22.12.2025 | 16:10
3677
DO‘LTA VA QARI BO‘RI
Do‘lta so‘zi bolaligimda eshitgan ertak va afsonalar ta’sirida hamon tasavvurimda beo‘xshov, bahaybat, devsifat maxluq suratini namoyon qiladi. Hozir ham tilimizda beo‘xshov, gavdasi xunuk, suyagi qo‘pol, juda semiz odamlarga nisbatan “Do‘ltaday bo‘lmay o‘l” degan ibora qo‘llanib turadi. Bolalikning uzun kechalarida uxlamaydigan biz o‘yinqaroqlarni onalarimiz “Uxlamasanglar, hozir do‘lta kelib senlarni obketib qoladi” deb qo‘rqitganlarida ko‘rpaga burkanib olardik.

Bu so‘z tilimizda ancha o‘rnini yo‘qotib, chekkalab qolgan bo‘lsa-da, ertak va dostonlarimizda tez-tez uchrab turadi. “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari”ning 3-jildida “do‘lta – jussasi yirik, katta yoshli erkak bo‘ri” degan izoh bor. Lekin bizga momolarimiz do‘ltani bo‘ri deb aytishmagan, afsonaviy badbashara maxluq sifatida tanishtirishgan va shunday ko‘rinishda singdirishgan.
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da do‘lta so‘zi yanada boshqacha izohlangan.
Do‘lta: 1) shevada yumaloqqina, lo‘ppi, do‘mboq. Mana siz, bo‘yingiz pakanaroq, lekin.. judayam do‘lta yigitsiz. (M.M.Do‘st. “Lolazor” romanidan).
Do‘lta: 2) shevada qaymoqni qizdirib yog‘ini olgandan keyin qozonda qoladigan jizzasimon yeyishli qismi.
Nima bo‘lganda ham do‘lta mening tasavvurimda boshqa narsa: yarim odam, yarim hayvon ko‘rinishidagi bahaybat, xunuk bir maxluq. Bolaligimda tasavvurimga singdirilgan bu maxluqni do‘ltabo‘ri – qari bo‘ri ongimdan quvib chiqarolmadi.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2025-yil 12-dekabrdagi 50-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
82
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324
