Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.07.2024 | 14:05

img461

FARG‘ONA TASHRIFI: KELAJAK UCHUN DADIL QADAMLAR

Turkiy adabiyot quyoshi, ma’naviyat charog‘boni hazrat Alisher Navoiy o‘zining “Saddi Iskandariy” dostonida mamlakatni adolat ila boshqarishni saltanatning qudratini belgilovchi omil sifatida talqin etar ekan: “Kerak lutf-u ehson shior aylasang, Adolat yo‘lin ixtiyor aylasang…” deb ta’kidlagan edi. Darhaqiqat, xalqni rozi qilish maslagini bosh g‘oya qilib belgilab olgan insonparvar siyosatning tayanch ustuni adolat bo‘lmog‘i muqar­rardir.

 Prezidentimiz Shavkat ­Mirziyoyevning mamlakatimiz hududlariga tashrifini xalqimiz intiqlik bilan kutadi. Chunki yurtboshining qutlug‘ qadami yetgan manzillar obod, ko‘ngillar shod bo‘ladi, adolat bosh mezon bo‘lgan islohotlarga ­ishonch mustahkamlanib, keng ko‘lamli o‘zgarishlarga kamarbastalik hissi yanada ortadi. Yaqindan Farg‘ona viloyatiga amalga oshirilgan tashrif ham ana shunday jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir.

Bu galgi safar chog‘ida Far­g‘o­nadagi shahar va tumanlarni yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon, Quva shaharlarida yirik loyihalarni amalga oshirishga yo‘l ochildi. Ushbu tashrif rekonstruksiya qilinib, yangidan ochilgan Qo‘qon aero­porti bilan tanishishdan bosh­landi. Viloyatda ikkinchi yirik shahar hisoblangan Qo‘qonni vodiy darvozasi desak, xato qilmagan bo‘lamiz. Shunday ekan, bu yerda F 320-200 va ATR 72-600 rusumli zamonaviy samolyotlarni qabul qilish imkoniga ega aeroportning ochilishi erkin iqtisodiy zona joylashgan, qadimiy hunarmandchilik rivojlangan va boshqa ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarga ega bo‘lgan turizm shahri uchun o‘ta zarur edi. Qo‘qon va uning atrofida 300 mingdan ziyod aholi yashaydi. Shahar ichki turizm meh­monlari va tashqi sayyohlar bilan hamisha gavjum. Prezidentimiz ilk bor yirik havo kemasini qabul qilgan aeroportda yaratilgan sharoitlar bilan tanishar ekan, parvozlar sonini oshirish, narx va xizmatlarni qulaylashtirish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalar berdi. Endilikda Qo‘qondan Samar­qand, Buxo­ro kabi shaharlarga ham parvoz qi­lish mumkin bo‘ladi.

Tashrif davomida davlat rahbari Qo‘qon superfosfat zavodi negizida tashkil etilgan “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” korxonasida investorlar bilan hamkorlik istiqbollari haqida suhbatlashdi. “Farg‘onaazot” zavodi ham ushbu hamkorlar tomonidan modernizatsiya qilinmoqda. Viloyatdagi zavodlar asosida ya­gona kimyo klasteri, Qo‘qon me­xanika zavodida kimyo texnoparki tashkil etilishi import o‘rnini bosuvchi yangi mahsulotlar ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, Prezidentimiz Qo‘­­qon universitetida yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.

Universitet yaqinidagi Tepaqo‘rg‘on arxeolo­giya yodgorligini ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish tashabbusi ilgari surilgani ayni muddao bo‘ldi. 2008–2011-yillarda olib borilgan keng ko‘lamli arxeologik o‘rganishlar natijasida ushbu tarixiy maskan miloddan avvalgi davrlarda urba­nizatsiyalashgan qarorgoh bo‘lgani aniqlangan va u aynan 2500 yillik tarixga ega Qo‘qon shahri­ning qadimiyligini dalillaydigan obyektdir. O‘tgan asrning 30-yillarida esa, bu qo‘rg‘ondagi umumiy qabrlarga begunoh insonlar, qatag‘on qurbonlari ko‘mib yuborilgan. Shu yerda yashovchi yoshi ulug‘ insonlarning xotirlashicha, o‘shanda uch kungacha mozor tuprog‘i qalqinib turgan, ammo sovetlarning qattol siyosati sabab tiriklay ko‘milgan odamlarni qutqarishga hech kimning yuragi dov bermagan…

Bu maskanda umumiy tariximiz yotibdi. Xalq o‘z tarixini bilishi, moziy manbalarini ziyorat qi­lishi vatanparvarlikning belgisidir. Tarixini yaxshi bilgan insonning yuragida o‘z yurti istiqboli uchun hissa qo‘shish ishtiyoqi kuchli bo‘ladi. Shu­ning uchun ushbu hududda ma’rifatparvar jadid Ashurali Zohiriy nomidagi muzey tashkil etilib, bu ishlar uchun 10 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Farg‘ona turizm halqasining yaratilishi va bu yo‘nalishga tarixiy qadamjolarning ham kiritilgani ayni muddao bo‘ldi. 

