Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


JADIDLAR


Bo'lim: Tavalludlar

23-APREL – BUTUNJAHON KITOBLAR VA MUALLIFLIK HUQUQI KUNI

1995-yilning 15-noyabr kuni YUNESKO Bosh konferensiyasi 28-sessiyasida rezolyutsiya qabul qildi. Unga ko‘ra, 1996-yildan boshlab har yili 23-aprelda Butunjahon kitob va mualliflik huquqlari kuni nishonlanadi. Bu kun birinchi bor 1995-yil 23-aprelda nishonlangan. Bu g‘oya 1922-yilda Barselonadagi Servantes nashriyoti direktori Visente Klavel Andres tomonidan yozuvchi Migel de Servantesni sharaflash va kitoblar savdosini koʻpaytirish maqsadida oʻylab topilgan. Bayram […]

24.04.2024 | 14:44

img426

22-APREL – OYDIN HOJIYEVA TAVALLUD TOPGAN KUN

O‘zbekiston xalq shoiri Oydin Hojiyeva 1942-yil 22-aprel Buxoro viloyati Qiziltepa tumani Boʻston qishlogʻida tug‘ilgan. She’rlari rus, ukrain, qozoq, qirg‘iz, tojik, belorus, fransuz, ingliz va urdu tillarida nashr etilgan. Ilk kitobi 1970-yil “Shabnam” nomi bilan chop etilgan. Undan so‘ng “Manzillar”, “Men sevgan qo‘shiq”, “Orzu guli”, “Tarovat”, “Dostonlar”, “Xushxabar”, “Mushfiq onajon”, “Chashmalarni izlayman”, “Tamal toshi”, “Ishonch yulduzlari”, […]

22.04.2024 | 13:56

img532

19-APREL – SHUHRAT TAVALLUD TOPGAN KUN

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat (asl ismi va familiyasi – G‘ulom Aminjonovich Alimov) 1918-yil 19-aprelda Toshkentda tug‘ilgan. “Hayot nafasi”, “Balladalar”, “O‘lmaslik”, “Buyuk sevgi”, “Lirika”, “Sheʼrlar”, “Oshiq yurak” sheʼriy to‘plamlari; “Oila”, “Rustam”, “Bir kechaning fojiasi”, “Odamdan odamga“ hikoyalari; “Shinelli yillar”, “Oltin zanglamas”, “Jannat qidirganlar” romanlarining muallifi. Yozuvchining ko‘plab asarlari xorijiy tillarga tarjima qilingan. Geyn, A.From, Pushkin, Lermontov, […]

19.04.2024 | 11:38

img916

18-APREL – O‘ZBEKISTONDA UY-JOY KOMMUNAL XIZMAT KO‘RSATISH SOHASI XODIMLARI KUNI

Bugun mamlakatimizning kommunal sohasi barqarorligini ta’minlashdek murakkab jarayon ortida birgina Boshqaruv servis kompaniyalarida 20 ming, sohada esa 80 ming nafardan ziyod xodimlar mehnat qilmoqda. Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, sadoqat bilan bajarilgan mehnatni rag‘batlantirish maqsadida 18-aprel kuni Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish kuni deb e’lon qilingan.

19.04.2024 | 11:27

img313

18-APREL – XALQARO OBIDALAR VA TARIXIY JOYLARNI ASRASH KUNI

Har yili 18-aprelda Xalqaro yodgorliklar va tarixiy obidalarni muhofaza qilish kuni nishonlanadi. Bu kun 1983-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 22-sessiyasida insoniyat tarixiga guvoh bo‘lgan tarixiy obidalarni asrab-avaylash zarurligiga jamoatchilik e’tiborini qaratish maqsadida ta’sis etilgan. Shu kuni madaniy yodgorliklarni asrab-avaylashning ahamiyatini targ‘ib qilish va aholiga yetkazish maqsadida tarixiy joylarga ekskursiyalar tashkil etilib, anjuman va seminarlar, fotoko‘rgazmalar va […]

19.04.2024 | 11:24

img585

16-APREL – FARRUX ZOKIROV TAVALLUD TOPGAN KUN

Farrux Zokirov 1946-yilning 16-aprelida Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbek va sovet estrada qo‘shiqchisi, bastakor va aktyor. 1976-yildan “Yalla” vokal-cholg‘u guruhi rahbari. Bir vaqtning o‘zida 7 davlatning Xalq artisti va O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. “Yalla” ansambli o‘zining “Uchquduq”, “Bu – sevgi”, “Nasriddin qo‘shig‘i” , “Yalla” , “Shahrisabz”, “Choyxona” va boshqa ko‘plab qo‘shiqlari bilan mashhur.

