Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.09.2026 | 16:38

img869

ILM INSON UCHUN

Mamlakatimizda keyingi yillarda diniy ta’lim sohasida misli ko‘rilmagan o‘zgarishlar yuz berdi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan uchta oliy, bitta o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasasi, to‘rtta xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni sohada mazmun va sifat jihatdan yangi darajadagi islohotlarni boshlab berdi. 1971-yildan 2017-yilga qadar Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti ushbu yo‘nalishda yagona oliy ta’lim muassasasi hisoblangan bo‘lsa, qisqa davrda Buxoroda Mir Arab oliy madrasasi, Samarqandda Hadis ilmi maktabi, Surxondaryoda Imom Termiziy islom instituti va shu nomdagi madrasa ish boshladi. Ayni vaqtda besh yuz yillik tarixga ega Mir Arab oliy madrasasini al-Azhar darajasiga olib chiqish bo‘yicha ishlar boshlandi.

Yangilanishlarni Toshkent islom instituti misolida olib qaraydigan bo‘lsak, muassasamiz 2022-yildan kredit-modul tizimiga o‘tdi hamda HEMIS elektron ta’lim platformasiga ulanib, ta’lim jarayonlari to‘liq raqamlashtirildi. Institut ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar qilinib, so‘nggi yillarda mudarrislarning 26 nafari falsafa doktori (PhD), 2 nafari fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘ldi, ilmiy salohiyat 23 foizga o‘sdi. Yaqin oylarda yana 10 nafar tadqiqotchi dissertatsiya himoya qiladi. Asrlar davomida milliy madrasalarda shakllangan ta’lim tizimi hamda yetakchi xorijiy islom universitetlari tajribasini e’tiborga olgan holda, o‘quv reja va fan dasturlari yanada takomillashtirildi, mutaxassislik fanlari bo‘yicha yangi avlod darsliklari tayyorlandi hamda ta’limning uzluksizligi ta’minlandi.

Mutaxassislik fanlarini buyuk allomalarimizning moʻtabar asarlari, ularga yozilgan sharhlar va hoshiyalar asosida o‘qitish bo‘yicha “Xatmul kutub” an’anasi hamda ustoz-shogird o‘rtasidagi uzviylikni ta’minlovchi “Ijoza” berish tizimi tiklandi. Iordaniyadagi Xalqaro islom fanlari universiteti, Birlashgan Arab Amirliklaridagi Muhammad ibn Zoyid va Vasl universitetlari bilan memorandumlar imzolanib, diplomlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Misrdagi al-Azhar, Makkadagi Ummul Quro universitetlarida islom ilmlarini o‘qitishning zamonaviy metodikalari yaqindan o‘rganildi. Al-Azhar universitetidan malakali ustozlarning talabalarimizga saboq berishi, o‘qituvchilarimizning Saudiya Arabistoni, Misr va Turkiyadagi universitet va ilmiy markazlarda malaka oshirishi yo‘lga qo‘yildi. Ayni paytda institutimizda magistratura ta’limi 6 ta mutaxassislik bo‘yicha ochilgan. Ilk bitiruvchilar himoya jarayonida 52 ta ilmiy maqola va tezis nashr etgani – dastlabki amaliy natijalardan biridir. Ularning barchasi O‘zbekiston musulmonlar idorasi tizimida ish bilan ta’minlandi.

Albatta, faqat imkoniyatning o‘zi hali natija degani emas. Uni natijaga aylantiradigan asosiy kuch ustozdir. Ustozning vikipediya kabi dasturlardan farqi u faqat ma’lumot bermaydi, balki shaxsni tarbiyalaydi. Buning uchun zamonaviy pedagogdan, avvalo, talabani mustaqil fikrlashga o‘rgatish ko‘nikmasi talab etiladi. Bugun diniy bilim berayotgan pedagogning qo‘lida oddiy talaba emas, bo‘lajak olim, ulamo tahsil olyapti. Shu ma’noda, har bir mudarris “Men qanday dars beryapman?” va “Men qanday insonni tarbiyalayapman?” degan savollarni o‘ziga berishi lozim. Buyuk muhaddis va olim Abdulloh ibn Muborakdan: “Bizga ko‘p ilmdan ko‘ra, oz bo‘lsa-da, odob ko‘proq zarur”, degan mashhur so‘z naql qilinadi. Bilimli, ammo muomala madaniyati past mutaxassis jamiyatga kutilgan darajada foyda keltira olmaydi. Shuning uchun biz “ilm – odob – mas’uliyat” uchligini diniy ta’limning asosiy tarbiyaviy formulasi, deb bilamiz.

