10.04.2024 | 22:12
443
“FRANSANI SAODATLI TO‘G‘RI YO‘LGA SOLDILAR…”

Ulkan ijodkorlarga xos xususiyatlardan biri ularning ilk asarlaridayoq teran iste’dodining namoyon bo‘lishidir. Cho‘lpon ana shunday badiiy so‘z san’atkorlari qatorida turadi. Uning dastlabki ijodiy qiziqishlari, she’rlari, maqolalaridayoq mamlakat hayoti va adabiyoti oldidagi dolzarb muammolar, vazifalar aks etdi. Ulardagi badiiy, ilmiy-estetik qadriyatlar, nainki o‘z davri, balki kelgusi zamonlar uchun ham ibrat bo‘lguli darajada ekani bilan ajralib turadi.
“Taraqqiy” gazetasini muntazam o‘qishga kirishganida u o‘n uch yoshlar atrofida edi. Rus tilini o‘rganish zarurati haqida maxsus maqola yozib, “Turkiston viloyatining gazeti”da chop ettirganida o‘n besh yoshga to‘lmagandi. O‘zini qiziqtirgan savollar bilan shu yoshda Ismoil G‘aspiraliga maktub bilan murojaat etadi: savollar shu qadar dolzarb ediki, alloma o‘z javobini “Turkiston viloyatining gazeti”da e’lon qiladi. yigirma yoshga borar-bormas yozgan she’rlarida G‘arb mamlakatlari xalqlari hayotida kechgan jahon ahamiyatiga molik hodisalarga munosabat bildiradi. Shu nuqtai nazardan Cho‘lpon ijodining kichik bir qirrasiga, xususan, uning she’rlarida fransuz ozodlik she’riyati motivlari aks etishiga nazar tashlash o‘rinlidir. Shoir ijodida fransuz she’riyati motivlari deganda, uning asarlarida aks etgan Fransiya xalqi hayotidagi ayrim ulkan tarixiy voqealar, jarayonlar, qahramonlar hamda ularga poetik munosabatni nazarda tutamiz. Cho‘lpon o‘zbek adabiyotiga olib kirgan fransuz motivlari va ularda aks etgan tarixiy hodisalar talqini o‘zbek xalqining dunyoqarashini yangilaydi va pirovardida jamiyat hayotiga muayyan ma’noda ta’sir ko‘rsatadi, deb umid qiladi. Fransuz ma’rifatparvar va ijtimoiy adabiyotidagi eski tuzumni, monarxiyani, xurofot va bid’atni fosh etib, shu tariqa xalqni ozodlikka, erkka chorlash motivlari Cho‘lpon ijodida ayni shu masalalar bilan bir qatorda Vatanni, millatni istibdoddan qutulishga chorlash motivlari bilan to‘yinib boradi. Cho‘lpon o‘zbek adabiyotiga olib kirgan fransuz motivlari va ularda aks etgan tarixiy hodisalar talqini o‘zbek xalqining dunyoqarashini yangilaydi va pirovardida jamiyat hayotiga muayyan ma’noda ta’sir ko‘rsatadi, deb umid qiladi. Fransuz ma’rifatparvar va ijtimoiy adabiyotidagi eski tuzumni, monarxiyani, xurofot va bid’atni fosh etib, shu tariqa xalqni ozodlikka, erkka chorlash motivlari Cho‘lpon ijodida ayni shu masalalar bilan bir qatorda Vatanni, millatni istibdoddan qutulishga chorlash motivlari bilan to‘yinib boradi. Cho‘lpon ijodining shakllanishida jahon tarixi, jumladan, fransuz jamiyatida ro‘y bergan taraqqiyparvar harakatlar muhim ahamiyat kasb etdi, estetik ideallari qaror topishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Fransaning ixtiloli necha yillar tortildi, Qancha vijdon egalari qora pulga sotildi,
Qancha jonlar talaf bo‘ldi, qancha qonlar to‘kildi, Qancha to‘g‘ri qahramonlar “kofirlar”, deb so‘kildi.
Kurashdilar azamatlar, hurriyatni oldilar, Fransani saodatli to‘g‘ri yo‘lga soldilar.
Siz-da shundan ibrat oling, qiling shunga ixtimom, O‘lim kutgan do‘stingizdan sizga salom, ehtirom.