19.04.2024 | 10:41

img360

13-APREL – TO‘LQIN TOJIYEV TAVALLUD TOPGAN KUN

Toʻlqin Jo‘rayevich Tojiyev 1936-yil 13-aprelda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent teatr va rassomlik san‘ati institutini tugatgan (1959). 1959–96-yillar Hamza teatrida aktyor sifatida faoliyat yuritgan. Uning asosiy rollari: Bobchinskiy va Xlestakov (N.Gogol,“Revizor”), Edgar, Yago (U.Shekspir,“Qirol Lir”, “Otello”), Mansur va Jomiy (Uyg‘un, I.Sulton, “Alisher Navoiy”), Orif (I.Sulton,“Imon”), Abdullatif (M.Shayxzoda, “Mirzo Ulug‘bek”), Jontoy (Ch.Aytmatov, “Sarvqomat dilbarim”) va boshqalar uning sahnadagi […]

19.04.2024 | 10:14

img450

12-APREL – MUROD MUHAMMAD DO‘ST TAVALLUD TOPGAN KUN

Yozuvchi va jamoat arbobi Murod Muhammad Doʻst 1948-yil 12-aprelda Samarqand viloyati Jom qishlogʻida tug‘ilgan. Ijodiy faoliyatini 70-yillarda boshlagan. Adibning “Qaydasan, quvonch sadosi?” nomli dastlabki hikoyalar to‘plami 1976-yilda e‘lon qilingan. Shundan so‘ng “Mustafo” (1977), “Bir toychoqning xuni“ (1979), “Dashtu dalalarda” (1987) singari hikoya va qissalari nashr etilgan. Yozuvchining “Galatepaga qaytish“ qissasi (1983) istiqlol arafasi oʻzbek nasrida […]

19.04.2024 | 09:34

img659

12-APREL – SHERALI JO‘RAYEV TAVALLUD TOPGAN KUN

Taniqli oʻzbek xonandasi, bastakori, shoiri va aktyori Sherali Joʻrayev 1947-yil 12-aprelda Andijon viloyati Asaka tumanida tug‘ilgan. 1987-yil O‘zbekiston xalq artisti unvoni, 2018-yilda Tojikiston xalq artisti unvoni berilgan. 1991-yil Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti va 2022-yil “El-yurt hurmati” ordeni bilan ham taqdirlangan. Xalqimiz qalbidan joy olgan ko‘plab qo‘shiqlarning she’rini o‘zi yozgan (https://t.me/Jadid_media/500) va shoir […]

19.04.2024 | 09:30

img1041

10-APREL – ABDULLA QODIRIY TAVALLUD TOPGAN KUN

Abdulla Qodiriy (asosiy taxalluslari: Qodiriy, Julqunboy) 1894-yil 10-aprelda Toshkentda bogʻbon oilasida tavallud topgan. Uning tarixiy romanlari 20-yillardagi yangi oʻzbek adabiyotining oldida turgan juda ko‘plab murakkab gʻoyaviy-badiiy muammolarini yechib berib, adabiy taraqqiyotning tezlashishiga xizmat etdi. Keyinroq oʻzbek adabiyotining atoqli vakillari qatoriga koʻtarilgan Oybek, Gʻafur Gʻulom, Abdulla Qahhor Abdulla Qodiriy ijodining katta taʼsiri ostida yetuk yozuvchi boʻlib […]

