Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.05.2024 | 13:29

img709

JADIDLARNING MILLIY QO‘SHIN HAQIDAGI ORZUSI

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda milliy armiyani isloh qilish, harbiy kadrlarni tayyorlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda armiya va xalq birligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-­harakatlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimini faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan mustahkam irodali yoshlar bilan to‘ldirish imkonini bermoqda.

Ayni paytda mazkur yo‘nalish­dagi ishlar samaradorligi­ga bog‘­liq bo‘lgan ko‘plab dolzarb masalalar mavjud. Bino­barin, Prezidentimizning 2018-yil 4-av­gustda qabul qilingan “O‘z­be­­­kiston Respublikasi Qu­rolli Kuch­lari harbiy xizmatchi­la­ri­ning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshi­rish tizimini tubdan takomillash­ti­rish to‘g‘risida”gi qarorida belgi­langan vazifalar hamda 2024-yil 14-yanvardagi Vatan himoya­chi­lari kuniga bag‘ishlangan yig‘ilish­da davlatimiz Rahbari tomonidan berilgan konsep­tual top­shi­riqlar ijrosini ta’minlash maq­­sadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shu kunlarda Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Qata­g‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tomonidan imzolangan qo‘shma qarorga asosan, o‘tgan asr boshlarida kechgan milliy ozodlik kurashlari davomida yurt mudofaasini ta’minlash borasida qilingan ishlar hamda jadid bobo­larimizning harbiy sohaga oid qa­rashlarini o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilingan.

Ushbu yo‘nalishdagi izlanishlar orqali Vatanimiz istiqloli va xalqimiz ozodligi yo‘lida mardona kurash olib borgan va mustabid tuzum davri­da qatag‘on qilingan harbiy ja­did­lar faoliyatini chuqur o‘rganish va ularning xotirasini abadiylashti­rish nazarda tutilgan. Bunday fidoyi, vatanparvar bobolarimizning sharafli hayoti va faoliyatini keng targ‘ib qilish orqali bugungi yoshlar qalbida ular bilan faxrlanish, milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ulari­ni yanada kuchaytirish mumkin. Qo­laversa, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi fondini yangi, noyob ma’lumotlar bilan boyi­tish­ga erishiladi.

Ishchi guruh qisqa fursatda harbiy sohamiz tarixini o‘rganishda muhim hujjatlarni izlab topdiki, bu manbalar kelgusida ushbu yo‘nalishda ko‘p­lab tadqiqotlar olib borishga zamin yaratdi. Ularning ayrimlari xususida quyida mulohaza yuritamiz.

Shubhasiz, avvalboshdan jadid ta­raq­qiy­parvarlari yurtimizda milliy ­armiya barpo etish orzusi bilan yashagan edi. 1917-yilgi siyosiy bo‘hronlarda Mah­mud­xo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdu­rashidxonov, Abdulla Avloniy shu maqsadda juda katta sa’y-­harakatlarni amalga oshirganlar. Xususan, Turkiston muxtoriyati e’lon qilingach, o‘lkamizda milliy armiya safiga yozilish tashviqoti boshlandi. 1918-yil 17-yanvar kuni Toshkentda “Ishchilar dunyosi” jurnalining 2-sonida Gʻulom Zafariy imzosi bilan chop etilgan “Quvvatimiz askardir” maqolasida shunday so‘zlar bitilgan: “Himmatparvar turkistonlilar! Biz turkis­tonlik turk bolalari Muxtoriyat e’lon etdik. Endi Muxtoriyatimiz barqaror o‘lsun desak bizga quvvat lozim. Ul quvvat askarlikdir. Quvvatimiz bo‘lgan askarlikka jon dil ila boqub, qalbimizni unga tuhfa etaylik. Aslo unutmaylik. Och, suvsiz tursak ham boshqa bir narsaga qaramasdan faqat qahramon askarimizi tushunaylik! Zero, bu islomiyat, bu turklik, bu millat buning ila yashaydir. Buning ila buyuk bo‘ladir. Buning ila shon beradir, buning ila hayot bo‘ladir, buning ila muzaffariyatga noil o‘lub jahonni titratadir. Buning ila ajdod atomiz bo‘lgan fotihlarning, qahramonlarning ruhlarini shod etaylik, moziyimizni xotira keltirib istiqboli­mi­zi ta’yin etaylik”, degan da’vat bilan bosh­laydi. “…Uyi­mizda kiyim-kechak, uy asboblarimizni orttirmoqqa hara­kat etmay quvvatimizni orttirmoq­qa harakat etaylik. Ipak, qimosh va bosh­qa narsalarda iqtisod etaylik, sandiqlarni, xaltalarni, yuklarni to‘ldirmakka g‘ayrat etmay, quvvatimizni to‘ldirmakka g‘ayrat etaylik. Qimmatlik narsalarga, ya’ni olmosga, javohirga, zumradga, marjonga, yoqutga va kumush asboblarga oltunlarimizni berub sandiqlarga hibs etsak bularning na davlatga, na millatga, na Vatanga, na askarga foydasi bo‘lmas. Sandiqlarda shundoqcha qolar. Balkida egasiga-da foyda bo‘lmas”.

