02.09.2026 | 17:08
984
FITRAT VA TANQID
XX asrning 20-yillarida yozilgan adabiy tanqidiy maqolalarning ko‘pchiligi sahna asarlari va ularni sahnaga qo‘yish jarayonlari bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, zamonaviy o‘zbek adabiy tanqidchiligi yangi asarlarga taqriz maqolalar barobarida dramalarni targ‘ib etish va ularning sahna talqinlariga munosabat bildirish yo‘sinida shakllandi, adabiy tanqid bilan teatr san’ati tanqidchiligi baravar qadam tashladi, deyish mumkin. Bu davr matbuotida Fitrat ijodiga jiddiy e’tibor berildi. Men Fitrat tirikligida yozilgan shu manbalarni jamlab, “Fitrat va tanqid” nomli tabdil risola hozirladim. Quyida shu kitobchadan olingan “Ishchi”ning kichik maqolasini hurmatli “Jadid” o‘quvchilariga taqdim etaman.
Bahodir KARIM

HIND IXTILOLCHILARI
Markaziy ishchilar klubi qoshidagi teatru to‘garagi tomonidan hayitning birinchi kuni (1924-yil 6-mayda) shoir Fitratning 5 pardalik “Hind ixtilolchilari” asari o‘ynaldi.
Asar ismidan ma’lumdirki, bundagi ko‘rinishlar Hindiston o‘zgarishchilarining Angliya zulmiga qarshi va Hindistonni mustamlaka holidan chiqarib mustaqil Hindiston yasash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatishlarini tasvir etadir. Lekin bizning teatrchilikdagi ixtisosligimiz orqasida bukun o‘ynalg‘on hind ixtilolchilari unga to‘liq chiqmasa-da “Kolizey” sahnasining boylig‘i va necha yildan berili sahna atrofidan qochqon bir necha muqtadir artistlarimizning qaytadan sahnamizga ishtirok eta boshlog‘onlari bugungi o‘yunning ko‘b kamchiliklarini yopib ketdi.
Asari ustida matbuotda tanqid ham taqriz bosilib o‘tkani uchun bu yerda sahna tuzilishi kastyum, girim va artistlarning sahna harakatlari ustida yozish bilan kifoyalanamiz:
Rahimbaxsh – hindli, o‘qumishli bir yigit ro‘lida o‘rtoq Bosit Qoriyev, Dilnavoz ro‘lida Ma’suma xonimlar o‘z ustlaridagi mas’uliyatlik ro‘llarini ado qila oldilar.
Rahimbaxsh Dilnavozga to‘lqinli muhabbatni jonlantirib ko‘rsata olmasa-da, uning ovozi va harakatida ustaligi orqasida zararsizgina bo‘lub chiqdi. Ma’suma xonim vatanchi bir hind qizi bo‘lub o‘ynay oldi desak mumkin. Biroq Ma’suma xonimdagi ro‘lni yodlamasliq illati har vaqt ko‘b qusur bo‘lub tushadir. Ayniqsa, “Kolizey” kabi muhabbatli bir sahna ro‘lini yod bo‘lishi ustiga tovushni ham balandroq chiqarishini talab etadir. Agar Ma’suma xonim bu ikki juz’i kamchilikni kesa olsa, sahna harakatida unga irod etkizishga yo‘l qolmaydir.
Lolahardayol – majusiy hindi (darveshi) ro‘lida Sayfi Qori; bu ro‘l kichkina ko‘rinsa-da g‘oyat muhimdir. Bu ro‘lning Sayfi Qorig‘a berilishi juda munosib bo‘lib tushkan. Sayfi Qori ovozi va harakat jihatidan o‘zbek sahnasining bir san’atkoridir. Biroq bu o‘rtoqqa qiladurg‘on bir xolisona bir tavsiyamiz bor. O‘rtog‘imizda boshqa artistlar bilan muvofaqat qilish yo‘q. Bir oz “man-man”lik bor. Uning gazetga yozilishga aloqasi bo‘lmasa ham bu holning ko‘b vaqt teatru ishlariga zarba berib kelganini bilganimiz uchun mumkin qadar bu kasaldan shifo topish yo‘llarini izlashini samimiy suratda tavsiya etamiz.
O‘kunar – Lohur shaharining po‘lis boshlig‘i (ingliz) ro‘li iqtidoriga qarab Fathullaga berilgan. Fathulla bu ro‘lni zarar keltirmasdan o‘ynab chiqardi. Bu san’atkor ko‘bdan beri sahnadan cheklangan edi. Bugun qaytadan san’at eshigiga qaytib kelishi xalqni ortiq sevintirdi.
Mavlono Noʻmon – hind Avg‘oniston chegarasidagi Bunir qo‘rg‘onining boshlig‘i bo‘lgan bir mulla ro‘lida Muzaffar. Bu ruhoniylarg‘a maxsus bo‘lgan munofiqlikni jonlantirib ko‘rsata olsa-da, ovozini sekin chiqarib Fitratning hikmatlik jumlalarini xalqqa talqin eta olmaydi.
Marling – ingliz josusi ro‘lida o‘rtoq Abror. Abror josuslik, aldamchilik va shayton ro‘llarida o‘zining sahnasiga nisbatan bir necha bor yaxshi o‘ynadi.
Boshqa artistlar ham zararsiz o‘ynadilar.
Sahna tuzilishi, girim jihatidan juda zo‘r kamchiliklar, yanglishliklar bo‘ldi. Bu kasal albatta bizning Hindiston va hindliklarni yaxshi tanimog‘onimizdan kelib chiqqandir. Shoyad yana bir o‘ynalg‘onda bu kamchilik har tomondan tekshirilib to‘lg‘izilar.
Sahnamizda qayta boshidan ko‘rina boshlag‘on Fathulla, Muzaffar, O‘tablarning qo‘llarini samimiy bir suratda siqib qaytadan o‘zbek sahnasiga qadam bosishlari bilan qutlaymiz.
ISHCHI
“Turkiston”, № 266. 1924-yil 12-may
“Jadid” gazetasining 2026-yil 21-avgustdagi 34-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



