KUTUBXONA
Bo'lim: Tavalludlar
O‘zbekiston xalq artisti Soyib Xoʻjayev tavallud topgan kun
Soyib Xoʻjayev 1910-yil 5-dekabrda Andijon viloyatida dunyoga kelgan. Oʻz kasbiy faoliyatini 1927-yili Hamza nomidagi Qoʻqon oʻzbek musiqali drama va komediya teatrida boshlagan. 1939-yildan umrining oxirigacha Toshkent shahridagi Muqumiy nomli oʻzbek davlat musiqali drama va komediya teatrida ijodiy faoliyat olib borgan. Aktyor “Malikai Turandot”da Trufaldino, “O‘rtoqlar”da Soli domla, “Boy ila xizmatchi”da Xolmat kabi komik rollarni mahorat […]
05.12.2024 | 10:02
533
O‘zbekiston xalq shoiri Ramz Bobojon tavallud topgan kun
Ramz Bobojon 1921-yil 2-dekabr kuni Toshkent shahrida dunyoga keldi. Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Shoirning «She’rlar» (1939), «Hadya» (1940), «Oltin kamalak» (1949), «Vodiy bo‘ylab» (1949), «Tanlangan asarlar» (1958), «Sevgi sirlari» (1963), «Senga, sevgilim» (1969), «Birinchi parvoz» (1980), «Muhabbatga ta’zim» (1980) va «Sening mehring» (1996) kabi she’riy to‘plamlari va «Saylanma»si nashr etilgan. 1987-yil O‘zbekiston xalq shoiri […]
02.12.2024 | 09:35
461
Oʻzbekiston Qahramoni Munojot Yoʻlchiyeva tavallud topgan kun
Munojot Yoʻlchiyeva 1960-yil 26-noyabrda Andijon viloyati Buloqboshi tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. Sanʼatkorning maqom yoʻllari, oʻzbek mumtoz va xalq ashulalarini yuksak mahorat bilan ijro etishi uni nafaqat Oʻzbekiston, balki dunyoga tanitgan. Munojot Yoʻlchiyeva 1994-yil Oʻzbekiston xalq artisti, 2021-yil Oʻzbekiston Qahramoni unvonlari bilan taqdirlangan.
26.11.2024 | 09:12
690
Kino va teatr aktrisasi Dilnoza Kubayeva tavallud topgan kun
Dilnoza Kubayeva 1986-yil 22-noyabrda Toshkent shahrida ziyolilar xonadonida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. Teatrdagi debyut ijrosi — Munavvara Abdullayeva sahnalashtirgan “Andishali kelinchak” spektaklidagi Olmaxon roli bilan tomoshabinlar nazariga tushgan. Keyinchalik “Omonat dunyo”, “Bir qanotlilar”, “Bevalar”, “Sizsiz o‘tmas kunlarim”, “Quyoshni sen uyg‘otasan”, “Alisher Navoiy” kabi ko‘plab sahna asarlarida turli xarakterdagi katta-kichik rollarni talqin […]
22.11.2024 | 10:03
802
Shved yozuvchisi, Nobel mukofoti laureati Selma Lagerlef tavallud topgan kun
Lagerlef 1858-yil 20-noyabrda Shvetsiyada dunyoga kelgan. Birinchi va koʻzga koʻringan yirik romani — «Yosta Berling haqida saga» hisoblanadi. Asar romantik uslubda yozilgan boʻlib, unda shved dehqonlarining turmush tarzi, orzu-umidlari aks ettirilgan. Adib o‘z asarlarida yuksak idealizm, yorqin tasavvur va ma’naviy idrokni qadrlagani uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning «Mitti Nilsning yovvoyi g‘ozlar bilan qilgan g‘aroyib […]
20.11.2024 | 16:25
641
O‘zbekiston xalq artisti Obid Yunusov tavallud topgan kun
