Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.06.2026 | 12:43

img1903

JCH-2026: YER “TO‘P”INING TERS TOMONIDA

Oxirgi to‘rt yillikning eng katta sport bayrami bo‘lgan futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ilk hushtagi kecha chalindi. 19-iyul kuni Ist-Raterford stadionida o‘tadigan finalga qadar bizni 104 ta o‘yin va tarixiy voqealar kutib turibdi.
Futbol tarixida ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etayotgan ushbu tarixiy turnirda kim g‘olib bo‘lishi mumkin?
Eng yuqori imkoniyatga ega favoritlar kimlar?
Tarixda qaysi davlatlar zafar quchgan? Xullas, yashil maydondagi buyuk janglar boshlandi. Bizni unutilmas emotsiyalar, tarixiy gollar va yangi qahramonlar kutmoqda.
Ushbu maqolada jahon futbolining eng qiziqarli savollariga javob izlaymiz.

Nostandart standartlar

1930-yilda bo‘lib o‘tgan birinchi Jahon chempionatida 13 ta jamoa ishtirok etgan.

Bu yil 48 ta terma jamoa qatnashadigan turnir barcha rekordlarni yangilamoqda. Uchta mamlakatda jami 104 ta o‘yin o‘tkaziladi. Bu ham avval ko‘rilmagan ko‘rsatkich.

1998-yil turnirida 32 ta jamoa ishtirok etdi. Mazkur format 2022-yilgacha saqlanib qoldi va optimal ko‘rinish tusini oldi. Ammo keyinchalik FIFA ilgari kamdan kam hollarda yoki hech qachon Jahon chempionatiga yo‘llanma ololmagan mamlakatlarda futbolga qiziqishni oshirish uchun turnirni ellik foizga kengaytirishga qaror qildi.

Ammo muxlislarni g‘azablantiradigan yana bir rekord borligini aytmasak bo‘lmas. Bu ham bo‘lsa chiptalarning juda qimmat narxi. AQSH mezbonligidagi turnirda chiptalarni qayta sotish borasida qat’iy cheklovlar yo‘qligi tufayli chayqovchilar narxlarni sun’iy ravishda oshirib yuborishmoqda. Natijada milliardlar o‘yini bo‘lgan futbol faqat elitaning ko‘ngilochar o‘yiniga aylanib qolishi yuzasidan xavotirlar paydo bo‘lyapti.

Chempionlar

96 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Jahon chempionatlari tarixida faqatgina 8 ta terma jamoa bosh sovrin – Oltin kubokni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

1. Braziliya (5 karra chempion): 1958, 1962, 1970, 1994, 2002-yillar.

Futbol qiroli Pele vatani – mundiallar tarixidagi eng muvaffaqiyatli jamoa.

2. Germaniya (4 karra): 1954, 1974, 1990, 2014-yillar. “Nemis mashinasi” o‘zining temir intizomi va barqarorligi bilan ajralib turadi.

3. Italiya (4 karra): 1934, 1938, 1982, 2006-yillar. Himoyaviy taktika ustozlari.

4. Argentina (3 karra): 1978, 1986, 2022-yillar. Maradonaning orzu va armoni tajassumi bo‘lgan jamoa.

5. Fransiya (2 karra): 1998, 2018-yillar. So‘nggi o‘n yillikning eng kuchli va balanslashgan tarkibiga ega jamoa.

6. Urugvay (2 karra): 1930, 1950-yillar. Birinchi Jahon chempioni va doimiy ehtimoliy da’vogar.

7. Angliya (1 karra): 1966-yil. Futbol vatani faqat bir marta o‘z uyida zafar quchgan.

8. Ispaniya (1 karra): 2010-yil. “Tiki-taka” uslubi bilan dunyoni zabt etgan avlod.

Yangi format:

“murosasiz

guruhlar”siz chempionat

1998-yildan 2022-yilgacha amal qilgan an’anaviy 32 talik tizim juda oddiy va tushunarli edi: 8 ta guruhning har biridan 2 tadan jamoa keyingi bosqichga yo‘l olardi. Endi esa FIFA ishtirokchilar sonini 48 taga yetkazgani sababli, format sezilarli darajada murakkablashdi. Barcha jamoalar 12 ta guruhga (har birida 4 tadan) bo‘linadi. Har bir guruhda 1- va 2-o‘rinni egallagan jamoalar (jami 24 ta), shuningdek, 3-o‘rinni olgan eng yaxshi 8 ta jamoa keyingi bosqichga yo‘l oladi. Endi pley-off bosqichi an’anaviy 1/8 finaldan emas, balki 32 ta jamoa ishtirokidagi 1/16 finaldan boshlanadi.

