Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.01.2025 | 13:46

img482

EL SALOMAT – KO‘NGIL TINCH

Insoniy qadriyatlar moliyaviy va maishiy farovonlik bilangina o‘lchanmaydi. Kishi jismonan sog‘lom bo‘lmasa, moddiy boylik hayotning haqiqiy mohiyatini yashiradigan tashqi qobiq bo‘lib qolaveradi. Shu jihatdan har bir ijtimoiy shaxs salomatligi nafaqat uning o‘zi, balki u yashayotgan davlat uchun ham muhimdir. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar boshidayoq ilk e’tibor tibbiyot sohasiga qaratilgani ham bejizga emas, albatta.

Xususan, o‘tgan 2024-yilda 33,4 trillion so‘m faqat tibbiyot sohasini rivojlantirishga yo‘naltirildi. Mana shu mablag‘lar evaziga kasalliklarni erta aniqlash va profilaktika qilish maqsadida respublika aholisining 95,5 foizi xatlovdan o‘tkazildi va tekshiruvlar natijasida aniqlangan 8,5 million nafar bemorlarning 25 foizi sog‘lomlashtirildi. Tez tibbiy yordam shoxobchalari soni 1766, tez tibbiy yordam brigadalari 2838, zamonaviy reanimatsiya avtoulovlari soni esa 510 taga yetkazildi. 11 ta investitsiya loyihalariga asosan 1246 turdagi tibbiy jihozlar tibbiyot muassasalariga yetkazib berildi.

Hududlardagi tibbiyot birlashmalarining eski binolarni qurish-ta’mirlash ishlariga ham 1,3 trillion so‘m sarflanib, kasalxona va oilaviy shifoxonalarning eskirgan imoratlari to‘lig‘icha yangilandi. Bemorlar shifokorga kirish uchun tor va sovuq yo‘laklarda navbat kutib turmaydigan bo‘ldi. Qabul bo‘limlari elektron tizimga o‘tdi, bemorlarning shifokor nazoratiga kirish vaqtini masofadan turib bemalol belgilash imkoniyatlari yaratildi.

Ayniqsa, bunday ishlar respublikamizning olis tumanlarida amalga oshirilayotgani juda quvonarli hol. Jumladan, Samarqand viloyatining chekka hududlaridan biri – Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tuman markaziy shifoxonasida ham bugun butunlay boshqacha voqelik. Bu yerda ayni kunlarda 278 o‘rinli kasalxona binosini qayta ta’mirlash ishlari yakuniga yetay deb turibdi. Eng katta rekonstruksiya ishlari jonlantirish bo‘limida amalga oshirildi. Binoning qabul bo‘limiga tegishli qismi yangidan qurildi. Yo‘laklar to‘liq asfaltlandi, shifoxona hovlisi zamonaviy landshaft dizayni asosida ko‘kalamlashtirildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar faqat qurilish-ta’mirlash bilan bog‘liq emas, albatta. Islohotlar birlashmada faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar shijoatiga ham yaxshigina ta’sir o‘tkazdi. Bosh shifokordan tortib oddiy xizmatchigacha birlashmaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida “Open budget” ijtimoiy tashabbuslar loyihasi doirasida faol ishtirok etib, qo‘shimcha mablag‘ni qo‘lga kiritdi. Pirovardida MSKT (Multispiral kompyuter tomografiyasi), statsionar va portativ rentgen, sun’iy nafas olish apparatlari, defibrilyatorlar, garstrofibroskoplar, bioximik va gematologik analizatorlar, PZR uskunalari, uchta gemodializ apparati, eng yangi jarrohlik uskunalari va birlashma tarkibidagi hududiy bo‘limlarga 16 dona EKG apparatlari olindi. Elektr bilan bog‘liq muammolar sodir bo‘lmasligi uchun markaziy shifoxonaga 100 kvt. dizel generatori va tashqi zamonaviy quyosh datchiklari ham o‘rnatildi.

 – Boshqa tumanlardagi markaziy shifoxonalariga nisbatan bizda diagnostika va davolash salohiyati yuqoriladi, – deydi Paxtachi tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Ulug‘bek Suvonov. – Imkoniyatlarimiz kengaydi, yuqori texnologik jarrohlik ishlarini shu yerning o‘zida amalga oshiryapmiz. Endoskopik, laparoskopik, artroskopik operatsiyalarni tajribali shifokorlarimiz o‘tkazmoqda. Eng katta muvaffaqiyatlarimizdan biri esa chanoq son bo‘g‘inini endoprotezlash amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, uchta tumanlararo – qo‘shma shikastlanish va o‘tkir yurak-qon tomir kasalliklari, gemodializ va hushyorxona markazlari faoliyatini ham yo‘lga qo‘ydik. Maqsad – bemorlar uchun qulay shart-sharoitlarni yanada ko‘proq yaratish, odamlarning dardiga davo istab uzoq masofalarga ovora bo‘lib yurishlarining oldini olish, tibbiy xizmat tezligini va sifatini yaxshilash.

