Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.12.2024 | 13:09

img266

Firdavs Abduxoliqov: “Ayrim jabhalarda shu paytgacha yaratilgan koʻpchilik allomalarimizning yuz qiyofalari bir-biriga oʻxshab ketishini kuzatish mumkin. Ularni gavdalantirishda juda ehtiyot boʻlishimiz zarur”

13-dekabr kuni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Kinematografiya agentligi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi vakillari, yetuk olimlar va mutasaddilar ishtirokida buyuk allomalarning yagona siymosini yaratish, qabul qilish hamda tarixiy filmlar ishlab chiqarishda ulardan foydalanish masalasida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbir avvalida 100 nafar buyuk allomalarning yagona siymosini yaratish boʻyicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti, istiqboldagi vazifalar boʻyicha maʼlumot berildi.

Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov Prezident tashabbusi bilan gavdalantirilayotgan 100 nafar buyuk allomalar siymosini yaratishning ahamiyati haqida fikr bildirdi.

“Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk allomalarimizning yagona milliy siymosini gavdalantirishda sizlarning koʻmagingiz biz uchun muhim. Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan muhim loyihalardan yana biri bugungi kungacha yagona siymosi mavjud boʻlmagan 100 nafar allomalarimizning yagona milliy qiyofasini yaratish. Bu borada Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi ijodkorlari va sanʼatshunos olimlar bilan hamkorlikda qator ishlar olib borilmoqda. Buyuk ajdodlarimizning yagona milliy siymosi toʻliq shakllantirilib, filmlarimizga, maktablar kabi foydalanish mumkin boʻlgan xalqaro hamda mahalliy platformalarga tatbiq va taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Ayrim jabhalarda shu paytgacha yaratilgan koʻpchilik allomalarimizning yuz qiyofalari bir-biriga oʻxshab ketishini kuzatish mumkin. Ularni gavdalantirishda juda ehtiyot boʻlishimiz zarur, deb oʻylayman”, — dedi Firdavs Abduxoliqov.

Badiiy akademiya akademigi, sanʼatshunoslik fanlari doktori Kamola Akilovaning taʼkidlashicha, aksar ajdodlarning siymosi haqida aniq maʼlumot mavjud boʻlmagani bois rassomlarga tarixchi olimlarning yordami nihoyatda zarurdir.

“Bizning missiyamiz — oʻzbek xalqiga, oʻzbek madaniyatiga qahramon shaxslarni gavdalantirib berish. Bu juda ham kerakli jarayon. Har bir siymoni gavdalantirishda sharqshunos, sanʼatshunos va tarixchi olimlar bilan birgalikda ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiq boʻladi. Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-maʼrifiy yoʻnalishlaridagi tadqiqotlarni ragʻbatlantirib kelayotgani quvonarli holdir. Bu gʻoyat muhim ahamiyatga ega”, — dedi akademik. 

Shuningdek, Davlat rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Tirik tarix” turkum filmlarini aynan ushbu milliy qiyofalar asosida yaratish taklifi kiritildi. Bu filmlar orqali buyuk allomalarning yagona siymosi xalq tasavvurida shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.   

Anjumanning oʻziga xos jihatlaridan biri, buyuk allomalarning tasdiqlangan siymolarini sunʼiy intellekt yordamida jonlantirishga qaratilgan innovatsion taklif va amaliy ishlar taqdimoti boʻldi. 3D vizualizatsiya texnologiyalari yordamida allomalar bilan interaktiv muloqot qilish imkoniyatlari namoyish etildi, bu esa kelajakda yoshlar uchun noyob maʼrifiy vosita yaratilayotganini koʻrsatdi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img181

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img161

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img369