Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.07.2025 | 14:34

img1824

IKKI O‘ZBEK YOSH IJODKORI XALQARO FESTIVALDA TAQDIRLANDI

Qozog‘istonning Oqtov shahrida joriy yil 7–9-iyul kunlari “Oqtov – 2025 Turkiy dunyo madaniy poytaxti” dasturi va Abay Qo‘nonboyev tavalludining 180 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan “Turkiy dunyo yosh qalamkashlari” xalqaro festivali turkiy tilli davlatlar qamrovida muhim adabiy voqelikka aylandi.

Festival TURKSOY xalqaro tashkiloti, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi va Oqtov shahar hokimligi hamkorligida tashkil etildi. Unda turkiy xalqlarning 20 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan ijodkorlari ishtirok etdi. Mazkur tadbirning maqsadi – turkiy adabiy aloqalarni kuchaytirish, yosh ijodkorlar o‘rtasida do‘stona munosabat o‘rnatish, iste’dodlarni kashf etish va ularni xalqaro miqyosda namoyon qilishdan iborat.

Festivalning asosiy qismini tashkil etgan Adabiy forum Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi rahbari Mereke Ko‘lkenovning nutqi bilan ochildi.  Forumda Oqtov shahar hokimi Abilqayir Baypaqov hamda TURKSOYning Qozog‘istondagi vakili Nishon- gul Qaratayevalar o‘z chiqishlarida festivalning ahamiyatini alohida ta’kidlashdi.

TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev o‘z tabrigida festival haqida shunday dedi: “Turkiy dunyoning turli mintaqalaridan kelgan yosh qalamkashlarni bir maydonda birlashtirgan mazkur festival faqat adabiy almashinuv emas, balki umumiy til, tarix va qadriyatlarga tayangan yagona madaniy makonni aks ettiradi. TURKSOY yosh iste’dodlarni har tomonlama qo‘llab- quvvatlashda davom etadi”.

Festival doirasida nasr, nazm va drama yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov ham o‘tkazildi. Unda Qozog‘iston, Turkiya, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Turkmanistondan jami 59 nafar yosh yozuvchi o‘z asarlari bilan ishtirok etdi. Saralash natijalariga ko‘ra, 12 nafar qalamkash g‘olib deb topildi.

Quvonarlisi shundaki, tanlovda ishtirok etgan ikki nafar o‘zbekistonlik ijodkor Javlon Jovliyev (nasr yo‘nalishida) va Shavkat Do‘st muhammad (drama yo‘nalishida) sovrindorlar qatoridan joy oldi.

– Festival ko‘p jihatdan o‘ziga xos bo‘ldi deb o‘ylayman, – dedi Shavkat Do‘stmuhammad. – Xususan, festival doirasida o‘tkazilgan ijodiy tanlov uchun hech qayerda e’lon qilinmagan asarlarning qabul qilinishida katta ma’no mujassam. Bunda tashkilotchilarning yangi adabiy asarlarni qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan xayrixohligi, ijodkorlarni yangidan yangi asarlarga rag‘batlantirish maqsadi aks etadi. Ta’kidlashim kerak, drama yo‘nalishida ishtirok etishning alohida mas’uliyati bor. Chunki bugun zamonaviy o‘zbek dramaturgiyasi puxta asarlarga ulkan ehtiyoj sezib turibdi. O‘ylaymanki, bu mukofot ko‘psonli o‘zbek drama yozarlarining katta ilhom olishiga sabab bo‘ladi.

Festival yakunida g‘oliblarga maxsus diplomlar, esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi. Ushbu forum, shubhasiz, yosh turkiy adiblarning birlashishiga, hayrat va g‘ayrat bilan yangidan yangi asarlar yozishiga ijodiy yo‘l ochadi.

Mirjalol MAHKAMOV,
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi yetakchi mutaxassisi

“Jadid” gazetasining 2025-yil 11-iyuldagi 28-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324