Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


01.07.2025 | 12:52

img1625

FARGʻONA XOTIRALARI

Behbudiyning “Farg‘ona xotiralari” “Tujjor” gazetasining 1908-yil 1-yanvar 17-sonida nashr etilgan. Behbudiy samarqandlik hamrohi Abdulhamid mutavalli bilan birgalikda eski Marg‘ilon, Yangi Marg‘ilon (Skobelev), Xo‘jand shaharlaridagi usuli jadid maktablari bilan tanishadi. Darvoqe, Behbudiy ushbu sayohatining bir qismini “Farg‘ona xotiralari” nomi bilan “Turkiston viloyatining gazeti”ning 1907-yil 30-dekabr 97-sonida e’lon qilgan edi. Unda muallif Andijondagi usuli jadid maktablari, bir qancha katta madrasalar xususida o‘z xulosalarini bayon qiladi. Maqolaning eng muhim jihati Turkiston maktablaridagi ta’lim tili Farg‘ona, Samarqand, Buxoro maktablari misolida yoritib beriladi. Quyida e’lon qilinayotgan tabdilda esa Behbudiy tabiatiga xos qat’iylik, jadidona fahm-farosat bilan o‘ziga notanish hududlarda ham qorong‘i zulmatni aql chirog‘i-la yoritib, o‘zi va hamrohlari uchun yo‘l topishdagi iqtidori yaqqol ko‘zga tashlanadi.

Nashrga tayyorlovchi

Xo‘qand va Andijon sayohatidan so‘ngra 9-dekabrda Marg‘ilon shahrig‘a vorid bo‘lub maktabi usuli jadidiyni so‘rog‘lab toptuk. Bir padari rahmat kishi havlisini berib ekan kirib ko‘rduk “eski hammom va eski tos” maqoli har qayu yerg‘aki maktabi jadid deb borar eduk. Jadiddan asar yo‘q. Qayu jadida u jadidga jiddan jadiddur. U jadidga ilmi qiroat, tajvid va ilmi hol, hisob insho jug‘rofiya, qiroati turkiy, forsiy tarix o‘qulaturgan jadidi muntazam maktabni o‘zi emas, soyasi timsoli-da yo‘q edi. Bu maktabni muallimidan ba’zi nimarsalarni so‘raduk, ammo maataassuf javob eshitolmaduk. Xulosa eski Marg‘ilong‘a ko‘rgan maktabimizni faqat ismi jadid va o‘zi ehtimoli buzulgan qadim bo‘lsa. Chunki yalg‘uz “Alifbo savti” ila jadid bo‘lmas maktabdorig‘a ba’zi mashvarat va ikki nusxa kitobcha berib, eski madrasalar sari borib tafahhus etib kechqurun chiqib, Yangi Marg‘ilon Iskobiluf shahrig‘a borduk.

