Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.05.2025 | 12:31

img585

HUZURJONOV HAMMANI HAYRON QOLDIRDI

Xabaringiz bor, gazetamizning o‘tgan sonida sun’iy intellekt dasturi tomonidan o‘zbek tilida yozilgan ilk badiiy asar – “O‘zqir Sulaymon haqida hikoya” chop etilgan edi.

E’tiborli jihati, ushbu asar mushtariylarimiz o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Taniqli ijodkorlardan tortib, turli soha vakillari ham biz bilan bog‘lanib, bu mavzuda o‘z fikrlarini bildirishmoqda. Quyida ana shunday munosabatlardan ayrimlarini sizlarga ham ilindik. Gazetamizning keyingi sonlarida ushbu mavzu muhokamasini davom ettirish niyatidamiz.

Tahririyat bilimli dastyor

Generatsion bu hikoyada turli uslublar qorishiqligi yaqqol sezilib turibdi. Gʻoyalarni aytsangiz! Turkiy xalqlar birligi, qadimgi doston qahramoni ismi qo‘yilgan o‘g‘ilning bevaqt vafoti, zamonaviy assimilyatsiyalar, Turkiyada o‘zbek va qirg‘iz bayroqlarining hilpirashi… Tashbeh ham bor: “Og‘ir va achchiq xotiralar ustini qovjiragan o‘t-o‘lanlar qoplagan…”

Shu bilan birga, voqealar oqimida ustoz yozuvchining o‘tkir nigohi seziladi. Mavzu va tafsilotlar taniqli adib Xayriddin Sultonovga tegishli ekani mashqning hayotiyligini ta’minlabdi. Aslida ustozlar va shogirdlar an’anasi adabiyotimizda keng tarqalgan. Tetapoya qilayotgan vaqtlarimizda ustozlar ayrim g‘oyalarini bizlarga ilinardi. O‘sha syujetlar asosida o‘sib-ulg‘aydik, inson hayoti, ruhiyatining nozik jihatlarini ilg‘ashni baholi    qudrat o‘rgandik.

Ustozlar darajasiga yeta olmas-u, ammo ancha-muncha qalamkashni ortda qoldirishi ham turgan gap. Nuqul aqldan iborat bu generatorning paydo bo‘lishi badiiy asar yaratuvchilarini saralab, ijod kishilari oldiga qo‘yiladigan talabni azaliy marralariga yuksaltirib beradi. Insonning betakror ruhi, bilimi yorug‘ida jilvalangan voqelik va xulosalar aks etgan asarlar har qachongidan ham qadrliroq bo‘lib qoladi. Ijod dunyosiga qadam qo‘yayotgan yoshlarga ham tegishli: ular sun’iy dastyor taqdim etayotganlaridan ko‘ra hayotiyroq va o‘ziga xosroq asar yozishi kerak bo‘ladi. Xullas, haqiqiy zo‘rlargina “Neyroquljon”ning elagidan o‘ta oladi.

“Huzurjonov” timsolida millionlab odamlar o‘z shaxsiy yozuvchisiga ega bo‘ladi. Mumtoz mutafakkirlarimiz madh etgan moʻjizakor qalam barchaga nasib qiladi. Har kim unga o‘zidan kelib chiqib asar yozdirishi mumkin bo‘ladi. Shu sababli uni “ishlatish”ning etikasi, ya’ni axloqiy jihatlari dolzarblik kasb etadi, menimcha. “Neyroquljon”ning o‘zida bunday me’yorlar hozir ham bor, ammo axloq va e’tiqod masalalari haqida tobora ko‘p gapirilyapti – kim bilsin, yaqin orada milliy hamda umuminsoniy axloq va etika me’yorlari unga moslab qayta ko‘rib chiqilsa ajabmas.

Albatta, sun’iy zakoning sun’iy ilhomi charxlanib boradi. Bir necha yildan so‘ng “qo‘l-oyog‘i chaqqon”, o‘ta bilimli bu dastyor shevalarimizni ham, so‘zlarning hissiy jilolarini ham o‘rganib olishiga, ona tilimizda mukammal matnlar yarata boshlashiga shubha yo‘q.

“Jadid”imizga rahmat, sun’iy zakoni adabiyotimizga xizmat qildiribdi. Fanimiz, ilmimiz qatori el-yurt koriga yarayversin!

