13.04.2024 | 06:29
308
GAPNING TO‘NI YOXUD QARG‘A BILAN CHO‘QISHGANLAR

Gapning ham to‘ni bo‘ladimi deysanmi, Landavur? To‘ni bo‘lmasa, eshitsang-chi! To‘xta, nervimga o‘ynamay tur, aytay! Mana, nimaymish, “Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi?” emish. Ja-a anoyini topibsanlar-a jarimaxo‘rlar! Bu gapni kim aytgan o‘zi, qachon aytgan o‘zi? Qaysi zamonda aytgan? Hozir qaysi zamonda yashayapsan? O‘zimizning Qo‘qon tomonlarda yangilik qilaman deb Yaypanning fayzini ketkazgan Qahhor temirchini behuda mahalladan badarg‘a qilishmagan shekilli, yo‘qsa uning o‘g‘li Abdulla sho‘ro zamonida yozuvchi-navisanda bo‘lib shunaqa gaplarni aytarmidi? O‘zi sho‘ro zamonida jarima kammidi? Hay, o‘tgan ishga salovat! Qahhor temirchining yozuvchi o‘g‘li Abdulla bu gapni aytgan shom chog‘ida tug‘ilgan bola oltmishdan oshib, yetmishni ko‘zlab, u yoq-bu yog‘ini yig‘ishtirib, oxiratini o‘ylayotgan bo‘lsa-yu, yana shu gap xuddiki bugun aytilgandek qo‘zg‘alib tursa? Bu qanday bedodlik? Nima deysan Landavur, Abdulla Qahhorga avliyolik nuqsi urib, ilmi ladundan xabar topganmikan? Yo‘q deydigan bo‘lsang, mundoq ko‘cha-ko‘yda el oyog‘i tinib, govgumdan tonggacha telvizo‘r ko‘radiganlardan so‘ra! Ularga ham ishonmasang, subhi sodiqdan qora kechgacha telvizo‘r bilan guftigo‘lashib, umrini behuda o‘tkazayotgan latta-bayovlardan so‘ra! Hay attang, Toshpo‘lod akaday avboshlar qolmadi! Ular aytishardi! Bu latta-bayovlardan ko‘ra o‘zim tuzuk. O‘zim aytsam, tunov kun Gulxaniy bobo “Zarbulmasal”ida kiftini kelishtirg‘on boshdin oyoq, oyoqdin bosh chiqar kezda xotun bilan navvot choyni o‘rtaga qo‘yib, ag‘dan-bag‘dan shirin suhbat qurib tursak, xotun tomdan tarasha tushgandek ko‘rib turganimiz “Milliy” telekanalining reklomasidagi gapni takrorlab: “Dadasi, Anzibal, tamoq og‘riganda, muhabbat bilan”, deydi xolos. Ob-bo, jin-pin chalmadimikan, bundoq og‘ziga qarasam, “muhabbat bilan” deganida tomog‘i taqillab ketyapti. Birdan achchig‘im chiqib, “Ho-oy nodon, o‘zingga o‘xshagan bu ahmoqlar doruni aytopti, doruni!” deb yuborsam, “Hay, man nimani aytdim?” deb, shart chiqib ketsa bo‘ladimi? Navvot choy ham qoldi. Xotunsiz tatirmidi?
Ey, bor-e deb telegromga kirsam, o‘lganning ustiga tepganday, “it halok bo‘ldi”, “hayotdan ko‘z yumdi” deb turibdi. It ham hayotdan ko‘z yumarkan, ularning nazdida inson maqomiga yaqinlashib qolibdi-da? Ob-havodan behrog‘i qolmadi, deb yana televizo‘r qarshisiga cho‘kkalayman. Havo haroratini emas, latifa aytyapman, deb o‘ylashadi chog‘i. Nima emishki, “havo sovuq darajaga tushishi mumkin” ekan! Qahratonda havo isirmidiki, darajasini aytmaysan, junbosh! Og‘ziga kelganini vaysaydiganlarni alqab tursam deng, “Akula tog‘ayi, kiyik shoxi”, deb alahsirash boshlandi… Yana emishki, chanqoqning ovozi chiqadig‘on bo‘libdi “chanqog‘ing yangroq bo‘lsin”ni eshitib, “astag‘furilloh” deb, yoqamg‘a tuflab qolsam.
Abdulla Qahhor tirik bo‘lganda ularning ta’zirini berishga kuchi yetarmidi yo asabi chidolmay o‘zini bir nima qilib qo‘yarmidi? Nima deysan, Landavur? Bir nima qilib qo‘yardi deysanmi? Ammo uyam temirdek qattiq, jim yurmay, bariga jarima soldirardi. Reklomdan topganini jarimaga berib, keyin tinchirdi! Soqqa kemasa ular ham bir balo bo‘larmidi, deysanmi? Emdi bunaqa tilini qarg‘a cho‘qigan telvizo‘rchilar o‘zlarini bir nima qilib qo‘yishsa man vinovat bo‘lmaymanmi? Nima deysan? “Anzibal”-ku, muhabbat bilan bir doru ekan, endi nima bo‘lsayam navvot choyning obro‘si ketmasin, xotunniborib ovutay deb tursam, qulog‘imga yana shu kanalning “Pinoloks” degan dorusiga “Qattiq muammoning yumshoq yechimi” degani olinib qolsami? Hay, kuchala yegan joyingga borib kuchanmaysanmi, bir ichketar dorusi ortidan pul topaman deb ona tilimizni, jonajon tilimizni buzib yotgan ochofatlar! Emdi bundaychangi narsalardan nainki “Milliy”ning milliyligini pardozlayotganlar, “Sevimli”ning suyuklisini qidirayotganlar-u “Zo‘r”ning zo‘rligini ko‘rsatmoqchi bo‘layotganlar ham ulgu olib yotishganini aytmasa ham bo‘ladi! O‘zimizning davlat kanallaridan qo‘ymasin! E, bu yog‘iga nima bo‘ldi? “Teringizga g‘amxo‘rlik qiladigan sovun “Oliviya”” degani nimasi ekan? Sovun g‘amxo‘rlikka o‘tsa, bizning payshanbaligimiz nima bo‘ladi? Ha-ay, attang! “Parda osish mening yelkalarimga emas ekan?” Sizning yelkalaringizga nima bo‘lmasa? Sizning yelkalaringizga nimaligini bilmay turib, parda osish sizning yelkalaringizga emas ekanligini qayoqdan fol ko‘ray?
E, attang! “Mavzuni boshqa yoqqa bur, Ovsar”, deysanmi Landavur? Emdi man sanga aytsam tunov kuni “Jadid”ni varoqlab tursam…
OVSAR
2024-yil 16-fevral 8-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