Bu shahar o‘rnini plani xeyli vase’ va muntazam va ammo hanuz kam imorat sukansi oz ekan. Yoz mavsumig‘a bu shaharni ob va latofati havo va nazofati yaxshi bo‘lsa kerak. Farg‘ona oblustini markaz hukumati bu – shahar jadiddur. Muning bir tarafig‘a sultonlarg‘a maxsus bir necha mahalla va bog‘lar va besh-olti katta masjid bor ekan. Shahar bozorini ichig‘a bir katta jome’ masjid, jevorig‘a maktabi va bir necha hujralar bordur. Maktabig‘a kirduk, 50 nafardan ziyoda shogirdlar bor edi. Muallimidan beradurgan darslarini so‘raduk, ba’zi kutubi jadidni ot tutdi. Tariqi ta’lim va tartibig‘a qaradukki, Andijon va Marg‘ilon maktablaridan ma’nan behroq edi. Jug‘rofiya o‘qutmoqig‘a, xarita oldurmoqlarig‘a va yana bir nafar xalifa saqlamoqig‘a mashvarat berib chiqduk. Muallimi mullozoda Muhammadni sa’y va hushyorligig‘a va jamlagan ba’zi kitoblarig‘a qaraganda bora-bora biroz taraqqiy qilishi ma’muldur. Jevor masjidg‘a bir yangi imorat ko‘rdim, so‘radim. Ma’lum bo‘ldikim, Hakimboy hoji Nazarmuhammad o‘g‘li degan bir kishi masjidg‘a tegishli yerg‘a o‘z masorifi ilan bir katta maktabxona solibdur. Xarajoti ming so‘mdan o‘lsa kerak. Bir necha do‘konlar ham solib vaqf qilmoq xabarini eshitdim. Yangi marg‘ilonlik qarindoshlarim va janob muruvvatpesha Hakimboyg‘a aytadurgan so‘zim shulki, hozirg‘i maktabdorlari hushyor kishi ekan. Ammo ellik-oltmish bolani ta’limig‘a bir odam kifoya qilmaydur. Bolalarni vazifalarini orturub yana bir muovin xalifa oldursalar yaxshi bo‘lur edi. Va illo bir odam harchand alloma bo‘lsa ham ko‘b bolag‘a haqincha ta’lim berolmaydur. Usuli ta’lim kitoblarini farmoyishi va tajribani natijasi shudur.

Mundan chiqib yana temir yo‘li vositasi-la Xo‘jand shahrig‘a ozim bo‘lduk. Oxshomi soat 10 Xo‘jand hattasidan poytung‘a o‘lturub shaharg‘a mutavajjih bo‘lduk. Shahar ila vokzal orasi o‘n bir chaqirim va muning to‘quzi cho‘l va uchi “bog‘yot” ekan. Yo‘lg‘a izvoshchilikni uyqusi eltib yo‘lni bir oz adashib bir necha chuqurlarg‘a yiqilib, tiqilib shaharg‘a yetkurdi. Ertasi ba’zi oshnolarni ko‘rub, mozorlarg‘a duo va fotihadan so‘ngra yangi maktabg‘a borduk. Usta Tursun degan bir kishi yaxshi bir katta imoratini muvaqqatan maktabg‘a berib ekan, ellikdan ziyoda bolalar o‘qumoqg‘a mashg‘ul edi. Yangi nimarsalardan alifbo, tajvid, hisob va boshqasi qadima savod kitoblar ekan. Mazkur Usta Tursun marhum bo‘lgan bo‘lsa ham varasalari ani rioyayi ruhini qilib maktabg‘a joy beribdurlar. Alloh hammalarini rahmat qilsun.

Bu maktab muallimi o‘rta yosh va Hijoz, Istambul, Hind taraflarig‘a sayohat etgan va qiroati turkiyyag‘a mohir, jug‘rofiya, tajvid va maktabg‘a kerak ilmlarg‘a oshno kishi ekan. Ismi sharifi Hoji Mirhusayndur. Na uchun jug‘rofiya ta’lim bermaganlaridan so‘radim. “Xalq qabul qilmaydurlar”, dedi. Shogirdlarni kattaroqig‘a otalarig‘a ushbu ilmni nofe’ligini to‘g‘risig‘a bayon qilmoqlari uchun muallimni musoidasi-la bir oz bayoni noma berdim, alarni jug‘rofiya va hisobg‘a tashviq etdim. Bir-ikki nusxa kitobchalar hadya berib chiqduk.

