Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.05.2024 | 13:08

img496

MA’NAVIY TARBIYA NAMUNASI

Atoqli adib Chingiz Aytmatov o‘z davrida iste’molga kiritgan “manqurt” obrazi o‘tmishini unutishga mahkum qilingan sovet mustamlaka xalqlarining ayrim toifasiga ishora bo‘lib, zamon­ning eng mudhish fojiasi sifatida talqin etilgan edi. O‘zining Jo‘lamon, otasi Do‘nanboy, aymog‘i naymanligini unutgan qahramonda qandoq qilib el-u yurt mehri, Vatanga sadoqat hissi bo‘lishi mumkin? U bor-yo‘g‘i xo‘jayini kabi boshiga kokil qo‘yishni-yu, to‘yib ovqat yeyishni orzulaydi, xolos. Unga asli kimligini tanitish qayg‘usida zor-u zor qaqshayotgan onaizor ham batamom begona.

Vatanni onaga qiyoslaymiz. Shuning uchun ona Vatan deymiz. O‘z haqqoniy tarixini teran anglagan, bobolarini tanigan, ular bilan faxrlangan avlodgina Vataniga chinakam qalqon bo‘la oladi. Buning uchun xalqchil millatsevarlik g‘oyasi, ta’sirchan vatanparvarlik tarbiyasi zarur. Quruq pand-nasihatdan ko‘ra, amaliy ibrat yoshlar dunyoqarashini tezroq o‘zgartirishga qodirligini bugun hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Vatan uchun o‘z jonini qurbon qilgan ota-bobolar, urush yillarida sadoqat va matonat timsoliga aylangan onalar xotirasiga ko‘rsatila­yotgan yuksak ehtirom amaliy tarbiyaning eng ta’sirchan vositasidir. Yangi O‘zbekiston muhitida mana shu jihatlarga jiddiy e’tibor qara­tilyapti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabr­dagi “Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligini munosib nishonlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz poytaxti – Toshkentda yangi tarixiy ma’lumotlar va har jihatdan puxta ishlangan loyihalar asosida “Shon-sharaf” davlat muzeyi, “Mangu ja­sorat” va “Matonat madhiyasi” monumentlari tarixiy-badiiy eks­ponatlarini o‘z ichiga olgan qariyb 15 gektar maydonda muhtasham “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi barpo etildi. 2020-yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Gʻalaba bog‘ining tantanali ochilish marosimida davlatimiz Rahbari­ning “Bu betakror majmua qahramon xalqimizga munosib bo‘lib, ham me’moriy jihatdan, ham tari­xiy-ma’naviy jihatdan g‘oyat noyob va mahobatli obida bo‘lib qad rostladi”, degan so‘zlari xotira madaniyati­ning eng o‘zak masalasiga e’tibor­ning ilk debo­chasi edi. Prezident o‘tmishda kechgan har qanday hodisa­ning xalqimiz hayoti bilan bog‘liq ji­hat­lariga hurmat bilan yondashish kerakligini uqtirdi. Xalqqa bunday ehtirom xalq roziligining tarkibiy qismi sifatida odamlar qal­bida bu­gungi tinch-osoyishta kunlarga shukronalik tuyg‘ularini jo‘sh urdiradi.

Majmua xalqimizning sevimli ziyoratgoh maskaniga aylandi. Hozir bu yerga yurtdoshlarimiz, chet ellik sayyohlar kelishadi. Shu kungacha ular soni 2 million 200 ming nafardan oshdi. Olimlarning urush mavzusida to‘xtab qolayozgan ilmiy izla­nishlari “Gʻalaba bog‘i” tufayli jonlanib qoldi. Ellikka yaqin monografiya, kitob-albom, xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazilgan ilmiy anjuman materiallari, hujjat to‘plamlari yaratildi. Davr tarixiga tegishli yuzlab tarixiy fakt va dalillar ilmiy muomalaga kiritildi. Ikki million nafarga yaqin urush qatnashchisi­ning ro‘yxati tuzilib, bedarak ketgan yuzlab jangchilar taqdiriga oid ma’lumotlar to‘plandi. Gʻalaba bog‘i yurtdoshlarimiz, yoshlar uchun o‘ziga xos vatanparvarlik, shukrona maktabi bo‘lib qoldi. Bu yerda “Uch avlod uchrashuvlari”, xotira tadbirlari, tarix darslari tashkil etilmoqda. Ikkinchi jahon urushi­da ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi ko‘rsatgan jasorat va matonat tafsilotlari bilan yaqindan tanishishni istaganlar soni tobora ko‘payib borayotgani davlatimiz rahbarining tashabbusi juda uzoqni ko‘zlab hayotga tatbiq etilgan g‘oya ekanligini yana bir bor isbotladi.

2021-yili “O‘zbekiston” nashriyoti­da nashr qilingan “O‘zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida” deb nomlangan muh­tasham kitob-albomda bu urush Yangi O‘zbekis­ton tarixining ajralmas qismi ekani aniq fakt-raqamlar orqali aks etgan. Kitob-albom Prezidentimizning “Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan tarixiy g‘alabani ta’minlashda ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqi­ning qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Xalqimiz jang maydonlarida va front ortida ko‘rsatgan yuksak jasorat va matonatni tarix sahifalari­ga muhrlash, xotirlash va qadrlash maqsadida Gʻalaba bog‘i deb atalgan ushbu betakror va muhtasham majmuani bunyod etdik. Bugungi tinch va ozod, farovon hayotga erishish yo‘lida fidoyi ota-bobolarimiz namoyon etgan mardlik va jasoratni el-yurtimiz hech qachon unutmaydi. Ishonamanki, bu ulug‘vor majmua unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizni hamisha Vatanga muhabbat, mustaqillik g‘oyalariga sadoqat ruhida kamol toptirishda beqiyos ma’naviy tarbiya maktabi bo‘lib qoladi”, degan xalqimizning urush yillari­da ko‘rsatgan jasorat va matonatini anglatuv­chi so‘zlari bilan boshlanadi.