Bunday format kuchli jamoalar uchun katta sug‘urta vazifasini o‘taydi.

Yangi tizimda grand terma jamoalarning guruhda qolib ketishi xavfi kam. To‘rtta teng kuchli jamoa bir guruhga tushib qoladigan klassik “o‘lim guruhlari”ni bu safar ko‘rmaymiz. Favoritlardan birining guruhdan chiqa olmasligi shunchaki omadsizlik emas, balki shov-shuvli va sharmandali mag‘lubiyat sifatida tarixda qoladi.

Favorit va autsayderlar

Jahon chempionati arafasida har doim ekspertlar va bukmekerlik idoralari o‘rtasida bir xil taxminlar ilgari suriladi. Chempionlik uchun kurash odatda 7-8 ta terma jamoa o‘rtasida kechadi. Bular – avval kubokni qo‘lga kiritgan elita vakillari. Boshqa har qanday jamoaning g‘alabasi futbol olamida katta shov-shuv va sensatsiya sifatida qabul qilinadi. Biroq turnir taqdirini faqat mahorat emas, balki fiziologik omillar ham hal qiladi. Yevropaning top-klublarida o‘ynayotgan futbolchilar mavsum davomida 60-70 ta o‘yin o‘tkazib, jismoniy charchoq va mikrojarohatlar bilan kelishmoqda. Bu esa uzun o‘rindiqqa, ya’ni zaxira o‘yinchilarining sifatiga ega jamoalarning imkoniyatini oshiradi. Keling, asosiy da’vogarlarning bugungi kundagi holatiga nazar tashlaymiz.

Argentina. Amaldagi jahon chempioni o‘z mavqeyini yo‘qotgani yo‘q. Ularning tarkibi to‘rt yil oldingidan ham muvozanatliroq ko‘rinmoqda. Darvozada Emiliano Martines kabi “psixologik urush” ustasi, yarim himoyada Enso Fernandes, hujumda Lautaro Martines va Xulian Alvares kabi futbolchilar raqiblariga kuchli xavf tug‘diradi. Lionel Messi – jamoaning ruhiy yetakchisi. Hatto u o‘zining yuqori jismoniy formasida bo‘lmasa ham, uning maydonda bo‘lishining o‘zi raqiblar uchun katta bosim.

Fransiya. Sayyoradagi eng kuchli yulduzli tarkib. Fransiya terma jamoasining ro‘yxatiga qarab, ularning istalgan ikkita tarkib tuzish imkoniyati borligiga tan berasiz. Vilyam Saliba va Ibraima Konate himoyada toshdek qotgan bo‘lsa, Chuameni va Ngolo Kante kabi futbolchilar yarim himoyani to‘liq nazorat qiladi. Mbappe, Dembele, Barkolya, Tyuram, Olise va Sherki. Bu ro‘yxatning o‘ziyoq istalgan raqib murabbiyini sarosimaga solishga yetarli. Fransiyada zaxira degan tushuncha yo‘q – u yerda faqat teng kuchlilar bor.

Ispaniya. Amaldagi Yevropa chempioni mundialga mutlaqo yangicha qiyofada kelmoqda. Tarkibda “Barselona” o‘yinchilari – Pedri, Ferran Torres va Lamin Yamal asosiy rollarni o‘ynaydi. Madridning “Real” klubidan birorta ham o‘yinchining yo‘qligi – ispan futbolidagi katta o‘zgarishlardan darak. Bu ishtirokchilar uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘lishi aniq. Ular klublar o‘rtasidagi raqobatni milliy terma jamoa muvaffaqiyati bilan isbotlamoqchi.

Yana to‘ldiruvchi da’vogarlar bormi? Kimlar sensatsiya qilishi mumkin? Bukmekerlar Germaniya, Niderlandiya va Portugaliyani “ikkinchi eshelon” favoritlari qatoriga qo‘ymoqda. Ularning imkoniyati biroz pastroq baholanayotgan bo‘lsa-da, futbolda hech narsa kafolatlanmagan.

Germaniya. Doimo kutilmagan natijalarga qodir, o‘ta intizomli jamoa.