Shu tariqa maqola muallifi yoshlarni askarlikka, boylarni esa unga homiylik qilishga da’vat qiladi.

“Ishchilar dunyosi”ning 1918-yil 1-fev­ral 3-sonida “Milliy askar” rukni os­tida “Hozirda Xo‘qand shahrida ras­miy suratda qo‘liga yarog‘ tutgan milliy askar va militsiyamiz bir ming chamasi bo‘lgan edi. 9-yanvar kuni mullo Abdurazzoqboyning bog‘ida shular­ning “ko‘ruv”i (manyovr) yasal­di. Bu “ko‘ruv”ga Muxtoriyatlik Tur­kistonning muvaqqat hukumati a’zolaridan Islom afandi Shoahmedov bilan Ubaydulla afandi Xo‘jayev tashrif buyurgan edilar. Bu yigitlarimiz tamom yig‘ilib yetganidan so‘ng Ubaydulla Xo‘jayev ularga xitoban: “Sizlar Muxtoriyatlik Tur­kis­tonning birinchi qahramon o‘g‘ullari bo‘ldingiz. Bu xizmat­laring­dan faxr qilsalaringiz arziy­dur. Chunki suyuklu Vataningiz himoyasiga birinchi marta o‘laroq sizlar o‘z ixtiyoringiz bilan askar bo‘ldingiz! Turkiston mamlakatining kelajakda baxt va saodatga erishmog‘i sizlardan boshlansa kerak. Sizlarni Muxtoriyatli Turkistonning muvaqqat hukumati a’zolari tarafidan tabrik qilaman va alar tarafin­dan sizlarga salom erishdiraman va ham sizlarning tarafingizdan hukumat a’zolariga hozir borib salom aytaman”, dedi. Bu so‘zlarni eshitganidan so‘ng milliy askarimiz nihoyatda mamnun bo‘ldilar. Bundan so‘ng Ubaydulla afandi milliy askarlarga bir og‘izdan “Omin” deb duo qiluvni so‘radi. Jumla yigitlar o‘zlari­ning Vatan, millat yo‘lida har biri fidokor­likka hozir ekanligini so‘ylab ba­land ovoz ila guldurashib “Omin” sadolarini ko‘kka chiqardilar. Bundan so‘ng hukumat rijollari qaytib ketdilar. Askar boshliqlari yigitlarni tartibga solmoq ila mashg‘ul bo‘l­di­lar. Bu qadar turk bolalarining jon va dillari bilan Vatan va millat yo‘lida har bir fidokorlikka ko‘ksilarini kerib, hozir turuvlarini ko‘rganda tarixdagi Temur va boshqa buyuk bobolarimizning qahramon askarlari xotirga kelib, kishining ko‘zidan beixtiyor sevinch yoshlari oqar edi”, deb xabar beradi. Afsus­ki, Turkis­ton muxtoriyati qonga botirildi. Uning mudofaasi uchun jonini tikkan ne-ne yigitlar qoni daryo bo‘lib oqdi.

Sovetlar Turkiston muxtoriyatini yakson etgani bilan xalqning erk va hur­riyat orzusini yo‘q qila olmadi. O‘zlari­ning Toshkentda e’lon qilgan Turkiston muxtor sho‘ro jumhuriyatla­ri­ni qanchalik tashviq qilishmasin, xalq ishonch­siz­lik bilan sovuq qarshi oldi. Farg‘onada boshlangan milliy istiqlolchilik harakati butun Turkiston mintaqasiga tezlik bilan yoyi­la boshladi. Ana shunday ta­ri­xiy sharoitda Turkistondagi bolshevik ma’murlari jadid taraqqiyparvarlarining talabi asosida milliy qo‘shin tuzishga rozilik berishga majbur bo‘ldilar.

