07.01.2025 | 09:41
372
JOZIBADOR SAYYOHLIK MARKAZI
2024-yil davomida O‘zbekistonga jami 8,6 million nafar sayyoh tashrif buyurdi. Ko‘rsatilgan turizm xizmatlari eksporti 2,7 milliard dollarni tashkil etdi. 2023-yilning shu davriga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 1,5 barobarga o‘sdi. Sayyohlarning o‘rtacha xarajatlari 2022-yilga nisbatan 1,5 barobarga oshdi.

Ma’lumki, Buxoro noyob tarixiy obidalari, me’moriy ansambllari va ko‘p asrlik madaniyati bilan mashhur. Qadimiy shahar YUNESKOning Butunjahon merosi obyekti sifatida o‘z sayyohlik infratuzilmasi bilan butun dunyo sayyohlarini doim qiziqtirib kelgan. Xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshlikni ta’minlash va sayyohlar sonini sezilarli darajada oshirish uchun esa, transport infratuzilmasini takomillashtirish, yo‘llarni rekonstruksiya qilish va to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish muhim o‘rin tutadi. Ayni jihatlarga qaratilgan e’tibor tufayli viloyatda turizm sohasida salmoqli yutuqlarga erishildi.
Darhaqiqat, 2024-yili viloyatda turizm infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida sayyohlik tajribasini yaxshilash, xorijiy va mahalliy mehmonlar tashrifini rag‘batlantiruvchi tashabbuslar doirasida keng ko‘lamli ishlar qilindi. Xususan, ichki turizmni rivojlantirishga yo‘naltirilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi bo‘yicha boshqa viloyatlardan 3,1 million kishi tashrif buyurdi. Mahalliy aholiga o‘z mintaqasining tarixiy merosini chuqurroq tushunish imkonini beruvchi ma’rifiy sayohatlar va madaniy tadbirlarni o‘z ichiga olgan mazkur dastur tarixiy joylarga, shuningdek, etnik-madaniy turizmni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ekskursiyalar tashkil etishga turtki berdi.
Yangi turar joy binolarini barpo etish va transport infratuzilmasini yaxshilash, ko‘rsatilayotgan turizm xizmatlari hajmini oshirish borasidagi sa’y-harakatlar ham Buxoroning turizm markazi sifatida jadal rivojlanayotganidan dalolat. Bunday chora-tadbirlar viloyat iqtisodiyotiga uzoq muddatli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, madaniy-tarixiy merosini asrab-avaylashga xizmat qiladi.
Xalqaro sayyohlik oqimining ko‘payishi mintaqaning madaniy va tarixiy merosini targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan maqsadli sa’y-harakatlar samarasidir. Ayniqsa, tarix va etnik an’analarga asoslangan yangi sayyohlik mahsulotlari turi ko‘paygani sabab xorijlik sayyohlarda mintaqaga qiziqish yanada kuchaydi. Abu Ali ibn Sino tug‘ilib o‘sgan Afshona qishlog‘ida barpo etilgan “Etnik turizm shaharchasi” ana shunday loyihalardan biri bo‘ldi. Xullas, puxta o‘ylangan strategiya va turizm infratuzilmasini rivojlantirishga kompleks yondashuv Buxoroning xalqaro sayyohlik markazi sifatidagi mavqeyini mustahkamlamoqda. Xorijiy va mahalliy sayyohlar sonining ortib borayotgani mintaqaning iqtisodiy, ham madaniy ravnaqiga xizmat qilib, uni uzoq muddatli sarmoyaviy va qisqa muddatli turistik sayohatlar uchun jozibador qiladi.