Cho‘lpon bu she’rni yozganida 20 yoshda edi. She’r “Najot” gazetasining 1917-yil 18-iyun, 20-sonida bosilgan. E’tibor bersangiz, she’r Fransiyadagi inqilobiy harakatlarni talqin etishdan boshlanadi, biroq asar mohiyatan bu haqidagina emas. Fransuz xalqining ozodlik yo‘lidagi kurashlarini e’tirof etgach, muallif she’r davomida tasvir va talqin zamiriga boshqa yangi g‘oya va fikrlarni singdiradi. Chunonchi, fransuz jamiyatida ro‘y bergan hodisalarga nisbatan aytilgan “Qancha vijdon egalari qora pulga sotildi” degan fikr nainki fransuzlar hayoti, balki o‘sha davr Turkiston hayotiga ham daxldor ekanini keyingi misraning o‘ziyoq tasdiqlab turibdi. Yaxshi hayot, yangi turmush uchun qon to‘kkan qanchadan qancha qahramonlar “kofir”likda ayblandi, degan fikr bunga dalil. Bizda ilg‘or taraqqiyot yo‘liga kirgan, jadid g‘oyalarini ma’qullab, xurofot va bid’atga qarshi chiqqan, bu boradagi ayovsiz kurash ishtirokchilarini qadimchilar shunday deb ataganlar. She’r Oktabr to‘ntarishidan salkam yarim yil avval yozilgan. Bu vaqtda ham el-yurtni ochiqdan ochiq istibdoddan qutulishga chorlash mumkin emasdi. Shu bois shoir bu maqsadni ma’lum daraja yashirin tarzda: fransuz jamiyatidagi hodisalarga munosabatdan kelib chiquvchi saodatli yo‘lga chorlov sifatida talqin etadi. Cho‘lponning “Parij kommunasi” nomli she’ri Parij kommunasining 50 yilligi munosabati bilan 1921-yili yozilgan. Nazarimda, “Parij kommunasi” she’rida Cho‘lpon o‘z milliy maqsadlarini, Istiqlol g‘oyalarini ifodalashga, ilgari surishga intiladi. Taxtlar pishiq, qirollar baxti mustahkam edi, deb yozadi she’r avvalida muallif. Qullar o‘z o‘rnida. Podsholar ulug‘. Lekin Parij kommunasi sodir bo‘ldi-yu qirollikni, podshohlikni olqishlagan bayroqlar yuztuban ketdi. Qashshoqlar hokimiyatni qo‘lga oldi. Afsuski, uzoq ushlab turishning imkoni topilmadi. Hokimiyat hukmronlikni tezda qaytarib oldi… “Parij kommunasi”dagi bu poetik fikrlar Parij kommunasi bog‘liq tarixiy hodisalarnigina emas, shuningdek, “Turkiston muxtoriyati”ning ham boshidan kechgan hodisalarni yodga solmayaptimi?
Umr bo‘yi yosh to‘kmagan shod, ochiq, Yosh ko‘zlarni bu hukumat yoshladi.
Bu ko‘zlar nafaqat kommunalar, balki, ayni vaqtda, muxtoriyatning ham ko‘z yoshlari emasmi?
Yangi turmush qurmoq bo‘lgan faqirlar, Eskilikka qo‘rqinch kurash boshladi.
Mana shu o‘rinda shoir, nazarimda, asl muddaoga, jadid qahramonlar tasviriga yaqinroq kelgan. Ayniqsa, “eskilikka qo‘rqinch kurash boshladi”, deyilgan misra menga jadidlarning din niqobidagi xurofot va bid’atdan iborat eskilikka, bir tarafdan, qo‘rqa-qo‘rqa kurash boshlagani va, ikkinchi tomondan, yangi turmush qurmoqchi bo‘lgan jadidlar hukmron hokimiyatga qarshi qo‘rqinchli, dahshatli kurash boshladi, deb aytilayotgandek tuyuladi.
Biroq zulm, qorong‘ulik erlari, Ezuvchini, talovchini qo‘lladi.
Eziluvchi qashshoqlarni, yo‘qsilni, Ish boshida uzoq choqlar qo‘ymadi.
Bu poetik fikrlar ham yana xotiramizga Turkiston muxtoriyatini soladi. Agar she’r sarlavhasidagi, matnidagi bir, ikki marta ishlatilgan “Parij”, “Kommuna” so‘zlari e’tiborga olinmasa gap Turkiston muxtoriyati haqida ketmayaptimikan, degan xayolga ham boradi, kishi.
Asar nihoyasida quyidagi ikki misra keladi:
Bu kun shunda yonib turgan qizil nur, Parijdagi kommunaning aksidir!