Portugaliya. Tarkibida Ronaldu va kuchli avlod bo‘lsa-da, asosan jamoaviy o‘yindagi barqarorlik ularni doimo yetakchilar rolida qoldiradi. Ronaldu Portugaliya terma jamoasining eng katta ustunligi – ayni paytda uning eng katta muammosi hamdir. U Jahon chempionatida g‘olib bo‘lib, o‘z faoliyatiga muhtasham yakun yasashni orzu qilmoqda. Biroq butun terma jamoa o‘z yulduzining shaxsiy rekordlar sari intilishiga xizmat qiluvchi asirga aylanib qolgandek taassurot uyg‘otmoqda.

Niderlandiya. Taktik jihatdan murakkab, texnik o‘yinchilarga boy jamoa. Jahon chempionatlarining “abadiy omadsizlari” ko‘pincha chiroyli futbol o‘ynab, final va yarim finallarda qoqilgan “uchar gollandlar” bu safar soyadan chiqib, kutilmagan zarba berishga harakat qilishadi.

Angliya. Futbol asoschilari bo‘lmish inglizlar oxirgi va yagona marta roppa-rosa 60 yil avval – uzoq 1966-yilda o‘z uylarida jahon chempioni bo‘lishgan. O‘sha tarixiy tarkibdan bugungi kunda bor-yo‘g‘i uch nafar futbolchi hayot, xolos. Angliya har bir turnirga asosiy favorit sifatida tashrif buyuradi, biroq har safar hal qiluvchi pallada pand yeyishadi. Yaqin o‘tmishdagi og‘riqlarni esga oladigan bo‘lsak, 2018-yilgi JCH yarim finalida Xorvatiyaga taslimiyat, undan keyin esa ketma-ket ikkita Yevropa chempionati finalidagi (2021 va 2024) alamli mag‘lubiyatlar inglizlarning ruhiyatiga qattiq ta’sir qilgan. Jamoaning asosiy umidi – Myunxenning “Bavariya” klubida fenomenal mavsumni o‘tkazgan markaziy hujumchi Harri Keyn. Faoliyati davomida hali birorta ham jamoaviy sovrin yuta olmagan Keyn uchun bu mundial omadsizlikni buzish va tarixga kirish uchun eng so‘nggi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

Braziliya. Bu safargi mundialda besh karra jahon chempionlari asosiy favorit sifatida ko‘rinmayapti. Jamoada yulduzlar yetarli, biroq ularning deyarli har biri bilan bog‘liq jiddiy savollar mavjud. Vinisius (“Real Madrid”) va Endrik (“Lion”) o‘zlarining maydondagi va undan tashqaridagi og‘ir va injiq xarakteri bilan nom qozonishgan. Ular jamoaviy intizomni buzib qo‘yishlari mumkin. Joriy mavsum oxirida ajoyib o‘yin ko‘rsatib, “Manchester Yunayted”ni APLda 3-o‘ringa olib chiqqan bo‘lsa-da, 34 yoshli Kazemirodan avvalgi tezlik va irodani kutib bo‘lmaydi. Tarkibda hozirda “Santos” sharafini himoya qilayotgan Neymarga ham joy topildi. Biroq faoliyati davomida og‘ir jarohatlar iskanjasida qolgan futbolchining ushbu uzoq va og‘ir turnirda to‘liq sog‘lom holda o‘ynay olishi katta so‘roq ostida.

Xorvatiya. 2018-yilgi finalchi va 2022-yilgi bronza medali sohiblari bu safar ham o‘zlarining matonatli o‘yinlari bilan hayratda qoldirmoqchi.

Belgiya. Kevin de Bruyne va Romelu Lukaku boshchiligidagi oltin avlod o‘z imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olmadi. Bu yil ular uchun ushbu buyuk avlod nomini chempionlik toji bilan bezash uchun eng so‘nggi imkoniyatdir.

So‘nggi Afrika Kubogi finalchilari – Marokash va Senegal ham turnirning asosiy syurprizchilari bo‘lishga nomzod.

Tarix va nomlar futbol o‘ynamaydi. JCH-2026 da chempion bo‘lish uchun Angliya o‘z tarixiy qo‘rquvini yengishi, Braziliya ichki kelishmovchiliklardan xalos bo‘lishi, Portugaliya esa shaxsiy manfaatlardan jamoa sharafini ustun qo‘ya olishi kerak. Bu uchta granddan qaysi biri o‘z ichki muammosini tezroq hal qilsa, o‘sha jamoa Nyu-Yorkdagi final sari dadil qadam tashlashi mumkin.