Turizm industriyasining hozirgi tendensiyalari madaniy, ko‘ngilochar va ekologik jihatlarni o‘zida mujassam etgan turistik mahsulotlarni yaratishga kompleks yondashuvni talab qiladi. Shu bois sayyohlarning turli toifalari ehtiyojlarini qondiradigan noyob infratuzilmani yaratish va sayyohlarning qiziqishini kuchaytirishga qaratilgan loyihalarga e’tibor qaratilmoqda. Gastronomik ko‘chalar va etnik aholi punktlari barpo etilyapti. Bunday aholi punktlarida sayyohlar mahalliy urf-odatlar, hunarmandchilik va qadimiy tangalar, mehnat qurollari va artefaktlar bilan tanishishlari mumkin. Milliy taomlar namoyish etiladigan gastronomik ko‘chalar esa sayyohlarga O‘zbekiston pazandalik an’analari bilan yaqindan tanishish imkonini bermoqda. O‘zbek milliy taomlarini tayyorlash bo‘yicha muntazam tashkil etilayotgan festival va mahorat saboqlari sayyohlarning qiziqishlarini yanada kuchaytiradi.
O‘zbekistonda ekoturizm va madaniy turizmni rivojlantirish barqaror turizmning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Mamlakatning tabiiy boyliklari, jumladan, tog‘li hududlar, qo‘riqxonalar va cho‘llar ekoturizm yo‘nalishlari uchun asos bo‘ladi. Bu nafaqat turizmni rivojlantirish, balki tabiiy landshaftlarni asrab-avaylash, ekologiya va barqaror turizmga bo‘lgan qiziqishni ham oshiradi.
Turizm infratuzilmasini kengaytirish va turli toifadagi sayyohlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida mintaqada yangi ko‘ngilochar hududlar, jumladan, akvaparklar va boshqa turistik majmualar barpo etilmoqda. Masalan, To‘dako‘lda bolalarga mo‘ljallab qurilayotgan akvaparkda suv attraksionlari, basseynlar, dam olish va ovqatlanish joylari bo‘ladi. Bundan tashqari, 60 dan ortiq yangi joylashtirish obyektlari, jumladan, mehmonxonalar, hostellar va isitiladigan mehmon uylarini qurish rejalashtirilgan.
2025-yilda viloyatda umumiy qiymati 106,4 million dollarlik 44 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. Shundan 20 million dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir. Bu loyihalar qatorida 37 ta mehmonxona, 1 ta hostel, 3 ta motel, 1 ta restoran, ekoturizm markazi va yirik turistik savdo majmuasi barpo etiladi.
Bunday yirik xorijiy investorlarni jalb qilish nafaqat turizm infratuzilmasini yaxshilashga, balki mehmonxona va restoran biznesiga ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga munosib hissa qo‘shadi. Bu esa sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifatini sezilarli darajada yaxshilab, xalqaro va ichki turizmni yanada rivojlantiradi.
Tahlillarga ko‘ra, mazkur loyihalarning amalga oshirilishi natijasida 2025-yilda Buxoro viloyatiga tashrif buyuradigan sayyohlar soni 6,1 million kishiga yetishi, turistlar ko‘payishi va infratuzilmaning yaxshilanishi evaziga turizmdan tushadigan daromad 550 million dollargacha oshishi kutilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, kiritilayotgan investitsiyalar yangi ish o‘rinlari yaratish, xizmatlar sifatini yaxshilash va sohadan tushadigan daromadlarni oshirishga xizmat qiladi. Ushbu loyihalar mamlakatni xalqaro sayyohlar uchun jozibador manzilga aylantiradi va turizm xizmatlari eksportini oshirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi.
Ushbu tashabbuslarning amalga oshirilishi sayyohlarning yurtimizda o‘rtacha bo‘lish muddatini 4 kundan 5,5 kunga oshirishga, qariyb 10 ming yangi ish o‘rni yaratishga, turizm sanoati va unga aloqador tarmoqlarda 80 ming kishini ish bilan ta’minlashga olib keladi. Natijada Buxoro nafaqat jozibador sayyohlik maskaniga, balki mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan, uning uzoq muddatli ravnaq topishi uchun sharoit yaratadigan muhim xalqaro turizm markaziga aylanadi.
Olim ASTANAQULOV,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi kafedrasi mudiri, professor
“Jadid” gazetasining 2025-yil 1-yanvardagi 1-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
83
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
598
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
596



