03.08.2025 | 09:00
580
DO‘STLIK CHINORI
Bag‘ri va ko‘ngli keng mamlakatimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv yashamoqda. Vatandoshlarimiz to‘laqonli hayot kechirishlari, o‘z milliy an’analari va qadriyatlarini rivojlantirishlari uchun 157 ta milliy-madaniy markaz, 42 ta do‘stlik jamiyati qizg‘in faoliyat olib boryapti. Milliy madaniy markazlar faoliyatini rivojlantirish uchun hududlarda “Do‘stlik uylari” tashkil etilgan bo‘lib, har yili Parlament fondi tomonidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, xorijdagi yuzdan ortiq vatandoshlar jamoat birlashmalari davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yurtimizda do‘stlik va bag‘rikenglik muhiti, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligini mustahkamlash, chet ellar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalar, xalq diplomatiyasini har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha dasturiy amaliyot olib bormoqda.

2021-yildan boshlab 30-iyul sanasi yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni sifatida keng miqyosda nishonlab kelinmoqda. Prezidentimizning ushbu ayyom munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan tabrigida yurtimiz zaminida qadimgi davrlardan buyon davom etib kelayotgan etnik xilma-xillik noyob ijtimoiy hodisa ekani, bugun – Yangi O‘zbekiston sharoitida esa bu yangicha ma’no-mazmun va an’analarga ega bo‘lib borayotgani alohida qayd etildi.
Davlatimiz rahbarining qutlovida, jumladan, shunday satrlarni o‘qiymiz: “Dunyoning turli mintaqalarida milliy va diniy asosda turli nizolar davom etayotgan hozirgi o‘ta tahlikali sharoitda yagona O‘zbekiston g‘oyasi asosida eng katta boyligimiz – yurtimizdagi osoyishtalik va barqarorlik, o‘zaro hurmat va totuvlik muhitini yanada mustahkamlash, yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bilim-ma’rifat, kasb-hunarlar egasi etib tarbiyalash, inklyuzivlik tamoyillarini chuqurlashtirish borasidagi ishlarimizni kelgusida ham izchil davom ettiramiz”.
25–31-iyul kunlari O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mita tomonidan uyushtirilgan “Do‘stlik” festivalining mohiyatida ham Yurtboshimiz ta’kidlagan ezgu g‘oyalar o‘z aksini topgan. Ushbu anjuman yuqori saviyada o‘tkazildi. Bir hafta mobaynida taqdimotlar, xalqaro anjumanlar, musiqiy dasturlar, ko‘rgazmalar, hunarmandchilik yarmarkalari, ijodiy uchrashuvlar, tanlov va ko‘ngilochar konsert dasturlari taqdim etildi.
Festival arafasida milliy madaniy markazlar pavilonlarining ochilgani mamlakatimizda yashab kelayotgan barcha millat va elatlarning o‘z madaniyati va urf-odatlari, an’analarini saqlab qolish, rivojlantirish uchun yana bir ulkan imkoniyatga aylandi. Pavilonlar o‘zaro madaniy almashinuv maydoni vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.
– Yurtimizda kechayotgan yangilanish jarayonida millatlararo totuvlik, o‘zaro ahillik va birodarlik davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Ko‘p millatli xalq vakillarini o‘z atrofiga birlashtirib, bag‘rikenglikni, tinchlikni, birodarlikni tarannum etgan “Do‘stlik” festivali ham bu boradagi oqilona hamda uzoqni ko‘zlovchi siyosatning amaldagi yorqin namunasidir, – deydi Qo‘mita raisining o‘rinbosari Behzod Shukurov. – Tadbirning uyushqoqlik bilan tashkil etilishi mamlakatimizda millatlar o‘rtasidagi hamjihatlik, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Turkman madaniyat markazi raisi Guldana Avezdurdiyevaning taassurotlariga ham quloq tutdik:
– Jonajon yurtimizda milliy madaniy markazlarning samarali faoliyati uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Biz, milliy madaniyat markazlari vakillari har doim hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirib kelyapmiz. Hozirda O‘zbekistonda turkman millatiga mansub 202 mingdan ziyod kishi istiqomat qiladi. O‘zbek va turkman xalqlari qadimdan azim Amudaryoning ikki qirg‘og‘ida ahil-inoq yashab kelayotgan qondosh-qarindoshlar sanaladi. Ikki elning urf-odati, qadriyatlari bir-biriga hamohang. “Do‘stlik” festivali tadbirlarida markazimiz vakillari ham yaxshigina faollik ko‘rsatishdi. Bularning barchasi O‘zbekistonda inson qadri va sha’nini ulug‘lash, barcha millat va elat, diniy konfessiyalar vakillariga hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lish borasida olib borilayotgan odilona siyosatdan dalolatdir.
Har yili haftalik doirasida Ozarbayjon milliy madaniy markazining faoliyati yuqori baholanadi. Buning o‘ziga xos sabablari bor, albatta. Bu haqda markaz boshqaruvi raisi Mobil Mamedov shunday deydi:
– BMT Bosh Assambleyasi qaroriga muvofiq, 30-iyul butun dunyoda Xalqaro do‘stlik kuni sifatida nishonlanadi. O‘zbekistonning kuchli bag‘rikenglik siyosati tufayli bu bayram, mana bir necha yillardan beri haftalik festival shaklida o‘tkazib kelinmoqda. Ko‘p millatli xalqimiz bu sanani ko‘tarinki ruhda kutib olmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Prezidentining tabrigidan o‘rin olgan “Biz o‘zining halol mehnati, vatanparvarlik fazilatlari bilan respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini oshirishga beqiyos hissa qo‘shib kelayotgan turli millatga mansub yurtdoshlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz”, degan so‘zlardan nihoyatda shodlandik. Tabiiyki, quyosh mo‘l-ko‘l nur sochib, muhit obi-tobida bo‘lsa, har qanday bog‘ gulshanga aylanadi. Biz jonajon O‘zbekistonimizni ana shunday firdavs bog‘iga qiyos qilamiz.
Daraxt daraxt bo‘lmas quruq shox bilan,
Ko‘rk va meva topar ming yaproq bilan, –
deb yozgan edi buyuk nemis shoiri Fridrix Shiller. Yangi O‘zbekistonimizdagi “shoxlari osmonlarga tegib turgan” do‘stlik chinorining qaddi-bastiga ko‘z tegmasin.
Zarnigor IBROHIMOVA
“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-avgustdagi 31-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
43
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
123
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
313



