Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.04.2024 | 08:50

img780

FIKR TARBIYASI

Fikr tarbiyasi – umumiy tar­biya­­ning eng ahamiyatli bo‘limi­dir…

Lekin har holda badan tarbiyasidan keyingi galda turadir. Kishi degan bir tosh yokim bir yog‘och singari yolg‘iz badan, ya’ni moddiy yoqdan iborat emas. O‘ylaguvchi ham tushunchali bo‘lishi uning birda fikriy borliq egasi ekanini ko‘rsatadi. Hayvoniy hayoti bo‘lg‘oni kabi fikriy bir hayoti ham bor demakdir. Mana shunga ko‘ra, fikr tarbiyasining ham kerakligi aniqlashib qoladir.

Har narsaning kun va zamon o‘tkan sayin tugallanishi va ko‘tarilib ilgari borishi har tariqa bilan sobit bo‘lg‘on bir haqiqatdir. Ayniqsa, zamonimizda turlik fanlarning taraqqiy qilishi va hunarlarning texnika kuchi orqali tugal bo‘lishi – tarbiya usulining ham tuzatilishini ijob etkandir…

Fikr tarbiyasining qancha aha­miyatli ekani ustida har kimning ayrim bir fikri bordir. Har kim bilgining, es va ziyraklikning ahamiyatini taqdir etadir, lekin tarixiy tekshirishlarni ko‘z oldig‘a ketirib bu to‘g‘rida bir mulohaza bayon qilmoq kerak bo‘lg‘onda qisqacha aytib bo‘ladirkim, bir elning baxtiyorlig‘i ham ilgari borib bormag‘onlig‘ini uning fikr tarbiyasi yog‘idan qaysi darajaga yetkani bilan o‘lchab tushunmak mumkindir.

Madaniyat tarixining ko‘rsatishiga qarag‘onda, butunlik, to‘qliq va bax­tiyorliq degan narsalar bilim bilan fikr tarbiyasi nisbatida bo‘ladir. Hatto bu aytilgan narsalar butunlay bilimga va fikr tarbiyasiga bog‘lanib qolg‘ondir.

Tarix bu da’vosig‘a bizni ko‘n­dir­mak uchun ko‘zimiz oldig‘a dunyo­ning butun o‘zgarishlarini, mada­niyat asarlarini va ilmiy taraq­qiyotni qator tizib yasav torta­dir.

Bugun dunyo matbuoti va bug‘ bilan ishlagan mashinalarig‘ag‘ina ko‘z solg‘onda ham bu da’voning to‘g‘rilig‘i anglashiladir…

Kimyo bilimi taraqqiy etmaganida, hozirda ham yetti yuz yil ilgarigi chirik fikrlar hokim bo‘lg‘anda – bu asrda ham dunyo allomalari misdan tilla yasamoqchi (!) bo‘lib umrlarini mumkin bo‘lmag‘an narsalar bilan o‘tkaza berar edilar. Fikr tarbiyasining kerak ekani, bilim o‘rganish va fanni tekshirishlarning zehnini qanday ulug‘ tilak va armonlarga yetirganini tushuntirmak uchun nima deyilsa ozdir.

Fikr tarbiyasida tub tilagimiz bolalarg‘a kelgusida, ya’ni bo‘yiga yetib ishga va turmushga aralashg‘anlarida boshqalari te­gishli bo‘lg‘on har xil vazifalar­ni yaxshilab bajaraturg‘on bir qobiliyat bag‘ishlamoq va undan keyin o‘ziga va kishilik dunyosiga yaraydurg‘on kashfiyot va ixtirog‘a xizmat etish yo‘lida muvaffaq bo‘la olishini mumkin qilg‘uvchi bir iste’dod bermakdir. Bu esa, zehnning butun bo‘lishi, aqliy bilimning malakalarining orta berishi bilangina mumkindir. Fikr tarbiyasining bu xili fanniy bilgi tarbiyasidir. Lekin aloqasining tevaragi juda keng bo‘lgan fikr tarbiyasining xizmati bundang‘ina iborat emasdir. Balkim go‘zal san’atlar (sanoyi nafisa) ham bu qatorg‘a kirib katta bir o‘rin tutadirkim, unga chinakam ahamiyat berib qaramoq kerakdir.

