Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


09.10.2024 | 12:10

img699

DUNYONI ASRAB, O‘ZIMIZNI QUTQARAYLIK!

Men Moʻtabar Xushvaqtova – ekobloger, ekofaolman. “Baxt ulash!” xayriya jamoasining tashkilotchisiman. Ushbu xayriya tashkiloti orqali ko‘plab “tozalik farishtalari”, ya’ni obodonlashtirish faollari bilan suhbatda bo‘lganman. Ularning tabiat bilan uyg‘unligi, atrof-muhitga bo‘lgan e’tibori menda ham ekologiyaga muhabbatni kuchaytirgan.

Aslida ekologiya – insonning ­hayoti. Ko‘pchilik odamlarning xayoliga ekologiya deganda tabiiy ofatlar va umuman, tabiat bilan bog‘liq salbiy fikrlar keladi. Shu sababli ham ekologiyaga oid kitoblarni o‘qishga, videoroliklarni tomosha qilishga ba’zi insonlarning toqati yetmaydi. Iloji boricha bu so‘zdan uzoqroq yurishga harakat qilishadi. Lekin tabiatni his qilish ham bir san’at hisoblanadi. Odamga ruhiy quvvatni tabiat beradi. U bilan uyg‘un yashashga intilish kerak.

YASHILLIK QISQARMOQDA

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, yer yuzi­dagi 85 foiz kislorodni dengiz va dengiz o‘tlari hosil qiladi. Bizning yurtimizda daraxt­lar asosiy kislorod manbasidir. Birgina inson kun davomida “iste’mol qiladigan” kislorodni ishlab chiqarish uchun 8 ta daraxt kerak bo‘lar ekan. Bugun daraxtlarning kamayib borayotganligi esa bizni oldinda katta muammo kutayotganligidan darak beradi. Hozirgi rivojlanish asrida, mashina va zavodlardan chiqayotgan zararli tutunlar ekologiyani zaharlayotgan bir vaqtda bizni daraxtlar va o‘simliklar qutqarishi mumkin. Va har bir inson bu qanchalik muhimligi­ni bilib olishi, o‘zi va avlodlarining kelajagi uchun harakat qilishi kerak.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Mamatqul Hazratqulovning “Agar Toshkentda shu vaqtgacha ekilgan hamma daraxtlar ko‘karganida hozir shaharda ­qadam bosishga joy qolmagan bo‘lardi”, degan so‘zlari bejiz aytilmagan. Darhaqiqat, yillar davomida shahrimizda juda ko‘plab daraxt ko‘chatlari o‘tqazilgan. Afsuski, natija biz kutgandek bo‘lmadi. Yaxshi niyat bilan yerga qadalgan nihollarning hammasi ham gurki­rab o‘sib ketgani yo‘q. Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, maqsadga eri­shish uchun nihol ekilayotgan yerning unumdorligi va joylashuv o‘rnini chuqur o‘rganish, mutaxassislar bilan maslahatlashish kerak. Ikkinchidan, yosh nihollar­ning ko‘karish ehtimoli pastligini ham nazar­dan qochirmaslik lozim. Bir biolog olim aytgan ekan: “Shahar – istagan joyda nihol ko‘kartiriladigan plantatsiya emas, unga tayyor ko‘chatlarni ekish ­ke­rak”. Uchinchidan va eng asosiysi, ekilgan ko‘chatlar ko‘pincha qarovsiz qolishi natijasida quriydi. Menimcha, hokimiyat vakillari bu borada tup­roqshunos, iqlimshunos, biolog olimlar bilan bamaslahat, bahamjihat ishlasa natijasi ham yaxshi bo‘lishi mumkin.

Yoz faslida havo keskin isib ketadi va biz jaziramaning taftini qaytarish maqsadida yer­ga suv sepamiz. Suv ham tejalishi lozim bo‘lgan resurs emasmi? Biz har qanday muammoga oson yechim izlaymiz. Aslida uzoqni ko‘zlasak, o‘simlik va daraxtlar biz uchun eng yaxshi yechim bo‘lishi mumkin. Ular quyosh nurini yutib, issiqni qaytarishda katta foyda beradi. Yer usti qanchalik ochiq, ya’ni usti bo‘sh bo‘lsa shuncha chang hosil qiladi. Aksincha, yer o‘simlik va daraxtlar ­bilan qoplangan bo‘lsa, u issiq havoni o‘ziga yutadi. Global isishning asosiy sabablari­dan biri, daraxtlar va o‘simliklarning kama­yib borayotganligidir.