Ushbu baytdagi so‘nggi so‘z xayolimda negadir takror-takror aylanaverdi: “aksidir” so‘zi “aks etdi”, “in’ikos” ma’nosini emas, “teskarisidir”, degan ma’noni bermayaptimikin, deb o‘yladim. Agar shunday bo‘lsa, she’r nihoyasidagi bir so‘z, asar tagzaminidagi yashirin ma’no asarga tamoman yangi mazmun yuklagan bo‘ladi. She’rda Parij kommunasi ulug‘lanyapti, u bostirilgan, bo‘g‘ilgan bo‘lsa ham, nuri hozirgacha o‘chmagan. Lekin shoir ko‘z oldida “yonib turgan qizil nur” (“qizil nur” obraziga alohida urg‘u qaratilishiga e’tibor bering) Parij kommunasidan taralgan adolat, ozodlik, erk, insonparvarlik, to‘kis hayot uchun kurash ma’nolarini ifodalovchi nur emas, uning aksidir demoqchi bo‘ladi, nazarimda. Cho‘lpon Oktabr to‘ntarishidan so‘ng e’lon qilingan tanlovga muvofiq, davrning bir guruh yetakchi shoirlari qatorida “Internatsional”ni o‘zbek tiliga o‘girishda ishtirok etdi. Jadidchilik harakatining faollari qatori Cho‘lponda ham “Internatsional” g‘oyalariga, yangi sho‘ro hukumatining balandparvoz va’dalariga ma’lum ma’noda ishonchi bor edi. U ham ko‘plar qatori uzoq vaqt orzu qilgan hurlikka erishamiz deb umid qilgandi. Lekin bu orzu-umidlar sarob ekani ma’lum bo‘la bordi va Cho‘lpon ijodida erk, ozodlik, istiqlol g‘oyalari millatparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan holda yanada kuchaydi. Bu kuchayish zamirini sho‘ro istibdodidan qutulish g‘oyalari tashkil etdi. Cho‘lpon “Internatsional”ni tarjima qilish bilan cheklanmay, “Qizil baynalmilal” she’rini yozdi. 1919-yil “Yurish marshi”ni e’lon qildi. Baynalmilalchilik harakati va g‘oyalari tufayli endi nainki Turkiston, balki umuman sharqda adolatga yo‘l ochiladi, chunki G‘arbda bir ulug‘ kuch bosh ko‘tardi, degan ishonchlar ko‘p o‘tmay barbod bo‘ldi. Natijada el-yurtni istibdoddan xoli ko‘rish shoir a’moliga, ijodining leytmotiviga aylana bordi:
Ul kuchdirkim, mazlumlarga yo‘l ochar, Zolimlarga na’ra tortar: O‘ch, o‘ch, o‘ch?!
Ejen Potyening “Internatsional”i Cho‘lpon ijodi, ayniqsa, she’riyati uchun besamar ketmadi, ayniqsa, pafos masalasida, asarlari hujayrasidagi po‘rtana, ozodlik va erkka da’vat poetik g‘oyalarning ifoda tarzi Cho‘lpon she’rlarida mustahkamlana borishida, nazarimda, “Internatsional” qabilidagi asarlarning o‘ziga xos o‘rni bor. Xususan, “El bayrog‘i” gazetasining 1919-yil 13-sonida bosilgan, Turkiston muxtoriyatini olqishlab yozilgan she’r va undagi ushbu parchalar bunga dalil bo‘la oladi:
Ko‘z oching, boqing har yon! Qardoshlar qanday zamon! Shodlikka to‘ldi jahon! Fido bu kunlarga jon!
Shoirning, ayniqsa, Muxtoriyat qo‘lga kiritilganini cheksiz olqishlashi, kelgusi hayotga katta umid bildirishi, milliy marshlar yangrashini orzu qilishi va bular tajassumidagi patetika o‘sha davr sho‘ro poeziyasidagi ayrim zo‘rma-zo‘raki, soxta balandparvozlikdan farqli o‘laroq zamondosh vatandoshlarning ko‘tarinki tuyg‘ulariga nihoyatda mos edi:
Muxtoriyat olindi, Ishlar yo‘lga solindi, Milliy marshlar cholindi, Dushman o‘rtansun endi…
Biroq, afsuski, shoirning ishonchga aylanish jarayonidagi umidlari chilparchin bo‘ldi. Sho‘rolar muxtoriyatni qonga botirib, istibdodni davom ettirdi. Cho‘lpon orzu qilgan ozodlik, tom ma’nodagi mustaqillik salkam yetmish besh yildan keyingina qo‘lga kiritildi.
Baxtiyor NAZAROV, akademik.
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



