Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.04.2024 | 13:36

img478

MILLIY ARMIYA YOXUD JADIDLARNING USHALGAN ORZUSI

O‘zbekiston armiyasi 32 yoshga to‘lyapti. Bir yigit voyaga yetib, kuch-quvvatga to‘ladigan muddat. Shunga hamohang aytish mumkin: bugun O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining qaddi, qudrati baland. Davlatimiz rahbarining fikri bilan aytganda, bugungi kunda O‘zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlashga qodir bo‘lgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylandi.

Harbiy jurnalist bo‘lganim uchun ko‘pin­cha menga “O‘zbekiston armiyasi­ning qudrati nimada?” deya savol berisha­di. “Kechayotgan yangilanishlar, o‘zga­rish­lar, islohotlarga, ularning samarasiga qarasangiz yaqqol sezasiz: qudrat – armiya va xalqning birdamligida” qabilida javob bera­man. Armiya xalqdan, xalq armiyadan kuch olyapti. Mana shu ma’naviy qudrat aslida bizning ulkan boyligimiz. Har qanday yovuz kuchlardan ishonchli himoya qiladigan qalqonimiz. O‘zining buyuk tarixiga va ajdodlariga munosib xalqimiz mamlakat xavfsizligini ishonchli ta’minlay oladigan milliy armiyani yarata oldi.

Buyuk tarix va ajdodlar… Bobolar qan­day armiyani orzu qilishgan? Bu haqda ko‘p-ko‘p mulohaza qilish mumkin. Maqolada yaqin tarixdan misol keltirmoqchimiz. Aniqrog‘i, jadid bobolardan.

Jadidlar millatni uyg‘otish, Vatan ozod­­ligi, istiqlol uchun maorif, ta’lim, til, ada­biyot va boshqa muhim masalalar bilan bir qatorda askarlik muammosini ham mat­buotga olib chiqishgan. Nega? Sababi kunday ravshan. Negaki, chor Rossiyasi mustamlakachilari, undan so‘ngra sovet hukumati Turkistonda avj olgan isyonlar, qo‘zg‘olonlar, milliy ozodlik harakatlarini bostirish maqsadida aynan o‘zimizda harbiy kadrlar tayyorlashga zo‘r berishdi.

Pyotr Galuzoning “Turkiston — kolo­niya” kitobida 1899–1917-yillar orasida Farg‘ona, Samarqand, Hazorbo‘yi, Sir­daryo, Yettisuv viloyatlarida 4922 marta chor hukumatiga qarshi ko‘tarilgan bunday qo‘zg‘olonlar haqida ma’lumot keltiriladi. Bu yiliga o‘rtacha 270 ta qo‘zg‘olon deganidir. Masalan, birgina 1917-yilda, to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlarga ko‘ra, xalq Farg‘onada 324 marotaba, Hazorbo‘yida 171, Samar­qand­da 47, Yettisuvda 5 marotaba mustabid­larga qarshi isyon ko‘taradi. Xalqning bunday noroziligini, ozodlik yo‘lidagi harakatlarini qurol kuchi, armiya qudrati bilan bostirish maqsadida mustamlakachilar o‘z navbatida 1900-yilda Toshkent kadetlar korpusini, 1915-yil praporshiklar maktabini ochdi hamda Turkis­tonda harbiy mutaxassislar tayyorlashga katta e’tibor berdi. Hokimiyat sho‘rolar qo‘liga o‘tgach, 1918-yilda Turkiston sovet qo‘mondonligi kurslari tashkil etildi.

Turkistondagi tuzum bolsheviklar qo‘liga o‘tganidan keyin ham mahalliy millat vakillarining huquqlariga e’tibor berilmadi. Zulm, haqsizlik, adolatsizlik davom etdi. Shu sababli qo‘shin tuzish, o‘z armiya­mizga ega bo‘lish masalasini jadidlar matbuot orqali olib chiqa boshlashdi. Xususan, “Hurriyat”, “Ishtirokiyun”, “Turkiston”, “Zaraf­­shon”, “Mehnatkashlar tovushi” kabi gazeta­larda jadidlarning shu mavzudagi qator maqolalari chop etiladi. Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hoji Muin kabi jadidchilik harakatining taniqli namo­yon­dalari o‘z chiqishlarida Vatan va hurriyat uchun armiya zarur ekanligi bilan bog‘liq fikrlarini dadil ifoda etadi. Aniq misollarga yuzlansak.

Abdurauf Fitrat o‘z maqolasida Muxtoriyatni saqlamoq uchun kuch qo‘shin tuzish hayot-mamot masalasi ekanligiga e’tibor qaratadi.

