Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.10.2024 | 13:55

img930

ELBEK – O‘ZBEK TILI JONKUYARI

XX asr boshlarida barcha sohalarda katta islohotlarga bel bog‘lagan jadidlar o‘zbek tilini rivojlantirish va imlo qoidalarini yaratish borasida ham tizimli ishlarni amalga oshirdi. Bunda shoir, publitsist, pedagog va yozuvchi sifatida tanilgan Mashriq Yunusov (Elbek)ning jonboz­ligini ham alohida aytib o‘tish zarur. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shoira Bobomurodovaning ayni masaladagi tadqiqotlarini, o‘sha davr matbuotida tinimsiz chop etilgan tilshunoslikka oid maqolalarni o‘qir ekan­miz, Elbekning naqadar jonkuyar tilshunos bo‘lgani­ga guvoh bo‘lamiz.

Elbek tilshunoslikdagi faoli­­yatini “Chig‘atoy gurungi” to‘garagida xalq og‘zaki ijodi namunalarini to‘p­lab, ular­ning til xususiyatlarini o‘rga­nish bilan bosh­lagan bo‘lsa, keyin­­chalik lug‘at va atamalar ustidagi izlanish­lari davomi­da bu sohaga chuqurroq ki­rib boradi. 1934-1935-yillarda “O‘z­­bekcha shakl­dosh so‘zlar lug‘ati”, “O‘zbekcha ma’nodosh so‘zlar lug‘ati” hamda “O‘zbek to‘la so‘zligiga materiallar” nomli xalq dostonlari tiliga oid lug‘atlarni tu­­zib, nashrga tayyorladi. Biroq 30-yillardan boshlab o‘zbek ziyolilariga qarshi boshlangan tazyiqlar ularning faoliyatini bo‘g‘a boshladi, hattoki ayrim nashrga tayyorlab qo‘yilgan (masalan, Elbekning “Ma’nodosh so‘zlar lug‘ati” kabi) asarlarini turli mafkuraviy ayb­­lar bilan chop etili­shiga yo‘l qo‘yilmadi. Ana shunday sabablar tufayli O‘zbekiston Til va adabiyot ilmiy tekshirish institutiga katta maqsadlar bilan ishga kirgan Elbek yetti oy ichida uni tark etishga majbur bo‘ladi. Ammo til bilan bog‘liq birorta masala yo‘qki, o‘sha davrda Elbekning nazaridan chetda qolgan bo‘lsa. U til bilan bog‘liq jarayon xususida matbuotda muntazam chiqishlar qilib, o‘z munosabatini bildirib boradi.

Imlo masalasini sohaning asosiy og‘riqlaridan biri deb hisoblagan Elbek tilimizga mos imlo bo‘lishi kechiktirib bo‘lmas zarurat ekanini qayta-qayta ta’kidlashdan charchamaydi. Bizning imlomiz shunday imlo bo‘lsinki, faqat o‘zbek tiliga xos va o‘zimizga mos bo‘lsin. Biz o‘zga tillarning alifbosini olib, ularga moslashmaylik, balki ular­ni o‘zimizga moslashtiraylik. Ana shunday maqsad bilan jadidlar yangi alifbo ustida ish olib boradi. Shu orqali tilimiz­ni ajnabiy so‘zlardan tozalashni ham maqsad qiladi. Bunga qanday erishish mumkin? Elbek shunday tushuntiradi: “Biz o‘zbek tilining boylig‘ig‘a ishona­miz. Shuning bilan unutilg‘on so‘zlarni-da topmoqqa tirishamiz. Topilg‘on so‘zlari­mizni o‘z negiziga solib, yozavera­miz. Qachonkim, bir so‘zning turkiy­chasi topilmas ekan, oni o‘z so‘zimiz topilg‘oncha tutqun etib, o‘z yo‘sunimiz ostida saqlaymiz. O‘zimizniki topilg‘och, oni oradan yo‘qotamiz. Bu ish hozirda qulay bo‘lmasa-da, tez paytda qulay bo‘lmog‘i aniqdur. 3-4 kelmishak yot so‘zlar o‘zbek tilining o‘yin iqitmoq yoxud yot so‘zlarni silab, oni o‘z holida qoldirmoq yana aytaman yarashmaydur. Tutkan yo‘sunimizga teskari bo‘lg‘on so‘zlarni butunlay oradan chiqarmoq kerak”. (“Imlo masalasi” “Ishtirokiyun”, 1920-yil, 7-oktyabr).