Joriy yil 1-noyabrda Toshkent islom instituti tashkil etilganiga 55 yil to‘ladi. Fidoyi ulamolarimiz ilk saboqlardanoq diniy va zamonaviy ilmlarni puxta egallagan mutaxassis tayyorlashni asosiy vazifa sifatida belgilagan. Bugun “zamonaviy ilm” tushunchasi ancha kengaygan. Endi uning doirasiga pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, axborot texnologiyalari, raqamli savodxonlik, sun’iy intellekt, xorijiy tillar, zamonaviy ilmiy tadqiqot usullari ham kiradi. Bugun biz bu vazifalarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishimiz zarur. Biz ajdodlardan uzilmaymiz, ammo faqat o‘tmish bilan ham yashamaymiz. Biz bugun ajdodlar merosiga tayanamiz va kelajak uchun mutaxassis tayyorlaymiz.

Bugun talaba faqat darslikka bog‘lanmagan. Uning qo‘lida smartfon bor. Demak, bir vaqtning o‘zida o‘nlab, balki yuzlab manbalardan axborot olishi mumkin. Ammo o‘sha manbalarga joylanayotgan bilim kim tomonidan qay maqsadda tarqatilyapti? Mana, muammo qayerda. Shu bois, diniy-ma’rifiy soha vakili o‘ta zakiy, hushyor va dunyoqarashi keng bo‘lishi shart. Shundan kelib chiqib, 2030-yilgacha nimalarni o‘zgartirish lozimligi haqida kengashib, eng muhim masalalarni aniqlab olganmiz. Bitiruvchining diplom olishi emas, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi bizning asosiy maqsadimizdir.

Bugun ilm-fan sohasini sun’iy idrok ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Sun’iy intellekt diniy ta’limga ham kirib kelmoqda. Biz bundan qo‘rqishimiz emas, undan to‘g‘ri foydalanish madaniyatini shakllantirishimiz kerak. Zero, bu tafakkur mahsuli talabalarga til o‘rganish, tarjima, bibliografik qidiruv, ta’lim materiallari tayyorlash, mustaqil ta’lim uchun katta yengilliklar beradi. Lekin bir qoida o‘zgarmasdir: sun’iy intellekt bu – diniy manba emas. Shuning uchun kelajak mutaxassisi texnologiyani biladigan, ammo texnologiyaga ko‘r-ko‘rona ergashmaydigan mutaxassis bo‘lishi darkor.

Bag‘rikenglik, moʻtadillik va ma’rifat an’anasi O‘zbekiston diniy-ma’rifiy maktabining muhim xususiyatlaridan biri ekanini yaxshi bilamiz. Imom Buxoriyning hadis ilmidagi aniqlik va mas’uliyat maktabi, Imom Moturidiyning aql va naql uyg‘unligi, Burhoniddin Marg‘inoniyning fiqhiy tizimlashtirish mahorati, Abu Muin Nasafiyning aqidaviy tafakkuri bizga shunday saboq beradi: diniy ilm – chuqur dalilga tayanadigan, tafakkurni rad etmaydigan va insonni ma’rifatga yetaklaydigan ilmdir. Shu bois, diniy ta’lim muassasasi bitiruvchisi o‘z dinini chuqur bilish bilan birga, boshqa mazhab va din vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘la olishi kerak. Bu – zamonaviylik emas, avvalo, bizning milliy diniy-ilmiy an’anamizdir.

Bugungi kunda jahonda minglab diniy ta’lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Biroq ularning bir nigohi doim Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston ilmgohlariga qaratilgan. Chunki, o‘lkamizdan buxoriylar, termiziylar, zamaxshariylar, moturidiylar, marg‘inoniylar, beruniylar, ulug‘beklar, xorazmiylar yetishib chiqqan. Bu shonli diyorda kamol topgan ulamo-yu fuzalolarga bashariyat hamisha muhtoj bo‘lgan. Bugun dunyo ahli Imom Buxoriy majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, ilmiy-tadqiqot markazlarimiz va oliy ta’lim dargohlarimiz ziyosidan bahra topmoqda. Ularning nigohida yangi avlod yutuqlaridan hayratni o‘qiymiz. Mana shu shukuh bardavom bo‘lishida biz, diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari vakillari munosib hissamizni qo‘shishimiz lozim. Zero, ilm ilm uchun emas, avvalo, inson uchun, el-yurt farovonligi uchun xizmat qilmog‘i kerak.

Fursatdan foydalanib, eng ulug‘, eng aziz bayram bilan barcha vatandoshlarni muborakbod etaman!

Uyg‘un GʻAFUROV,
Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori

“Jadid” gazetasining 2026-yil 28-avgustdagi 35-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599