ZAHARLI GAZLARDAN YASHIL ENERGETIKAGACHA

Havoni ifloslantiradigan unsurlar judayam ko‘p. Mashina va zavodlardan tor­tib, xonadon sharoitidagi issiqxonalardan chiqayotgan zararli gazlar ham shular jumlasiga kiradi. Ular yuqoriga ko‘tarilib, atmosferada alohida qobiqni tashkil qilgan (dron kameralari va kosmosdan olingan tasvirlarda bunga guvoh bo‘lish mumkin), ya’ni bu kabi zaharli gazlar nafas olish qat­lamida qoladi. Shu bois odamlar orasida bronxial astma, nafas yo‘li kasalliklari, allergik xastaliklar soni ko‘payib ketgan. Tabiatni asrash o‘z qo‘limizda ekan, avvalo, elektr energiyasini tejaylik, yashil hududlar ko‘paytiraylik, chunki daraxt va o‘simliklar zaharli gazlarni yutadi, ular bizning tabiiy filtrimiz hisoblanadi. Kimyoviy moddalarni yoqib, havoni ifloslantirishdan ham imkon qadar tiyilganimiz ma’qul. 

Qayta tiklanuvchi yashil energiyaga o‘tish bilan ko‘plab muammolarni bartaraf qilish mumkin. O‘zbekistonda 2026-yilgacha energetika sohasining 25 foizini aynan mana shunday muqobil energiyaga o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu – yiliga 3 milliard kubometr gaz tejalib, atmosferaga ancha kam zararli moddalar chiqishini anglatadi. Qoraqalpog‘iston hududida Markaziy Osiyodagi eng yirik – bir yarim gigavatt quvvatga ega shamol stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu stansiya yiliga 5,3 milliard kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 2 milliondan oshiq fuqaroni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi. Bu esa, atmosferaga 2,2 million tonna zararli gaz chiqmaydi, degani. Yashil energetika ta­biat uchun foydali, farzand­lar kelajagi uchun muhim qadam. Lekin bu infratuzilmani yangilash, moder­nizatsiya qilish, tizimni unga moslashtirishni talab qiladi. Buning uchun esa katta inves­titsiya kerak. Hattoki, dunyo tajribasida ham yashil energetika foydali, toza, lekin qimmat manba ekanligi ma’lum. Bizda muqobil ener­getikaga o‘tish uchun barcha imkoniyatlar mavjud, yaxshi o‘zga­rishlar uchun birla­shi­shimiz kerak, xolos.

YERDA HAM, KO‘KDA HAM YO‘QOLMAYDIGAN XATAR

Insoniyat Marsda shaharlar qurib, ko‘chib o‘tishni rejalashtirayotgan, mashinalar haydovchisiz yurayotgan, sun’iy intel­lekt she’r yozib berayotgan bir vaqtda chiqindi poligonlarining bo‘lishi bu – tabiatga zo‘ravonlikdir.

Shahar aholisi orasida, xonadondan chiqindi poligonigacha bo‘lgan zanjir to‘g‘ri shakllanmagan. Biz ham rivojlangan davlatlardagi kabi noorganik va organik chiqindilarni alohida ajratib saralaganimizda chiqindi poligonlariga hojat qolmas edi. Ulardan chiqayotgan zararli moddalarning atrof-muhitga salbiy ta’siri ham kamayardi. Bu kabi e’tiborsizligimiz tufayli o‘z salomatligimizga o‘zimiz zarar yetkazyapmiz.

Ikki yuz yilda chiriydigan yelim idish­larga noorganik-organik chiqindilarni ara­lashtirib solamiz va ma’lum vaqt o‘tib o‘sha paket ichidagi zararli suvlar yerga singib, suv hamda tuproq tarkibiga qo‘shiladi. Aholi o‘sha suvdan ichadi, ana shu tuproqda o‘sgan meva-sabzavotlarni iste’mol qiladi.