Hozirgi Xo‘jand hokimi janob Likoshin to‘ra ila bir oz ma’rifatim borligi uchun borib ko‘rishtuk. Tarjima qilgan asarlaridan bir-ikki nusxa yodnoma berib, bizni taqdim qilgan asarimizni ham qabul qildilar. Xo‘jand shahri kanoridan oqaturgan Sirdaryo Sayhun nahri va ko‘frugini sayohat etib, ba’zi madrasalarini ko‘rub so‘ngra jug‘rofiya va hay’at ilmig‘a oshno Mirzo Yusuf janoblarini ko‘rmoq uchun tajassasa qildukki, vatanlarig‘a yo‘qliklarini botaassuf xabar olduk. Ba’dinda shoir va adibi mukarram Toshxo‘ja eshonni muloqotlarig‘a borib suhbatlashtuk. Xo‘jand zurafolaridan qori Abdulg‘affor, mullo Do‘stmuhammad, mirzo Abdulrahmon va g‘ayrilari oqshom soati yettilarinda vokzal tarafig‘a bizlarni uzotdilar. Soat to‘qquzg‘a xurujimizg‘a mashvarat berdilar. Ammo rafiqim Samarqandiy mullo Abdulhomid mutavallini rohig‘a qarab shitob ila chiqtuk. Poytung‘a bir nafar xo‘jandiy ham bor edi. Oqshom qorong‘i va yo‘lda bizlardan boshqa kishi yo‘q. Xo‘jand bog‘yoti orasidan ketar eduk. Bir ochuq sahrog‘a yetib arobamiz tekis yerg‘a sur’at ila yo‘l olur edi. Xo‘jandiy yo‘l hamrohimiz vokzal ila shahar orasig‘a har zamon o‘g‘rilar kaming‘a va haftada bir-ikki martaba o‘g‘riliq, taroj ushbu sahrog‘a voqe’ bo‘lub turushi va mundan bir-ikki kun muqaddam bir-ikki yo‘lchi mollarini o‘g‘rilar olgani va shaharg‘a tayin bir mahallag‘a bir kishini o‘ldurganlaridan hikoyat qilur edi. Bu so‘zlarni eshitib man ham vaqtsiz bilotahqiq chiqganimizg‘a afsus qilib o‘zimizni hifzi Haqg‘a havola qilib “Endi neki bo‘lsa bo‘lur shahardan yarim farsah uzoqlashtuk. Bu yurush bizlarg‘a dars bo‘lsun alxayri mo san’a Alloh” deb ketar eduk.

Bir zamon poytunchi dediki yo‘lni yo‘qotibman. Xo‘jandiy hamrohimiz u taraf, bu tarafg‘a qarab oxiri bir jihatni ko‘rsatdiki, shunga qarab hayda deb. Vokzal chirog‘i ko‘runmas edi. Oy qorong‘i. Havo sovuq. Poytunda noshinosh Xo‘jandiy rafiqimizni qiyofati durust va muxavvif kishi emas edi. Poytunchi bo‘lsa mazkur kishini ko‘rsatgan tarafi yo‘lsiz goh urgoh do‘ng nohamvor yerlardan qit’a masofa etar edi. Yarim soatdan ziyoda muddat qorong‘i va noma’lum jihatg‘a mutavajjihan ot chopib yo‘l olar eduk. Bir zamon vokzal fonuslari ko‘rundi. Yana bir chorak soat qadar goh soy va goh qirg‘a ketar eduk. Diqqat ila ma’lum bo‘ldiki, fonuslar doim o‘ng tarafimizg‘a taboid etadur. Man hamrohlarg‘a dedim: kerakki fonuslarg‘a mutavajjihan harakat etsaq, ammo bu ketib turganimiz bil’aks bizni istansadan uzoqlabdur. Hamrohlarimiz zam etdilarki, shul borishimiz durust. Yana bir oz ketduk. Qaradimki yana uzoqlashduk. Poytunchini nichlab dedim aqlingni boshingg‘a keltur. Qo‘rqma shunday ishlar bo‘lur. Bilarsanmu qayu tarafg‘a ketib turubsan. Ana ko‘rgil doim istansa fonusidan uzoqlashib turubmiz. Ul ablah dedi: “Xotirjam bo‘lung man sizni istansag‘a yetkurarman va ushbu borib turgan yo‘lumni bilarman”. Man dedim “Xayr bilmaysan. O‘ng qo‘lg‘a hayda va illo yana uzoqlashurmiz”. Ikki hamrohim ila poytunchi zam qilib to‘g‘ri ketmoqg‘a jabr etdilar. Yana bir chorak soat ketduk. Istansa chirog‘laridan nihoyat uzoq tushtuk. Goh ko‘runar edi goho yo‘q. Oqibat yana turub poytunni nichlab hamrohlarg‘a dedim: emdi yana orqamizg‘a qaytarmiz va mundan boshqa iloj yo‘q. Alar hech vajhsiz inod etib qabul qilmadilar. Man dedim al-on muvaqqamiz g‘animatdurki fonuslar goh ko‘runur. Agarda rij’atni qabul qilmasangizlar man tushub piyoda shul chiroqg‘a qarab ketarman dedim. Alar qabul qilmadilar. Tushdum va alarg‘a yana e’tidol ila fikrimni bildurdum. Oqibat ko‘ndilar. Emdi o‘ng qo‘lg‘a aroba ila yurmoq nomumkin. Azbaski bir nohamvor edi yana na iloj orqamizg‘a qaytuk.