Fitrat bobomiz aytgan kuch, qudrat masalasini Hoji Muin yanada keskin qo‘yadi: “Hozirgi vazifamizg‘a qarag‘anda bizga eng avval, askar kerakdir. Chunki hozirgi doxiliy sho‘rish va inqilob xorijiy dushmanlarning tajovuzidan ortiq bizga qarshi xatarli bir holg‘a aylanmaqdadurki, bu sho‘rishdan vatan va hurriyatni qutqarib olmoq uchun askariy zo‘r bir quvvatg‘a molik bo‘lmag‘imiz mutlaqo lozimdir”.

Abdulla Qodiriy ham bir maqolasida tom ma’noda ozod va erkin bo‘lish, chor Ros­siyasi, undan so‘ngra sho‘ro hukumati tomonidan aholining toptalayotgan huquqlarini himoya qilish, istiqbolda nurli kunlarga eri­shish uchun armiya tuzish zarur­ligini tilga oladi.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Mehnatkashlar tovushi” gazetasi 1918-yil, 2-avgust sonida e’lon qilingan “G‘alla, askarlik, yer va tazminoti harbiya” 5 nomli maqolasida keltirilishicha, muallif 1918-yilning 16-iyulida Toshkentga boradi va Turkiston hukumatining raisi Tobulinning qabuliga kiradi. Amaldor bilan millatning o‘sha paytdagi eng og‘riqli muammolari bo‘lgan g‘alla, askar olish, tazminoti harbiya, yer va suv masalasida suhbatlashadi. Garchi tilga oli­na­yotgan mazkur masalalarda Turkistonda qo‘shin tuzish muammosi bevosita ko‘zga tashlanmasa-da, mustamlaka zulmi ostida yashayotgan mahalliy xalqning dardi, tashvishi aks etadi. Millat dardlariga darmon bo‘lmoqni ustuvor bir vazifa deb bilgan ma’rifatparvar bobomizning toptalayotgan huquq va erkinliklar himoyachisi sifatidagi ijtimoiy faol pozitsiyasi ko‘z oldimizga keladi. Behbudiy sho‘ro amaldorining qabulida bir soatdan ko‘proq vaqt davomida tilga olingan muammolar Turkistonda tinchlik, osoyishtalik o‘rnatilishida qanchalar dol­zarb ekanligini tushuntirishga urinadi.

Hukumat raisi Tobulin o‘rtaga tashlangan to‘rtta masala bo‘yicha bildirilgan takliflarni yozib olib, yaxshi va’dalar beradi. Maqolada bu haqda shunday fikrlar bor: “G‘alla ishi siyezdida bo‘lur, dedi. Samarqandda askarning ko‘ngilli ravishda oli­nishig‘a va yangidin tazminot olinmasligiga va ham yer taqsimini mavquf qolishig‘a fikri birligini so‘yladi. Va bu to‘g‘rida tadbirlar ko‘rarg‘a va’da etdi”.

Nufuzli amaldor Behbudiyga bergan va’dasining ustidan chiqdimi, yo‘qmi, bizda uzil-kesil xulosa qilishga asos yo‘q. Biroq sovet hokimiyati ayrim mas’ul shaxs­larining o‘z vazifasini suiiste’mol qilishi oqibatida Turkistonda milliy ozodlik hara­kati avj olgani tarixdan ma’lum. Masalan, bu haqda muallif S.Shur qizil armiyaning “Пролетарский мысл” gazetasidagi “Корни басмачество” va “Красная казарма” nashridagi “Борба за красный Туркестан” nomli maqolalarida asoslab keltiradi.

Sho‘ro hukumatining siyosati aldov, xiyonat asosiga qurilganini o‘z vaqtida anglab yetgan jadidlar tom ma’noda ozodlik va erkni qo‘lga kiritish uchun boshqa muhim masalalar qatori Turkistonda milliy harbiy qo‘shinlarga kuchli ehtiyoj borligini shu sababli matbuotga olib chiqishadi hamda bu masala jiddiy muhokamalarga sabab bo‘ladi.

Bir so‘z bilan aytganda, mustaqil O‘z­bekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilgan kun jadid ma’rifatparvarlarining eng katta orzularidan biri ushalgan tarixiy sana sifatida ham katta ahamiyatga ega. Bugun milliy armiyamizni har tomonlama rivojlantirish va xalqimiz bilan birdamligini ta’minlash borasida olib borilayotgan islohotlar vatanparvar ajdodlarimizning qarashlari bilan uyg‘un va hamohangdir.  

Alijon SAFAROV, harbiy jurnalist


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596