Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.02.2025 | 09:27

img407

“JOZIBADOR BU TILNI NIHOYATDA SEVIB QOLDIM…”

Men Ozarbayjonda tug‘ilganman. Tahsilni ham ozarbayjon tilida olganman. 1979-yili O‘zbekistonga kelganimda o‘zbek tilini bilmas edim. To‘g‘ri, bunga qadar ijod bilan shug‘ullanib, ozarbayjon tilida ancha she’rlar bitganman. She’rlarim tez-tez gazeta va jurnallarda chiqib turardi. Lekin o‘shanda kun kelib o‘zim bilmaydigan o‘zga bir tilda ijod qilish xayolimga ham kelmagani rost.

Oliy ma’lumotli huquqshunos bo‘lganim sababli, 1979-yilda meni Sirdaryo viloyat Ichki ishlar boshqarmasiga tergovchi etib tayinlashib, “Tilniyam, ishniyam o‘rganasan”, deyishdi. Haqiqatda ham bir necha oy davomida o‘zbek tilida nafaqat gaplashishni, balki o‘qib, yozishni ham o‘rganib oldim. Lekin, baribir,  xatolarim ko‘p edi. Ko‘pincha ikki tildagi so‘zlarni aralashtirib qo‘llardim.

Yillar o‘tgan sari men o‘zbek tilini bir tergovchi uchun kerak bo‘lgan darajada puxta o‘zlashtirib oldim. Kamiga ishdan ortib, bu go‘zal tilda she’rlar mashq qila boshladim. Ilk bor o‘zbek tilida yozgan (“Majnuntol” va “Qish kechasi”) ikki she’rim 1987-yilda Zomin tumanidagi “Sharq tongi” gazetasida chop etildi. Bu o‘zbek tilida ijodiy faoliyatni jiddiy olib borish uchun bir turtki bo‘ldi.

Yangi kelgan paytlarim Sirdaryo adabiy muhitidan deyarli xabarsiz edim. Keyinroq hududdagi shoir-yozuvchilar, jurnalistlar bilan tanishdim. Ular bilan qadrdon bo‘lib ketdik. Ijodiy davralarda ulardek o‘zbekcha she’rlar aytdim. Xuddi ona tilim – ozarbayjonchadek go‘zal va latif bo‘lgan jozibador bu tilni nihoyatda sevib qoldim. Chunki bu tilda ulug‘ Navoiy ajib va barkamol g‘azallar bitgan, ustoz Shayxzoda ham qator asarlar yozgan. Ayniqsa, Maqsud Shayxzoda o‘zbek tilini puxta o‘rganib, chet tillardan o‘zbekchaga durdona asarlarni tarjima qilgani haqidagi ma’lumotlar menga qanot bag‘ishladi. Men ham o‘zbek tilida “Ko‘hna kuy” nomli she’riy doston bitdim. Yozgan she’rlarimni jamlab, doston bilan birga kitob holida chop etmoqni o‘ylab qoldim.

Niyatimni viloyatdagi ko‘ngil yaqin ijodkor do‘stlarimga, ustozim,  shoira Bahor Xolbekovaga bildirdim. Qalamkash do‘stlarim bu g‘oyamni qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa 1999-yilning bahorida o‘zbek tilidagi ilk kitobim – “Ko‘hna kuy” dunyo yuzini ko‘rdi. To o‘shandan beri yana ko‘plab kitoblarim chop etildi.

Ilk bor O‘zbekistonga kelgan paytlarimni eslasam, o‘zim bilmagan joylarda qanday yasharkanman, musofir holimda oilamning taqdiri ne kechar ekan, degan o‘ylar ko‘nglimga oxirsiz xavotir-u hadiklar solgani haqida o‘ylab ketaman. Shukurki, o‘zbek xalqining bag‘rikengligi, o‘zbek tilining nafis bir tarovati meni o‘shal xavotirlardan, hadiklardan butkul xalos eta oldi.

Shoir va mutarjim sifatida katta ijodiy rejalar qilganman. Nasib etsa, ozarbayjon va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi adabiy do‘stlik ko‘prigini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgulik tarjima asarlar soni va sifatini oshirmoqchiman.

Ali NASIRLI,
O‘zbekiston va Ozarbayjon Respublikalarining “Do‘stlik” ordenlari sohibi

Dilmurod DO‘ST yozib oldi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img79

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img595

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img593