Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.09.2024 | 15:44

img329

HOZIRJAVOBLIK NAMUNASI

Joriy yilda O‘zbekiston Yozuv­chilar uyushmasi tomonidan yosh ijodkorlar-u talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qi­lish va ommalashtirish maqsadida talay ilmiy, badiiy, publitsistik ruh­dagi o‘qishli kitoblar chop etildi. Xususan, yaqinda Parijda o‘tkazilgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarida rekord natija ko‘rsatgan paralimpiyachilarimizning tarixiy g‘alabasiga bag‘ishlangan  “Olimp uzra hilpirar O‘zbekiston bayrog‘i” to‘plamining ikkinchi nashri chop etildi. Xabaringiz bor, kitobning ilk nashri “Parij – 2024” XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchilari­ning salmoqli muvaffaqiyatiga ba­g‘ish­langan edi.

Davlatimiz rahbari 13-sentyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Paralimpiya o‘yin­larida jasorat ko‘rsatgan O‘zbekis­ton sport delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv chog‘ida sportchilarga ushbu to‘plamni taqdim qilar ekan: “Bu ziyolilarimizning, shoirlarimizning sizlarga bo‘lgan yuksak hurmat va ehtiromi ramzidir”, dedi.

Qisqa muddatda hozirjavoblik bilan tayyorlangan mazkur kitobdan Prezidentimizning 2021-yil 5-noyabr­dagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi ­Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbe­kis­ton sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori, sport o‘yinlarida ulkan zafar quchgan shijoatli yigit-qizlarimizga yo‘llagan tabrigi, g‘olib­lar bilan telefon orqali muloqotlari hamda sportchilarimizga bag‘ishlangan she’rlar va atletlarning tarjimayi holi, muvaffaqiyatlari haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.

NOYOB MANBALAR

So‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston Yozuv­chilar uyushmasi tomonidan jadid­lik harakati namoyandalari va jadidshunoslar faoliyatiga oid no­yob manbalarni targ‘ib qilish va keng yoyish masalalariga ham alohi­da e’tibor qaratilmoqda. “Naim Karimov” ham­da “Boybo‘ta Do‘stqorayev za­mon­doshlari xotirasida” kitoblari shular jumlasidan. “Naim Karimov” tanlangan asarlar to‘plami taniqli millat fidoyisining tavallud sanasi munosabati bilan nashrga tayyor­langan bo‘lib, mazkur kitobga olimning Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon va Oybek hayoti hamda ijodiga bag‘ishlangan “Uch buyuk siymo” asari, shuningdek, O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir hayoti va ijodidan hikoya qiluvchi ma’rifiy-biografik romani kiritilgan.

Hali ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan arxiv ma’lumotlari-yu chuqur ilmiy tah­lilga asoslangan ushbu adabiy tad­qi­qotlar o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishdagi fidoyi farzandlari to‘g‘risida kitobxonga batafsil ma’lumot beribgina qolmay, o‘z vaqtida tarixiy adolatning tiklanishiga xizmat qilgani bilan ham diqqatga sazovordir.

“Boybo‘ta Do‘stqorayev zamon­dosh­lari xotirasida” kitobida esa taniqli jadid­shunos olimning ibratli ishlari, yuksak insoniy fazilatlari, el-­yurt manfaati yo‘lidagi fidokorona xizmatlari haqida so‘z boradi. Ushbu to‘plam orqali kitob­xonlar hukmiga havola etilayotgan xotira­larda milliy matbuoti­mizning tolmas tad­qi­qotchisi, ko‘p­lab iste’dodli shogirdlar tarbiya­lagan hassos pedagog Boybo‘ta Do‘st­qorayev ilmiy merosining yangi qirra­lari g‘oyat sinchkovlik bilan ochib beril­gan.

Jumladan, Xayriddin Sultonov, Abdul­la Oripov, Naim Karimov, Saydi Umirov, Mahmud Sa’diy, Ulug‘bek Dolimov, Hamidulla Boltaboyev singa­ri taniqli yozuvchi, shoir, olim, pub­litsistlarning sinchkov kuzatishlari ko‘p jihatdan kitob­xonlar uchun foydali bo‘lishi, shubhasiz.

Fozil FARHOD

MOZIY MANZARALARI

Qadimgi Rim shoiri Goratsiy she’rlarining birida shunday deb yozgan edi: “Hayot og‘ir mehnat va tashvishlarsiz sizga hech narsa hadya etmaydi”. Haqiqatan ham hayot o‘zining qanchadan qancha mashaqqatlari bilan insonlarning oldiga turfa xil sinovlarni ko‘ndalang qo‘yadi, bu orqali u bizni chiniqtirmoqchi, kuchli qilmoqchi bo‘ladi. Bu hayotning dolg‘ali sinovlariga chidagan inson ma’nan kuchli, ruhan tetik, qalban boy shaxsiyatga aylanadi. Aynan shunday ulkan shaxsiyatlar o‘z ortidan minglab insonlarni ergashtira oladi, eng og‘ir damlarda vataniga tayanch, millatiga suyanch bo‘ladi.

Yaqinda “Akademnashr” nashriyotida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi, tarixchi olim Bahrom Irzayevning “Namangan tarixidan lavha­lar” nomli kitobi chop etildi. Ushbu kitobda XIX asr oxiri va XX asrning birin­chi yarmidagi davr va ijtimoiy-siyosiy muhitning og‘ir talab­lariga qaramasdan Turkiston xalqining ong va tafakkurini kengaytirish yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan hamda ushbu yo‘lda aziz jonlarini fido etgan bir qator millat fidoyilarining shonli hayot yo‘li yoritib berilgan.

Kitobda Namangan shahri va viloyati hududida tug‘ilib o‘sgan jadid taraq­qiy­parvarlari, davlat va jamoat arboblari, shoir-u jurnalistlar hayoti, ularning ijodiy faoliyati hamda mustabid tuzum qata­g‘on siyosati oqibatida mahv etilishiga doir tarixiy voqea va hodisalar qalamga olingan.

Jumladan, pedagog va noshir Is’hoq­xon Ibrat, Turkiston Muxtoriyatining Maorif noziri va milliy istiqlolchilik harakatining rahbarlaridan biri Sayyid Nosirxon To‘ra Kosoniy, o‘zbek hajviy she’riyatining yetuk vakili Muhammadsharif So‘fizoda, “Sadoyi Farg‘ona” gazetasi va “Yurt” jurnalida o‘tli maqolalari bilan faol ishtirok etgan Abdullabek Musabekov, nafaqat O‘zbekiston, balki butun Turkiston o‘lkasidagi huquqshunoslik maktabining asoschisi Muhammadjon Mo‘minov, jur­nalist va “Nashri maorif” jamiyatining Namangan bo‘limi rahbari sifatida faoliyat olib borgan Lutfulla Olimiy, iste’dodli shoir va dramaturg Rafiq Mo‘min kabi bir qator millat fidoyilarining ijodiy mero­siga doir maqolalar va xotiralar ilk bor o‘quvchilar e’tiboriga havola etilgan.

Muslimbek ALIJONOV,
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti katta o‘qituvchisi, PhD

“Jadid” gazetasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 40-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img99

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img136

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img329