Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: E’lonlar

Avstriyalik yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori Peter Handke tavallud topgan kun

Peter Handke 1942-yil 6-dekabrda tugʻilgan. Adib romanlar, pyesalar, ssenariylar, esselar va sheʼrlar yozgan. U 2019-yilda «inson tajribasining qirralari va o‘ziga xosligini til zukkoligi bilan o‘rgangan salmoqli ishi uchun» adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan. Handke XX asrning ikkinchi yarmida nemis tilida ijod qilgan eng nufuzli va oʻz yoʻliga ega yozuvchilardan biri hisoblanadi. Iqtiboslar Nimani sevsangiz, […]

06.12.2024 | 12:29

img401

Oʻzbekiston xalq artisti Xayrulla Saʼdiyev tavallud topgan kun

Xayrulla Saʼdiyev 1940-yil 6-dekabr kuni Toshkentda aktyor Habib Saʼdiyev oilasida tugʻilgan. Faoliyatini teatr sahnasidan boshlagan. Aktyor “Toʻylar muborak”, “Shaytanat”, “Alpomish”, “Oʻtov”, “Novda”, “Qoʻrgʻoshin” kabi koʻplab filmlardagi rollari bilan tomoshabinlar mehrini qozongan.

06.12.2024 | 09:58

img883

O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xoʻjayev tavallud topgan kun

Soyib Xoʻjayev 1910-yil 5-dekabrda Andijon viloyatida dunyoga kelgan. Oʻz kasbiy faoliyatini 1927-yili Hamza nomidagi Qoʻqon oʻzbek musiqali drama va komediya teatrida boshlagan. 1939-yildan umrining oxirigacha Toshkent shahridagi Muqumiy nomli oʻzbek davlat musiqali drama va komediya teatrida ijodiy faoliyat olib borgan. Aktyor “Malikai Turandot”da Trufaldino, “O‘rtoqlar”da Soli domla, “Boy ila xizmatchi”da Xolmat kabi komik rollarni mahorat […]

05.12.2024 | 10:02

img533

O‘zbekiston xalq shoiri Ramz Bobojon tavallud topgan kun

Ramz Bobojon 1921-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahrida dunyoga keldi. Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Shoirning «She’rlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak» (1949), «Vodiy bo‘ylab» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Senga, sevgilim» (1969), «Birinchi parvoz» (1980), «Muhabbatga ta’zim» (1980) va «Sening mehring» (1996) kabi she’riy to‘plamlari va «Saylanma»si nashr etilgan. 1987-yil O‘zbekiston xalq shoiri […]

02.12.2024 | 09:35

img461

27-noyabr – Turkiston Muxtoriyati e’lon qilingan kun

Bundan 107 yil muqaddam — 1917-yilning 27-noyabr oqshomida O‘rta Osiyo mintaqasidagi ilk demokratik, ham dunyoviy davlat — Turkiston Muxtoriyati e’lon qilingan edi.

27.11.2024 | 10:54

img869

Oʻzbekiston Qahramoni Munojot Yoʻlchiyeva tavallud topgan kun

Munojot Yoʻlchiyeva 1960-yil 26-noyabrda Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. Sanʼatkorning maqom yoʻllari, oʻzbek mumtoz va xalq ashulalarini yuksak mahorat bilan ijro etishi uni nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyoga tanitgan. Munojot Yoʻlchiyeva 1994-yil Oʻzbekiston xalq artisti, 2021-yil Oʻzbekiston Qahramoni unvonlari bilan taqdirlangan.

