23.07.2024 | 15:09
328
Kamala Harris AQSH prezidentligiga nomzodini qoʻyish uchun demokratlarning yetarlicha ovozini qoʻlga kiritdi
AQSH vitse-prezidenti Kamala Harrisni Demokratik partiyadan davlat rahbari lavozimiga nomzod koʻrsatish uchun ovoz beradigan yetarli miqdordagi delegatlar qoʻllab-quvvatladi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Agentlik hisob-kitoblariga koʻra, 22-iyul oqshomida Harris 2668 delegat tomonidan qoʻllab-quvvatlandi, nomzodlik uchun 1976 nafar demokratning ovozi zarur edi.
Harrisning demokratlar tomonidan yetarlicha qoʻllab-quvvatlanishi haqidagi maʼlumotni CNN tasdiqladi, uning hisob-kitoblari delegatlarning ochiq bayonotlari, ular bilan suhbatlar va oʻz maʼlumotlari asosida shakllangan.
Demokratik partiya Milliy qoʻmitasi raisi Jeymi Harrisonning aytishicha, partiya prezidentlikka nomzodni 7-avgustgacha tanlaydi. 21-iyul kuni AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden prezidentlik poygasidan chiqishini eʼlon qildi. U Demokratik nomzod sifatida oʻzining vitse-prezidenti Kamala Harrisni qoʻllab-quvvatladi.
Harrisning jamoasi kampaniyaning dastlabki 24 soatida rekord darajadagi summa – 81 million dollar yigʻilganini bildirdi.
Avvalroq AQSh prezidentligiga nomzod boʻlishi kutilayotgan Kamala Harris haqida nimalar maʼlum ekani haqida batafsil yozgandik.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
174
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
159
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
365