18.04.2024 | 18:45

img1353

9-APREL – SOHIBQIRON AMIR TEMUR TAVALLUD TOPGAN KUN

“Amir Temur olimlarga xayrixoh munosabatda boʻlar, koʻp masalalarda bilimi va halloligini koʻrgan olimlarga ishonardi. U tarixchi va faylasuflar, ilm-fan va maʼmuriy sohada bilimdon boʻlgan kishilar bilan suhbatlashish uchun koʻpincha taxtidan ham tushar edi. Amir Temur kishilarni boʻysundirish qobiliyati bilan birga ularni oʻz hukmronligi ostida baxtiyor qilish isteʼdodiga ham ega edi”. (Lui-Matyo Langle)

09.04.2024 | 08:57

img486

7-APREL – TOSHKENT ISLOM UNIVERSITETI TASHKIL ETILGAN KUN

Toshkent Islom universiteti (hozirgi O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi) – islom dini boʻyicha malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti va yirik ilmiy markaz hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida, 1999-yil 7-aprelda tashkil etilgan. Toshkent islom universiteti AQSH, Angliya, Fransiya, Gollandiya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, BAA va boshqa davlat universitetlari hamda ilmiy tadqiqotlar markazlari bilan […]

09.04.2024 | 08:52

img1025

6-APREL – RAFAEL SANTI TAVALLUD TOPGAN KUN

Italiyalik mashhur rassom va me’mor Rafael Santi Mikelanjelo va Da Vinchi bilan Renessans davrining muhim uchligini tashkil etgan. 1483-yil 6-aprelda Italiyaning Urbino shahrida tug‘ilgan. Rassomlikni 16 yoshida, “Havoning yaratilishi” va “Trinite” asarlari bilan boshlagan. Rafael Rimda Papa Yuliy II ning qo‘lida ish boshlaydi va birinchi qilgan ishi Papaning kutubxonasini yasatish bo‘ladi. Teologik, falsafiy va lirik […]

09.04.2024 | 08:48

img482

5-APREL – O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI HABIB SA’DULLA TAVALLUD TOPGAN KUN

AGAR SEN… Agar sen noraso boʻlsang, Bu olam noraso senga, Hayotga noravo boʻlsang, Hayot ham noravo senga. Bu dunyo kori shundoqkim, Topursan har ne izlarsan, Agar sen oshino boʻlsang Boʻlurlar oshino senga. Mehr, lutfu sadoqat — doʻstu Yorlikning buyuk sharti, Agar sen bevafo boʻlsang, Ular ham bevafo senga. Qidirma oʻzgalardan sahv kim, Sahv ichra botgaysan, […]

09.04.2024 | 08:42

img437

4-APREL– INGLIZ YOZUVCHISI TOMAS MAYN RID TAVALLUD TOPGAN KUN

Yozuvchining koʻp asarlari, shu jumladan “Oq tanli sardor” va “Kanizak” romanlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Tomas Mayn Ridning laqabi “Kapitan Rid” boʻlgan. 1870-1880-yillarda yaratgan “Ajal oʻqi” (1873), “Ofat belgisi” (1876), “Gʻoyib boʻlgan togʻ” (1883) singari romanlarida avantura adabiyotining ta’siri katta. “Boshsiz chavandoz” (1866) romani nafaqat Mayn Ridning, balki jahon sarguzasht-avantura adabiyotining mumtoz namunasi sifatida eʼtirof […]

04.04.2024 | 07:58

img496

2-APREL:

– Fransuz adibi Emil Zolya 1840-yil Parijda tug‘ilgan. Yozuvchini jahonga mashhur qilgan asarlari “Hamal” va “G‘arb” romanlari hisoblanadi. Yozuvchining 20 ta romanni o‘z ichiga olgan “Rugon-Makkarlar” epopeyasi G‘arb adabiyotining ulkan xazinasiga aylangan.– Daniya yozuvchisi, mashhur ertaknavis Hans Kristian Andersen 1805-yil Odens shahrida, etikdo‘z oilasida tug‘ilgan. Andersenning “Bulbul”, “Irkit o‘rdakcha”, “Qirolicha”, “Dyumchaxon”, “Suv parisi”, “No‘xat ustidagi […]