Prezident tashrifining navbatdagi manzili Bag‘dod tumanidagi Matqulobod qishlog‘i bo‘l­di. Ushbu qishloqdagi “Yuksalish” mahallasida “Gulnora Matqulobod bodomlari” kor­xonasiga asos solgan Gulnoraxon Usmonova istiqomat qiladi. Faoliyatini bir necha yil oldin atigi olti kilogramm bodomni po‘stidan toza­lab, saralab, bozorda so­tish­dan boshlagan bu omilkor ayol yillar davomi­da orttirgan tajribasi­ni qo‘ni-qo‘shnilariga ham o‘rgatib, bugungi kunda yuzlab ayollarni ishli qildi. Besh yuzdan ortiq xonadonni kasana­chilikka jalb etdi. Endi­likda mazkur korxonada qayta ishlangan bodom mahsuloti mamlakatimiz bo‘ylab tar­qatilmoqda, yaqin orada eksportga yo‘nal­tirish ham reja qilinadi. Oddiy o‘zbek ayolining mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, boshqalarga ham manfaati tegayotgani davlat rahbarining e’tibo­riga tushdi. Korxona faoliyati bilan ta­nishib, tadbirkor va kasanachi ayollar bilan suhbatlashgach, Prezident ularga tashabbuskorligi va mehnatsevarligi uchun minnatdorlik bildirdi. Darhaqiqat, bugungi xalqchil siyosatni to‘g‘ri anglab, unga kamarbasta bo‘layotgan Gulnoraxon ko‘p­chiligimizga namunadir.

Bugungi islohotlarning natijasi aynan bag‘­dod­liklar hayotida ko‘rinmoqda desak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz. O‘tgan yillardagi tashrif paytida berilgan topshiriqlar natijasida Bag‘dod tumani­ning eng chekka, tashlandiq hududi – dasht qismida yangi, zamonaviy massiv barpo etilgan edi. Barcha sharoitlar, qulay infratuzilmalarga ega yangi qurilgan Guliston mahallasida bugunidan va insonparvar islohotdan rozi insonlar yayrab istiqomat qilmoqda. Bag‘dod ilgari viloyatda sa­noati eng kam rivojlangan, infratuzilmasi zaif tuman hisoblanar edi. So‘nggi yillarda qaratilayot­gan e’tibor tufayli ushbu tuman “Bag‘dod tajri­basi” sifatida butun mamlakatga namuna qilib ko‘rsa­tila­digan go‘zal maskanga aylanmoqda.

Bugun mamlakatimizda urbanizatsiya jara­yon­lari jadal bormoqda. Har bir shahar va tuman markazini teng rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Marg‘ilon, Farg‘ona shaharlaridagi yangi bunyodkorliklar bu islohotlarning natijasi sifatida ko‘zni quvnatib turibdi. Farg‘ona shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivi va bog‘i nafaqat farg‘onaliklar uchun, balki butun vodiy ahliga katta sovg‘a bo‘ldi.

Farg‘onada yirik sanoat va energetika obyekt­­lari faoliyatiga va qurilishiga start beri­lishi ko‘p milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirishga asos bo‘ldi. Farg‘onaning chinakam ma’noda sanoat shahri maqomiga ega bo‘layotgani u yerda yashayotgan odamlarning farovon hayoti uchun juda muhim hisoblanadi. Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘­yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda tanqidiy fikrlar ham bildirildi va oqsayotgan sohalarni yanada rivojlantirish yuzasidan tegish­li ko‘rsatmalar berilib, qat’iy choralar belgilandi.

Jumladan, Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasini Quvasoy shahri maydonlari hisobidan kengaytirish, Beshariqda 500 megavattli, O‘zbekiston tumanida 180 megavattli fotoelektr stansiyalari qurish, Marg‘ilonda infratuzilmani kengaytirish, yangi massiv, mehmonxonalar, so‘lim xiyobonlar, maqom teatri va boshqa inshootlarni barpo etish, Quvada savdo-servis obyektlarini joylashtirish, mebelchilikni rivojlantirish, arxeologik muzey tashkil etish, shuningdek, “Toshkent–Andijon” yo‘lovchi poyezdining Quvada to‘xtab o‘tishini ta’minlash, “Karkidon” suv ombo­rining mavjud ulkan salohiyatini to‘liq ishga solish singari ko‘plab vazifalar belgilab olindiki, bu rejalar vositasida kelajak uchun muhim qadamlar qo‘yildi.

Ayniqsa, “Vodil” – “Oqqiya” chegara postidan xorijiy turistlarning o‘tishi cheklangani tufayli ular anklav qish­loqlarga O‘sh orqali aylanib kelishga majbur bo‘layotganiga alohida urg‘u berildi. “Yo‘l azo­­bi – go‘r azobi” deydi xalqimiz. Yo‘ldagi ovora­garchiliklar investorlarning Shohimardon, Yordon qishloqlariga mab­lag‘ sarflash imkoniyatini kamaytirib, sayohat istagidagi xorijiy turist­larga qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bu manzarali so‘lim maskanlarda turizmni rivojlantirish uchun yuqori­dagi chegara punktiga xalqaro maqom berish yuzasidan qo‘shni davlat rasmiylari bilan kelishuv­ga erishish dolzarb vazifa hisob­lanadi.

Bugun Farg‘ona misolida ham yurt rahbari qadami yetgan ma’volar obod bo‘layotganini ko‘­rib turibmiz. Ulkan vazifalar, buyuk maqsadlar dadil va katta qadamlar tashlashga undaydi. Xalqimizda shukronalik, islohotlarga daxldorlik, ertangi kun uchun fidoyilik hislarini yanada jo‘sh urdiradi.

Gulbahor SAIDGʻANIYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596