Darhaqiqat, tuman miqyosida xalq salomatligini yaxshilash va buning uchun yetarli qulayliklarni oshirish maqsadida qilinayotgan ishlar o‘z samarasini bermoqda. Hozirgi kunda har ikki ming kishi uchun bitta tibbiyot brigadasi faoliyat yurityapti, tibbiyot klasterlari ishlamoqda. Birlashmaga qarashli beshta oilaviy poliklinika, o‘n bitta shifokorlik punktlari internet va lokal tarmoqlar bilan ta’minlangan. Birlamchi tibbiy xizmat “Bir qadam” tamoyili asosida tashkil etilmoqda.

Shu o‘rinda shifokorlarning tibbiy bilimi va malakasini oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlarini transformatsiya qilish masalasida ham olg‘a qadamlar qo‘yilayotganini aytib o‘tish joiz. 2023-yilda ikki nafar shifokor jarrohlik va travmatologiya-ortopediya yo‘nalishi bo‘yicha Novosibirsk shahrida o‘quv kurslarida tajriba orttirib qaytgan bo‘lsa, o‘tgan yili ulardan yana o‘n nafari Belorussiya respublikasining nufuzli klinikalariga malaka oshirish uchun yuborildi. Qirqdan oshiq oilaviy shifoxona xodimlari Samarqand davlat tibbiyot universitetining kardiologiya kafedrasi EKG kursida qayta o‘qitildi.

Jonlantirish bo‘limida tashqaridan kelayotgan chang, infeksiya va har xil turdagi viruslarning ushlab qolinishi, bemorlar steril holatda saqlanishi uchun asseptik havo almashinuv sistemasi o‘rnatilgan. Mikroblarni o‘ldirib turuvchi ultrafiolet lampalar yo‘laklar bo‘ylab qo‘yilgan. Devor har tomondan antibakterial qoplamalar bilan qoplangan. Har bir bemorning bosh tarafida kardiomonitor, xonalarda esa kislorod tarqatuvchi apparatlar ishlab turibdi.

– Gemodializ jarayoni to‘rt soat davom etadi, – deydi bo‘limning navbatchi hamshirasi Go‘zal Maxfiratova. – Yillar davomida bemorlar ana shu to‘rt soatlik muolaja uchun kasal holiga uzoq yo‘l bosib, viloyat markazi yoki Kattaqo‘rg‘on, Navoiy shaharlariga borishiga to‘g‘ri kelar edi. U yerda ham navbat kutib qiynalishardi. Buyragi ishlamagan odamning organizmi zaharlanaveradi. U har ikki-uch kunda buyrak tozalatib, qonini yuvdirib turishga majbur. Tez-tez muolajaga qatnashning o‘zi bo‘ladimi? Bo‘limning tashkil qilingani bemorlarimiz og‘irini yengil qildi, xarajatini kamaytirdi. Dori-darmonlar ham to‘lig‘icha davlat hisobidan kasalxonaning o‘zida beriladi, bemor ovora bo‘lmaydi.

Ha, xalqimizning mana shunday e’tiborga ehtiyoji bor edi. Ayniqsa, tanasiga kirgan dard bilan olishib, quvvati pasaygan xasta insonlarning mushkuli oson bo‘layotgani har qancha ta’rifga arziydi. Yuqorida sanab o‘tganlarimizdan tashqari respublika bo‘ylab “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” axborot tizimlari ham takomillashtirildi. “Yagona tibbiyot axborot tizimi” (DMED) joriy qilindi. Shu yilning o‘zida Toshkent shahridan boshlab qo‘llanilishi rejalashtirilgan “elektron retsept tizimi”ni joriy etishga qaratilgan pilot loyihalar tasdiqlandi. Unga ko‘ra bemorlarga dori vositalari dorixonalardan to‘g‘ridan to‘g‘ri bepul tarqatiladi. Muhimi ham shu, bu elning joni sog‘, ko‘ngli tinch bo‘lsin!

Muhayyo PIRNAFASOVA

“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-yanvardagi 1-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599