Obid Yunusov 1934-yil 20-noyabrda Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Toshkent teatr va rassomlik san’ati institutining aktyorlik fakultetini tugatgach, Hamza nomidagi O‘zbek Davlat (hozirgi O‘zbek Milliy) akademik drama teatrida aktyor sifatida yuzdan ortiq obrazni gavdalantirgan. Shukur Xolmirzayevning «Qora kamar» dramasidagi Eshon obrazi uchun 1988-yil O‘zbekiston Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u kinoda 30 dan ortiq obraz yaratgan. […]
20.11.2024 | 13:43
777
Usmon Nosir tavallud topgan kun
Usmon Nosir 1912-yilning 13-noyabrida Namangan shahrida tugʻilgan. Otasidan yetim qolgan Usmon Nosir Qoʻqondagi bolalar uyida tarbiyalanadi. Isteʼdodli oʻsmir u yerda rus va jahon adabiyotining sara namunalari bilan tanishadi. Internatni bitirgach, 1931-yildan Samarqanddagi Oʻzbekiston davlat universiteti (OʻzDU) ning filologiya fakultetida ta’lim oladi. Bo‘lajak shoirning ilk she’ri “Haqiqat qalami” bo‘lib, 1927-yilda “Yangi yo‘l” gazetasida bosib chiqiladi. 1931-yilda […]
13.11.2024 | 09:00
2010
Taniqli adib va yirik jamoat arbobi Sharof Rashidov tavallud topgan kun
Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahri atrofidagi Sovungarlik qishlog‘ida dunyoga kelgan. Samarqanddagi O‘zbekiston davlat universitetini tamomlagan. Uning ijodida maqolanavislik muhim o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham uning badiiy ijodi namunalarida bu ruh yetakchilik qiladi. Ijodkorning “Kashmir qo‘shig‘i”, “Komde va Mudan” kabi lirik qissalari va “Koinot” kabi kinoqissasi an’anaviy Sharq dostonchiligi uslubida bitilgan bo‘lib, yoshlik, bahor, go‘zallik, […]
06.11.2024 | 10:35
588
O‘zbekiston xalq artisti Ubaydulla Omon tavallud topgan kun
Ubaydulla Omon 1948-yilning 31-oktyabrida Buxoro viloyatida dunyoga kelgan. Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati instituti va Moskvadagi Butunrossiya davlat kinematografiya institutini tugatgan. Hozirga qadar 80 dan ortiq oʻzbek va xorij filmlarida suratga tushib, qator obrazlarni talqin etgan.
31.10.2024 | 10:46
951
O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid tavallud topgan kun
Sirojiddin Sayyid 1958-yilning 30-oktyabrida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida dunyoga kelgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan. Shoirning “Ruhim xaritasi”, “Salqin xarsanglar kaftida”, “Sevgi mamlakati”, “Asragil”, “Mehr qolur, muhabbat qolur”, “Kuydim” va “Vatanni o‘rganish”, «Vatan abadiy»,» Ustimizdan o’tgan oylar», «Qaldirg‘ochlarga ber ayvonlaringni» va boshqa she’riy to‘plamlari nashr etilgan. ILINJ Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,Kipriklarim o‘psalar bas gardlaringdan.Men bir […]
30.10.2024 | 10:30
1165
Yapon shoiri Takuboku Ishikava tavallud topgan kun
Ishikava Takuboku 1886-yil 28-oktyabrida Yaponiyaning Xansyu orolidagi Sibutami qishlogʻida tugʻilgan. Qashshoq qishloq rohibining oilasida tugʻilgan goʻdakka Xadzime ismini berishgan. Takuboku — shoirning taxallusi boʻlib, “kakku” maʼnosini anglatadi. Shoirning “Intilish” deb atalgan ilk kitobi yapon sheʼriyatiga yangi ovoz, kuchli shaxs kirib kelganidan darak berdi. Ikkinchi toʻplami “Bir kaft qum” esa yapon sheʼriyatining gultoji boʻldi. Anʼanaviy tankaning […]
