milliyligi bilan ajralib turadi. Rahim Pirmuhamedov sermazmun ijodi “O’zbekiston xalq artisti”, “Xalq artisti” unvonlari va bir qator orden, medallar bilan munosib taqdirlangan. 1972-yil Toshkent shahrida vafot etgan.
20.12.2024 | 09:41
545
Adabiyotshunos Begali Qosimov tavallud topgan kun
Begali Qosimov 1942-yil 19-dekabrda Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumani Denov qishlogʻida tugʻilgan. Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻzbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. Olim oʻzbek mumtoz va yangi adabiyoti muammolari boʻyicha tadqiqotlar yaratgan. Lekin ijodining mohiyatini milliy uygʻonish, maʼrifatchilik adabiyoti muammolari, siymolari ijodi, taqdiri masalalari qiziqtiradi. Bu hol uning ilmiy asarlarida yaqqol koʻrinadi. U turkiy olamdagi uygʻonish, adabiy aloqalararo bogʻliqlik […]
19.12.2024 | 09:53
1034
Oʻzbekiston xalq artisti Lutfulla Saʼdullayev tavallud topgan kun
Lutfulla Sa’dullayev 1940-yil 18-dekabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Teatr va rassomchilik institutini tugatgan. 1963-yildan kinoda rol ijro eta boshlagan. Faoliyati davomida taxminan 200 ga yaqin spektaklda rollar ijro etgan. Kino va videofilmlar, televizion miniatyuralar dasturida ijro etgan rollari esa 500 dan oshadi. O‘zbek kinotomoshabini uni «Bahor qaytmaydi» videofilmidagi Alimardon To‘rayev, «Odam bo‘lish qiyin»dagi Abdulla, «Shaytanat» serialidagi […]
18.12.2024 | 09:25
655
17-dekabr kuni tavallud topganlar
Ogahiy – shoir, tarixchi, tarjimon;Boymirza Hayit – Turkiston va Oʻrta Osiyo boʻyicha tarixchi va sharqshunos olim;Hamza Umarov – Oʻzbekiston xalq artisti;Xudoyberdi Toʻxtaboyev – Oʻzbekiston xalq yozuvchisi;Iroda Aliyeva – Oʻzbekiston xalq artisti.
17.12.2024 | 09:00
450
Salim Ashur tavallud topgan kun
Salim Ashur 1964-yil 16-dekabr kuni tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. Uning “Yashil giyoh”, “Atirgul”, “Siz ertaga kelasiz”, “Kechikkan tong”, “Atalgan kunlar”, “Sensiz”, “Darz”, “Kelajakka qadam”, “Ona tilim”, “Mashinalar karvoni”, “Muhabbat kitobi”, “Titroq” nomli kitoblari nashr etilgan. * * * Mana gugurt, mana tosh, manaBitta zarb. Va tugaydi umr.Faqat chaqmoq — cho‘g‘ oshiqona –Faqat […]
16.12.2024 | 09:31
586
12-dekabr kuni tavallud topganlar
Naim Karimov – adabiyotshunos olim, Ozbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik;Chingiz Aytmatov – qirg‘iz yozuvchisi;Hamid Olimjon – shoir, dramaturg;Yulduz Usmonova – O‘zbekiston xalq artisti.
12.12.2024 | 09:07
640
Chori Avaz tavallud topgan kun
Chori Avaz 1957-yil 11-dekabr kuni Qashqadaryo viloyatiga qarashli Gʻuzor tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston milliy universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. Uning tiriklik chogʻida «Baxtiyorlik shu emasmi?» nomli esselar kitobi, shuningdek, «Tortilgan kamon», «Uygʻonishdan oʻzga tole izlama», «Kuz ertasi» kabi asarlari nashrdan chiqqan. Vafotidan keyin «Saylanma», «Yashil so’qmoq» nomli kitoblari chop etilgan. SHOIR Zulmat bosib kela boshladi,Tun tushirdi qora […]
11.12.2024 | 11:49
412