Isajon Sulton,
O‘zbekiston xalq yozuvchisi

EVOLYUTSIYA

Men bu asarni adabiyotdagi inqilob deb emas, ish uslubidagi evolyutsiya deb qabul qildim. Sun’iy intellekt hozircha ruhni his qilmaydi, lekin so‘zni his qiladi. U kechikmaydi, charchamaydi, tushkunlikka tushmaydi. U sizning g‘oyalaringizni tezda shaklga soladi, syujetga aylantiradi, xatolarni topadi.

Bu – yozuvchi uchun xatar emas. Aksincha, erkinlik.

Hozirgi kunda, ayniqsa, tezlik va miqdor talab qilinadigan jurnalistika, ssenariy yoki targ‘ibot sohalarida SI katta yordamchiga aylana oladi. U yozuvchi uchun dastlabki qoralama.

Albatta, har bir yangi texnologiyada bo‘lgani kabi, SIni ishlatishda ham estetik, axloqiy va adabiy mas’uliyatni saqlash shart.  

Menimcha, biz adabiyotni emas, ish usulimizni o‘zgartiryapmiz. Sun’iy intellekt esa bu jarayonda – hamkor. Ustoz emas, shogird emas. Yo‘ldosh.

“O‘zqir Sulaymon” kabi tajribalar adabiyotdagi har bir insonga savol qo‘yyapti: sen o‘z ovozingni qanday saqlaysan? Qanday yangilaysan? Va qanday yurishni davom ettirasan?

Javob hamisha insondan chiqishi kerak. Lekin Tangri tomonidan berilgan quvvat – ilhom bilan birga, mashinalarning energiyasi ham orqada tursa – bundan faqat foyda bo‘ladi.

To‘lqin Eshbek,
Yozuvchilar uyushmasi a’zosi

BU – KATTA QADAM

“Jadid” gazetasida chop etilgan “O‘zqir Sulaymon haqida hikoya”ni internet orqali o‘qidim. AQShda turkiy tilda so‘zlashuvchi fuqarolarning manfaatlarini himoya qilayotgan huquqshunos sifatida asar menga ikki jihatdan ta’sir qildi.

Birinchidan. Vatanimizda ilg‘or texnologiyalarning adabiyotgacha bo‘lgan sohalarga kirib borayotgani. Bu – katta qadam. Bu – men kabi yuzlab, minglab yurtdoshlarimiz uchun quvonchli yangilik.

Ikkinchidan. Bu texnologiyalar bilan bog‘liq huquqiy xatarlar va qonun hujjatlarida hali ta’rifi bo‘lmagan vaziyatlardir. AQShda bu mavzuda allaqachon sud presedentlari paydo bo‘la boshlagan. Masalan, OpenAI, Google yoki Amazon kabi korporatsiyalar yozgan kontentlar kimga tegishli, mualliflik kimga beriladi, shu haqda qonunchilik doimiy yangilanmoqda.

O‘zbekistonda esa hozircha SI (AI) orqali yaratilgan asarlar uchun mualliflik huquqi, gonorar, ma’naviy egalik kabi masalalar aniq va to‘liq yechimini topmagan. “O‘zqir Sulaymon…” kabi asarlar bu jarayonni tezlashtiradi.

SI ishtirokida yaratilgan asarlar uchun alohida huquqiy maqom ishlab chiqilishi lozim. Ya’ni “birgalikda yaratilgan asar” (joint-authorship) terminini qayta sharhlash kerak.

Nashr etuvchi va SIni boshqaruvchi shaxs o‘rtasida shartnomaviy munosabatlar qonuniylashtirilishi shart. Bu nafaqat gonorar, balki javobgarlik masalalari uchun ham zarur.

Va eng muhimi, SI orqali yaratilgan kontentlar adabiy jarayonlarga integratsiyalashganda, u milliy ma’naviyat bilan ham uyg‘unlashishi kerak.

Men “Jadid” gazetasini tabriklayman – sizlar birinchi bo‘lib buni amalda ko‘rsatdingiz. Bizning vazifamiz – jarayonni huquqiy jihatdan mas’uliyat bilan qo‘llab-quvvatlash.

Erkinboy  Abdullayev,
huquqshunos, AQShda “Eric Consulting LLC” huquqiy maslahat va xizmatlar agentligi rahbari, Ogayo shtatida Davlat notariusi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 9-maydagi 19-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600