07.03.2025 | 18:54
526
CHO‘LPON NIMA SABABDAN NEMIS TILINI JIDDIY O‘RGANISHGA KIRISHGAN?
Cho‘lponni 1912-yildan boshlab tanigan, 1918-yilning yozidan e’tiboran esa yaqindan bilgan Laziz Azizzoda ham uning rus-tuzem maktabini tugatganligi, otasi yordamida rus va o‘zbek muallim hamda mudarrislari qo‘lida xususiy yo‘l bilan tahsil ko‘rganini aytgan. Nomi yuqorida zikr etilgan Ulfat esa uning rus-tuzem maktabida juda yaxshi o‘qigani, hatto o‘n bir yoshida nemis, o‘n to‘rt yoshida fransuz tillarini binoyidek o‘rganganligi haqida ma’lumot bergan. Cho‘lponning nemis tilidan ozmi-ko‘pmi xabardor bo‘lganligi boshqa manbalar orqali ham ma’lum.

1926-1927-yillarda Cho‘lpon bilan Moskvada tez-tez ko‘rishib turgan Laziz Azizzodaning xotiralarida bu haqda quyidagi so‘zlarni o‘qiymiz.
“1927-yili, fevral oyining boshlari edi, Cho‘lpon mening bo‘limimga kirib keldi. O‘zi bilan bir nemis iti ham bor edi. Biz suhbatlashganimizdan keyin Moskvaning qoriga bag‘ishlangan quyidagi she’rini o‘qib berdi:
Kecha-kunduz qor…
Bu yerda falak:
Erka malak
Par sochib o‘ynar!
Bu yerda kuyosh
Juda erinchak,
Nozli kelinchak.
Bilgani o‘ynash!
Shunday ko‘rinib,
Jilmayib, kulib,
Bir o‘pich bermay,
Quchoqqa kirmay,
Yana ketadi,
Sitam etadi…
Shu paytlarda Cho‘lpon nemis tilini jiddiy o‘qir va uni o‘zlashtirib olishga qattiq kirishgandi. Kichkinagina bir bo‘lmasida haligi nemis itini saqlab, uning bilan nemischa gaplashardi. Iti Cho‘lponning gapini tushunar edimi, yo‘qmi, buni aniq aytish qiyin, biroq Cho‘lpon so‘zlaganda, iti uning yuziga tikilib, go‘yo tushungandek bir vaziyat olib turardi. Men Cho‘lpondan nemis tilini o‘rganishga bunday qattiq berilishining sababini so‘raganimda, u bunday deb javob bergan edi:
“Bizning Turkiston va Buxorodan Berlinga o‘qishga yuborilgan talabalarimiz mana shu yillarda o‘qishlarini bitirib, O‘zbekistonga keladilar. Biz, sho‘ro mamlakatida tarbiya olayotganlar, Berlinda o‘qib kelayotganlardan hech bir yokdan kam emasmiz… Ammo ular kelguncha bizlar nemis tilini yaxshi bilib olishimiz zarur”.
Naim Karimovning “Cho‘lpon” romanidan
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