Bu borada taniqli adib Abdulla Qodiriy “Ishtirokiyun” gazetasining 1919-yil 4-noyabr sonida “Ju-boy” imzosi bilan yozgan “Bizda askarlik masalasi” maqolasi juda muhim ahamiyatga ega. Muallif so‘zni “Bosh­qalar tarafidan huquqingning toptalmovi, chetlarga mahkum, mazlum bo‘lmaslik, chet mamlakatlarga tovushingni eshitdirib, eshitmoqqa majbur etuvga shubha yo‘qkim, qo‘lingdagi quro­ling‘a, askariy kuchingg‘a qarab bo‘lur”, deb boshlaydi. “Ko‘ramizkim, Ovrupo, Amriqo millatlari bunchaliq shan-shavkatni faqat harbiy kuch ila qozonmish­lardur… Sharqli musulmonlar esa shu qurolsizliq, askar yo‘qliq ila shu zolim xunxo‘rlar zan­ji­riga band bo‘lmishmiz… Mamlakat idorasi askarsiz mumkin emas. Idora o‘z qo‘limizga o‘tgach, tabiiy, vatanimizning dushmandan muhofazati-da o‘z ustimizga tushajak. Bu­ning uchun o‘z askarimiz bo‘lurg‘a kerak. Tabiiydurki, mamlakat idorasi bizning qo‘lda bo‘lib, askarlikni boshqalar qilmaya­jak. Bu mumkin emas ham. Shuning uchun agarda biz mustaqil, qullikdan qutilib yashovni xohlar ekanmiz, yaqin istiqbolimizdagi baxtli kunlar uchun askar bo‘luvimiz, vatan muhofazasiga hozirlanuvimiz lozimdur”, deb qat’iy fikr bildiradi. Turkiston Musulmon byurosining milliy qo‘shin tuzish haqidagi murojaatiga ularning javobini aynan keltiradi: “Markaz musul­mon byurosining murojaatini tamom shodliq ila qarshi olamiz… Eski shaharga ta’lim joylari ochib, harbiy muallimlarni musulmonlardan qo‘ysun. Musulmonlarning o‘zidan askariy muallimlar yetushtirmak uchun kurslar ochib, shu kundan e’tiboran Eski shahar sinfiy ittifoqlar sho‘rosig‘a bir nafar o‘z harbiy vakilini doimiy etib tushursun”. Mana bu qaror g‘oyat ko‘ngilli bir ish, lekin boshqa qarorlarimiz kabi bu-da qog‘ozdag‘ina qolib ketmovi matlubdir”, deb fikri­ni yakunlaydi.

Ha, ko‘p o‘tmay Toshkent shahrida harbiy maktabda o‘zbek yoshlari uchun guruh tashkil etiladi. “Qizil bayroq” gazetasining 1922-yil 25-mart sonida kursant Q.Olimiyning “Musulmon piyo­da qizil komandirlar kursi” maqolasida “Bu vaqtg‘acha musulmon qizil askarlarini idora qilish uchun musulmon qizil komandirlari yo‘q edi… 1920-yilda Turkiston jumhuriyatida yolg‘iz musulmon yoshlari uchun musulmon qizil komandirlar kursi ochildi… Hozirg‘i kunda kursda o‘zbek, qozoq, qirg‘iz, totor, boshqird yoshlaridan iborat ikki yuzdan ortiq kursantlar bor. Bu kursantlar o‘qituvchilarning tirishqoqlari orqasida o‘zlarining o‘qushlarin yaxshi­g‘ina davom ettirib keladirlar… Ular kursdan chiqishlari bilan musulmon qizil askarlari orasig‘a borib ularg‘a yo‘lboshchiliq qilarlar… Siz ham musul­mon komandirlari kursig‘a ki­rib o‘zingizning ulug‘ va milliy vazi­fangizni o‘tashingiz kerak!” deb yoshlarga da’vat qiladi. Albatta, Turkis­ton hukumatining rahbarlari ham jon-jahdi bilan kelajakda milliy qo‘shin yaratish ishtiyoqida ishga kirishadilar. Bu mulohazani Turkis­tonning hukumat rahbari Turor Risqulovning “Turkiston” gazetasi (1923-yil 23-fevral soni)­dagi “Sharqda qizil qo‘shin” maqolasida ham, Sulton Segizboyevning “Farg‘ona” gazetasi (1923-yil 15-okt­yabr)dagi “Milliy qizil askar” maqolasida ham ko‘rish mumkin.

