Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


18.04.2024 | 19:02

img1828

JADID PEDAGOGIKASI

Milliy o‘zlikni shakllantiradigan uchlik – o‘tmish, bugun va kelajak hamma davrlarda ham zamonning ziyolilari, xalqning kelajagi uchun qayg‘uradigan fidoyilarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Ayni kunda ham bu haqiqatni yanada teran anglash, yangi rivojlanish bosqichida boy milliy tajribadan samarali foydalanish masalasiga davlat darajasida katta ahamiyat qaratilmoqda. Avvalo, Renessans pedagogikasi tarixiga qisqa nazar tashlasak. O‘zbekiston hududida birinchi Renessans pedagogikasi Sharqda pedagogik fikrlar rivoj­lanishi uchun katta hissa qo‘shgan Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylar nomi bilan boshlanadi. Yevropa va Amerikada XX asr­ning 50-yillarida paydo bo‘lgan insonparvarlik pedagogikasi aslida Sharqdagi ilk Uyg‘onish davri pedagogikasining tub mohiyati va ne­gi­zini tashkil etgan. Ikkinchi Renessans pedagogikasining pay­­do bo‘lishi va taraqqiyoti esa temuriylar saltanati bilan bog‘liqdir. Bu davrda yashab ijod qilgan Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Boburning faoliyati va ­ilmiy-pedagogik qarashlari tahsinga sazovordir. Mirzo Ulug‘bek o‘z davrida uchta (Buxoro, Samarqand va Gʻijduvonda) madrasa qurdi­rib, oliy ta’lim tizimini tubdan isloh qilgan. Mirzo Ulug‘bek madrasalaridagi ta’lim olish uch bosqichni (anda, aust, a’lo) o‘z ichiga olib, diniy va dunyoviy bilimlarni mukammal o‘rgatuvchi chinakam ma’nodagi oliy ta’lim muassasasi namunasi bo‘lgan. E’tibor qaratilsa, bugun jahonda oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash bosqichlarining (bakalavr, magistr, doktorantura) yorqin namunasi Mirzo Ulug‘bek tomonidan ilk bor amalga oshirilganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Yurtboshimiz ta’kidlab o‘tganlaridek, mamlakatimizda “Uchinchi Renessansni yigir­man­chi asrda ma’rifatparvar jadid bobolarimiz amalga oshirishlari mumkin edi. Nega deganda, bu fidoyi va jonkuyar zotlar butun umrlarini milliy uyg‘onish g‘oyasiga bag‘ishlab, o‘lkani jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, millatimizni g‘aflat botqog‘idan qutqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etganlar va shu yo‘lda o‘zlarining aziz jonlarini ham qurbon qildilar. Ular “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q va bo‘lmagay” degan hadisi sharifni ha­yotiy e’tiqod deb bildilar”. Uchinchi Renessansga erishish o‘z nav­ba­tida, yangi Renessans pedagogikasini yara­­­tish­­ni talab etadi. Bu esa milliy Uyg‘onish peda­­gogikasi atoqli vakillarining ilmiy-pedago­gik, adabiy merosini chuqur o‘rganish hamda innovatsiya va tarixiy taj­ribani uyg‘unlashti­rishni taqozo qiladi. Milliy Uyg‘onish pedagogikasining asos­chilaridan biri Abdulla Avloniydir. Ma’lumki, jadidlarning asosiy maqsadini “Turkistonni fa­qat ilm-u ma’rifatgina ijtimoiy-madaniy, siyosiy-­iqtisodiy tang­likdan xalos etadi”, degan bosh g‘oya tashkil etgan. Ana shu sababli ular o‘z qarashlarini xalq ichida keng targ‘ib qilish maqsadida ona tilida ta’lim beradigan yangi usul maktablarini ochishgan, maktablar uchun darsliklar yozishgan, gazeta-jurnallar chop ettirishgan, teatr truppalarini tashkil qi­lish­gan. Bir so‘z bilan aytganda, ta’lim-tarbiya sohasiga innovatsiyalarni joriy etish yo‘lida jonbozlik ko‘rsa­tishgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonovlarning izdoshi sifatida Abdulla Avloniy jadid ma’rifat­chiligini yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, ilmiy peda­gogikani milliy ta’lim-tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari bilan boyitish, ta’lim­ning xalq­chilligi va ommaviyligiga erishish kabi masa­lalarga e’tibor qaratganligi yangi Renessans pedagogikasining