Ko‘ngilg‘a kelaturg‘on tabiiy bir vahm shul ediki: sahrog‘a o‘g‘ri bo‘lsa bizni adashganimizni poytun chirog‘i ila mushohada etib ehtimol bizg‘a tavajjuh qilsa va agarda poytun chirog‘ini so‘ndursang qorong‘u va ham gugurd yo‘q edi. Bu fikrlar boshdan kechar edi shahardan xurujimizg‘a ikki soatdan o‘tdi. Otlar ham charchadi. Rajaatimiz ham yana beroha va ba’zi loy va ko‘llardan arobamiz zo‘rg‘a chiqar edi. Yarim soat qadar goh botib, goh haydalgan shudgorlardan kesib arig‘larg‘a qamalib oxiri suv ko‘llagan bir yerg‘a aroba qoldi, tushub ashyolarni ham arobadin olduk. Aroba bir oz jo‘nalib yana oti yiqildi. Hamrohimdan biri otqa yordam berdi va poytunchig‘a arobani ochmoqig‘a buyurub hamrohlarg‘a piyoda va mazkur chirog‘ga qarab yuklarni ko‘tarib yo‘lsiz ketmoqg‘a mashvarat berdim. Alar yana arobag‘a o‘lturub ketmoqni tarjih qilar edi. Man dedim xayr fi amanulloh. Biz piyoda ketduk, sizlarni o‘z ixtiyoringizg‘a qo‘ydum deb qo‘yaberdim. Bir-ikki daqiqa so‘ngra alar ham biza tobean qadam urar edi. Biz ikki nafarni yukimiz bir xurjin ikki putdan ziyoda bir chamadon, uch putg‘a yaqin adiyol. Havo sovuqlig‘i uchun bir putdan ziyoda chakman va paxtalik to‘nlarimiz ham bordur. Manim orqamg‘a xurjin va rafiqim mullo Abdulhomid mutavalli tegishig‘a mani yukimdin og‘urroq chamadon tushub edi. Xo‘jandiyni orqasig‘a ham bir qit’a bog‘langan yuk va qo‘lig‘a malirovanniy choyniki bor ediki, qopqog‘i osilib choynikg‘a urub bizni kichkina piyoda karvong‘a charaslik xizmatini bir sado manga foformlik ila qilur edi. Va agarda o‘g‘ri bo‘lsa bizg‘a jalb etar edi. Biz ketar eduk. Mazkur choynik sadoyi foformini yo‘q qilmoqni Xo‘jandiydan iltimos etdim. Iltifotg‘a olmadi. Oxiri qattig‘ so‘z ila iskotg‘a majbur qildim. Rafiqim mutavalli latifa qilib mustahziyona kular edi.

Samarqandiy muftiy
Mahmudxo‘ja BEHBUDXO‘JA o‘g‘li

TerDU doktoranti
Nodira EGAMQULOVA tabdili.

“Jadid” gazetasining 2025-yil 27-iyundagi 26-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599