28.10.2024 | 10:23
581
25-oktyabr kuni tavallud topganlar
Pablo Pikasso – ispaniyalik rassom.Pirimqul Qodirov – yozuvchi, adabiyotshunos olim, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1988).Maqsud Shayxzoda – shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog. Jumaniyoz Jabborov – Oʻzbekiston xalq shoiri (1977).Zaynab Sadriyeva – aktrisa, Oʻzbekiston xalq artisti (1952). Quddus Muhammadiy – bolalar shoiri, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi (1982).Lutfulla Abdullayev – rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston xalq rassomi (1950).Matyoqub Rahimov – xonanda va aktyor, […]
25.10.2024 | 09:16
756
23-oktyabr – italiyalik bolalar yozuvchisi Janni Rodari tavallud topgan kun
Janni Rodari 1920-yil 23-oktyabrda Italiyaning Pyemont viloyatidagi Omenya shaharchasida dunyoga kelgan. Rodari 1948-yil “Unita” gazetasiga muxbir boʻlib ishga kirib, oʻsha yildan eʼtiboran kichkintoylarga atab kitoblar yoza boshlaydi. 1950-yildan Rimda tashkil etilgan “Pioniyere” bolalar jurnaliga bosh muharrir etib tayinlanadi. 1951-yilda uning ilk kitobi “Quvnoq sheʼrlar” dunyo yuzini koʻradi. Soʻng adib butun dunyo bolalarining mehrini qozongan “Chipollinoning […]
23.10.2024 | 09:25
2560
Ma’ruf Jalil tavallud topgan kun
Ma’ruf Jalil 1936-yil 10-oktyabrda Samarqand viloyatining Kattaqo’rg’on tumanida tug’ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan. Uning «Men sizni sevardim», «Rahmat, odamlar» (1970), «Seni o’ylab» (1973), «Notanish yo’llar» (1976), «Qo’shiq ishtiyoqi» (1979), «Men suv ichgan daryolar» (1981), «Parizodim» (1984), «Daryoni izlar shamol» (1987), «Baxtimga sen borsan» (1989) kabi she’riy kitoblari, «Bunyodkor qalb» (1984), «Orol madad so’raydi» (1987) ocherk […]
10.10.2024 | 11:20
444
A’zam Oʻktam tugʻilgan kun
Aʼzam Oʻktam 1960-yil 4-oktyabrda Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida tugʻilgan. Uning “Kuzatish”, “Kuzda kulgan chechaklar”, “Ziyorat”, “Taraddud”, “Ikki dunyo saodati”, “Qirqinchi bahor” sheʼriy toʻplamlari chop etilgan. “Xabar” qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida eʼlon qilingan. NEGA Kun uzun, kun issiq — malollar kelur,Tunlari qop-qora savollar kelur,Tong chogʻi musaffo xayollar kelur,Aqlim mening tiniq tortmadi hanuz. Yetti oq-qorani ajratish oni,Bu […]
04.10.2024 | 14:53
720
3-oktyabr – Sergey Yesenin tavallud topgan kun
Sergey Yesenin 1895-yilning 3-oktyabrida Rossiyaning qadim tarixga ega Ryazan guberniyasiga qarashli Konstantinovo qishlog’ida oddiy dehqon oilasida tug’ildi. Otasining kambag’alligi, ayolmandligi uchun u ikki yoshligidan o’ziga to’qroq bo’lgan ona tomonidan bobosining oilasida tarbiya topdi. Besh yoshligida o’qishni o’rgandi, to’qqiz yoshidan xalq qo’shiqlariga o’xshatib she’rlar bita boshladi. O’n to’qqiz yoshidan she’rlari Moskva jurnallarida bosilib, mashhur bo’ldi. Yigirma […]
03.10.2024 | 09:42
1162
Uilyam Folkner tavallud topgan kun