Chetdan qarag‘ang‘a ko‘ra go‘zal san’atlar tarbiyasi ilmdir, fanlar tar­biya­si oldida bir ziynatdan iboratdir: bir uy yokim bir kimning kerakligi oldida bir belbog‘, uzuk, bir soyabon singari…

Go‘zal san’atlarning axloqiy tar­biya­ga xizmat etguvchi ekanligini ilgari surganlar ham bor. Bular chekdan oshirib mubolag‘a etganlar. Go‘zal san’atlarning axloq tarbiyasiga ta’siri yo‘q emas. Lekin bularga axloqning zaruriy bir bog‘liqlig‘i va tabiiy bir aloqasi yo‘qdir…

Axloq tarbiyasi ayrim bir fandir. Hamda musiqa, rasm, teatr va haykal­taroshlikdan ko‘proq: ruh bilimi ham, tashrih – sharhlash bilimi asosi­ga qurilg‘andir. Go‘zal san’atlar tarbiyasi kerak va ahamiyatli bo‘lsa bu uning axloqqa asosiy ravishda xizmat etguvchi ekanligidan emas, balkim kishining fitratida yashirinib yotqan teran va chin tuyg‘ularning yaxshi ravishda tugallanishiga qurol bo‘lib, hayotimizg‘a nash’a bag‘ishlag‘uvchi asarlarning ham yuzaga kelishiga vosita bo‘lg‘ani uchundir…

Fan foydali narsani topadi. Go‘zal san’atlar esa, doimo go‘zallikni izlaydir va u topilg‘an narsani ozmi-ko‘pmi go‘zallashtirishga tirishadir. Mana shuning uchun go‘zal san’atlarni foydadan keyin o‘ylamak to‘g‘ri keladir. Lekin har qanday bo‘lg‘anda bukun madaniy xalqlar uchungina emas, hatto madaniylashmagan ellar uchun ham eng zarur va kerakli ma’naviy ehtiyojlardandir. Shuning uchun na bir sinf, na bir el va na bir kishi bu go‘zal san’atlar orqali tarbiya bu o‘rtada rohat etishimizga va baxtli bo‘lishimizga xizmat etadir. Shunday bo‘lsa bu ham kerakdir.

Shu umumiy mulohazaga yana bir narsani qo‘shib o‘tishga ruxsat beringiz.

Onalik vazifalarining yaxshilab ba­ja­­­­­­­­­­­­rilishi uchun onalarning fikr tarbiya­siga qancha yo‘qsul ekanligini isbot etmak yo‘lida ba’zi sinoqlardan bir-ikki narsani aytmak ham foydasiz bo‘lmas.

Bola o‘stirish, uning sog‘lig‘ini saqlash, kasal bo‘lganda unga yaxshi qarash kabi ishlar, albatta, ozmi-ko‘pmi tugal va to‘g‘ri bilgi egasi bo‘lishga bog‘liqdir. Ehtimolkim, har kim bu fikrda emas. Lekin men bu tushunchamdan sira ayrilmayman. Ko‘p onalarni taniy­mankim, bular bolalarning og‘rib yotish­lariga va yokim ming xil falokatga yo‘liqish­­lariga o‘zlari bilmasdan sabab bo‘la­dilar. Bolaga qarash shunday xiz­matdirkim, qat’iy bilgi bilan mum­kindir. Lekin bu bilgilarning kitob­lar­dangina o‘rganilishi lozim kelmas. Ko‘p onalarimizkim, o‘zlari o‘qimoq bilmasalar ham bola boqish­da juda yengil va lekin asru to‘g‘ri bilgilari bor. Buning teskarisiga birda yot tilda gapira olaturg‘on, maktab bitirgan, musiqiy va qo‘l ishiga o‘rgangan ko‘p onalar ham bordirkim, bolaning nima bilan ozuqlanishini, kunda necha soat uxlashini bilmaylar…