04.04.2024 | 01:10

img558

1-APREL – RUS YOZUVCHISI, SHOIR, TANQIDCHI NIKOLAY GOGOL TAVALLUD TOPGAN KUN

– Nikolay Vasilyevich Gogol – rus adabiyotida tanqidiy realizmga asos solgan. “Dikanka qishlogʻi oqshomlari” to‘plamiga kirgan hikoya va qissalari Gogolga shuhrat keltirdi. Gogol ijodining cho‘qqisi “O‘lik jonlar” (1842) doston-romani hisoblanadi. Yozuvchining “Revizor”, “Ivan Ivanovich va Ivan Nikiforovich oralarida bo‘lib o‘tmish janjallar hikoyati” va “O‘lik jonlar” kabi asarlari o‘zbek tilida nashr etilgan. “Revizor”, “Uylanish” pyesalari yurtimiz […]

04.04.2024 | 00:55

img955

31-MART:

– Korney Ivanovich Chukovskiy (taxallusi; asl ism-sharifi Korneychukov Nikolay Vasilyevich) – rus yozuvchisi, bolalar shoiri, tarjimon va adabiyotshunos. Ijodining asosiy qismini bolalarga bagʻishlangan asarlar tashkil etadi. Asarlari asosida koʻplab ertakspektakllar, multfilmlar yaratilgan. U tarjimashunoslik, adabiyotshunoslik sohasidagi asarlari bilan ham tanilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida Toshkentda yashagan. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.– Oktavio Pas (Oktavio Paz) […]

04.04.2024 | 00:51

img230

29-MART –  SHOIR, PUBLITSIST VA TARJIMON MIRAZIZ A’ZAM TAVALLUD TOPGAN KUN

Miraziz Aʼzam Toshkent telestudiyasida, “Gʻuncha” bolalar oynomasida, “Yosh gvardiya”, Gʻafur Gʻulom nashriyotlarida muharrir bo‘lib ishlab kelgan. Ko‘p yillar Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, sarkotib yordamchisi bo‘lib xizmat qilgan. Miraziz Aʼzamning birinchi sheʼri talabalik davrida “Gʻalati tush” (1960) nomi bilan chop qilingan. Miraziz Aʼzam turk, rus, nemis adiblarining asarlarini tarjima qilgan. Shuningdek, islom madaniyatiga oid tarjimalari ham […]

04.04.2024 | 00:48

img754

28-MART – RUS SOVET YOZUVCHISI VA JAMOAT ARBOBI MAKSIM GORKIY TAVALLUD TOPGAN KUN

Maksim Gorkiy (asl ismi Aleksey Maksimovich Peshkov) – rus va sovet yozuvchisi va jamoat arbobi. Sobiq Ittifoq Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi raisi. Besh marta Adabiyot boʻyicha Nobel mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan. U rus adabiyotida Amir Temur siymosiga ilk bor murojaat etgan yozuvchidir. Gorkiy asarlari 1930-yillarning boshida dastlab Choʻlpon, keyinchalik Abdulla Qahhor, Oybek, Hamid Olimjon, Mirzakalon […]

04.04.2024 | 00:46

img413

28-MART – OʻZBEKISTON XALQ ARTISTI, AKTYOR VA REJISSYOR BAXTIYOR IXTIYOROV TAVALLUD TOPGAN KUN

– 1940-yil 28-mart kuni Buxoro shahrining Tabibon mahallasida zamonasining fozil kishilaridan Mulla Ixtiyori Xushxatning farzandi, sanʼatkor Ahmad Muxtorovich Ixtiyorov oilasida tavallud topdi. ”Oʻzbekiston xalq artisti” unvoni va “Mehnat shuhrati“ ordeni bilan mukofotlangan.– Kinodagi yirik rollari: Hasan (“Ajoyib xayolparast”), Baxtiyor (“Choʻl usti osmon”), Baxtiyor (“Yor-yor”), Qoʻgʻirchoqboz (“Oʻtgan kunlar”), Hofiz (“Nodirabegim”), Yettinchi jin (“Yettinchi jin”), Suhrob (“Abu […]

04.04.2024 | 00:44

img546

JADID KUTUBXONASI