Adabiyot yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindori (1949) Uilyam Folknerning “Askar mukofoti” (1926) va “Chivinlar” (1927) romani chop etilgan, biroq, bu asarlar muvaffaqiyat qozonmagan. Folkner umidsizlanmay, “Sartoris” (1929) romanini yozgan. Asar voqealari Amerika janubida joylashgan xayoliy Yoknapatora shahrida kechadi. Ushbu roman tanqidchilar eʼtiborini tortgan boʻlishiga qaramay, Folkner “Shovqin va gʻazab” (1929) romanidan keyingina tan olingan. Davrimizning fojiasi […]
25.09.2024 | 09:53
440
RAHMAT FAYZIY TUG‘ILGAN KUN
Taniqli adib Rahmat Fayziy 1918-yil 10-sentyabrda Toshkentda dunyoga kelgan. 1962–1965-yillarda «O‘zbekfilm» kinostudiyasida ishlagan. Uning «Sen yetim emassan», «Yor-yor» kinossenariylari asosida ishlangan filmlar o‘zbek milliy kinosi rivojiga salmoqli hissa bo‘lib qo‘shildi. 1969-yili «Sen yetim emassan» ssenariysi asosida «Hazrati inson» romanini yozadi. Unda temirchi Mahkam ota va Mehriniso opa faoliyati orqali oddiy kishilar qahramonligini ko‘rsatadi. Rahmat Fayziy […]
10.09.2024 | 12:37
3904
5-AVGUST – ABDULLA SHER TUGʻILGAN KUN
Shoir, tarjimon va olim, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Abdulla Sher 1943-yil 5-avgustda Toshkent viloyati Chinoz tumanida tug‘ilgan. U 1970-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini, 1981-yilda Moskvada Oliy adabiyot kursini tamomlagan. Shoir „Yoshlik“ jurnalida masʼul kotib lavozimida oʻz faoliyatini boshlab, 1984-yildan Yozuvchilar uyushmasi birinchi kotibi oʻrinbosari, Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyati boʻlimi masʼul kotibi lavozimlarida ishlaydi. 1989-yildan boshlab, 22 yil davomida Abdulla Sher Oʻzbekiston Milliy universitetida oʻqituvchi, dotsent, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1973-yilda shoirning ilk sheʼriy toʻplami „Koʻklam […]
05.08.2024 | 10:29
549
24-APREL – TAVAKKAL QODIROV TAVALLUD TOPGAN KUN
Tavakkal Qodirov 1926-yil 24-aprelda Fargʻona viloyatining Quva tumanida tug‘ilgan. 1961-yil Fargʻona musiqa bilim yurtini tamomlagan. Dastlab quvalik Tursunboy Karimovdan doira va gʻijjak (skripka) chalishni, “Dugoh”, “Segoh” kabi mumtoz cholgʻu kuylarini oʻrgangan. Mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallariga oʻzi yaratgan “Oʻxshaydi-ku”, “Shunchamidi?”, “Jamollaringdan”, «Kecha oydin”, “Oʻynasin” kabi ashula va yallalari xalqimiz qalbidan munosib joy olgan. 1989-yil “O‘zbekiston […]
24.04.2024 | 15:17
1982
23-APREL – LAZIZ QAYUMOV TAVALLUD TOPGAN KUN
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Laziz Qayumov 1930-yil 23-aprelda oʻqituvchi Po‘latjon Qayumov oilasida tugʻilgan. Hamza ijodiga bagʻishlangan “Inqilob kuychisi”, “Inqilob va ijod”, “Inqilobiy drama”, “Hamza” kabi kitoblari, “Oʻqituvchi”, “Gulistoning sening”, “Mehri daryo” voqeiy hikoyalar va “Meridiandagi uchrashuvlar” publitsistik maqolalar toʻplamlari nashr etilgan. “Shoira Zulfiya”, “Olmos isteʼdod”, “Zamondoshlar”, “Asr va nasr” va […]
24.04.2024 | 15:03
646