Farg‘ona viloyatining birinchi rahbari bo‘lgan Sulton Segizboyev “…Toshkentda to‘rt-besh yuz kishilik siyosiy va harbiy bir kurs ochishga harakat qilib yotmoqda ekan. Bundan tashqari Farg‘onada ham diviziya va b­ri­gada huzurlaridagi maktablarda milliy shoʻbalar ochib berilmoqda. Farg‘onada bundayin maktablar­ning huzurida milliy shoʻbalar­ning ochilishi tabiiydur…” deb milliy qo‘shin ahamiyatini batafsil bayon qiladi va fikrini “Yo‘l beringizlar, kelgusida tashkil qilinadurg‘on Turkiston milliy qizil askarlarining qahramon qo‘mondonlarig‘a!” deya tugatadi.

“Turkiston” gazetasining 1924-yil 14-yanvar sonida Turkiston sho‘rolari 12-qurultoyining “Milliy qizil qo‘shin tashkil qilish to‘g‘risida” qarori e’lon qilindi. Unda milliy qizil qo‘shin tashkil qilish uchun birinchi navbatda qo‘mondonlar, siyosiy yo‘lbosh­chilar hozirlash va buning uchun “maktablar, qo‘mondonliq kurslari ochish; “Turkiston jumhuriyatining har bir fuqarosi qo‘lig‘a qurol olib o‘z jumhuriyatini mudofaa qilishi kerak”, degan fikr tarqotsun; yoshlar o‘rtasida savodsizliq bitirilsin; milliy qizil askarlarni o‘rganish uchun eng oson prog‘ram hozirlash va milliy urf-odatlarg‘a qarab qo‘shunning ruhiga xilof bo‘lmasliq sharti bilan nizomnomalarga o‘zgartirishlar kiritish; Turkiston jumhuriyatining turmushig‘a yaqin bo‘lg‘on barcha millatlardan, avvalo ko‘ngilli milisiya va qishloq yoshlaridan ham 15 foizgacha o‘z ixtiyorlari bilan olish; qizil milliy qo‘shinni tashkil qilish uchun milliy urf-odatlarni (ovqat, karavot, ko‘rpachalar va kazarmaning ichki turmushi va boshqalar) e’tiborg‘a olish; kiyim oddiy va sog‘liqqa muvofiq bo‘lishi bilan barobar, milliy kiyimga yaqin bo‘lmog‘i lozim. Shuning uchun milliy qizil askarlarg‘a boshqa qizil askarlardan ajralaturg‘on kiyim formasi belgilash; Yerlik tilda qizil askar gazetasi va darsliklar nashr qilish uchun moddiy yordam berish kerak” kabi o‘ta muhim vazifalar qayd etilgan edi.