3-iyul – Xalqaro plastik xaltalardan voz kechish kuni etib belgilangan. Men shu kuni kutilmagan ishga qo‘l urdim. Ya’ni, 250 dona plastik paketlardan o‘zimga libos “tikib”, uni shahar bozorlarida kiyib yurdim. Chunki statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har bir inson yiliga 650 mingta paket ishlatar ekan. Mening libosimdagi plas­tik xaltalar esa bir insonning o‘rtacha 3 oyda ishlatadigan paketlar soniga to‘g‘ri keladi. Bu videokontent orqali odamlar qanchalik ko‘p sellofan paket ishlatayotganini anglatmoqchi bo‘ldim. Ijtimoiy tarmoqlarga joylagan videokontentim ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Plastik paketlar boshqa chiqindilardan farqli o‘laroq, deyarli chirimaydi. Shuning uchun ham u sayyorani zaharlovchi unsurlardan biri hisoblanadi. Ularni yoqish mumkin emas, chunki yoqilganda uglerod oksidi va zararli konserogenlar atmosferaga ko‘tariladi. Yerga ko‘mish ham oqilona yechim emas. Shunday ekan, do‘konga kirganda ortiqcha paket ishlatmay, ko‘p martalik ekosumkalardan foydalanishga harakat qilishimiz lozim. Bu – bizning va kelajak avlodning salomatligi uchun juda muhim.

EKOTARBIYANING VAQTI KELDI

Ko‘pchilik ota-onalar farzandini tabiatga nisbatan loqayd insonlar sifatida ulg‘aytiradi. Daydi kuchuk yoki mushukka ovqat berish istagida bo‘lgan bolani “kasal yuqtirasan”, “qo‘ling kir bo‘ladi, ushlama”, deb qaytaramiz. Daraxt shoxini sindirayotgan, bog‘da chiroyli ochilib turgan gulni toptayotgan, oyoq ostidagi hasharotlarni ezg‘ilayotgan go‘dakka to‘g‘ri o‘git bermaslik ham kechirilmas xatodir. Bugun siz farzandingizga tabiatni asrashni o‘rgatmasangiz, kelajakda u ham shunday yo‘l tutadi. Bolalar o‘yingohi­da bir bolakay kapalakni kaftlari orasida g‘ijimlab atrofdagilarga maqtanib yurganiga ko‘zim tushdi. Shu yaqinda o‘tirgan ayollar va uning onasi bu holatga umuman e’tibor qaratishmayotgan edi.

Ichimda bir nima uzilgandek bo‘ldi… Voqeadan ta’sirlanib ijtimoiy tarmoqlardagi sahifamga kapalakning rasmini joyladim va ostiga “Har bir tirik jon biz uchun muhim” deb yozib qo‘ydim. Suratga yozilgan izohlar orasida “Kapalakning odamzodga foydasi yo‘q-ku, bekordan-bekorga atigi bir kun yasha­masa kerak”, degan gapni ko‘rib yanada xafa bo‘ldim. Nega biz faqat tabiat­dan foyda izlaymiz? Bizga tuxum, sut, go‘sht berayotgan jonivorlarni parvarish qilamiz-u, qolganlarini befoyda sanab, ularga e’tibor bermaymiz. Axir, har bir tirik jon tabiat­ning bir parchasi emasmi!

Bolalar orasida ekomadaniyat, ekotar­biyani shakllantirishimiz lozim. Bugun­ning odamlariga ekomuammolar qiziq emasligi­ning sababi ham ularning bolaligida bu borada boshlang‘ich tarbiya bo‘lmagani bilan bog‘liq. Biz kelajak avlodimizga ham buni ravo ko‘rmasligimiz kerak. Aqlini taniyotgan farzandlarimizga hech bo‘lmasa daraxt ekishni, xona gullarini parvarishlashni, elektr energiyasini tejashni o‘rgatsak, o‘zimiz ham shunga e’tiborli bo‘lsak, tabiatga ozgina bo‘lsa-da foyda keltirgan bo‘lamiz. Kelajak avlodga faqat moddiy boyliklarnigina emas, toza havo, ­yashil hududlarni meros qoldiraylik!

Vasila HABIBULLAYEVA yozib oldi.

“Jadid” gazetasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 41-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600