Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.09.2024 | 17:38

img631

ISMOILBEK GʻASPRALI FENOMENI

Insondan dunyoda yaxshi nom, ezgu amallar meros qoladi. Bu dunyoda odamlarning moddiy va ma’naviy jihatdan baxt-saodatli hayoti uchun o‘z fikri, mol-dunyosi va joni bilan xizmat qilgan fidoyi shaxs­larning xayrli ishlari har doim yaxshilik bilan esga olinadi. Bugun vafotiga bir yuz o‘n yil to‘lgan Ismoilbek Gʻaspralini yodga olganda, shu donishmand jadid allomaning tarix oldida naqadar ulkan ishlarni bajargani xayoldan kechadi. Zero, o‘z amaliy faoliyati uchun “Tilda, fikrda, ishda birlik” degan muhtasham orzuni shior qilib olgan adibning turkiy olamga tarqatgan ziyosi, bebaho fikrlari, jadidona teran qarashlari barchaning yuragidan birdek o‘rin olgan edi.

 Bog‘chasaroy farzandi Ismoilbek Gʻasprali dorilfanodan dorilbaqoga rixlat qilganida, tabiiyki, shogirdlari qalbini cheksiz qayg‘u egalladi. Taniqli tatar ulamosi Rizouddin Faxriddin o‘zining “Sho‘ro” jurnalida: “Millatga, xalq va jamoatga xizmat etuvchilar ehtimol har vaqt bo‘lib kelgandir, biri ilm birla xizmat etgan bo‘lsa, ehtimolki ikkinchilari mollari va aqllari birla yordam etgandirlar. Lekin Ismoilbekning xizmati barokotli va juda foydali bo‘ldi. Ismoilbek bu millat uchun xayrli va nazirsiz bir xodim edi”, deb yozar ekan, Gʻasprali faoliyatiga umumiy nazar tashlaydi. Ayni damda Ismoilbek umrining oxirgi lahzalari to‘g‘risida bir qancha qimmatli ma’lumotlar keltiradi. Ma’lum bo‘lishicha, Ismoilbek 1914-yil 9-sentyabr kuni o‘z avlodlarini, yaqinlarini yoniga chaqirib: “So‘ylayajak so‘zlarimga diqqat etingiz, holim og‘ir, buning natijasi ushbu kunlarda anglashiladi, madomiki, tug‘ildikmi, bir kun, albatta, o‘lajakmiz, so‘zlarimdan mutaassir bo‘lmangiz, tug‘ilish tabiiy bo‘lg‘oni kabi, o‘lmak-da tabiiydir”, degan mazmunda so‘zlab, bir qancha vasiyatlar qiladi.

1914-yil 10-sentyabr kuni kechga borib, bemorning yuzi qibla tomonga burib qo‘yiladi. U ertalabgacha shu zaylda yotadi va soat sakkizlarda jon taslim etadi. Ertasi – juma kuni janozasi o‘qiladi. Unda besh-olti ming kishi qatnashadi.

O‘zbek jadidlarining rahnamosi Mah­mud­xo‘ja Behbudiydek yetakchi ziyolilar ham Ismoilbekni o‘zlari uchun ustoz, yo‘lboshchi va maslakdosh sanagan. Gʻasprali vafoti munosa­bati bilan turkiy dunyoning turli burchaklaridan afsus-nadomat, yig‘i-yo‘qlov tovushlari eshitildi. Marhumning yaqinlariga – Bog‘chasaroyga ta’ziya maktublari, telegram xabarlari tinimsiz borib turadi. Bu xususda dunyoning ko‘plab gazeta va jurnallari, xususan, tatar matbuotida bosilgan ma’lumotlarning son-sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Bu gapda mubolag‘a yo‘q. Chunki birgina o‘zbek matbuotida 1914-yilning sentyabri­dan noyabrigacha bo‘lgan, bor-yo‘g‘i ikki oy muddat davomida Gʻaspraliga bag‘ishlangan o‘nlab asarlar e’lon qilindi. Bu adabiy, ilmiy, ijtimoiy ruhdagi manbalarni shartli ravishda “Marsiya-she’rlar”, “Publitsistik maqolalar va xabarlar” tarzida tasniflash mumkin.