“Farg‘ona” gazetasining 1924-yil 23-fevral sonida esa Farg‘ona shah­ri­dagi harbiy otliq qo‘mondonlik kursida musul­mon shoʻbasining harbiy komissari Shamsiddin Badriddinov “Milliy askar­larga muruvvat ham salom” maqolasini “…bugun qizil askarlar safida ozod Turkistonning milliy, qurollang‘on kuchiga zamin tayyorlamoqdalar. Bu kun Farg‘ona dehqonlari o‘zlarining qizil kursantlarini ko‘rib, o‘ziga maxsus tantana bilan shodliq qiladurlar”, deb boshlaydi. Muallif 1923-yil aprelda hukumatning milliy askarlar tashkil etish haqidagi qaroriga ayrim kimsalarning “qo‘rqinch emasmi, keyinda qolg‘on Turkiston xalqi bu vazifani o‘tay oladurmi?” deb so‘zlaganlarini eslab, “Hozirda Far­g‘onaning o‘zidagina Turkistonning yosh o‘spirinlari o‘zlari uchun g‘ayrat bilan ishlab chin ko‘ngil bilan harbiy ishlar darslarini o‘qub qizil qo‘mondon bo‘lmoqqa tayyorlanmoqdadurlar. Shundoq, yamg‘urdek savollar, shundoq subotliq, qiziq, tirik savollarki, uni siz qat’iyan biror boshqa joyda uchrata olmaysiz. Ko‘rmak uchun kelgan kishilardan nimani ko‘p so‘raydurlar? – Kitob, qog‘oz, yana kitob, dastur kitobi, qalam, gazeta, yana va yana kitob… so‘raydurlar. Siz qimmatli o‘rtog‘lar kursantlarga samimiy salom! Eslaringda bo‘lsinki, kelasi bayram sizlarning qo‘mondon bo‘lg‘on vaqtlaringizda keladir”, deb ularga yuksak umid bildiradi. Komissar mazkur maqolaning so‘ngida “Bizning kamchiliklarimiz: diviziya maktabi milliy shoʻbasining kursantlari o‘zbek tilida adabiyot yo‘qlig‘idan shikoyat qilodurlar – bori bir necha nusxa kitoblar bor… O‘zbek adabiyotiga ehtiyoj katta. Butun tashkilotlarni qarab chiqdilar, ammo hech narsa topmadi. Nizom to‘g‘risida so‘zlamasdan, harbiya ishlari xususida kitoblarning kamligi ko‘p bilinmoqdadir. Ovrupo ham Ovrupo Rusiya­sining o‘zbekcha jug‘rofiya xaritasi yo‘q. Musul­mon tilida plakatlar yo‘q. Yozilg‘on so‘zlarni o‘zbekchaga tarjima qilib suratlar tagiga yopishtirib qo‘yishga to‘g‘ri keladir”, deb mavjud muammolarga hukumat idoralarining e’tiborini qaratishlarini so‘raydi.

Shunday murakkab bir tarixiy sharoitda keyinchalik shonli 19-O‘zbek tog‘-otliq diviziyasi va uning Mirkomil Mirsharopov, Rizo Yoqubov, Yunus Nari­monov, Mirzoqul Risqulov, Muhammad Abdurahimov, Turg‘unpo‘lat Qirg‘izov, Sobir Rahimov kabi ko‘plab oliy harbiy ta’lim olgan milliy qo‘shin qo‘mondonlari yeti­shib chiqdi. O‘z davrining afsonasi bo‘l­gan, ko‘plab harbiy qo‘shiqlarda madh etilgan, ko‘rsatgan jasoratlari tari­xiy romanlarning yaratilishiga sabab bo‘lgan, mohir qo‘mondonligi rangtasvir ustalari va haykaltaroshlarni yangi asarlar yara­tishga undagan 19-O‘zbek tog‘-otliq divi­ziyasi qahramonliklari tadqiqi sarhadsiz tarixning ochilmagan qo‘rig‘i edi. Ilmiy izlanishlarning natijasi jadidlikning ilg‘or namoyandalari ham milliy armiya­miz safida uning g‘oyaviy asoslari­ni yaratishda belni mahkam bog‘lab kurashganliklarini yaqqol ko‘r­sa­tib berdi. Jumladan, jadid taraq­qiy­parvar shoiri Hoji Muin Shukrulla o‘g‘li ham “Qizil yulduz” harbiy gazetasida ish olib boradi. Gazetaning keng omma orasida mashhur bo‘lib ketishida tajri­ba­li publitsist Hoji Muinning katta xizmati bor edi.

Darhaqiqat, Vatan va millat qahra­mon­larining xotirasi, shonli tarixi va ach­chiq qismati bugungi yangi O‘z­be­kis­ton armiyasining har bir askari uchun azizdir. Albatta, bugun ishchi guruh olimlari harbiy mutaxassislar bilan bir safda jadid taraqqiyparvarlari orzusi bo‘lgan milliy armiya va uning tarixi haqida keng ko‘lamli tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Yuzlab matbuot sahifalari, maxsus arxivlardan keng ko‘lamli hujjatlar o‘rganilmoq­da. Ishonamizki, yaqin kunlarda bu tadqiqotlarning samarasi o‘laroq kattagina tari­xiy fundamental asar dunyo­ga keladi. Haqqoniy tarixni yaratish sari yana bir ulkan qadam bosiladi.

Bahrom IRZAYEV, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi

Salom SAMADOV, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi

“Jadid” gazetasi 2024-yil 17-may 21-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596