O‘zbekiston debyuti

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu chempionatning eng kutilgan va diqqat markazidagi debyutantlaridan biridir. Ayniqsa, xorijlik ekspertlar tarkibimizdagi bir futbolchiga alohida e’tibor qaratishmoqda.

Abduqodir Husanov Angliyaning grand klubi – “Manchester Siti”ning asosiy tarkibidan mustahkam joy olgan yosh himoyachimiz. Nafaqat Osiyoning, balki dunyoning eng iqtidorli markaziy himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Uning Gvardiola qo‘l ostida ko‘rsatgan o‘yinlari O‘zbekiston terma jamoasining mudofaa chizig‘iga Jahon chempionatida juda katta ishonch bag‘ishlaydi. Ammo birinchi ishtirok katta sinov va tajriba maktabidir. Jahon chempionati sof futboldan tashqari, o‘ta og‘ir ruhiy bosim, yuqori jismoniy yuklama va dunyoning eng sara yulduzlariga qarshi kurash demakdir. Xo‘sh, biz debyutantlik sindromini yengib o‘ta olamizmi? Jahon chempionati debyutantlari tarixiga nazar solsak, ilk bor bunday nufuzli musobaqaga chiqqan jamoalar odatda ruhiy bosimga duch keladi.

Qolaversa, Osiyo qit’asidagi futbol tezligi va jismoniy kurash darajasi Yevropa yoki Janubiy Amerikanikidan ancha farq qiladi. Grandlarga qarshi o‘yinda soniyalar va kichik xatolar ham qimmatga tushadi. Raqiblar tarkibida jahon darajasidagi turnirlarda o‘ynab pishgan yulduzlar bor, bizning yigitlar uchun esa bu birinchi martadir. Biroq, bu unsurlar bizning muvaffaqiyatsizlikka uchrashimizni anglatmaydi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu sinovga tayyor bo‘lib bormoqda. Bugungi terma jamoamiz shunchaki tasodif tufayli JChga chiqqani yo‘q. Bizda yillar davomida shakllangan va ayni paytda eng yuqori sport formasiga kirgan “oltin avlod” mavjud. Bugungi tarkibimiz faqat mahalliy chempionat o‘yinchilaridan iborat emas. Bizda kuchli beshlik ligalarida va Yevropada o‘ynovchi, bosim ostida o‘ynashga o‘rgangan futbolchilar bor. Abduqodir Husanov yulduzlarga qarshi muvaffaqiyatli o‘ynagan yosh himoyachimiz. U himoyamizning haqiqiy devoridir. Abbosbek Fayzullayev (Istanbul “Bashakshehir”) kreativlik va tezlik bobida jamoamizning eng xavfli quroli. Uning maydonni ko‘rish qobiliyati va nostandart qarorlari Mundialda raqiblarni hayratda qoldirishi mumkin. Eldor Shomurodov (Istanbul “Bashakshehir”) terma jamoamiz sardori va eng tajribali o‘yinchisi. Uning Italiyada orttirgan tajribasi jamoaga ruhiy xotirjamlik beradi. Bosh murabbiyimiz Fabio Kannavaro juda tajribali va natija uchun o‘ynaydigan mutaxassis. Guruhdan 3 ta jamoaning chiqish imkoniyati, bitta g‘alaba yoki ikkita durang ham bizni keyingi bosqichga olib chiqishi mumkin. Bu debyutant jamoalar uchun juda katta imkoniyatdir. Munosib o‘yin ko‘rsatish, guruhda kamida bitta tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritish va dunyoga o‘zbek futboli nimalarga qodirligini namoyish etish keyingi avlodlar uchun poydevor bo‘ladi. Jismoniy kuch, Yevropada toblangan yoshlarimiz va murabbiyning taktikasi bizga guruhda istalgan raqibga qarshi jiddiy qarshilik ko‘rsatish imkonini beradi. Yigitlarimizga ishonamiz!

Hayajonli va tarixiy lahzalar guvohiga aylanishga tayyor turing, chunki o‘zbek futbolining yangi erasi aynan hozir boshlanmoqda! Bizning futbolchilarimizdan tashqari, ushbu turnirda Haiti, Kabo-Verde, Iroq va Iordaniya kabi kamnamo va kamsuqum jamoalar ham ishtirok etadi.

Iqbol MIRZO

“Jadid” gazetasining 2026-yil 12-iyundagi 24-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600