Yolg‘iz fikr tarbiyasining qancha kerakli va ahamiyatli ekanligi to‘g‘risida ko‘rsatilgan misollar qatorida onalik vazifalarini ham bu tarbiyaning tevaragi ichida ekanligini ko‘rsatib o‘tmakchi bo‘ldim…

Taraqqiy etganlardan juda chet­da qolib yotmoq yomondir, o‘lim bilan tengdir. Buni hamma vaqt esda tutmoq kerak. Bu haqiqatni sira esdan chiqarmag‘an, ijobig‘a ko‘ra tirishg‘an va uring‘an kishi o‘zi uchungina emas, balki o‘z xalqi, o‘z sinfi uchun eng unumli ishlar ko‘rishga muvaffaq bo‘ladir. Negakim, vazifashunoslik va tirish­qoqlig‘i orqasida ilgari borib yuqori ko‘tarilishga kuchi yetadir.

Bir elning taraqqiysi, madaniy­lashmagi, baxtiyorlig‘i u elni tashkil etgan shaxslarning bilimli, kuchli, g‘ayratli va ishsevar bo‘lishig‘a bog‘­liqdir. Bu haqiqat har yoqdan to‘g‘ri­dir. Bu kamolning darajasi ozmi-ko‘pmi ahvol­ning ta’siridan qutula olmaslik baro­barida ko‘p yoqlardan fikr tarbiya­siga qattiq bog‘langan bo‘lib, usiz mumkin emasdir.

Fikr tarbiyasida eng ilgari bor­g‘on yurtlar, albatta, eng baxtli yoshlar­dandir va tabiatning u mamlakatga bag‘ish­langan boylik manbalaridan foydalan­moq yo‘llari­ni topadirlar.

Negakim, Afrikada fikr tarbiya­sidan butunlay mahrum bo‘l­g‘on yovvoyi ellar bordir. Yerda o‘zlaricha o‘sgan o‘tlarni yeb safolana umr o‘tkazadilar. Yer yuzining bir necha gaz tegrasida bo‘lg‘on xazina­la­ri­dan foydalanmoq nari tur­sin, bunday bir foydaning bor­li­g‘ini xayollaridan o‘tkaza ol­may­dilar.

Qisqasi shudirkim, fikr tarbiyasi madaniyatimiz, ya’ni baxtiyorlig‘imiz uchun eng boshda ahamiyatli va kerak bo‘lg‘on shartlardan birisidir. Bu to‘g‘rida har qancha gapirilsa va yozilsa arziydir.

“Maorif va o‘qituvchi” jurnali, 1925-yil, iyul.

MUALLIF HAQIDA:

Jamoat arbobi, jurnalist Said Ahroriy (taniqli tarjimon va jurnalist Xolida Ahrorovaning otasi) asli xo‘jandlik bo‘lib, Turkis­ton ruslar tomonidan zabt etilgach, ota-onasi bilan Makkaga, undan Turkiyaning Istanbul shahriga ko‘chib boradi. 1912-yili Ismoil Gʻaspirali va Mahmudxo‘ja Behbudiy bilan uchrashadi.

1917-yil Fevral inqilobidan keyin Toshkentga kelib, maktablarda dars bera boshlaydi. Uning “Buxoro jo‘g‘rofiyasi” (Yoqubov bilan hamkorlikda, 1923), “Xotin-qizlarga tortiq” (1924), “O‘zbek atamalari lug‘ati” (1926) nomli kitoblari chop etilgan. 1930-yili “Milliy ittihod” tashkilotiga a’zolikda ayblanib hibsga olingan. 1989-yilda oqlangan.

Said AHRORIY

2024-yil 23-fevral 9-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596