Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.08.2025 | 11:22

img454

HAQ SO‘ZGA SADOQAT

Usmon Azim katta adabiyotga o‘tgan asrning 70-yillarida yoniq ovoz bilan kirib kelgan, ilk she’rlaridanoq o‘z kuchiga ishongan kurashchan shoir sifatida o‘zini namoyon etgan edi. She’rlariga ko‘chgan jasorat, isyonkor ruh, haqparastlik, vatanparvarlik va millatparvarlik hamda erkka tashnalik shoir shaxsiga, uning asarlariga muxlislarda katta ishonch uyg‘otdi.

Davr ziyolilar, ayniqsa, ijodkorlardan xalq va millat taqdiri uchun kurashishni har doimgidan ko‘ra ko‘proq talab qilar edi. Bu vazifa esa vijdoni uyg‘oq, or-nomusi baland, dunyoda haqiqat uchun kurashadigan, haq so‘zni aytish ishtiyoqida yonganlar zimmasiga tushdi. Ular shaxsiy manfaatdan ko‘ra xalq saodatini ustun qo‘ydilar. Adabiyot va millat dardini kuylab, yonib ijod qildilar.

Jamiyatda turg‘unlik davridan keyin boshlangan qayta qurish yillarida Usmon Azim va tengdoshlarining ovozi yanada baralla yangradi. Chunki ular ijodkor jamiyatdagi barcha o‘zgarishlarga javobgardir, degan chaqiriqni o‘z vijdonlarining amri deb bilardilar.

Bu avlod qisqa muddat ichida adabiyotga yangi ruh bag‘ishlay oldi. She’rga munosabatni o‘zgartirishga, barqarorlashib qolgan siyqa fikrlardan, qotib qolgan she’riy shakllardan qochishga urindilar, haq so‘zni aytishga intildilar. Shu bois, kurashchan ruh va vijdonning shiddatli so‘zlardagi namoyishi ko‘pchilikning e’tiborini torta boshladi. Shoirning ushbu she’ri buning yorqin misolidir:

Osmonga ham otgum tosh,
Gunohkor bo‘lsa quyosh.
Gunohkor bo‘lsa quyosh,
Qaytib tushmagaydir tosh.

Osmon ham bo‘lib g‘anim,
Qaytib tushsa – ne g‘amim.
Bir tosh tushsa tushibdi
Tog‘day boshimga manim.

Usmon Azim ijodi mukammal adabiy borliq. She’riyatimizning, umuman, adabiyotimizning muhim qismi. Katta ijod maktabi. O‘zbek adabiyotini bu shoirning ijodisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uning turli mavzu, janr va shakllardagi asarlari jahon adabiyoti sathida olib qaralganda ham o‘rnak bo‘ladigan maqomda ekanligi anglashiladi.

1978-yili chop etilgan “Insonni tushunish” deb nomlangan ilk kitobidagi: “She’riyatni yurakdan siqib, kurashib, hayqirib yashash osonmi?…” kabi misralarida katta she’riyatga kirib kelayotgan shoirning o‘z yelkasiga, to‘g‘rirog‘i, o‘z yuragiga katta yukni – mas’uliyatni olayotganini va buni chuqur his qilib, anglab-tushunib yashay boshlaganini ko‘rish mumkin.

Keyingi – “Holat” kitobi (1979) esa shoir she’rlari diapazonining avval-boshdanoq keng bo‘lganidan, shunga moyillikning kuchliligidan darak berardi. Keyin chop etilgan o‘nlab she’riy kitoblari, nasr va dramalari jamlangan boshqa to‘plamlari uning haq so‘zga sadoqatini namoyon etib turadi.

Usmon Azim ijodi katta bir o‘zan – xalq og‘zaki ijodidan bahramand bir she’riyat. Baxshilarning so‘z va ohanglarida toblangan shoir orzularga to‘la qo‘shig‘-u dostonlarda kuylangan haqiqat va adolat, muhabbat, sadoqat, yurtsevarlik kabi motivlarni o‘z she’rlariga olib o‘tdi:

Haq gap uchun har bir ishga ko‘nadi el,
To‘g‘ri so‘zdan ko‘payadi, to‘ladi el.
Dordan qo‘rqib yolg‘on aytib turganim yo‘q.
Shoirlari yolg‘on aytsa, o‘ladi el…

Qahramonimiz o‘zbek she’riyatiga mutlaqo yangi bir ohang – baxshilar ohangini olib kirdi, deyish mumkin. Zamonaviy she’riyatda qadimiy ohanglarni bu asnoda qo‘llash Usmon Azim ijodi bilan bog‘liq adabiy hodisadir. Shoir xalq ijodiga xos mavzu va ohanglarni o‘z she’rlarida turli usullarda qo‘llaydi. “Baxshiyona”lardagi baxshi obrazi Usmon Azimning yana bir topilmasi. Shoir o‘z dardini Elbek baxshi, Elomon baxshi kabi xalqqa sevimli bo‘lib qolgan haqiqat elchilari tilidan kuylaydi:

Chinorlarga xassan, dedim,
Osmonlarga pastsan dedim,
Yulduzlarni qo‘lda tutib,
Tutganim yo‘q – mastsan, dedim…

Ayni paytda bu ijodkor har qanday katta shoir kabi dunyo madaniyati va adabiyotini har doim chuqur his etib turgan, uning o‘zaniga tushib ijod qilayotgan iste’dod sohibidir. U butun insoniyatga tegishli katta yaratiqlar – asarlar ruhini qayta idrok etib, o‘z she’riyatida ularga yangi mazmun beradi. “Hamlet”, “Otello”, “Brut”, “Orfey”, “Diogenga xat”, “Dedal va Ikar”, “Gladiator”, “Van Gog haqida hikoya”, “Akutagava” kabi she’rlari, “Xamsa”ga tatabbu” turkumi buni yaqqol isbotlaydi.

