Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.12.2024 | 16:34

img559

JAHONGASHTA KASHTALAR

Xalqimiz azaldan qo‘li gul insonlarni boshiga ko‘taradi. Mehnat-u ijod bilan yashagan elimizning qo‘shiqlari, laparlari, allasi-yu termasida hamisha go‘zallik va nafosat, mardlik va tantilik tarannum etilgan. Ertaklarimizda er yigitning hunari sharofati bilan tutqunlikdan xalos bo‘lgani, vafodor kelinchakning o‘z yoriga kashta naqshlari vositasida sirli maktublar yo‘llagani naql qilinadi. Yaqin-yaqingacha bo‘y yetgan qizlarimiz nuroniy momolardan do‘ppido‘zlik, tikish-bichish borasida dars olardi, bo‘lajak yoriga ro‘molcha to‘qib, o‘zining sepini to‘ldirardi. E’tiborli jihati, bunday ezgu an’analar hozirgi zamon bilan uyg‘unlashib, tadbirkorlikning yangicha turiga asos bo‘lmoqda.

O‘z hunari ortidan dunyo kezib, elning duosini olayotgan, turmushi farovonlashib, hayotiga mazmun kirayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Urgutlik Qurbonoy Turdiyeva ana shunday insonlardan biri hisoblanadi. 

Bu chevar ayolning nomi bugun nafaqat yurtimizda, balki xalqaro moda va kashtachilik olamida ham ancha mashhur. Chunki u milliy kashtachilik san’atini zamonaviy dizayn bilan uyg‘unlashtirib, bu borada o‘ziga xos uslub yaratishga erishgan.

Qurbonoy opa Urgutning viqorli tog‘lar bilan o‘ralgan chekka bir qishlog‘ida momolaridan chevarlik sabog‘ini olayotgan chog‘laridayoq kashta naqshlari qatiga yashringan ramz-u majozlarni milliy liboslarga ko‘chirish haqida o‘ylay boshlagan edi. Keyinchalik u jiddiy izlanishlar olib borib, bu borada salmoqli natijalarni qo‘lga kiritdi.

Xalqimiz orasida milliy kashtachilikka ehtiyoj kattaligini sezgan Qurbonoy Turdiyeva dastlab Urgut kashtachiligi an’analarini yangicha ko‘rinishda taqdim etishga jazm qildi. Bu borada muayyan yutuqlarga erishgan bo‘lsa-da, lekin izlanishdan to‘xtamadi. Kashtachilikda o‘z yo‘li, o‘z uslubiga ega bo‘lishga intildi. Maktabda o‘qib yurgan paytlarida uyg‘ongan qiziqish bora-bora uni yangicha dizayn yaratishga undadi. Ayniqsa, milliy kashtalarimizda qo‘llaniladigan naqshlarni zamonaviy kiyimlarga ko‘chira boshlagach, tez orada xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi. Hozirda Fransiya, Italiya, Ispaniya, Shveytsariya, Xorvatiya, Turkiya va boshqa qator davlatlarda u yaratgan o‘zbekcha liboslar milliylikka asoslangan zamonaviy kiyinish uslubining yorqin namunasi sifatida e’tirof etilgan.

Eng muhimi, Qurbonoy opa psixologik omillarni ham nazardan qochirmaydi. Ya’ni, u yaratgan naqsh va rang kombinatsiyalari inson ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Liboslar esa ekologik toza materiallardan tikiladi. Bunday yondashuv dunyo hamjamiyatida bugun eng dolzarb bo‘lib turgan ekologik muammolarni hal etish va tabiat musaffoligini saqlashga xizmat qilishi bilan ham ahamiyatlidir.

Qurbonoy opa milliy kashtachilik san’atimizni dunyo miqyosida targ‘ib va tashviq qilish borasida ilmiy izlanishlar ham olib bordi. Uning shu mavzudagi ko‘plab maqolalari nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda nashr etilmoqda. Xususan, “O‘zbek kashtachiligining tarixiy-madaniy ahamiyati” nomli maqolasida Buxoro, Samarqand va Toshkent hududlarida kashtachilik uslublarining tadriji, ularda aks ettirilgan naqshlar zamiridagi ramziy ma’nolar hamda ularning to‘y va diniy marosimlardagi roli atroflicha yoritilgan bo‘lsa, “O‘zbek kashtachiligini an’anaviy o‘rgatishda ustoz-shogird an’analari: madaniy merosni asrab-avaylash” maqolasida esa bu yo‘nalishda ustoz-shogird munosabatlarining ahamiyati atroflicha tahlil qilingan. 

“Charx yigirsang, ip bo‘lar, o‘rgan degan ko‘p bo‘lar”, deydi dono xalqimiz. Qurbonoy opaning shogirdlari ko‘pchilikni tashkil qiladi. U kishi yosh qiz va kelinchaklarga qo‘lidagi hunarini, dilidagi borini qizg‘anmay o‘rgatadi. To‘g‘ri-da, elniki-elga! Shu xalqdan olganini shu xalqning bolalariga bermoqda. Alisher Navoiy bobomiz aytganlaridek, “Hunarni asrabon netgumdir oxir, Olib tufroqqamu ketgumdir oxir”.

Qurbonoy Turdiyeva milliy va xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etib, o‘z mahsulotlarini dunyo bo‘ylab namoyish qilmoqda. Respublika “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda ezgu loyihalarni amalga oshirmoqda. Shubhasiz, u kishining yutuqlari milliy kashtachilik san’atimizning jahon miqyosidagi muvaffaqiyati sifatida e’tiborga loyiqdir.

N.HABIBULLAYEVA

“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-dekabrdagi 51-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599