Tilni saqlash va uning qat’iy qoidalarini ishlab chiqishga kirishgan ziyolilar “Imlo va til qurulto­yi”ni chaqirishadi. Qurultoyda juda ko‘p masalalar hal bo‘ladi. O‘zbek tili va yozuvi borasida tortishuvli bo‘lsa-da, qarorlar qabul qili­nadi. Bundan qattiq ta’sirlangan Elbek “Qizil bayroq” gazetasining 1921-yil 13-yanvar sonida shunday yozadi: “Bu kun o‘zbek eli chindan o‘zin qutqardi va ­uning erkli yashamog‘iga keng bir yo‘l ochdi. Bir ulusning dunyo­da borliqqa chiqara turg‘on narsasi shubhasiz uning milliy narsalari va tili bo‘lg‘isidur: Milliy narsasi yo‘q bir el totli bir turmush bilan yashayolmag‘onlig‘i kabi tilin yo‘qotqon bir elda o‘zun yo‘qotqon bo‘lur. Buni tushungan bir el, albatta, milliy narsa­larni qo‘ldan ber­may saqlag‘on kabi o‘z tilini-da unut­masliqqa tirishar: mana bu yo‘l esa u millatning tirilishi uchun katta keng bir yo‘ldir”.

Bu davrda jadidlar asosiy g‘oyalarini, fikrlarini matbuotning kuchi orqali xalqqa yetkazishga urinishadi. Shu bois ham til islohotini ham avvalo, gazeta va jurnallardan boshlash kerakligi ta’kidlanadi. Vaqtli matbuot nashrlarida chiqqan xatoliklar, g‘alizliklar ayovsiz tanqid qilinadi. Elbek ham bir nechta maqolalarida matbuotda yo‘l qo‘yilgan imloviy va uslubiy xatolarga ochiqcha munosabat bildirib, muharrirlarini ogohlikka chaqiradi. “Turkiston” gazetasida “Tilimizdagi yong­lishliqlar” sarlavhasi ostida bir turkum maqolalar e’lon qiladi. Ular­ning har birida so‘z va qo‘shimchalarni qo‘llashdagi xatoliklar hamda ularni to‘g‘ri ishla­tish qoidalari berib boriladi.

Shuningdek, ushbu turkum ostida “ila” va “bilan” so‘zlarining farqi, “-lik” va “-li” qo‘shimchalarining to‘g‘ri qo‘llanishi, “bek” va “berk” so‘zlarining ishlati­lishi kabi masalalar qalamga olinadi. Elbekning fikricha, so‘zni qanday eshi­tilsa, shunday yozish yaramaydi. Uni til qoidalariga moslab, adabiy til me’yorlari­ga solish lozim. Bu borada tilshunos­larning sa’y-harakati kerak bo‘ladi. Mutaxassislar o‘zlari bir qarorga kelib olmas ekan, tilimizni bir tizimga solish imkonsiz. Ayrim so‘zlarning yozilishi o‘sha davrda ham katta muhokamalarga sabab bo‘lgan. Bunga turli shevalardagi kishilarning so‘zlarni turlicha talaffuz qilishi sabab bo‘lgan. Elbek bunday tilshunoslarga qarshi turib, shunday yozadi: “Bukun boshqa yoqlarni uncha bilmasam-da, Toshkentning o‘zidagi tilchi­larning tilning xususiyatiga qarash­lari turlichadir. Jumladan, shunday tilchilardan bir qanchalari eshitilgancha yozmoq bo‘lib, o‘zlaricha yonglish bir yo‘lg‘a kirib ketganliklarini ham sezmay qolmoqda. Masalan “qottiq” kabi qolin ust bilan yozilg‘uchilar to‘g‘risida ular Toshkentning shevasi bilan o‘lchab “qattiq”, yarim shaklida yozmoqni oldin suradilar. Ular­ning bu fikrlariga “buyurtma professurlarimiz-da oralashmasdan qolmaydirlar. Ular ham bu to‘g‘rida ulug‘ bir narsa “kashf” etkan kishilarday xovriqib turli yoqqa chopishmoqdalar. Men bilmayman, bu qanday so‘z ekan, o‘zla­richa “ташкентский диалект” deyishib qichqirmoqdalar.”

Bu davrda til va imlo bahslari juda qizg‘in tus oladi. Gazeta va jurnallarda tinimsiz maqolalar, lug‘atlar, atamalar chop etiladi. Bir-birini keskin tanqid ostiga ­olish, xatolarni ko‘rsatish, imloni to‘g‘rilash bilan bog‘liq chiqishlar ko‘payadi. Elbek “Til, atama, imlo bahslari” turkumi ostida ham bir qator maqolalar e’lon qiladi. Adabiy tilni yaratish borasida ko‘pdan ko‘p takliflar beradi. Bunday bahslar, takliflar o‘z natijasini bermasdan qolmadi, albatta. Bir tizimga solinmagan tilimiz ma’lum qoliplarga kirdi, sof o‘zbek adabiy tili shakllandi. Gazeta va jurnallarda xato­lar kamaydi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilimiz shakllanishida ham aynan jadidlar davridagi islohotlar, bahs-u munozaralar, tadqiqotlar asos bo‘ldi desak, aslo xato bo‘lmaydi.

Bekzod IBRAGIMOV,
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti mustaqil tadqiqotchisi

“Jadid” gazetasining 2024-yil 25-oktyabrdagi 44-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596