26.11.2024 | 09:12

img690

Kino va teatr aktrisasi Dilnoza Kubayeva tavallud topgan kun

Dilnoza Kubayeva 1986-yil 22-noyabrda Toshkent shahrida ziyolilar xonadonida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. Teatrdagi debyut ijrosi — Munavvara Abdullayeva sahnalashtirgan “Andishali kelinchak” spektaklidagi Olmaxon roli bilan tomoshabinlar nazariga tushgan. Keyinchalik “Omonat dunyo”, “Bir qanotlilar”, “Bevalar”, “Sizsiz o‘tmas kunlarim”, “Quyoshni sen uyg‘otasan”, “Alisher Navoiy” kabi ko‘plab sahna asarlarida turli xarakterdagi katta-kichik rollarni talqin […]

22.11.2024 | 10:03

img802

Shved yozuvchisi, Nobel mukofoti laureati Selma Lagerlef tavallud topgan kun

Lagerlef 1858-yil 20-noyabrda Shvetsiyada dunyoga kelgan. Birinchi va koʻzga koʻringan yirik romani — «Yosta Berling haqida saga» hisoblanadi. Asar romantik uslubda yozilgan boʻlib, unda shved dehqonlarining turmush tarzi, orzu-umidlari aks ettirilgan. Adib o‘z asarlarida yuksak idealizm, yorqin tasavvur va ma’naviy idrokni qadrlagani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning «Mitti Nilsning yovvoyi g‘ozlar bilan qilgan g‘aroyib […]

20.11.2024 | 16:25

img641

O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov tavallud topgan kun

Obid Yunusov 1934-yil 20-noyabrda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgach, Hamza nomidagi O‘zbek Davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatrida aktyor sifatida yuzdan ortiq obrazni gavdalantirgan. Shukur Xolmirzayevning «Qora kamar» dramasidagi Eshon obrazi uchun 1988-yil O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u kinoda 30 dan ortiq obraz yaratgan. […]

20.11.2024 | 13:43

img777

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun

1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisidagi qonun qabul qilingan.

18.11.2024 | 10:26

img920

Usmon Nosir tavallud topgan kun

Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida tugʻilgan. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻsmir u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida ta’lim oladi. Bo‘lajak shoirning ilk she’ri “Haqiqat qalami” bo‘lib, 1927-yilda “Yangi yo‘l” gazetasida bosib chiqiladi. 1931-yilda […]

13.11.2024 | 09:00

img2010

Rus yozuvchisi Fyodor Dostoyevskiy tavallud topgan kun

Fyodor Dostoyevskiy 1821-yilning 11-noyabrida Rossiyaning Moskva shahrida tug‘ilgan. Yozuvchi adabiyotga 1844-yilda nasriy asarlari bilan kirib keladi. 1845-yil may oyining oxirida Fyodor Dostoyevskiy oʻzining ilk romani — “Kambagʻallar”ni yozib tugatadi. Romanda xoʻrlangan, ijtimoiy adolatsizliklar qurboniga aylangan kishilar taqdiri haqida hikoya qilingan. Shuningdek, uning “Qiyofadosh” (1846-yil), “Oydin tunlar” (1848-yil) qissalari ham ijtimoiy mavzuda yaratilgan asarlar sirasiga kiradi. […]

11.11.2024 | 09:46

img751

Taniqli adib va yirik jamoat arbobi Sharof Rashidov tavallud topgan kun

Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahri atrofidagi Sovungarlik qishlog‘ida dunyoga kelgan. Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universitetini tamomlagan. Uning ijodida maqolanavislik muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchilik qiladi. Ijodkorning “Kashmir qo‘shig‘i”, “Komde va Mudan” kabi lirik qissalari va “Koinot” kabi kinoqissasi an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zallik, […]

06.11.2024 | 10:35

img588

O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon tavallud topgan kun

Ubaydulla Omon 1948-yilning 31-oktyabrida Buxoro viloyatida dunyoga kelgan. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati instituti va Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutini tugatgan. Hozirga qadar 80 dan ortiq oʻzbek va xorij filmlarida suratga tushib, qator obrazlarni talqin etgan.

