23.10.2024 | 10:24
259
HAMID DALOVNI ESLAB
Olmoniyalik taniqli mutarjim Hamid Dalov O‘zbekistonda tug‘ilib o‘sgan. 1977-yili Toshkent davlat universitetining tarix fakultetini tamomlagach, ko‘p yillar turli tashkilotlarda ishlagan. 1992-yilda xorijga ketgan va Olmoniyada tarix fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Vatandan yiroq bo‘lsa-da, u o‘z yurtining tashvishlari bilan yashab, ilmiy tadqiqotlar olib borgan.

Taniqli mutarjim O‘zbekistonda o‘tkazilgan ikkita xalqaro anjumanda (2018 va 2021-yillarda) faol qatnashgan. 2016-yili nashr qilingan “Boburnoma”ning olmoncha tarjimasidagi mavjud xato-kamchiliklarni tuzatib, qayta ishlagan va to‘ldirgan holda qayta chop etgan. Ushbu tuzatishlarda Bobur hayotiga oid ayrim ma’lumotlar, jumladan, Boburning nasl-nasabi mo‘g‘ullarga emas, turkiylarga borib taqalishiga oid tarixiy haqiqatni tiklagan va yevropalik olimlarning chalkash fikrlariga chek qo‘ygan.
Ma’lumki, “Boburnoma” dastlab Bobur aytib yozdirgan turkiydan fors tiliga, undan Erskin va Laydenlar tomonidan inglizchaga, 1810-yilda Julius Klapprot va 1828-yilda Kayzer Amadeus tomonidan olmonchaga o‘girilgan. Umuman, bu jahonshumul ahamiyatga molik nodir asar dunyoning qirqqa yaqin tillariga tarjima qilingan. Jumladan, tarjimon Volfgang Stammlar 1980-yilda asarni fransuzchadan olmon tiliga qayta tarjima qilgan. Ushbu tarjimalarni atroflicha o‘rgangan Hamid Dalov “Boburnoma”ni akademik Sabohat Azimjonova yaratgan qisqartirilgan variantidan olmon tiliga o‘girgan edi.
Kamina “Boburnoma”ning to‘rtinchi tarjimasiga qo‘l urilishi sababini so‘raganimda, Hamid aka shunday degandi: “Barcha oldingi tarjimalarning birontasi asliyatdan emas, vositachi fors, fransuz, ingliz va hatto italyan tilidan amalga oshirilgan. Shu bois “Boburnoma”ning milliy xosligiga, ayrim tarixiy hodisalarning talqiniga, ayniqsa, shoh va shoir Boburning o‘ziga xos bayon uslubiga jiddiy putur yetgan. Tarixchi sifatida men bunga befarq qarab turolmadim. Nuqsonlarni bartaraf qilish uchun “Boburnoma”ning Anette Beveridge xonim tomonidan inglizchaga o‘girilgan tarjimasining Haydarobod nashridan foydalandim”.
Tarjimon ish davomida o‘zbek boburshunos va tarjimashunoslarining ilmiy ishlaridan, jumladan, professor Gʻaybulla Salomov va Nematulloh Otajonov qalamiga mansub “Jahongashta “Boburnoma” nomli monografiyasidan ham unumli foydalangan. Ushbu tarjimaning yana bir diqqatga sazovor jihati, kitob nihoyasida muhim suratlar va mavzuga daxldor ilmiy matnlardan iborat so‘ngso‘z berilgan. “Boburnoma”ning Dalov tarjimasi esa 2022-yilda qayta nashr etilgan.
Hamid Dalovning olmon tilidagi “Quyosh chiqmoqda” va “Quyosh botmoqda” nomli she’riy to‘plamlarida ham O‘zbekiston tabiati, madaniyati, urf-odatlari, milliy qadriyatlari mohirona tasvirlangan. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy a’zoligiga qabul qilingan edi.
O‘zbek tili va adabiyoti, tarixi va madaniyatini xorijda mehr va sadoqat bilan targ‘ib qilayotgan, Pforzheimda yashab ijod etgan taniqli tarjimon, doktor Hamid Dalov yaqinda vafot etdi. Uning asarlari, amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlari yosh avlodga bebaho meros bo‘lib qoldi.
Xurram RAHIMOV,
Olmoniyadagi Olmon-O‘zbek ilmiy jamiyati raisi, professor
“Jadid” gazetasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 43-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