Turkistonlik jadidlar Gʻaspralini dastlab “Tarjimon” gazetasi munosabati bilan yodga oladi. Samarqandlik shoir Siddiqiy Ajziyning Orenburgda chiqqan mashhur “Sho‘ro” jurnalida 1913-yili bosilgan “Tashakkur va rijo” nomli she’rida millat ziyolilari – “anvori ittifoq, taraq­qiy ziyolari”ning xizmatlari ulug‘lanadi. “Yulduz”, “Ulfat”, “Taraqqiy” kabi matbuot nashrlari tilga olinadi. Muallif unda “Tarjimon” tufayli odamlar dunyo bilan oshno tutingani hamda fanniy tomoniga urg‘u berib: “Hal etdi mushkuloti fununning bayon ila”, degan misralarni yozgan edi.

Toshkentlik shoir Karimbek Kamiyning “Moʻta­bar “Tarjimon” va Ismoilbek Gʻasprali janob­lari ­haqqinda” sarlavhali she’ri “Oyina” jurnalining 1914-yil 19-fevral sonida bosiladi. Gʻasp­ralishunos Zaynobiddin Abdurashidov ma’lu­motiga ko‘ra, ushbu she’rni Kamiy 1898-yili yozgan va “Tarjimon”ga yuborgan. Gʻasprali­ning “Toshkandlik shoir Kamiyga” javob maqolasi (“Tarjimon” 1898. №41) da aytilishicha, muharrir o‘zlariga tegishli bo‘lgan bu maqtov she’rni gazetada berishga istihola qiladi. Gʻasprali vafotidan ancha avval yozilgan bu she’rda “cho‘q raso, fikri fasih” deb gazeta muharriri sifatlansa, “Tarjimon”ning o‘zida esa turfa xil xabarlar, ilm-fan, “odob-u maosh”­ga doir nasihatlar, hatto insonni shod-u xurram qiladigan latifalar chop etilishi she’riy yo‘sinda ta’kidlanadi:

“Har hurufi gul kabi, har nuqtasi g‘uncha misol,
Xush tomosha istayanlarg‘a guliston “Tarjimon”.

“Tarjimon” va gazeta muharririni shu zayl­da gul-u gulistonga qiyoslagan Karimbek Kamiy u zot vafotiga bag‘ishlab “Haqoyiqi ogoh, maorifi dastgoh, ustozi zamon, sohibi “Tarjimon” janobi Ismoilbek hazratlarining ruhi purfutuhlarina ittihof” deb nomlangan, uzun sarlavhali marsiyani yozadi. Zero, shoirning Gʻaspraliga munosabati sarlavhadayoq aks etgani aniq: ko‘pchilikning ustozi, haqiqatga oshno, maorifparvar; so‘ngra matnda “fardi zamon” ekani aytiladi.

“Jumlayi islom elig‘a rahbar-u ustoz edi,
Barcha shogirdonina erdi atodek mehribon.
Erdi ul zoti mukarram din-u millatga panoh,
Erdi ul zoti muazzam maqtadoyi moʻminon”.

Kamiy fikricha, u zotning bunday go‘zal sifat­lari – “madhu avsofi”ni juda ko‘p keltirish mumkin. Musulmonlar boshiga kelgan bu katta musibatni yengil ham sanab bo‘lmaydi, ya’ni “Jumlai islom elig‘a bu musibatdur kalon”.

Ta’kidlash kerakki, Gʻasprali vafotiga bag‘ish­lab marsiya-ta’ziyanoma ruhida yozilgan she’r­larda shoirlarning odamlarga, millat ahliga, mu­sul­monlar jamoasiga murojaat uslubi kuzatiladi.

Buxorolik Sadriddin Ayniy o‘z she’rida ustozidan, ya’ni “Ruhi avlodan judo, nuri musaffodan judo” bo‘lganidan faryod qiladi:

“So‘ylading, yozding, cholishding hech ma’yus o‘lmading
Yurt-u yer vayronaya do‘nmishdi obod aylading”.

Ismoilbekning beqiyos xizmatlaridan biri vayro­nalarni obod qilganidir. Umuman, bag‘ish­lov­lardan tazod san’atidan, ya’ni zulmatni oydin­lat­gani, vayronani obod etgani kabi ifodalar ko‘p ko‘zga tashlanadi.

