Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.01.2026 | 16:29

img3209

VAFO VA SADOQAT

Olmazor tumani Yangi Sebzor mahallasidagi mo‘jaz kutubxonada o‘tadigan tadbirga taklif etilgandim. Bu yerda kitoblarning ko‘pligi va rang-barangligi aqlimni shoshirdi. Hech joydan topa olmayotgan asarlarga ko‘zim tushganidan, sevinchim ichimga sig‘may ketdi.

Ushbu dargoh egasi Dilorom Hamdamova bo‘ladi. Dilorom opa naq 42 yil O‘zbekiston teleradiokompaniyasida ishlab, ko‘plab ko‘rsatuvlarni olib borgan. “Onalar maktabi” ko‘rsatuvi esingizda bo‘lsa kerak? Jurnalist pensiyaga chiqsa ham, ziyoli hech qachon pensiyaga chiqmaydi. Fidoyilik shunisi bilan ahamiyatliki, u mehnat daftarchasiga tushmaydigan mehnat va zahmatdan iboratdir.

Bundan bir qancha muddat avval qahramonimiz ko‘p qavatli uylar hovlisida kutubxona ochish harakatini boshlaydi. Avvalo, mahalladoshlar, ayniqsa, xotin-qizlar bo‘sh vaqtida yarim soat-bir soat kitob o‘qishi mumkin, qolaversa, shiddatli zamonda mutolaa ishtiyoqi bor, lekin tuman kutubxonasiga borolmaydiganlar qancha. Barchasini obdon o‘ylab ko‘rib, Olmazor tumani hokimligiga fikrini bildiradi. Tashabbus mutasaddilar tomonidan moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlanadi.

Dilorom opa faqat tashabbusni ilgari surmay, amalga oshishida ham jonbozlik ko‘rsatadi. Mahalla kutubxonasi fondining 90 foizi aynan opaning shaxsiy kutubxonasidan tashkil topgan. O‘zi esa kutubxonachi. Tengdoshlari kabi gap-gashtaklar-u sayr-sayohatlardan qolib, ikki mingta kitobga javobgar bo‘lish, ularni kitobxonlarga berish va qaytib olish, ta’mirlash, saqlash bilan band bo‘lish uchun odamga hazilakam hafsala, kitobga muhabbat va fidoyilik kerakmi? Opaning uyida ham doim stol ustida uch-to’rt ta kitob kelgan varag‘ida ochiq turar ekan.

Shu atrofda o‘tirgan ikki qizning suhbati qulog‘imga chalindi.

– Kitobni o‘qib chiqdim, endi topshirishim kerak, – dedi biri.
– Topshirish juda qiyinmi? – dedi ikkinchisi.
– Sen Dilorom opani bilmaysan-da, juda sinchkov kutubxonachi. O‘qigan asaring haqida gapirib berishing kerak. Bo‘lmasa, qayta o‘qitadi…

Bugungi kunda kutubxonada 500 nafardan ziyod kitobxon muntazam a’zo. Barchasi kitobni qaytarishda opaning imtihonidan o‘tadi. Hatto, o‘qituvchidan tortib, mahalla mutasaddilari ham asar mazmunini gapirib berishdan qocha olmaydi.

Shinam javonlarda qo‘r to‘kib turgan jahon va o‘zbek adabiyotining durdona asarlari bugun Yangi Sebzor mahallasi ahlining ma’naviy mulkiga aylangan. Bu yerda har kuni ko‘ngillilar ishtirokida tadbir uyushtiriladi. Bir kun tibbiyot xodimlari kelsa, ertasi kuni maktab, keyin bog‘cha, undan keyin nuroniylar, onalar, yoshlar, qo‘yingki, Dilorom opaning tadbirlar taqvimi juda tig‘iz, biror bo‘sh kuni yo‘q.

Suhbatda ayon bo‘ldiki, Dilorom Hamdamovaning ajoyib falsafasi bor: dunyoda shifokor va o‘qituvchining xatosi kechirilmaydi, xuddi shunday, kutubxonachining ham xato qilishga haqqi yo‘q. Nega? Chunki har bir olingan ma’lumot va taassurot bir umr xotirada qolib ketadi, odamning fe’l-atvoriga, dunyoqarashiga, xatti-harakatiga ta’sir o‘tkazadi. Qolaversa, so‘rovchiga noto‘g‘ri kitob berib qo‘ydingmi, tamom, uni bir umr mutolaadan sovutib qo‘yish mumkin. Shuning uchun kutubxonachi psixolog bo‘lishi shart.

Mahalla kutubxonasiga kirar ekansiz, doim issiq choy, qand tayyor turadi. Dastlab u choy ichishga undaydi har bir kitobxonni. Bir paytlar buyuk bobomiz, jadidlar otasi Mahmudxo‘ja Behbudiy ham Samarqanddagi “Behbudiya” kutubxonasida kitobxonlarni qaynoq shirin choy bilan siylagan ekan.

Yaqinda “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi tashabbusi bilan poytaxtimizda “Yoshlar tarbiyasiga mas’ulmiz” shiori ostida o‘tkazilgan “Buvijonlar maktabi” tadbirida Dilorom opa “Vafo va sadoqat uchun” nishoni bilan taqdirlandi. Menimcha, bu mukofot opaning o‘z kasbiga, ziyolilik burchiga vafosi hamda kitobxonlikka sadoqati tufayli berilgan.

Faxriddin BOZOROV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 9-yanvardagi 2-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img114

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img143

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img333