18.04.2025 | 10:14
534
DUNYO PARLAMENTLARI VAKILLARI O‘ZBEKISTONDA
Dunyo hamjamiyati ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasini katta qiziqish bilan kuzatib bordi. Yurtimizga tashrif buyurgan siyosatchi-mehmonlar ushbu nufuzli anjuman orqali jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonning xalqaro siyosiy markazlardan biri sifatida e’tirof etilayotganini alohida ta’kidlashdi.

– O‘zbekiston mintaqada birinchilardan bo‘lib ushbu anjumanga mezbonlik qilgani va uning muvaffaqiyatli o‘tayotgani e’tirofga molik, – deydi Parlamentlararo Ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson xonim. – Shu o‘rinda, yurtingizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi samara berayotganini ham tilga olishimiz kerak. Davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan barqaror, konstruktiv hamda pragmatik tashqi siyosat mintaqa taraqqiyotiga ham xizmat qilayotganini ta’kidlashim lozim. Anjuman doirasida muhokama qilingan masalalar muhim ahamiyatga ega. Bildirilgan taklif va mulohazalar xalqaro hamjamiyatning barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda juda muhim. Ijtimoiy adolatni ta’minlash va demokratik qadriyatlarni oldinga surishda bu kabi muloqotlar muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizning Parlamentlararo Ittifoqqa a’zoligi 2017-yilda, ya’ni O‘zbekiston o‘z taraqqiyotida yangi bosqichga o‘tgan vaqtda, izchil islohotlarni dadil boshlagan paytda qayta tiklandi.
Assambleya doirasida belgilangan tadbirlarda so‘zga chiqqanlar Toshkent – parlament diplomatiyasining poytaxtiga aylanganini e’tirof etib, bu yig‘ilish global hamjamiyat duch kelayotgan muammolar, ziddiyatlar va nizolarni muloqot orqali hal qilish mumkinligini ko‘rsatuvchi namunaga aylanishiga ishonch bildirishdi.
Litva parlamenti a’zosi, delegatsiya rahbari Ruta Milute yurtimizga ilk bor tashrif buyurganini ta’kidlarkan, tadbirning ahamiyati xususida shunday mulohazalar bildirdi:
– Hozir dunyo juda tez o‘zgarmoqda. Geosiyosiy ziddiyatlar ko‘paymoqda. Bunday vaziyatda butun dunyodan parlament a’zolarining bir joyda to‘planib, muammolarni yengish, inson hayotini yaxshilash va tinchlikka qanday erishish haqida muhokama yuritishi juda muhim. Parlament a’zolarida bunday uchrashuvlar juda kam bo‘ladi. Shu bois, biz O‘zbekistonda bu muhim tadbir, ya’ni Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi o‘tkazilayotganidan juda mamnunmiz. Samarali muhokamalar, tinchlik hamda barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga yordam beradigan qarorlar qabul qilinmoqda. Bu esa xalqlarimiz farovonligi yo‘lidagi juda dolzarb masaladir.
Yosh parlament a’zolari forumida xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish masalalari ko‘rib chiqildi. Ushbu muhim anjumanda yosh siyosatchilarning global miqyosdagi faolligini oshirish, parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish va barqaror taraqqiyotga tahdid soluvchi omillarga barham berish masalalariga e’tibor qaratildi. Parlamentlarning inqirozli hududlarda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi o‘rni, xalqaro hamkorlik samaradorligi va yangi tashabbuslari muhokama qilindi. Forumda yosh parlament a’zolari byurosining yangi prezidenti etib iordaniyalik Nour Abu Gxush saylandi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqi xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak e’tirof etildi. Prezidentimiz o‘z nutqida barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tarkan, ularning samarali yechimlari bu – hamkorlik, o‘zaro muloqot, tajriba almashish, diplomatiyani kuchaytirish ekanini ta’kidladi.
Nufuzli mamlakatlar vakillari Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni yuqori baholab, so‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qat’iy qadam qo‘ygani, mamlakatda barcha sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar va yangilanishlar dunyo hamjamiyati tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanayotganini ta’kidlashdi.
Parlamentlararo Ittifoq (PI)ning 150-yubiley assambleyasi doirasida Ozarbayjon parlamenti tomonidan Qo‘shilmaslik harakati parlament tarmog‘ining 4-konferensiyasi o‘tkazildi. Unda Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi Raisi Sahiba Gafarova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva, Parlamentlararo Ittifoq Prezidenti Tuliya Ekson, PI Bosh kotibi Martin Chungong hamda Qo‘shilmaslik harakatiga a’zo boshqa davlatlar parlamentlari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston ushbu harakatning faol ishtirokchisi sifatida tashqi siyosatda kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, davlatlarning hududiy yaxlitligi, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik kabi ustuvor tamoyillarni ilgari surdi. Konferensiya yakuni bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Mazkur nufuzli tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoq raisi Tuliya Ekson va bosh kotibi Martin Chungongdan iborat delegatsiyani qabul qildi. Prezidentimiz farmoni bilan Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi.
Shuhrat SHARAFIDDINOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari o‘rinbosari
“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-apreldagi 15-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
103
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



