Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.08.2024 | 16:58

img438

Endi rahbar va o‘rinbosarlar faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq:

Faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholanadigan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari ro‘yxati;

Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom;

Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyatini eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida baholash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Endi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari o‘rinbosarlarining faoliyati eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari asosida “samaradorlik.uz” elektron platformasi orqali baholanadi.

Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xo‘jalik birlashmalari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari platformadan “hrm.argos.uz” elektron platformasiga ulanish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma doirasida foydalanadi.

Baholanuvchi rahbarlar o‘z faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni platformaga o‘z vaqtida kiritib boradi.

Qarorga ko‘ra, samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlash uchun mas’ullar:

Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan samaradorlik ko‘rsatkichlarining bajarilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tasdiqlash uchun mas’ul tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan platformaga kiritiladi;

ushbu tashkilotlar o‘zining mas’ul xodimlarini “hrm.argos.uz” elektron platformasiga kiritib, platforma orqali samaradorlik ko‘rsatkichlariga mas’ul etib biriktiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi elektron hisoboti yuritilmaydigan samaradorlik ko‘rsatkichlarini 2025 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish yuzasidan ma’lumotlarni har chorakda Agentlik va Vazirlar Mahkamasiga kiritib boradi.

Agentlik platformaning egasi, Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJ operatori hisoblanadi.

Operator platformani joriy etish, unga texnik xizmat ko‘rsatish, platformani yanada takomillashtirish, shuningdek, uning uzluksiz va xavfsiz ishlashi uchun mas’ul bo‘ladi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img162

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img155

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img357