16.12.2024 | 09:31
585
Salim Ashur tavallud topgan kun
Salim Ashur 1964-yil 16-dekabr kuni tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan.
Uning “Yashil giyoh”, “Atirgul”, “Siz ertaga kelasiz”, “Kechikkan tong”, “Atalgan kunlar”, “Sensiz”, “Darz”, “Kelajakka qadam”, “Ona tilim”, “Mashinalar karvoni”, “Muhabbat kitobi”, “Titroq” nomli kitoblari nashr etilgan.
* * *
Mana gugurt, mana tosh, mana
Bitta zarb. Va tugaydi umr.
Faqat chaqmoq — cho‘g‘ oshiqona –
Faqat chaqmoq olovni emar.
Faqat chaqmoq gapiradi rost,
Faqat chaqmoq kesadi to‘gri.
Dil, o‘zingni o‘z doringga os,
Dil, xayr de to‘lg‘onib, og‘rib.
Dil, o‘prilgan qirg‘oqlaringga
Izlarini otdi nilufar.
Dil, chayqalgan charchoqlaringdan
Baxtsizlikning isi ufurar.
Dildaraxtning shoxlaridan
Bosh ko‘tarar hurkovich firoq.
Dilni chaqmoq yoqalarida
Chaqmoq, chaqmoq va yana chaqmoq.
Dil, nilufar kaftlari bo‘ylab
Anor kabi tilgil, sitilgil.
Sochlarining har torin kuylab,
Qaro, qaro to‘kilgil, ey dil.
Qoshi — osmon. Osmon ostida
Bir juft qarg‘a. Qop-qora, chaqnoq.
Qarg‘a qarg‘ar. Qarg‘ish dastidan
Kiprigida tirilar titroq.
Men ham qadim osmon tagida
Ming bir toshga urib to‘zimni,
Xayr degan qir etagida
Chinor yanglig‘ yoqdim o‘zimni.
Bu dunyoga bo‘lolmadim en,
Daryo kabi quridi diydam.
Senga bo‘y ham bo‘lolmadim men,
O‘qlar tegib yiqildim men ham.
Men ham kirib chikdim olamning
Bor ko‘chasi, xilvatlariga.
Yuragimni kesib berdim men
Yuragimning ulfatlariga.
Chaqmoq faqat gapiradi rost,
Dil, danakday chaqilgil, chaqna.
Dil, o‘zingni o‘z doringga os,
Mana gugurt, mana tosh, mana…
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
103
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139



