22.02.2025 | 11:34
491
TADQIQ VA TANQID UCHUN TASHAKKUR!
“Jadid” gazetasida teatr mavzusi davom etadi. Ikrom Bo‘riboyevning keng qamrovli “Teatr: u hozir ham ibratxonami?” (2025-yil 3-son) nomli tahlilidan keyin Xurshid Abdurashidning “Sahnadagi malikul kalom: fazilat va kamchiliklar” (2025-yil 6-son) maqolasining berilishi ayni muddao bo‘ldi.

Ilmiy ishning publitsistik uslubga o‘girilgan parchasida Alisher Navoiy obrazining o‘zbek teatr sahnasidagi talqinlari tadqiq qilinadi. Obyekt sifatida spektaklning asosi bo‘lmish pyesalar tanlangan.
Hazrat Navoiyga bag‘ishlangan dramalar ro‘yxatining keltirilgani umumiy manzarani tasavvur qilishga yordam beradi. Asosiy qismda 12 ta sahna asarining matni xolis tanqid qilinadi. Tanqid saralamoqdir, degan mumtoz qoida ishga tushadi.
Baholash va sharhlashda muallif o‘tgan asr ijodkorlarini ham, zamondoshlarini ham ayamaydi. Dramalar yaratilgan zamon va makon xususiyatlarini nazardan qochirmaydi. Dramaturglar ixtiyoridan tashqaridagi masalalar uchun malomat toshini otmaydi.
Bugungi O‘zbekiston teatri va matbuoti mana shunday dadil chiqishlarga muhtoj. Tanqidiy-tahliliy fikrlar spektakl muhokamasida qolib ketmay ommaga taqdim etilsa, tomoshabinning didi ham sayqallanib boradi.
Ba’zan o‘zbekona andisha munaqqidlarni og‘ir ahvolga solib qo‘yadi. Ijod mahsulining fazilatini aytishda shamolday saxiy bo‘lgan ahli donish kamchiliklarni sanashga kelganda sukut saqlash haqidagi hikmatlarga og‘ishmay amal qiladi ko‘pincha.
Xurshid Abdurashid esa masalaga ilmiy yondashadi, fikrlarini madaniyat bilan bayon qiladi, tadqiqotni xolis olib borishga harakat qiladi.
Maqolada “yuzta” siz-bizdan bitta jiz-biz yaxshi” qabilida dangal yoziladiki, 85 yil oldin yaratilgan, Izzat Sulton va Uyg‘un qalamiga mansub “Alisher Navoiy” dramasi hanuz bu mavzudagi asarlarning gultoji bo‘lib turibdi.
Olim va shoir hamkorligi o‘laroq qog‘ozga tushgan, bosh rol Olim Xo‘jayev tomonidan maromiga yetkazib ijro etilgan spektakl turkiy xalqlar teatrining mumtoz namunasi. YouTube tarmog‘idagi spektakldan parchalarni ko‘rganlar to‘liq asarning mahobatini his qiladi…
Yana bir muhim jihat: fevral oyida amir Alisherga bag‘ishlangan navbatchi materiallar o‘rniga Xurshid Abdurashidning “Sahnadagi malikul kalom…”, Alisher Sabriyning “Navoiyga qaytish” (“Yoshlar ovozi”, 2025-yil 5-son) kabi foydali maqolalarini chop etsa ham gazeta yopilib ketmas ekan. Zero, Navoiy sha’niga mavlono Lutfiydan yoxud Zahiriddin Muhammad Boburdan oshirib so‘z aytish amrimahol. Darvoqe, Maqsud Shayxzoda e’tirofi ham shu safda. Ilmiy materiallarning esa yo‘rig‘i boshqa.
Umid shuki, Xurshid Abdurashidning fikrlari dramaturglarga yetib boradi va yangi asarlari uchun xamirturush bo‘ladi.
* * *
Maqolani o‘qigach Zahiriddin Muhammad Bobur mavzusi xotirga keldi. Bobur va milliy dramaturgiyamiz o‘rtasidagi munosabat qanday? To‘rtta sahna asarini bilar ekanman: “Yulduzli tunlar” (O‘zbek Milliy akademik drama teatri, Pirimqul Qodirov romani asosida), “Yulduzli tunlar” (“Diydor” teatr-studiyasi, Pirimqul Qodirov romani asosida), “Bobur sog‘inchi” (Andijon musiqali drama teatri, Usmon Azim asari), “Bobur Mirzo” (Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri, Nurillo Abbosxon asari).
“Tariximizning eng murakkab, eng jozibador, eng dramatik siymolaridan biri” bo‘lgan Bobur hayotining har bir davri alohida bir sahna asariga asos bo‘lishi mumkin. Xayriddin Sultonning “Boburiynoma” ma’rifiy romanida keltirilgan “Yo‘lbarsning tug‘ilishi” kinoqissasi yoki “Saodat sohili” qissasi asosida inssenirovka qilinsa, mohir rejissyor qo‘lida ajoyib spektaklga aylanishi mumkin.
Qolaversa, hayotini hazrat Boburchalik batafsil yozib qoldirgan tarixiy shaxslar kam uchraydi. Endi ana shu tayyor manbalarni teatr sahnasida jonlantirish vazifasi qolyapti. Bu mavzu ham tadqiq va tahlilga muhtoj. Hurmatli teatr arboblari va teatrshunoslarimiz nazari ushbu mavzuga tushadi degan, umiddamiz.
Otabek BAKIROV
“Jadid” gazetasining 2025-yil 14-fevraldagi 7-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