Yuqoridagi she’rlarda bayon etilgan yurak dardlariga hamohanglik andijonlik 16 yoshli talaba Hamidiyning “Ma’rifatparvar bobomiz Ismoil Gʻasprali hazratlari haqqinda ta’ziyanoma­miz”, Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Mar­siya”, Abdulla Avloniyning “Adibi shahir Ismoilbek ­ruhina”, samarqandlik shoir Faxriddin Rojiyning “Ismoil­bek hazratlarig‘a”, Vasliy Samarqandiy­ning tojik tilida yozilgan qator she’rlarida ham o‘z ifodasini topgan edi.

Ismoilbek Gʻasprali vafotiga bag‘ishlangan publitsistik ruhda yozilgan adabiy maqolalar ham mualliflarning tuyg‘ulari, mahzun kay­fiyati va ayriliq­ning hayajonli nadomatlari bilan yo‘g‘rilgandir.

Hamza Hakimzoda Niyoziy ayni mavzudagi “Yavmul vafot” maqolasida Ismoilbekni: “O‘zini inson ekanligin haqiqiy ko‘z bilan ko‘rgandan beri butun Rusiya musulmonlari orasida maorif dengizini oqizmoq va toshzorlarni sabzazor etmoq murodida qarshidagi “sadd” bo‘lgan ba’zi nifoq, g‘aflat va jaholat kabi hisobsiz tizilgan eng zo‘r katta tog‘larni yolg‘iz o‘zi Farhod kabi ijtihod va g‘ayrat teshasi bilan buzib tekis qilg‘on zot-da bu marhum va mag‘fur Ismoilbek hazratlari edi”, deya ulug‘ladi.

Bulardan tashqari, o‘zbek davriy matbuoti “A.A.Z” (Ashurali Zohiriy)ning “Marhum Ismoil­bek qandog‘ ishlar qilgan?”, “K.A.” imzoli mual­lif­ning “Ismoilbek kim edi?”, “Q.Sh.S.” imzosi bilan karkilik muallifning “Ulug‘ bobom qayg‘usi” nomli maqolalari bosiladi.

Ta’ziya kunlarida “Tarjimon”da dunyoning to‘rt tarafidan kelgan hamdardliklar “Ta’ziya telegraflari” ruknida berib boriladi. Ular orasida Behbudiy Samarqanddan: “Kadaringiza ishtirok ediyorim. Janobi Haqdan sabr va tahlil niyoz ediyorim”, deb yuborgan qisqa xabari bor.

Xullas, o‘zbek matbuotida she’rlar va pub­litsistik maqolalarda ham, Bog‘chasaroyga yo‘llangan qisqa satrli ta’ziya maktublarida ham Ismoilbek Gʻasprali fenomeni, xizmatlari­ning qadri, yuksak insoniy fazilatlari tak­ror va takror yodga olinadi. Zero, bu “xodimul millat” shunday hurmat-ehtiromga munosib, betakror tafakkurga ega, bir necha yuz yillarda bir marta dunyoga keladigan dono, fidoyi va moʻtabar shaxslar qatorida turishga ma’nan haqlidir. O‘zbek jadidlari Ismoilbekni samimiyat bilan eslashdi, bag‘ishlovlarini chin yurakdan juda ta’sirli uslubda yozishdi. Aslida, Gʻasprali o‘giticha, ijod ahli qalamini ikki pullik quruq siyohdonga botirib emas, balki yuragiga botirib, yurak qoni bilan yozishi lozim, shunda boshqalarning vijdoniga yetib boradi. “Xalq birla aralashuvingiz shu ravishda bo‘lsinki, oralarida turgan vaq­tingizda ular sizni sevsinlar va ayrilgandan so‘ng siz uchun yig‘lasinlar” – Ismoil Gʻaspralining bu hikmati, anglami, falsafiy fikri o‘z hayot yo‘liga ham, bir yuz o‘n yil avval voqe bo‘lgan ayriliq on­lariga ham birdek taalluqlidir. Zero, biz bugun Ismoilbek Gʻaspralidan qolgan adabiy merosni hijja­lab o‘qib, ezgu g‘oya­larini, bebaho orzulari­ni chuqur anglashimiz va, albatta, xotirasini yod­ga olishimiz lozim.

Bahodir KARIM,
filologiya fanlari doktori,
professor

“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 38-sonidan


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604