31.10.2024 | 10:46

img951

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tavallud topgan kun

Sirojiddin Sayyid 1958-yilning 30-oktyabrida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida dunyoga kelgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan. Shoirning “Ruhim xaritasi”, “Salqin xarsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil”, “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Kuydim” va “Vatanni o‘rganish”, «Vatan abadiy»,» Ustimizdan o’tgan oylar», «Qaldirg‘ochlarga ber ayvonlaringni» va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan. ILINJ Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,Kipriklarim o‘psalar bas gardlaringdan.Men bir […]

30.10.2024 | 10:30

img1165

Yapon shoiri Takuboku Ishikava tavallud topgan kun

Ishikava Takuboku 1886-yil 28-oktyabrida Yaponiyaning Xansyu orolidagi Sibutami qishlogʻida tugʻilgan. Qashshoq qishloq rohibining oilasida tugʻilgan goʻdakka Xadzime ismini berishgan. Takuboku — shoirning taxallusi boʻlib, “kakku” maʼnosini anglatadi. Shoirning “Intilish” deb atalgan ilk kitobi yapon sheʼriyatiga yangi ovoz, kuchli shaxs kirib kelganidan darak berdi. Ikkinchi toʻplami “Bir kaft qum” esa yapon sheʼriyatining gultoji boʻldi. Anʼanaviy tankaning […]

28.10.2024 | 10:23

img581

25-oktyabr kuni tavallud topganlar

Pablo Pikasso – ispaniyalik rassom.Pirimqul Qodirov – yozuvchi, adabiyotshunos olim, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1988).Maqsud Shayxzoda – shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. Jumaniyoz Jabborov – Oʻzbekiston xalq shoiri (1977).Zaynab Sadriyeva – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1952). Quddus Muhammadiy – bolalar shoiri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1982).Lutfulla Abdullayev – rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950).Matyoqub Rahimov – xonanda va aktyor, […]

25.10.2024 | 09:16

img756

23-oktyabr – italiyalik bolalar yozuvchisi Janni Rodari tavallud topgan kun

Janni Rodari 1920-yil 23-oktyabrda Italiyaning Pyemont viloyatidagi Omenya shaharchasida dunyoga kelgan. Rodari 1948-yil “Unita” gazetasiga muxbir boʻlib ishga kirib, oʻsha yildan eʼtiboran kichkintoylarga atab kitoblar yoza boshlaydi. 1950-yildan Rimda tashkil etilgan “Pioniyere” bolalar jurnaliga bosh muharrir etib tayinlanadi. 1951-yilda uning ilk kitobi “Quvnoq sheʼrlar” dunyo yuzini koʻradi. Soʻng adib butun dunyo bolalarining mehrini qozongan “Chipollinoning […]

23.10.2024 | 09:25

img2560

Nobel mukofoti laureati, yozuvchi va shoir Ivan Bunin tavallud topgan kun

Uning hikoyalarida dvoryanlar xonadonining qashshoqlashuvi («Antonov olmalari», 1900), qishloq aholisining ogʻir qismati («Qishloq», 1910; «Qaqragan vodiy», 1911) va boshqa kechinmalar tasvirlangan. Ivan Bunin 1933-yilda «rus mumtoz nasri an’analarini rivojlantirishdagi mahorati uchun» adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi.

22.10.2024 | 10:21

img438

21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Bugun oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil boʻldi.Til bayrami barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!

21.10.2024 | 12:46

img1107

15-oktyabr kuni tavallud topgan adiblar

Mirzakalon IsmoiliyMirzakalon Ismoiliy 1908-yil Qirg‘izistonning O‘sh shahrida dunyoga keldi. 1928–1930 yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetining Sharq fakultetida o‘qidi, o‘qituvchilik qildi.Adib 1950-yil qatag‘onga uchrab, hibsga olingan. 1955-yil gunohsiz topilib, ozodlikka chiqarilgan.Mirzakalon Ismoiliy ozodlikdan mahrum chog‘ida ham tushkunlikka tushmay, qo‘liga qalam olib xalqi uchun mehnat qildi. Jumladan, “Farg‘ona tong otguncha” romanini yozdi va ozodlikka chiqqach, romanga sayqal […]

15.10.2024 | 11:58

img1079

JADID KUTUBXONASI