Butun insoniyatga tegishli deb bilganimiz “Hamlet” Usmon Azim ijodidagi muhim mavzu. Shoir bu timsol va unga aloqador mavzular yordamida erk haqidagi orzularini, hayot dissonanslari – tiriklik va o‘lim, haqiqat va yolg‘on, muhabbat va xiyonat, adolat va zulm singari azaliy va doimiy muammolarni taftish qiladi.

Usmon Azimda hamisha inson qalbiga kirib borishga, uni butun nozikliklari bilan his etishga va ifodalashga intilish kuchli bo‘lgan. Yillar o‘tgani sayin shoirning bu intilishi mahoratga aylandi.

Shoir o‘zigacha mavjud she’riyat an’analaridan, tajribalardan foydalandi. O‘z yo‘lini topdi, uni shakllantirdi, yuksak darajaga olib chiqdi. Ba’zan barqarorlashib qolgan fikr va tushunchalarga qarshi chiqdi, ularni o‘zgartirish uchun qo‘rqmay ilgariga intildi. Izlandi, tinmadi – yozaverdi. Shu bois bugun uning an’anaviy barmoq vaznida bitilgan she’rlari ham, aruz ohangidagi g‘azal va muxammaslari ham, oq she’r-u sochmalari ham faqat Usmon Azimga xos jaranglaydi. Ularning har birida, har bir misrada, so‘zda, hatto tovushlarda yolg‘oni yo‘q Usmon Azim yashaydi. Chunki shoir she’r izlab emas, o‘zini topish uchun she’r yozadi:

Hech qachon she’r izlaganim yo‘q,
Taqdirimni izladim faqat…

Ustoz ijodkor o‘zbek shoirlari ichida poeziyaning imkoniyatlaridan juda keng va unumli foydalangan shoir. U ko‘plab ballada, dramatik ballada, dramatik doston, she’riy yo‘lda bitilgan dramatik qissa kabi janrlardagi asarlari bilan har qanday janrning o‘zbek she’riyatida bemalol istifoda etilishi mumkinligini isbotladi – ularni milliylashtirdi. Dramatik balladalarida ertak va dostonlar qahramonlari hayotini yangicha talqinlarda rivojlantirib, ular vositasida inson zotining ma’naviyatini, ijtimoiy-axloqiy qiyofasini tasvirlaydi, qalb dramatizmi – iztiroblar tasviri orqali uni o‘z botiniga nazar tashlashga, o‘zini, dunyoni to‘g‘ri idrok etishiga undaydi. Kenja botir, O‘rtancha botir, To‘ng‘ich botir, Oq botir va Qorabotir, Malikayi Boshpari yoxud Elbek baxshi kabi ertag-u dostonlardan kirib kelgan qahramonlar balladalarda bugungi kunning muammolarini taftish etayotgandek. Aslida, bular hamma zamonlarda eng muhim deb qaralgan imon-e’tiqod, vatanni sevish, o‘z sha’nini qadrlash kabi masalalardir.

So‘z afsungarining ko‘pchilik she’rga sololmaydigan mavzularda ham so‘zni malolsiz, yayratib qo‘llashi, avvalo, voqeani butun mukammalligi bilan idrok etishida, voqea dramasini ko‘ra olishida, uni rivojlantirib qayta yaratishni bilishidadir. Shu bois Usmon Azim she’riyatda bir janrdan ikkinchisiga osonlik bilan o‘tadi, she’rdan nasrga yoki dramatik asarga ham xuddi shunday qiynalmay o‘tib ijod qiladi.

Shoirning nasrga, dramaturgiyaga qo‘l urishi tasodifiy emas. Zamonaviy o‘zbek she’riyatida voqelikni she’r darajasiga olib chiqib, uni lirik pafos bilan ifodalash va kutilmagan xulosalarga kelishda Usmon Azim darajasiga chiqib borish oson ish emas. Bunday ijodiy imkoniyat shoir she’rlaridagi dramatizmni kuchaytiradi – lirik qahramon va timsollarning kechinmalarga boy ruhiy olamini juda ham noziklashtirib tahlil qilishga yo‘llaydi. Ayni shu imkoniyat shoirni dramatik va nasriy asarlar yaratishga undagani aniq. Ijodining dastlabki davridan to shu kungacha yozib kelayotgani – “Baxshiyona”lar ham epik voqelikni lirik ko‘lamda ifodalash mahoratini namoyonidir.

Usmon Azim ayrim dramalarining mazmuni, fabulasini dastlab uning she’rlarida uchratamiz. “Bir qadam yo‘l”, “Kunduzsiz kechalar”, “Tong otgan taraflarda” kabi pesalarning qisqa badiiy tarhi shoirning she’r va hikoyalarida mavjud.

“Umrni baxshida etmoqqa bir narsa arzishini sezaman – ADABIYOT!” – degan edi shoir bundan ko‘p yillar oldin yozgan bir essesida. Umrni bag‘ishlagan yo‘l o‘zingni va o‘zgalarning uyg‘onishiga, o‘sib kamolga yetishiga, Haq yo‘lni topishiga ko‘mak bergan, quvonishiga, kuyib-yonishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, bu yo‘l sharafli yo‘ldir.

Bu sharafli yo‘ldagi katta ijodkor – O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimdan har doim kitobxon qalbiga yorug‘ nur olib kiradigan, ko‘ngilni o‘stiradigan yangi-yangi she’rlarni kutaveramiz.

Karomat MULLAXO‘JAYEVA

“Jadid” gazetasining 2025-yil 8-avgustdagi 32-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599