15.12.2025 | 15:00
6436
CHIVINMI YO PASHSHA?
O‘zbek xalqini, turfa bo‘linishlardan tashqari, yana ikki katta guruhga bo‘lish mumkin: biri chivin deb ataydigan hasharotni ikkinchisi pashsha deydi va pashshani chivin. To‘g‘rirog‘i, bir hasharotni O‘zbekistonning yarmi – pashsha, ikkinchi yarmi – chivin deydi va aksincha.

Ma’lumki, Toshkent shahri va viloyati, Farg‘ona vodiysidagi ba’zi shevalarda “chivin” deganda – kichkina, qon so‘radigan hasharot, ruscha aytganda, “комар”; “pashsha” deganda – qora, kattaroq hasharot, ruscha aytganda, “муха” tushuniladi, boshqa hududlarda esa buning teskarisi: “chivin” – bu “муха”, “pashsha” – “комар” (Ikki guruhdan biriga ustunlik bermaslik maqsadida ruscha so‘zlar ham ishlatilgani uchun uzr so‘raymiz).
“Chivin” so‘zining eng qadimgi ko‘rinishlari: “chigun”, “chibun”, “chibin” shakllarida bo‘lib, X–XI asr obidalari: “Oltin Yoruq” yodgorligi, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asari orqali bizgacha yetib kelgan. Ikkala manbada ham bu nom hozirgi adabiy tildagi chivin (комар) ma’nosida emas, balki viloyatlardagi so‘zlashuv tiliga oid deb qaraladigan “chivin” (муха) ma’nosida ishlatilgan (“Chibun boldi dushman yag‘anqa bedug” – “Chivin filga katta dushman bo‘ldi”. “Qutadg‘u bilig”).
Buni qarangki, keyinchalik XIV asrda Xorazmda yashagan adib va shoirlar ham “chibin” (chibin) deb hozir viloyatlarda “chivin”(“muxa”) deyiladigan qora hasharotni atashgan ekan. Bunga atoqli olim Ergash Fozilov o‘zining “Староузбекский язык. Хорезмийские памятники XIV века” kitobida qator misollar keltiradi. O‘sha davrda Xorazmda yashagan shoir Qutbning “Xisrav va Shirin” dostonida bu so‘z shunday qo‘llangan: “Chibinsiz bolsa sáfūraq bal”– ma’nosi: “Bol chivinsiz (без мух) bo‘lsa, sofroq bo‘ladi”.
Navoiy bobomiz ham “chibin” deganda hozirgi adabiy tilimizdagi chivinni emas, balki olis o‘tmishda ajdodlarimiz bu nom bilan qaysi hasharotni atashgan bo‘lsa, xuddi o‘shani tushungan. Xususan, “Saddi Iskandariy” dostonida Navoiy aylanuvchi falak, ya’ni osmonni tegirmon uyiga, Zuhal (Saturn) sayyorasini o‘sha uydagi qora chivinga o‘xshatadi:
Qaro yuz bila charxi gardunnishin,
Nechukkim, xaros uyi ichra chibin.
Ilmi nujumda ilgari Zuhal – yomonlik, nahs keltiruvchi, qora sayyora, deb hisoblangan.
Shuningdek, Navoiy qora emas, ko‘k rangli chivinni “oltunlug‘ chibin” deb ataydi.
Shu o‘rinda bu hasharot (муха) qardosh tillarda qanday atalishiga e’tibor bersak: qozoqcha: shibin; turkmancha: ҫybyn; uyg‘urcha: chivin; qirg‘izcha: chimin; tatarcha: cheben; boshqirdcha: seben. Ya’ni, aksariyat turkiy xalqlar “chivin” deb ataydigan hasharot faqat o‘zbek adabiy tilida “pashsha”ga aylanib qolgan.
“Pashsha” esa fors tilidan o‘zlashgan bo‘lib, Shavkat Rahmatullayev o‘zining “O‘zbek tilining etimologik lug‘ati” III tomida unga shunday izoh beradi: “Pashsha forscha, tojikcha lug‘atlarda: “qo‘sh parda qanotli, uzun mo‘ylovli, tanasi ingichka, qon so‘ruvchi mayda hasharot (chivin)” ma’nosini anglatishi aytilgan. Alqissa, narsani o‘z nomi bilan atab, “chivin”ni ajdodlarimiz, qardoshlarimiz o‘tmishda va bugun qaysi hasharotga nisbatan qo‘llagan va qo‘llayotgan bo‘lsa, shunday qo‘llasak, pashshani ham asliyati ma’nosiga moslasak, tilimiz bir qusurdan qutulgan bo‘lur edi.
Abduvohid HAYIT
“Jadid” gazetasining 2025-yil 5-dekabrdagi 49-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324