ustuvor yo‘nalishlari bilan hamohangdir. Abdulla Avloniy 1913-yilda nashr ettirilgan “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida “Pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir”, deb bu fanga o‘zbek ziyolilari orasida birin­chi bo‘lib aniq va to‘g‘ri ta’rif bergan. Olimning fikricha, tarbiya orqali “vujud quvvatlanadi, fikr nurlanadi, axloq go‘zallanadi, zehn ravshanlanadi”. Shuning uchun u tarbiyani bola tug‘ilgan kunidan bosh­lamoq kerakligini uqtiradi. Bolaga badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi, axloq tarbiyasi berilib, uni yaxshi xulqlarga o‘rgatib, ilmli qilmoq lozimligini alohida ta’kidlab o‘tadi. Tug‘ub tashlov ila bo‘lmas bola,    bo‘lgay balo sizga, Vujudi tarbiyat topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga, – ­ deb tarbiyaning inson hayotidagi o‘rnini yuqori baholaydi hamda o‘z asarida pedagogikaning yo‘llari va vositalarini ham bayon etadi. Yangi Renessans pedagogikasining konseptual g‘oyalari o‘z ifodasini topgan “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”ni amalga oshirishning birinchi bosqichi ham olimning qarashlari bilan hamohangdir: oilalarda (ikki davr asosida: birinchi­­si – homila davri, ikkinchisi – bola tug‘ilganidan uch yoshgacha bo‘lgan davr). “Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi”­da tarbiyaga kompetensiyaviy yondashuv masalasi ilgari surilgan. Abdulla Avloniy esa o‘z davrida mazkur tushunchani “odat” atamasi orqali quyidagicha talqin qilgan: “Yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, odatlanish natijasida vujudga keladi. Yaxshi xulqqa ham odat tufayli erishiladi”. Renessans pedagogikasining ustuvor yo‘nalishi hisoblangan mahalla va oilaning tarbiyaviy imkoniyatlari to‘g‘risida ham pedagog olimning qarashlari diqqatga sazovordir. Avloniy ta’kidlab o‘tganidek, “Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste’dod va qobiliyatni, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan bo‘lur. Qush uyasida ko‘rganini qilar”. Olimning valeologiya (sog‘lom turmush tarzi) haqidagi qarashlari ham mutlaq haqiqat bo‘lib, hech qanday izoh va tahlilga ehtiyoj sezmaydi: “Badanning salomat, quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng kerakli narsadur. Chunki o‘qumoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz jasad lozimdur”. Olim o‘z fikrini davom ettirib, poklikning shaxs aqliy qobiliyatiga va hissiy holatiga ham ta’sir ko‘rsatishiga doir aniq dalillarni keltirib o‘tadi: “Poklik zehn-u idrokingni keng o‘tkur qilur. …Pok­lik musulmonlig‘ning ildizidur”. Renessans pedagogikasi uchun xos sanogen, ya’ni sog‘lom fikrlashni rivojlantirish masalasi ham olimning e’tiboridan chetda qolmagan. Uning fikr tarbiyasi haqidagi qarashlari zamonaviy pedagogik-psixologik fanlarda tafak­kurning alohida turi sifatida e’tirof etilayotgan sanogen va patogen fikrlashga berilayot­gan ta’riflarga har jihatdan mos keladi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqat­la­ri­ga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqad­das bir vazifadur… Fikr agar yaxshi tarbiyat topsa, Xanjar, olmosdan bo‘lur o‘tkur, Fikring oyinasi olursa zang, Ruhi ravshan zamir o‘lur, benur”. Abdulla Avloniyning ilm-ma’rifat va axloq­qa doir fikrlari juda chuqur tahlil va talqinni talab etadi. Muhtaram Prezidentimiz har bir maktab binosida yozib qo‘yilishi shart ekanligini alohida ta’kid­lagan, olimning pedagogik qarashlarini yaxlit tarzda o‘zida aks ettirgan quyidagi g‘oya esa hech qachon o‘z zalvori hamda ahamiyatini yo‘qotmaydi: “Tarbiya biz­lar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”.

Begzod XO‘JAYEV,

pedagogika fanlari doktori, professor

“Jadid” gazetasi 2024-yil 5 -aprel 15-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605