2018-yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bevosita tashabbuslari bilan Vatanimiz mustaqilligini yovuz kuchlardan himoya qilishda fidoyilik ko‘rsatgan mard va dovyurak o‘g‘lonlarimizning jasoratlari haqida hikoya qilguvchi “Mard o‘g‘lonlar nomi barha­yot” nomli xotira kitobi chop etilgan edi. Mazkur kitob xalqimizning botir, jasur va fidoyi farzandlari xotirasiga hurmat hamda ehtirom namunasi sifatida dunyoga kelgandi.

Janubiy operativ qo‘mondonligining xotin-qizlar va harbiy xizmatchilarning oilalari bilan ishlash bo‘yicha yetakchi mutaxassisi Hanifa Xadjayeva shunday dey­di: “Bu kitob yosh avlodga O‘zbekis­ton Res­publikasi mustaqilligini mus­tahkamlash, tinchlik va osoyishtaligini asrashga barcha birdek mas’ul ekanligini yanada teranroq angla­tish, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakl­lantirishga xizmat qiladi. Men faoliyat yuritayotgan Surxondaryo viloyati aholisi, ayniqsa, bu asarni g‘oyat qadrlaydi. Har gal harbiy qism va mahallalarda jamoatchilik kengashi uchrashuvlari­ni o‘tkazsak, albatta, nomi shiorga aylangan “Mard o‘g‘lonlar nomi barhayot” kitobi yodga olinadi”.

2023-yili Shavkat Mirziyoyev Termiz shah­ridagi “Yosh chegarachilar” harbiy-­aka­demik litseyida mustaqillik yillarida yurtimiz daxl­sizligini ta’minlash yo‘lida jonini qurbon qilgan qahramon vatandoshlarimiz­ning oila a’zolari bilan samimiy muloqot qilib, har qan­­day inson qalbini larzaga soluv­chi shunday so‘zlarni aytgan edi: “El-yurt uchun jonini fido qilgan o‘g‘lonlarimizni halok bo‘lgan, deyishga til bormaydi. Ular oilasi uchun, Vatanimiz uchun hamisha barhayot!”

Bunday fidoyi o‘g‘lonlar xotirasini abadiy­lashtirish, ularning oila a’zolariga har tomonlama g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va qo‘llab-quvvatlash davlatimiz, jamiyati­mizning doimiy e’tiborida. Prezidentimiz 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushi­da qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi munosabati bilan Gʻa­la­ba bog‘i yodgorlik majmuasiga tashrif buyurganlarida bunday fidoyi insonlarning xotirasini e’zozlash borasida amalga oshirilayotgan ibratli ishlarga ham alohida e’tibor qaratdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mustaqillik yillarida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tarkibida xizmat qilgan 600 nafar askar va zobitlar yurtimiz tinchligini ta’minlashdek sharafli burchini bajarish yo‘lida halok bo‘lishgan. Mamlakatimiz Prezidenti – Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tashab­busiga asosan Gʻalaba bog‘iga tu­tash hududda ana shu fidoyi insonlar sharafiga “Mustaqillik fidoyilari” deb nomlangan yangi yodgorlik majmuasi barpo etilmoqda. Bu yerda ularning ism-shariflari zarhal harf­larda bitilib, hayoti va fao­liyatiga oid ma’lumot va lavhalar zamonaviy texnologiya­lar asosida doimiy namoyish qilib boriladi. Kela­jakda bunday majmualarni viloyat mar­kaz­larida ham bunyod etish rejalashtirilgan.

Bunday mard va jasur insonlarning oila a’zolari, farzandlari, ota-onasi, yaqinlari davlatimiz rahbarining ushbu tashabbusidan juda mamnun. Prezidentimizning 2023-yil 13-mart kuni qabul qilingan tari­xiy Farmonida ona Vatanimiz himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida jonidan kechgan harbiylarning xotirasini e’zozlash, ularning oila a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha keng qamrovli chora-tadbirlar, imtiyoz va kafolatlar belgilab berildi.

Jumladan, halok bo‘lgan harbiy xizmatchining oila a’zolariga marhumning oxirgi egallagan lavozimi bo‘yicha maoshi va harbiy unvoni maoshi yig‘indisining 150 baravari miqdorida bir­yo‘la nafaqa to‘lash yo‘lga qo‘yildi. Halok bo‘lganda to‘lanadigan sug‘urta summasi esa bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida tayinlandi. Shuning­dek, bunday toifadagi kishilar uchun yana qator imtiyozlar yaratilgani ko‘pchilikni mamnun qildi.

Albatta, oilaning ustunidan ayrilgan insonlarning musibatini tasavvur qilish qiyin emas. Endilikda boshiga shunday ko‘rgilik tushgan oilalarga g‘amxo‘rlik qilish, tegishli idoralar tomonidan ularni otaliqqa olish tar­tibi belgilangani ham xalqimizga xos inso­niy­lik va bag‘rikenglikning yaqqol namunasi bo‘ldi, deyish mumkin.

Bunday xayrli chora-tadbirlar zamirida inson qadrini ulug‘lash tamoyili, xalqni rozi qilish siyosati mujassamdir. Chunki bu dunyoda insondan ko‘ra azizroq yaratiq, ­uning xotirasidan muqaddas tushunchaning o‘zi yo‘q. 

Iqbol MIRZO, Shoyim BO‘TAYEV

“Jadid” gazetasi 2024-yil 17-may 21-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600