Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.11.2024 | 15:00

img488

“DUNYO YANGI NAVOIY VA XORAZMIYLARNI KUTMOQDA…”

Gazetamizning o‘tgan sonida turkiyalik atoqli olim, xalqaro Nobel mukofoti sohibi Aziz Sanjar Turkiy davlatlar tashkilotining Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Turkiyada faoliyat ko‘rsatayotgan hamyurtimiz – adabiyotshunos Zaynobiddin Abdurashidov olim bilan bog‘lanib, uning bu boradagi fikrlarini yozib oldi.

Quyida ana shu suhbatni e’tiboringizga havola qilamiz.

– O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga asosan ta’sis etilgan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlanganingizni eshitib juda xursand bo‘ldik. Fursatdan foydalanib, Sizni yana bir bor ushbu yuksak e’tirofga loyiq ko‘rilganingiz bilan tabriklaymiz.

– Tashakkur. Alisher Navoiy nafaqat Turkiy dunyo, balki jahon adabiyotining eng buyuk shoiridir. U bundan qariyb 600 yil avval yashagan bo‘lsa ham o‘z asarlari va tafakkuri bilan jahon madaniyati taraqqiyotiga ulkan xizmat qilgan ulug‘ mutafakkirdir. Aytmoqchimanki, Alisher Navoiyning beqiyos ijodiy merosi yer yuzida do‘stlik va tenglikni qaror toptirish, xususan, turkiy dunyo birligini mustahkamlashga qaratilgani bilan ayniqsa qiymatlidir. Mumtoz shoirning quyidagi satrlari yuragimdan chuqur joy olgan bo‘lib, ul zotning yuksak ma’naviy idealini go‘zal bir shaklda ifodalaydi:

Оlam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish.

Bugungi kunda dunyoda sovuq urush shamollari yana takror esmoqda. Shunday rutubatli bir vaqtda, turkiy dunyo yuz yillar davom etgan ayriliqdan so‘ng birlashish jarayoniga kirgan bir pallada hazrat Navoiy qoldirgan ma’naviy qadriyat va teran fikrlar insoniyat uchun yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston – o‘nlab jahonshumul allomalarni yetishtirgan ilm-fan va sivilizatsiyaning muqaddas o‘chog‘idir.

Buyuk bobomiz nomida ta’sis etilgan mukofot zamonamiz ilm va san’at ahlini ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga, insoniyat manfaati uchun yanada ko‘proq ishlashga undaydigan munosib bir tashabbus, deb hisoblayman. Bu mukofot Alisher Navoiyning barcha orzu-istaklarini, bugungi turkiy davlatlarning ezgu maqsadlarini o‘zida mujassam etgan bir timsoldir. Mening kamtarona xizmatlarim ulug‘ dahoning muborak nomi bilan atalgan mukofotga munosib ko‘rilganidan ko‘nglimda cheksiz faxr hissini tuydim.

Fursatdan foydalanib, bunday yuksak e’tirof uchun mir Alisher Navoiy nomini xalqaro maydonga olib chiqqan, O‘zbekistonda ulkan taraqqiyot va o‘zgarishlarni amalga oshirayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga, Turkiy davlatlar tashkilotiga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

– Ayting-chi, Alisher Navoiy mukofoti turk dunyosining o‘ziga xos Nobel mukofoti bo‘la oladimi?

– Ha, dunyo uchun bunday mukofot kerak. Lekin uni Nobel mukofoti bilan qiyoslash, menimcha, unchalik to‘g‘ri bo‘lmas. Navoiyning mavqeyi naqadar yuksak bo‘lsa, uning tabarruk nomi bilan atalgan mukofotning nufuzi ham shu qadar balanddir. Bugun turkiy xalqlar o‘z o‘tmishida bo‘lgani kabi yorug‘ kelajakka olib boradigan ulkan, olis va mashaqqatli yo‘lning boshida turibdi. Bu yo‘lni sharaf bilan bosib o‘tmoq uchun avvalo biz, ziyolilar – shoir va yozuvchilar, olimlar va muallimlar o‘z millati va davlatining ilgarigidek jahonning eng peshqadam mamlakatlari qatoridan o‘rin olishi, yuksak taraqqiy etgan madaniyat va tamaddunga erishishi uchun birlashuvi, astoydil mehnat qilishlari kerak.

Hozirgi kunda dunyoning turli burchaklarida va o‘z yurtlarida ayni shu maqsad bilan sidqidildan mehnat qilayotgan yuz minglab yosh va g‘ayratli vatandoshlarimiz, millatdoshlarimiz bor. Ularning orasidan ma’lum natijalarga erishgan va jahonda e’tirof etilgan iste’dod egalarini topish, xizmatlarini qadrlash va boshqalarni bu ezgu yo‘lda rag‘batlantirish uchun ham Alisher Navoiy nomi bilan atalgan mukofotni xuddi Nobel mukofotining kabi adabiyot, san’at, fan va texnologiya sohalariga ham tatbiq etilishi har jihatdan to‘g‘ri, deb o‘ylayman. Bu mukofot birinchi navbatda insonning fidoyiligi, vatanparvarligi, go‘zal axloqi, o‘z xalqi va bashariyatga xizmat qilish baxtining ulug‘vor ramzi sifatida, albatta, keng e’tirof etilishiga aminman.

– Muhtaram ustoz, “Jadid” gazetasi o‘quvchilariga tilaklaringiz?

– 2018-yilda O‘zbekistonga ilk marta borganimda janob Prezident Shavkat Mirziyoyev nafaqat o‘zbek yoshlariga, balki butun dunyoga qarata “Najot – ilmdadir”, degan teran ma’noli mujdani berganiga guvoh bo‘lgan edim. Men bir olim sifatida bu fikrni chin dildan qo‘llab-quvvatlayman va yoshlarimizning, darhaqiqat, najot faqatgina bilimda, ta’lim va tarbiyada ekanligini chuqur anglashlarini istayman. Chunki bugun dunyo yangi Navoiy va Xorazmiylarni, Ulug‘bek va Buxoriylarni intizorlik bilan kutmoqda.

Millatimizning gultoji bo‘lgan iqtidorli yoshlarimizning hozirgi kunda oltindan, olmosdan ham qimmat vaqtlarini behuda sarflashga aslo haqlari yo‘q. Umrning qaytmas har bir daqiqasini ilm-ma’rifat olishga, kasb-hunar egallashga baxsh etishi kerak. Bu tartibda ishlash va ta’lim olish farzandlarimiz, yosh nasllarimiz uchun kundalik turmush tarziga aylanishi zarur. Bugun strategik fikrlash ular egallashi lozim bo‘lgan eng muhim ko‘nikmalardan biridir.

– Qadrli domla, Sizni yuksak mukofot bilan yana bir bor qutlab, O‘zbekiston zaminida kutib qolamiz.

Aziz SANJAR,
Xalqaro Alisher Navoiy hamda Nobel mukofoti laureati

Zaynobiddin ABDIRASHIDOV suhbatlashdi.

“Jadid” gazetasining 2024-yil 15-noyabrdagi 47-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img79

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593