18.10.2024 | 17:35
819
Toshkentda “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” madaniy meros haftaligi boshlandi
Poytaxtimiz tobora xalqaro madaniy muloqotlar shahriga aylanib bormoqda. Bugun Oʻzbekiston madaniy merosni oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati (WOSCU)ning anjumanlar zalida ish boshlagan “Sharq Renessanslari fenomeni: saltanatlar, dinlar, shaxslar va tamaddunlar” deb nomlangan madaniy meros haftaligi fikrimizning dalilidir.

Mazkur xalqaro anjumanning ochilishida Yangi Oʻzbekistonda davlat tomonidan fan, madaniyat va taʼlim sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli hamda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati toʻgʻrisida hikoya qiluvchi videofilm namoyish etildi.
Tadbir ochilishida soʻzga chiqqan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, Madaniy meros haftaligi muvofiqlashtiruvchisi Firdavs Abduxoliqov yigʻilganlarni haftalik davomida boʻlib oʻtadigan tadbirlarning qisqacha mazmuni bilan tanishtirdi. Shuningdek, Oliy Majlis Senati raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Sharqshunoslik instituti direktori Bahrom Abduhalimov, Tarix instituti direktori Azamat Ziyo, Madaniyat vaziri oʻrinbosari Murodjon Majidov qatnashchilar va barcha yigʻilganlarni oʻtkazilayotgan tarixiy anjuman bilan qutlab, mazkur tadbir yurtimiz hamda Sharq xalqlari tarixida muhim iz qoldirishiga ishonch bildirdilar.
Tanaffusdan soʻng anjumanning birinchi sessiyasi ish boshladi. Unda turkiyalik olimlar: Islom tarixi, sanʼati va madaniyati tadqiqot markazi bosh direktori oʻrinbosari Chingiz Tomar, Turkiya Qoʻlyozmalar instituti prezidenti Joshqun Yilmaz, Yaponiya Miho muzeyi maxsus ilmiy xodimi, fan doktori Sergey Laptev, BAA “Manara” markazi ijrochi direktori Baxita Ahmad al-Rumaytiy, Fransiya Milliy ilmiy-tadqiqotlar markazi tadqiqotchisi, islomshunos Karim Ifrak, Astronomiya instituti direktori, akademik Shuhrat Egamberdiyev, Berlin davlat kutubxonasi Markaziy Osiyo boʻlimi ilmiy xodimi Aysima Mirsultan anjumanda koʻzda tutilgan mavzular boʻyicha maʼruza qilishdi. Shuningdek, mavzuga doir loyihalar bilan tanishuv hamda muhokamalar boʻlib oʻtdi.
Haftalik tadbirlari davom etmoqda.
Gulchehra UMAROVA
KEÇA VA BUGUN
YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]
17.11.2026 | 16:01
53
TADQIQOT-ROMAN
“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]
17.11.2026 | 12:37
76
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
310



