Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.10.2024 | 11:23

img877

“Jadid” gazetasi bosh muharriri, Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo Fargʻona davlat universitetining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi

Joriy yilning 2-oktyabr kuni Oʻzbekiston xalq shoiri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni hamda “Shuhrat” medali sohibi, “Jadid” gazetasining bosh muharriri Iqbol Mirzo “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida Fargʻona davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tadbir davomida universitet rektori Bahodirjon Shermuhammedov “Maʼrifat ulashib” loyihasi mazmun-mohiyatini yoshlarga singdirishda, yosh avlodni tarbiyalashda ulkan hissa qoʻshayotgan va ibrat koʻrsatayotgan ustoz shoir Iqbol Mirzoning aynan mazkur oliygoh talabasi boʻlganini eʼtirof etib, universitet Kengashi qarori bilan Oʻzbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoga Fargʻona davlat universitetining faxriy professori unvonini topshirdi.

Uchrashuvda soʻzga chiqqan xalqimizning suyukli shoiri Iqbol Mirzo dastlab FarDU ustozlarini Ustoz va murabbiylar kuni bilan tabrikladi va sharafli kasb egalarining fidokorona mehnatlarini oʻz sheʼrlari orqali ifoda etdi.

Shoir mazkur oliy taʼlim muassasasini “eng yaxshi ilm maskani” deb taʼriflar ekan, universitetda oʻtgan talabalik davri, ustozlari, qadrdon kursdoshlarini yodga oldi.

Tadbirda 10 mingdan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdi.


KEÇA VA BUGUN

YAQIN ÖTMIŞDAN “ERTAK”LAR Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar, ayniqsa, inson qadrini e’zozlaşga qaratilgan ezgu va oliyjanob işlar hammaning tilida, dilida. Kuni keça ham şunday böldi – bir davrada bugungi özgariş va yangilanişlar xususida söz ketdi. Har kuni bir yangilik, har kuni bir yengillik bölayotgani suhbat mavzusiga aylandi. Gurungda yoş döstlarimiz ham bor edi. Biz börttirmay, […]

17.11.2026 | 16:01

img143

TADQIQOT-ROMAN

“Yaldo keçasi” asarini tadqiqot-roman sifatida baholaş mumkin. Çunki bu asar juda katta badiiy xomaşyoni qamrab olgan. Romanga asos bölgan material şu qadar keng qamrovliki, uni qamrab oliş va bemalol yayrab badiiy asar yozişni tasavvur qiliş qiyin. Ana şu çek-çegarasiz materialni ipidan ignasigaça diqqat-e’tibor bilan örganib çiqiş, saralaş, muhimlarini nomuhimlaridan ajratiş, har birini badiiy asar matniga […]

17.11.2026 | 12:37

img124

“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img343